Sana: 7- sinf Darsning maqsadi




Download 28.43 Kb.
Sana26.03.2020
Hajmi28.43 Kb.
#9139

3-dars. Mavzu: AXBOROTLAR BILAN BAJARILADIGAN AMALLAR
Sana: 7- sinf

Darsning maqsadi :

Ta`limiy : O`quvchilarga Axborotlar bilan bajariladigan amallar haqida tushuncha berish.

Tarbiyaviy: Bilimga tasnalik ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi : Esda saglash malakasini o`stirish

Davlat ta`limi standartlarga asosan ta`lim mazmunining majburiy minimumi .

Axborot saqlovchi va tashuvchi vositalar

Dars tipi Yangi bilim beruvchi



(Yangi bilim beruvchi , bilimlarni mustahkamlash , bilimlarni sinash , umumlash –

tiruvchi takrorlash , bilim ko`nikma va malakalarini rivojlantirish aralash .)

Dars turi Muloqot



Sayohat , ertak , musobaqa , izlanib o`rganish birgalikda o`qitish , sahnalashtirish ,

hamkorlik , ponarama , viktorina , disput , muloqot , mustaqil ijodiy faoliyat ,

zakovat , sinov , parlament , mantiqiy fikrlash , tanlov , kim ochdi ( auksion ) dars.
Dars metodlari: chuqurlashtirilgan maruza

Foydalanilgan adabiyotlar : 7- sinf darslik

Dars jihozi : Kurgazma,tarqatma kartochkalar, darslik.

Darsning plani.

Tashkiliy qism .

O`tgan mavzuni so`rash .

Yangi mavzuni o`rganish .

Darsni mustahkamlash

Uyga vazifa

Drsning borishi

Chaqiriq: O`tilgan mavzu bo`yicha savollar.

Ahamiyatni anglash:



Avvalgi darslarda axborotni aniqlash va undan foydalanishga old mashqlami bajardingiz. Bunda siz berilgan qonuniyatlarga ko'ra axborot oldingiz, ya'ni axborot to'pladingiz (hosil qildingiz), olingan axborotni dqftaringizga qayd etdingiz, ya'ni saqlabqo'ydingiz, shu axborotga asosan o'ylab ko'ribxulosa chiqardingiz, ya'ni gayta ishladingiz va berilgan uazifani hal etdingiz, ya'ni axborotni ishlatdingiz. Mashqni bajarish jarayonida axborotni eslab qolish va boshqa ko'rinishga otkazishga to'gri keldi. Bu darsda shular kabi axborot ustida bajariladigan amallardan asosiylarini ko'rib chiqamiz.

Axborotli jarayonlar

Axborotni hosil qilish, to'plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish, o'lchash, ishlatish, qayta ishlash, nusxalash, his etish, eslab qolish, boshqa ko'rinishga o'tkazish, tarqatish, bo'laklarga ajratish, soddalashtirish, birlashtirish, formallashtirish, kodlash, buzish kabi amallarni bajarish mumkin. Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog'liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi.

Axborotlar bilan bajariladigan amallarning ko'plari sizga tanish. Masalan, axborotni to'plash, birlashtirish, saqlash, his etish, eslab qolish, ishlatish bilan fanlarni o'zlashtirish jarayonida, boshqa ko'rinishga o'tkazish yoki formallashtirish amallaridan matematika va fizika darslarida formulalar,

19

tenglamalar va jadvallar tuzib, nusxalash amalidan Paint va Word dasturlarida ko'p foydalandingiz. Axborotlar ustida bajariladigan kodlash va buzish amallari bilan keyingi darslarimizda tanishasiz.

To'plangan axborotlardan kerak bo'lganda foydalanish uchun ularni saqlash kerak. Axborotlar turli xil vositalarda, masalan, kitoblarda, gazetalarda, magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi.

Axborotni qayta ishlash va uzatish



Axborotlarni qayta ishlash deganda bir axborot obyektidan biror-bir amal bajarib boshqa axborot obyektini hosil qilish tushuniladi. Axborotlarni qayta ishlash axborotlarni ko'paytirish va ko'rinishlarini o'zgartirish uchun zarurdir.

