• V. Uyga vazifa
  • 2) tarbiyaviy
  • III. Yangi mavzuni o`rganish
  • IV. Uyga vazifa
  • Tarbiyaviy
  • Kompetensiya
  • 1-masala . A=3 va B=5
  • Qadamlar Algoritmdagi ko’rsatmalar A idishda B idishda
  • 1 litr 5 litr 2. Algoritmni formulalar yordamida ifodalanishi.
  • Algoritmni grafik shaklda ifodalanishi.
  • 5. Algoritmni dastur shaklida ifodalanishi.
  • Sana tasdiqlayman O’ibdo’ Informatika 1 – dars. Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari




    Download 457.74 Kb.
    bet5/8
    Sana26.12.2019
    Hajmi457.74 Kb.
    #5385
    1   2   3   4   5   6   7   8

    IV. Mustahkamlash

    1. Algoritmning qanday asosiy xossalari bor?

    2. Tushunarlilik xossasi bajariladigan va bajarilmaydigan ko‘rsatmaga misol keltiring.

    3. Ko‘rsatmalar ijrochiga tushunarli bo‘lishi uchun qanday sistemadan olinishi kerak?

    4. Ijrochi algoritmni mexanik ravishda bajarishi uchun qanday xossa ahamiyatli?

    5. Algoritmning diskretlilik xossasini misollar asosida tushuntiring.

    6. Algoritmning natijaviylik xossasini misollar asosida tushuntiring.

    7. Natijaviylik xossasi bajarilmaydigan ko‘rsatmalar ketma-ketligiga misol keltiring.

    8. Algoritmning ommaviylik xossasini misollar asosida tushuntiring.

    9. Evklid algoritmi yordamida bir nechta natija oling.

    V. Uyga vazifa

    9-topshiriq.



    SANA___________________ Tasdiqlayman O’IBDO’


    Informatika-9. 6 – dars.

    Mavzu: Algoritm tushunchasi va algoritmning asosiy xossalari mavzularini takrorlash darsi

    Maqsad:

    1) ta’limiy: algoritm, ijrochi, ijrochining buyruqlari tizimi, algoritmning asosiy xossalari haqidabi bilimlarn mustahkamlash;

    2) tarbiyaviy: o`quvchilarda algoritm tuzish ko`nikmalarini tarbiyash;

    3) rivojlantiruvchi: o`quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantrish.

    DTS: sodda masalalar uchun ijrochinin ko`rsatmalari tizimi foydalanib algoritmlar tuza olish.
    Kompetensiya:

    TK3 - doimiy ravishda o’z-o’zini intelektual va kreativ rivojlantirish, hayot davomida mustaqil kognitivlik ko’nikmalarini mustaqil ravishda rivojlantirib boradi;

    FK1 - axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish ko’nikmasiga ega bo’ladi

    I. Tashkiliy davr

    II. Takrorlash

    1. Algoritmning qanday asosiy xossalari bor?

    2. Tushunarlilik xossasi bajariladigan va bajarilmaydigan ko‘rsatmaga misol keltiring.

    3. Ko‘rsatmalar ijrochiga tushunarli bo‘lishi uchun qanday sistemadan olinishi kerak?

    4. Ijrochi algoritmni mexanik ravishda bajarishi uchun qanday xossa ahamiyatli?

    5. Algoritmning diskretlilik xossasini misollar asosida tushuntiring.

    6. Algoritmning natijaviylik xossasini misollar asosida tushuntiring.

    7. Natijaviylik xossasi bajarilmaydigan ko‘rsatmalar ketma-ketligiga misol keltiring.

    8. Algoritmning ommaviylik xossasini misollar asosida tushuntiring.

    III. Yangi mavzuni o`rganish

    1. Ijrochi sifatida quyidagi ko’rsatmalardan qaysilarini bajara olmaysiz va nima uchun?

    A. 200 kg lik tosh ko’tarilsin. B. 7 ga 2 ko’paytirilsin. D. 1 dan 31 622 400 000 gacha sanalsin.

    Javob: A va B

    2. Algoritm ijrochisi qo’yilgan maqsadga erishishi uchun qanday sodda ko’rsatmalarni bajara olishi lozimligini, ya’ni ijrochining ko’rsatmalar sistemasini aniqlang.

    A. Ochiq eshik ijrochining chap yonida 5 qadam narida bo’lsa, maqsad “eshikdan chiqish”.

    Javob: chapga buril, yur.

    B. Ijrochi jo’mrak va silindrik stakan oldida turgan bo’lsa, maqsad “yarim stakan suv olish”.

    Javob: jomrakni och; yarim stakan suv ol; jomrakni yop.

