• Darsning borishi
  • III. YANGI MAVZU BAYONI
  • V. Baholash: VI. Uyga vazifa
  • Sana: Sinf : 8 b mavzu




    Download 13.9 Kb.
    Sana11.02.2023
    Hajmi13.9 Kb.
    #41914
    Bog'liq
    16 Katta davr elementlarining atom tuzulishi
    12 Energetik pog‘onachalar, Elektronika va sxemalar ax-11-20 norqobilov lazizjon 3-mustaqil -www.hozir.org, Elektr uzatish liniyalari parametrlarining aylanma vektor diagra-fayllar.org, c da massivlar bilan ishlash, 2 Темы для ср (заочный)972, TTB 2-laboratoriya, обложка СБОРНИК ч.2.2022, Договор №1, konsep.asos.kurs ishi, sinf 5 tugarak 1, 1 ТАВСИЯНОМА 2 илова, SHARQ MUTAFAKKIRLARI IJODIDA TA\'LIM TARBIYA, USTOZ-MURABBIY MASALALARIGA BAG\'ISHLANGAN QARASHLARNING PEDAGOGIK KASBINING RIVOJIDAGI ÓRNI, Po’latov Jahonbek Bobonazar o’gli, Энергетика курс иши

    Sana:
    Sinf : 8 B

    Mavzu: Katta davr elementlarining atom tuzulishi.


    Darsning maqsadi :


    a)ta’limiy: O‘quvchilarga davriy qonun va davriy jadval,
    dav riy jadvalning kichik davrlari yuzasidan olgan nazariy bilimlarini
    mustahkamlash hamda kengaytirish, kichik davr elementlarining atom
    tuzilishi to‘g‘risida birga amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
    b)Tarbiyaviy: O’quvchilarga axloqiy, iqtisodiy tarbiya berish.


    s) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, dunyoqarashini kengaytirish.
    g) DTS – talablari.


    Dars turi: Yangi bilim berish
    Dars uslubi: Ananaviy
    Dars jihozi: Darslik, davriy sistema, ko’rgazmali qurollar, kadaskop, kompyuter.
    Darsning borishi :

    1. Tashkiliy qism

    Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf tozaligini nazorat qilish, manaviyat daqiqasi, fan yangiliklari.


    II. Otgan mavzuni so’rash:

    1. Ikkinchi davr elementlarida nechtagacha elektron bo’ladi?

    Ikkinchi davr elementlarida 2 ta energetik pog‘ona bo‘ladi. Birin-


    chi energetik pog‘onasida 2 ta, ikkinchi energetik pog‘onasida 2·22=8
    tagacha elektron bo‘ladi.


    III. YANGI MAVZU BAYONI
    Dars o‘quvchilarning mustaqil ishlari bilan boshlanadi. Bunda
    o‘quvchilarni bilim darajalari va qiziqishlariga qarab ishlar tabaqalash-
    tirib beriladi:
    1. Tartib raqamlari quyidagicha bo‘lgan elementlarning atom tuzilishini yozing va izohlang.
    1) Tartib raqami 1, 2 va 3 bo‘lgan elementlarning atom tuzilishi.
    2) Tartib raqami 2, 3 va 4 bo‘lgan elementlarning atom tuzilishi.
    3) Tartib raqami 9, 10 va 11 bo‘lgan elementlarning atom tuzilishi.
    4) Tartib raqami 10, 11 va 11 bo‘lgan elementlarning atom tuzilishi.
    5) Tartib raqami 17, 18 va 19 bo‘lgan elementlarning atom tuzilishi.
    6) Tartib raqami 1,3 va 11 bo‘lgan elementlarning atom tuzilishi.
    7) Tartib raqami 2, 10 va 18 bo‘lgan elementlarning atom tuzilishi.
    2. Uchinchi davr elementlarining qaysi birida toq elektronlar
    soni ko‘p?
    3. 1,2 va 3-davr elementlarining qaysilarida d-orbitallari bo‘ladi?
    O‘quvchilar mustaqil ishlarni bajarib bo‘lganlaridan so‘ng, katta
    davr elementlarining atom tuzilishi bilan tanishishni boshlaydi.
    4-davr elementlarida to‘rtta energetik pog‘ona bo‘lib, to‘rtinchi
    pog‘ona tashqi elektron qavat hisoblanadi.
    1-energetik qavatda 2n2=2·12=2 ta elektron bor.
    2-energetik qavatda 2n2=2·22=8 ta elektron bor.
    3-energetik qavatda 2n2=2·32=18 tagacha elektron bor.
    4-energetik qavatda 2n2=2·42=32 tagacha elektron bo‘ladi. Ammo
    4-energetik qavat 4-davr elementlari uchun tashqi qavat bo‘lganligi sab-
    abli 32 ta emas, 8 tagacha electron bo‘ladi.
    4-davrning dastlabki ikkita elementi s-element, keyingi o‘nta elementi d-element, oxirgi oltita element p-elementlardir.
    5-davr elementlarining atom tuzilishi to‘rtinchi davr elementlari-
    ning atom tuzilishiga o‘xshash bo‘ladi, shuning uchun bu davr element-
    larining atom tuzilishini mustaqil ish tarzida o‘zlashtirish mumkin.
    6- va 7-davr elementlarida esa f elementlar bo‘lganligi sababli atom
    tuzilishlaridan farq qiladigan tomonlari ham bor. O‘quvchilarga asosiy
    farq qiladigan xususiyatlarini tushuntirish kerak.
    V. Baholash:
    VI. Uyga vazifa: 2-4 topshoriqlar.
    Download 13.9 Kb.




    Download 13.9 Kb.