Axborotlar bilan ishlaganda ham, modda va energiyadagi kabi, ularni to'plash (hosil qilish), uzatish, saqlash, bir ko'rinishdan boshqa, kerakli ko'rinishga o'tkazish kabi jarayonlar amalga oshirilishi mumkin.

Kitob o'qiganda, televizor ko'rgandayokisuhbatlash-ganda, biz doimo axborot qabul qilamiz va uni o'zimizga kerak ko'rinishga o'tkazish maqsadida qayta ishlaymiz, ya'ni boshqararrdz,

Inson uchun axborotlarni to'plashda uning barcha sezgi organlari xizmat qilsa, uzoq masofadagi axborotlarni to'plash uchun esa bu yetarli emas — buning uchun maxsus texnik vositalar talab qilinadi.

Shuning uchun ham azaldan axborotlar bilan bajariladigan asosiy amallar — ularni to'plash, qayta ishlash va uzatish amallarini bajarish uchun insonning turli vositalarga bo'lgan ehtiyoji ortib borgan va unga ko'ra har xil uskunalar yaratib, hayotga tatbiq eta boshlagan.

Axborotlami qayta ishlash uositalari - bu inson tomonidan ishlab chiqarilgan turli qurilmalar. Ularichida axborotni qayta ishlashning eng asosiysi va samaradori kompyuterdir.

Quyidagi rasmda kurrai zaminimizdagi turli hududlarda ob-havo ma'lumotini to'plash va uzatish jarayoni aks ettirilgan:

Awalgi darslar va rasmdan shunday xulosa qilish mumkin: har qanday axborot uzatish jar ayonini quyidagi chizma orqali tasvirlash mumkin:

Hayvonlarni tabiiy biologik sistema sifatida o'rganishda ularning tashqi muhitdan kelayotgan signallarga nisbatan qanday darajada va qanday holda ta'sir ko'rsatishiga katta e'tibor beriladi, chunki o'rganilayotgan jonivor olayotgan axborotdan qanday foydalanayotganini bilmasdan turib, uning harakatlariga to'liq baho berib bo'lmaydi.

Bu hoi tabiat va jamiyatdagi boshqariladigan barcha jarayonlar uchun ham o'rinlidir. Ulardagi axborotli jarayonlarni bilmasdan turib, ishlash tartibini tahlil qila olmaymiz va, tabiiyki, aniq natijaga kela olmaymiz. Biror qaror qabul qilishda asosiy manba bo'lib axborot hisoblangani kabi, boshqarish ham turli usullarda uzatilayotgan har xil signallar, axborot orqali amalga oshiriladi.

Bu hoi tabiat va jamiyatdagi boshqariladigan barcha jarayonlar uchun ham o'rinlidir. Ulardagi axborotli jarayonlarni bilmasdan turib, ishlash tartibini tahlil qila olmaymiz va, tabiiyki, aniq natijaga kela olmaymiz. Biror qaror qabul qilishda asosiy manba bo'lib axborot hisoblangani kabi, boshqarish ham turli usullarda uzatilayotgan har xil signallar, axborot orqali amalga oshiriladi.

Mavzuni mustahkamlash



1. Axborot bilan qanday amallar bajarish mumkin?

2. Inson tanasida axborotni to'plash va qayta ishlashga misol keltiring.

3. Axborotni nusxalash, olchash, buzishga misollar keltiring.

4. Axborotlarni uzoq masofaga uzatish usullariga misollar keltiring.

5. Axborotlarni kompyutersiz va kompyuterda saqlash vositalariga misollar keltiring.

6. Inson uchun axborot manbai, aloqa vositasi va axborot qabul qilish vositalariga misol keltiring.

Uyga vazifa.

1. Uch kishi "ha" yoki "yo'q" deb ovoz berayotgan bolsin. Ovoz berishning barcha natijalarini yozing. Masalan, "ha, ha, ha", "ha, ha, yo'q", "ha, yo'q, ha", ....