    D. Berilgan 44·15+12·15:20-43 sonli ifoda qiymati aniqlansin.

    3. Berilgan ko’rsatmalar yordamida masala yechimiga olib keluvchi algoritm yozing.

    A. “Bo’ri, echki va karam” nomli qadimiy masala. Dehqon daryoning chap qirg’og’ida bo’ri, echki va karam bilan turibdi. U bularni hammasini o’ng qirg’oqqa o’tkazishi kerak. Uning qayig’i juda kichik bo’lgani uchun faqat bitta yo’lovchini olishi mumkin – yoki bo’rini, yoki echkini, yoki karamni. Yana – agar bo’ri va echki bir qirg’oqda qoldirilsa bo’ri echkini yeb qo’yadi, agar echki va karamni bir qirg’oqda qoldirilsa echki karamni yeb qo’yadi. Hayvonlar faqat dehqon borligidagina tinch turishadi. Dehqonning ko’rsatmalar sistemasi quyidagicha:

    {echkini o’tkaz; bo’rini o’tkaz; karamni o’tkaz; suzib o’t}.

    1. echkini o’tkaz; 2. suzib o`t; 3. karamni o`tkaz; 4. echkini o`tkaz; 5. bo`rini o`tkaz; 6. Suzib o`t;

    7. echkini o`tkaz.

    B. Bo’g’irsoq uchun “oldindagi” katak qalpoqchasi ko’rsatayotgan katakdir. U o’ngga burilganda ko’rinishda bo’ladi. Bo’g’irsoq 1 ta oldindagi katakka yura oladi yoki turgan katagida o’ngga burila oladi, ya’ni {oldinga; o’ngga} ko’rsatmalarini bajara oladi. Bo’g’irsoq bir katakdan bir necha marta o’tishi mumkin, lekin  shaklidagi to’siqli katakdan o’ta olmaydi. Bo’g’irsoq o’zi turgan katakdan bilan belgilangan katakka biror yo’l bilan bora oladigan bo’lsa, zaruriy ko’rsatmalar ketma-ketligini yozing.

    Javob: 1. o`ngga; 2. o`ngga; 3. o`ngga; 4. olding; 5. oldinga.


    IV. Uyga vazifa

    3 b) masalada shakllarning o`rinlarini o`zgartirib, hosil bo`lgan holat uchun algorim tuzing.



    SANA___________________ Tasdiqlayman O’IBDO’

    Informatika-9. 7 – dars.

    Mavzu: Algoritmni tasvirlash usullari

    Maqsad:

    1) Ta’limiy: o`quvchilarga algoritmni tasvirlash usullari haqida tushuncha berish;

    2) Tarbiyaviy: o`quvchilarga estetik tarbiya berish;

    3) Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning algoritmlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

    DTS: algoritmni so`zlar yordamida, formula bilan, jadval ko`rinishida, grafik holatda va dastur ko`rinishida tasvirlanishi haqida tasavvurga ega bo`lish.
    Kompetensiya:

    TK3 - doimiy ravishda o’z-o’zini intelektual va kreativ rivojlantirish, hayot davomida mustaqil kognitivlik ko’nikmalarini mustaqil ravishda rivojlantirib boradi;

    FK1 - axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish ko’nikmasiga ega bo’ladi

    I. Tashkiliy qism:

    a) salomlashish;

    b) davomatni aniqlash;

    d) sinfni darsga



    II. Takrorlash

    1. Algoritmning qanday asosiy xossalari bor?

    2. Tushunarlilik xossasi bajariladigan va bajarilmaydigan ko‘rsatmaga misol keltiring.

    3. Ko‘rsatmalar ijrochiga tushunarli bo‘lishi uchun qanday sistemadan olinishi kerak?

    4. Ijrochi algoritmni mexanik ravishda bajarishi uchun qanday xossa ahamiyatli?

    5. Algoritmning diskretlilik xossasini misollar asosida tushuntiring.

    6. Algoritmning natijaviylik xossasini misollar asosida tushuntiring.

    7. Natijaviylik xossasi bajarilmaydigan ko‘rsatmalar ketma-ketligiga misol keltiring.

    8. Algoritmning ommaviylik xossasini misollar asosida tushuntiring.

    III. Yangi mavzuni o`rganish

    Avvalgi darslarda algoritmlarni so’z orqali ifodaladik. Shuni aytish lozimki, algoritmlarni tasvirlashning ham turli usullaru mavjud. Quyida algoritmlarni tasvirlashning keng tarqalgan usullarini ko‘rib chiqamiz:

    1. Algoritmni so‘zlar yordamida ifodalanishi.

    Avvalgi darslarda keltirilgan bir qator misollar inson og‘zaki nutqida ishlatiladigan so‘zlar orqali ifodalangan edi (masalan, choy damlash yoki yig’indi hisoblash algoritmi). Algoritmning bunday tasvirlash usulida ijrochi uchun ko‘rsatma jumlalar orqali buyruq shaklida beriladi.

    Misol tariqasida suv havzasi oldida turgan A litrli va B litrli suv idishi bor ijrochi uchun {A ni to’ldir; B ni to’ldir; A dan B ga quy; B dan A ga quy; A ni bo’shat; B ni bo’shat} ko’rsatmalar sistemasini olish mumkin. Bu ijrochiga xos masalaning maqsadi o’lchab olinishi kerak bo’lgan suv miqdorining A yoki B idishlardan birortasida hosil bo’lishidir.

