«sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish» kafedrasi «tasdiqlayman»




Download 1.58 Mb.
bet61/61
Sana24.06.2021
Hajmi1.58 Mb.
#15171
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
2.2.4-jadval.

Andijondonmahsulot ” AJda 2014-2016-yillarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning realizatsiyasi to’g’risida ma’lumot




Sotilgan mahsulotlarning nomi

2014-yil

2015-yil

2016-yil

Miqdori

(tonna)

Narxi

(so'm)

Summasi

(ming so'm)

Miqdori

(tonna)

Narxi

(so'm)

Summasi

(ming so'm)

Miqdori

(tonna)

Narxi

(so'm)

Summasi

(ming so'm)

Yanvar

Boyitilgan un (tonna)

1381

720

994320

3603,2

803

2893369,6

3129,1

876

2741091,6

Omuxta yem (tonna)

831

335

278385

1794,9

365

655139

1313

400

525200

Makaron (tonna)

7

920

6440

15

1200

18000

9

1311

11799

 

Fevral

Boyitilgan un (tonna)

1524

720

1097280

3502,5

803

2812507,5

620

876

543120

Omuxta yem (tonna)

902

335

302170

1596,1

365

582577

250

400

100000

Makaron (tonna)

0

920

0

0

1200

0

5

1311

6555

 

Mart

Boyitilgan un (tonna)

150

720

108000

3550,7

803

2851212

3650

876

3197400

Omuxta yem (tonna)

100

335

33500

1253,6

365

457564

1200

400

480000

Makaron (tonna)

0

920

0

9,8

1200

11760

9,8

1311

12847,8

 

Aprel

Boyitilgan un (tonna)

700

720

504000

3451,2

803

2771314

3768

876

3300768

Omuxta yem (tonna)

200

335

67000

1672,1

365

610317

1326

400

530400

Makaron (tonna)

6

920

5520

0

1200

0

19,5

1311

25564,5

 

May

Boyitilgan un (tonna)

2000

720

1440000

3537,2

803

2840372

4069

876

3564444

Omuxta yem (tonna)

724

335

242540

1671

365

609915

1400

400

560000

Makaron (tonna)

9,5

920

8740

0

1200

0

20

1311

26220

 

Iyun

Boyitilgan un (tonna)

2000

720

1440000

3392,5

803

2724178

4100

876

3591600

Omuxta yem (tonna)

724

335

242540

1435,9

365

524104

1450

400

580000

Makaron (tonna)

9,5

920

8740

0

1200

0

9,9

1311

12978,9

 

Iyul

Boyitilgan un (tonna)

1478,3

720

1064376

3054,6

803

2452844

3421

876

2996796

Omuxta yem (tonna)

767,4

335

257079

1283,4

365

468441

1446

400

578400

Makaron (tonna)

0

920

0

0

1200

0

17

1311

22287

 

Avgust

Boyitilgan un (tonna)

2229,1

720

1604952

3232,8

803

2595938

1219

876

1067844

Omuxta yem (tonna)

715,8

335

239793

1557,8

365

568597

584

400

233600

Makaron (tonna)

1,9

920

1748

0

1200

0

3,2

1311

4195,2

 

Sentabr

Boyitilgan un (tonna)

2442,4

720

2139542,4

3206,1

803

2574498

698

876

611448

Omuxta yem (tonna)

1566,4

335

524744

1774,7

365

647766

366

400

146400

Makaron (tonna)

2,0

920

1840

0

1200

0

0

1311

0

 

Oktabr

Boyitilgan un (tonna)

3326,6

720

2395152

2961,6

803

2378165

1718

876

1504968

Omuxta yem (tonna)

1480,6

335

496001

1563,9

365

570824

838

400

335200

Makaron (tonna)

0,7

920

644

4,7

1200

5640

0

1311

0

 

Noyabr

Boyitilgan un (tonna)

3017,5

720

2172582

3005,3

803

2413256

2300

876

2014800

Omuxta yem (tonna)

1527,9

335

511854,875

1787,5

365

652438

1200

400

480000

Makaron (tonna)

1,3

920

1212,56

0

1200

0

0

1311

0

 

Dekabr

Boyitilgan un (tonna)

3365,3

720

2423016

3178,4

803

2552255

1129

876

989004

Omuxta yem (tonna)

1754,3

335

587691

1787

365

652255

980

400

392000

Makaron (tonna)

8,9

920

8164

0

1200

0

2

1311

2622

 

Jami yillik realizatsiya qilingan mahsulotlarning hajmi hamda ularning summasi

Boyitilgan un (tonna)

23614,2

17383220

39676,1

34273164

29821,1

26123283,6

Omuxta yem (tonna)

11293,4

3783297

19177,9

4380

12353

4941200

Makaron (tonna)

46,792

43049

29,5

14400

95,4

125069,4

Jami summasi (ming so’m)

21209567

34291944

31189553


Manba: “Andijondonmahsulot ” AJningbuxgalteriyahamdasotuvbo’limlarima’lumotlariasosidatayyorlandi.