4-dars. Mavzu: AXBOROTLARNI KODLASH
Sana: 7- sinf

Darsning maqsadi :

Ta`limiy : O`quvchilarga Axborotlarni kodlash haqida tushuncha berish.

Tarbiyaviy: Bilimga tasnalik ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi : Esda saglash malakasini o`stirish

Davlat ta`limi standartlarga asosan ta`lim mazmunining majburiy minimumi .

Tekis va notekis kodlash.

Dars tipi Yangi bilim beruvchi



(Yangi bilim beruvchi , bilimlarni mustahkamlash , bilimlarni sinash , umumlash –

tiruvchi takrorlash , bilim ko`nikma va malakalarini rivojlantirish aralash .)

Dars turi Muloqot



Sayohat , ertak , musobaqa , izlanib o`rganish birgalikda o`qitish , sahnalashtirish ,

hamkorlik , ponarama , viktorina , disput , muloqot , mustaqil ijodiy faoliyat ,

zakovat , sinov , parlament , mantiqiy fikrlash , tanlov , kim ochdi ( auksion ) dars.
Dars metodlari: chuqurlashtirilgan maruza

Foydalanilgan adabiyotlar : 7- sinf darslik

Dars jihozi : Kurgazma,tarqatma kartochkalar, darslik.

Darsning plani.

Tashkiliy qism .

O`tgan mavzuni so`rash .

Yangi mavzuni o`rganish .

Darsni mustahkamlash

Uyga vazifa

Drsning borishi

Chaqiriq: O`tilgan mavzu bo`yicha aqliy hujum.

Ahamiyatni anglash:


Inson axborotiami yig'ish, saqlash va qayta ishlashda qulay hamda qisqa ko'rinishda bolishi uchun turli belgilashlardan foydalanadi Bunga touushlami harfva raqamlar orqali, musiqa tovushlarini notalar orqali, matematik, fizik, biologik qonuniyatlarniformulalar orqali ifodalanishini misol qilish mumkin.

Axborotlarni kodlash



Informatikada axborotlar ikki turga — analog va raqamli (diskret) axborotlarga bo'lib o'rganiladi. Analog axborotlar uzluksiz mavjud bo'lib, uni ixtiyoriy vaqtda qabul qilish mumkin, boshqacha aytganda, analog axborotlar atrof-muhitga (shu jumladan insonga ham) uzluksiz ta'sir etuvchi energetik signallardir.

Tabiatda bu signallarning ikkita aynan bir xil kombi-natsiyasi uchramaydi. Biz ikkita aynan bir xil tovush hatto bir daraxtda ikkita aynan bir xil yaproq uchratmaymiz. Ammo buning teskarisi, ya'ni bir xil shaklga ega bo'lib, turli mazmun kasb etadigan holat ham mavjud. Masalan, bitta nota qog'ozda bitta yagona belgi bilan ifodalansada, u turli musiqa asboblarida (g'ijjak yoki nayda) ijro etilganda, uning farqini darhol sezamiz.

Ta'kidlash lozimki, analog axborotlarni qayta ishlash uchun ularning biror davrdagi holatini ajratib olishimiz va tahlil qilishimiz lozim. Buning uchun esa bu axborotni boshqacha shaklga o'tkazishimiz lozim. Bunda turli belgilardan foydalanamiz. Har-xil ranglarni turli raqamlar bilan, tovushlarni esa notalar bilan belgilab, analog axborotni raqamli axborotga aylantirishimiz mumkin.

Inson tomonidan yaratilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan ishlaydiganlari ham, raqamli axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mavjud.

Analog qurilmalarga televizor, telefon, raqamli qurilmalarga shaxsiy kompyuterni misol qilish mumkin. Hozir raqamli televizor va raqamli telefonlar hayotimizdan keng o'rin olmoqda.