    1-masala. A=3 va B=5 bo’lganda Suvchi 1 litr suv o’lchab olishi uchun algoritm tuzing.

    Bu masalaning maqsadga yetkazuvhci algoritmini so’zlar yordamida tuzish qulay:




    Qadamlar

    Algoritmdagi ko’rsatmalar

    A idishda

    B idishda

    1

    A ni to’ldir;

    3 litr

    0 litr

    2

    A dan B ga quy;

    0 litr

    3 litr

    3

    A ni to’ldir;

    3 litr

    3 litr

    4

    A dan B ga quy.

    1 litr

    5 litr

    2. Algoritmni formulalar yordamida ifodalanishi.



    Bu usul matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi fanlarda ko‘plab foydalaniladi. Yo­dingizda bo‘lsa so‘zlar yordamida ifodalangan 4-darsdagi 2-misolda algoritmni formula orqali ifodalagan edik. Formuladagi “+”, “”, “·”, “” kabi arifmetik amallarning hisoblash qoidalariga rioya qilgan holda bajarilishi ham algoritmga misol bo‘ladi. 5-darsda berilgan “ ko‘rinishidagi kvadrat tenglamani yechish” algoritmining quyida keltirilgan formula orqali ifodasi bilan tanishsiz:

    .

    3. Algoritmni jadval yordamida ifodalanishi.

    Algoritmning bu ko‘rinishda berilishi ham sizga tanish. Masalan, maktabdagi dars jadvali, Pifagorning ko’paytirish jadvali, lotareya yutuqlar jadvali, Mendeleyev kimyoviy elementlar jadvali. Bunday jadvallardan foydalanish ma’lum bir algoritm qo‘llashni talab etadi.

    Biror funksiyaning grafigini chizish uchun ham funksiyaning argument qiymatlariga mos qiymatlar jadvalini hosil qilamiz. Bu ham algoritmning jadval ko‘rinishiga misol bo‘ladi. Masalan, y=x2 algoritm asosida harakat qilayotgan ijrochi o’tadigan nuqtalarni ba’zilari ko’rsatilgan quyidagi jadval bilan matematikadan tanishsiz:




    x

    -3

    -2

    -1

    0

    1

    2

    3

    y

    9

    4

    1

    0

    1

    4

    9

    4. Algoritmni grafik shaklda ifodalanishi.

    Algoritmning bu ko‘rinishdagi ifodasi bilan matematikadagi funksiyaning grafigi, kerakli uyni oson topish uchun dahalarda o‘rnatilgan uylarning joylashish sxemasi, avtobuslarning yo‘nalish sxemasi orqali sizga tanish.

    Algoritmlash asoslarini o‘rganishning yana bir qulay grafik shakli blok-sxema usulidir. Blok-sxemalar yo‘nalish chiziqlari orqali tutashtirilgan ma’lum buyruq yoki ko‘rsatmani aks ettiruvchi maxsus geometrik shakllar – bloklardan tashkil topadi:






    algoritmning boshlanishini va tugallanganligini bildiradi



    ma’lumotlarni kiritishni bildiradi




    ma’lumotlarni chiqarishni bildiradi




    oddiy harakatni, ya’ni qiymat berish yoki tegishli ko‘rsatmalar berishni bildiradi




    shart tekshirilishini bildiradi




    takrorlanish boshlanishini bildiradi




    yordamchi algoritmga murojaatni bildiradi




    sxemadagi harakat yo‘nalishini bildiradi

    :=

    qiymat berish ko‘rsatmasi


    2-masala. Radiusi R ga teng doiraning yuzasini hisoblash algoritmi tuzilsin.

    Bu masala algoritmini ikki xil usulda so‘zlar yordamida va grafik shaklda tuzamiz:




    5. Algoritmni dastur shaklida ifodalanishi.

    Ma’lumki, kompyuter dasturlar asosida ishlaydi va boshqariladi. Siz hozirgacha MS Word, Paint va MS Excel kabi amaliy dasturlar bilan ishla­dingiz. Shuni ta’kidlash joizki, har bir amaliy dastur ham juda katta va murakkab algoritmning bir ko‘rinishidir. Demak, bu kabi algoritmlar bajarilishi uchun algoritm ijrochisiga, ya’ni kompyuterga tushunarli bo‘lishi lozim.

    Odatda, algoritmning kompyuter tushunadigan tilda yozilishi dastur deb ataladi. Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash tili deb ataladi. Jahonda minglab dasturlash tillari mavjud va yana rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda BASIC, Pascal, VBA, Delphi, C, C++ dasturlash tillari keng tarqalgan va o‘rganish uchun qulay.



    Download 457.74 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 457.74 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sana tasdiqlayman O’ibdo’ Informatika 1 – dars. Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari

    Download 457.74 Kb.