• “Andijondonmahsulot ”
  • Andijondonmahsulot” AJ da ishlab chiqarish hamda sotish rejasi va uning bajarilish dinamikasini baholash
  • “Andijondonmahsulot” AJ
  • «sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish» kafedrasi «tasdiqlayman»




    Download 316.69 Kb.
    bet54/61
    Sana24.06.2021
    Hajmi316.69 Kb.
    #15171
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61
    TM=Mish.ber.+YaT+SI

    Bu yerda:



    M ish.ber - ishlab chiqarish jarayonida to’liq ishlov berilgan mahsulot qiymati;

    YaT - yarim tayyor mahsulotlar qiymati;

    SI - sanoat xarakteridagi ishlar, maishiy xizmat ko’rsatish va korxona tarkibidagi ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan xo’jaliklarda bajarilgan ish qiymati8.

    Men ushbu bitiruv malakaviy ishimni “Andijondonmahsulot” AJ sanoat korxonasi misolida yozdim. Bunda korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ishlab chiqarish hamda ularning sotish rejasi bilan tanishdim. Bizga ma’lumki, ushbu sanoat korxonasi “O’zdonmahsulot” AKtarkibidagi korxonalar sirasiga kiradi.

    Shunday ekan, ushbu korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning qancha miqdorda ishlab chiqarish rejasi esa kompaniya tomonidan yil boshida hamda har hisobot oyining boshida belgilanadi va tasdiqlanadi.

    Men ushbu korxonada 8 hafta ya’ni 2 oy davomida amaliyot davrida bunga yana bir bor guvoh bo’ldim. Misol tariqasida ushbu “Andijondonmahsulot ” aksiyadorlik jamiyatiga “O’zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan yil boshida 2017-yil uchun yillik 41000 tonna brinchi navli un hamda 33000 tonna omuxta yem ishlab chiqarish rejasi tasdiqlanganligini aytib o’tishimiz mumkin.

    Bundan tashqari mart oyi uchun 3610 tonna brinchi navli un hamda 3300 tonna omuxta yem aprel oyi uchun esa 3390 tonna brinchi navli un hamda 3300 tonna omuxta yem ishlab chiqarish rejasi belgilanganligini ham ta’kidlashimiz mumkin 9.

    Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning hajmi hamda ularning qancha qismi realizatsiya qilinganligini ushbu bitiruv malakaviy ishimizni keyingi bobida batafsil to’xtalib o’tamiz.



      1. Andijondonmahsulot” AJ da ishlab chiqarish hamda sotish rejasi va uning bajarilish dinamikasini baholash

    O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligiga erishgan kundan boshlab yurtimizda muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Karimov tomonidan juda ko’plab misli yo’q ishlar ishlar amalga oshirildi. Jumladan mamlakatimzda har bir oilaga o’z ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida tomorqalar ajratildi. Bundan tashqari ushbu tomorqalarga har bir oilaga o’z ehtiyojidan kelib chiqqan holda rizq-ro’zimiz bo’lgan bug’doy ekish taklifi tavsiya etildi. Oradan ma’lum muddat o’tib jannatmakon diyor, serquyosh o’lkamiz o’zining g’alla mustaqilligiga erishdi. Bu esa mamlakatimiz aholisi uchun kutilmagan ishlar natijasi bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shunday qilib yurtimizda don mahsulotlarini mustaqilligiga erishgandan boshlab ushbu mahsulotlarni qayta ishlashga moslashgan mavjud sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish ularning moddiy-texnik bazasini yangilash bo’yicha bir qancha istiqbolli ishlar amalga oshirildi. Jumladan ularda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni diversifikatsiya qilish ularning realizatsiyani munosib ravishda ta’minlash bo’yicha muhim vazifalar bajarildi. Mana shunday sanoat korxonalaridan hisoblanmish “Andijondonmahsulot” AJda ham bunday ishlar amalga oshirildi. Ushbu korxonada olib borilgan bunyodkorlik hamda obodonlashtirish ishlari natijasida jamiyatning faoliyati tub ma’noda yaxshilandi desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Korxonada ishlab chiqarish texnologiyalarining modernizatsiya qilinishi natijasida uning yillik ishlab chiqarish quvvati oshirildi. Bundan tashqari qo’shimcha ravishda makaron hamda non mahsulotlari ishlab chiqaradigan yangi sexlar qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi. Mazkur korxona faoliyati bog’liq ma’lum bir texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan quyidagi sahifalarda tanishamiz hamda ularni ushbu bitiruv malakaviy ishi mavzusi doirasidan kelib chiqqan holda tahlil qilamiz.

    Quyidagi 2.2.1-jadvalda “Andijondonmahsulot” AJ korxonasining so’nggi 3 yillik asosiy texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlari keltirilgan.



    Download 316.69 Kb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61




    Download 316.69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish» kafedrasi «tasdiqlayman»

    Download 316.69 Kb.