Biz axborotlarni turh'-tuman signallar holatida qabul qilamiz. Signallarning turli-tumanligi axborotlarni qayta ishlash jarayonini murakkablashtiradi. Shuning uchun ham axborotlarni to'plash, saqlash, qayta ishlashni osonlashtirish maqsadida ular bir xil shaklga keltiriladi. Ya'ni, axborot aniq bir qoidalar asosida qayta ishlash uchun qulay bo'lgan belgilar bilan almashtiriladi. Bu jarayon axborotni kodlash (shifrlash) deyiladi. Axborotlarni kodlash faqat qayta ishlash qulay bolishi uchun emas, balki insoniyat tomonidan axborotni mahfiy saqlash uchun ham qo'llanilgan.

Qadimda axborotlarni kodlash



Hayotda axborotni kodlashning ko'pdan ko'p usullari mavjud. Birinchi kodlashni qo'llagan inson Qadimgi Gretsiyaning sarkardasi Lisandra hisoblanadi. U axborotni mahfiy saqlash, ya'ni kodlash uchun ma'lum bir qalinlikdagi "Stsital" tayoqchasini o'ylab topgan. Kodlashning bu usuli o'rin almashtirish usuli deb ataladi.

"Stsital" tayoqchasiga misol Matn: "VATAN-ONA"

Kodlash natijasi:

VAOANNT -A

Qadimgi grek imperatori Yuliy Sezar ham axborotni mahfiyligini saqlash uchun matnni kodlash usulini o'ylab topgan. "Sezar shifri" matndagi harfni alifboda o'zidan keyin kelgan uchinchi harfga almashtiradi. Bunda alifbo doiraviy yozilgan hisoblanadi. Bu kodlash usuli alifboni surish usuli deyiladi.

Matn:

"O'zbekiston — kelajagi

buyuk davlat"

"Sezar shifri" usuli qollanganda: "Ashfhnlvxrq—nhoemejl fyo"yn gezoex"

Sezar usulidan foydalanganda belgini istalgancha surish mumkin.

Axborotlarni kodlashning usullari



Semyuel Morze 1837-yilda elektr magnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 1838-yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Axborotlarni kodlashda ishlatiladigan usullardan biri axborotlarni telegraf kodi yordamida kodlash usulidir. Unda turli harf va raqamlar nuqta va tirelarning maxsus ketma-ketligi ko'rinishida ifodalangan. Ya'ni axborot uchta belgi yordamida kodlanadi: «uzun signal» (tire yordamida ifodalanadi), «qisqa signal» (nuqta yordamida ifodalanadi), «signalsiz» (bo'shliq, pauza bilan ifodalanadi). Mazkur kodlash usuli hanuzgacha qo'llanib kelinmoqda. Morze kodlash usulini notekis (o'zgaruvchi) kod deb yuritiladi. Insoniyatga ma'lum belgilar bu usuldagi ikki yoki undan ko'p belgilar yordamida ifodalanadi. Umuman, kodlash usulida ishtirok etgan belgilar soni (hajmi) bir xil bo'lsa tekis kodlash usuli, belgilar soni (hajmi) bir xil bo'lmasa notekis kodlash usuli deb ataladi.

Harf


Morze usulida ifodalanishi


Belgilar soni




Harf


Morze usulida ifodalanishi


Belgilar soni


N


— •


2


K


_ . _


3


T


-


1


E


• • _ • •


5


A


_


2


R


• — •


3


L


• — • •


4




O


---


3


Mazkur usul yordamida «elektron» so'zini yozsak, u quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi.

• • — •• • — •• * • _ •• _ • _ — • — • _ _ _ _ •



Majmuaga kirgan belgilarning turli boshqa belgilar bilan hamda ularningbir nechasi bilan ifodalanishi mazkur usulning keng qo'llanilishiga to'siqlik qilsa, uning faqat ikki belginuqta va tiredan iboratligi uni texnik vositalarda qo'llash imkonini beradi.

Odamlar o'zaro muloqat qilganda, ularning har biriga tushunarli bo'lgan belgilar, tovushlardan va ularni bog'lovchi qonun-qoidalardan foydalanadilar. Ana shu belgilar, qonun-qoidalar majniui shu o'rinda kod vazifasini bajaradi.

Biror belgilar yordamida yozilgan axborotni kodlangan axborot deb qarashimiz mumkin. Chunki mazkur alifbo bilan tanish bo'lmagan kishi uning yordamida tayyorlangan axborotni qabul qila olmaydi va qayta ishlash imkoniga ega bo'lmaydi. Shuning uchun ikki taraf o'zaro axborot almashganda oldindan biror qonun va qoidaga kelishib oladi. Masalan, avtomobil signalini eshitish bilan o'zimizni chetga olamiz, yoki chorraxadan o'tishda svetofor signallaridan foydalanamiz, demak signallardan foydalanish oldindan kelishib olingan qat'iy qoidaga rioya qilish kodidir.

Axborotni kodlashning yana bir eng sodda usuli — bizga ma'lum bo'lgan alifbodagi harflarni ularning tartibini ko'rsatuvchi sonlar bilan almashtirishdan iborat:

A


B


D


E


F


G


H


I


J


K


L


M


N


O


01


02


03


04


05


06


07


08


09


10


11


12


13


14


P


Q


R


S


T


U


V


X


Y


Z


Ch


0'


Sh


G'


15


16


17


18


19


20


21


22


23


24


25


25


27


28


Bu usuldan foydalansak, masalan, «Bugun havo issiq» degan gap quyidagi ko'rinishni oladi:

02 20 06 20 13 07 01 21 14 08 18 18 08 16

Bu holda tinish belgilari va boshqa kerakli belgilarni ham maxsus sonlar bilan ifodalash va ularni matnga kiritish mumkin. Qaralayotgan masalaga qo'shimcha shart kiritamiz: Efirda uzatilayotgan axborotni ixtiyoriy tinglovchi qabul qilish va yuqoridagi usulda qayta kodlab olishi mumkinligini bilgan holda, biz harflar ketma-ketligi tartibini o'zgartiramiz. Ammo, axborot kimga belgilangan bo'lsa, yangi tayyorlangan ketma-ketlikni u albatta bilishi kerak, aks holda uzatilgan axborotni qayta kodlash masalasi yuzaga keladi. Alifbodagi harflar ketma-ketligini tartiblashning anchagina usuli mavjud. Masalan, quyidagi tartibni olamiz:

19

A


B


V


G


D


J


Z


I


Y


K


L


M


N


12


03


16


14


04


25


20


11


31


24


19


07


27


0


P


R


S


T


U


F


X


Ch


Sh


Q


H


G'


17


08


22


28


10


18


23


29


02


13


21


34


01


Bu aralashtirilgan alifbo usuli deyiladi. Havo issiqligi to'g'risidagi yuqoridagi matn bu holda quyidagi ko'rinish oladi:

03 18 14 18 27 34 12 16 17 11 28 28 11 21

Mazkur axborotni yuqorida keltirilgan jadvaldagi ma'lumotlarni bilmasdan qayta kodlash juda qiyin ish hisoblanishini ko'rish qiyin emas.

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

1. Kodlsh deganda nima tushuniladi?

2. Tarixda axborotlar nima uchun kodlangan?

3. Axborotlarni kodlashning qanday usullarini bilasiz?

4. Morze kodlash usulida nechta belgi ishlatiladi?

5. Alifbo bilan bogliq qanday kodlash usullaii bor?

6. O'zingizning kodlash usulingizni ishlab chiqing va "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir" iborasini kodlang.

7. O'zingizning kodlash usulingizdan foydalanib do'stingizga axborot uzating.

Uyga vazifa:

1. Uch kishi "ha" yoki "yo'q" deb ovoz berayotgan bolsin. Agar "ha" so'zi 1 raqami, "yo'q" so'zi 0 raqami bilan kodlansa, ovoz berishning barcha natijalarini yozing.

2. "ONA VATAN, MAKTAB" jumlasi "101100000 111000110000100, 01100001011000000r'kabikodlanganbolsa, bar bir harfning kodini toping.

Download 28.43 Kb.




Download 28.43 Kb.