Yuqorida 2.2.3-tahliliy jadval ma’lumotlaridagi tafovutlar, rejaning bajarilishiga yanada aniqlik kiritish maqsadida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sotilishi tahlilini amalga oshiramiz.



2.2.4-jadval ma’lumotlaridan ko’ra sotish hajmi bo’yicha 2014-yildan 2016-yilgacha o’zgarishlarni quyidagi diagramma orqali tavsiflanadi.

2.2.6-diagramma

Korxonada 2014-2016-yillarda ishlab chiqarilgan hamda sotilgan un mahsulotlari hajmi dinamikasi



Manba: “Andijondonmahsulot ”AJ ning buxgalteriya hamda sotuv bo’limlari ma’lumotlari va yuqoridagi jadvallar asosida tayyorlandi.
Shunday qilib, 2014-yil sotish hajmi ishlab chiqarilgan mahsulotning (23614,2/33042*100%) 71,5 %ini tashkil etgan. 2015-yil hamda 2016-yilda esa mos ravishda (39676,1/41583/100%) 95 % hamda (29821,1/40009*100%) 74,5 %ni tashkil etgan. Bunday keskin farqlar korxonada mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini rejali asosda tashkil etilmayotganligidan dalolat beradi.

Aynan shunday holat birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotlar bo’yicha ham kuzatilmoqda. Aniqrog’i, 2015-yil sotish faoliyati samarali deb, 2016-yilda esa samarasiz deb baholanishi mumkin.

Haqiqatan, 2016-yilda omuxta yemning (12353/18032*100%) 68 %igina sotilgan. Vaholanki, ushbu mahsulot doim viloyatimizda xaridorgir hisoblanadi.

Ushbu bitiruv malakaviy ishimning mavzusi “Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish rejasi va sotish rejasini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish” bo’lib mazkur bobda uning tahlil qismini yoritishga harakat qildim. Bitiruv malakaviy ishimnig ob’yekti hisoblangan “Andijondonmahsulot” AJda ishlab chiqarish uchun belgilangan reja hamda uning qanday darajada amalga oshirilganligini bilan ushbu bobda yaqindan tanishdik. Mazkur korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qancha miqdorda sotish rejasi esa belgilanmagan. Ya’ni korxona ma’lum belgilangan reja asosida o’z mahsulotlarini realizatsiyasini amalga oshirmaydi. Biz yuqorida 2.2.3-jadvalda haqiqatda qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarilganligini tahlil qilgan edik. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qancha qismi sotilganligi bilan quyidagi jadval hamda dinamikalar yordamida batafsil tanishamiz.



2.2.5-jadval.

Andijondonmahsulot ” AJda 2014-2016-yillarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi hamda ularning realizatsiyasi to’g’risida ma’lumot




Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning nomi

2014-yil

Ishlab chiqarishga nisbatan sotish hajmi % da

2015-yil

Ishlab chiqarishga nisbatan sotish hajmi % da

2016-yil

Ishlab chiqarishga nisbatan sotish hajmi % da

Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi

Sotilgan mahsulot hajmi

Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi

Sotilgan mahsulot hajmi

Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi

Sotilgan mahsulot hajmi




Boyitilgan un (tonna)

33042

23614,2

71,5

41583

39676,1

95,4

40009

29821,1

74,5

Omuxta yem (tonna)

13016

11293,4

86,8

19108

19177,9

100,4

18032

13353

74,1

Makaron (tonna)

52

46,792

90,0

30

29,5

98,3

122

95,4

78,2


Manba: “Andijondonmahsulot ”AJning buxgalteriya hamda sotuv bo’limlari ma’lumotlari va yuqoridagi jadvallar asosida tayyorlandi.

2.2.7-diagramma.

Andijondonmahsulot” AJda 2014-2016-yillarda ishlab chiqarilgan hamda sotilgan omuxta yem mahsulotlarining dinamikasi





Manba: “Andijondonmahsulot” AJningbuxgalteriya hamda sotuv bo’limlari ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
Mazkur yuqorida keltirilgan 2.2.5-diagrammada “Andijondonmahsulot” AJda 2014-2016-yillarda ishlab chiqarilgan un mahsulotlarini qancha qismi sotilganligini ko’rishimiz mumkin. 2.2.6-diagrammada esa omuxta yem mahsulotlarining sotilish jarayoni tasvirlangan. Har ikkala diagrammalarda ham tahlil jarayonida shuni ko’rishimiz mumkinki, birgina 2015-yilning o’zida ham ishlab chiqarish hajmi ham ularning sotish hajmi yuqori su’ratlarda amalga oshirilgan. Chunki shu yili respublikamizda mustaqillik yillarining dastlabki kunlaridan beri birinchi marta mamlakatimiz bo’ylab 8 050 000 tonna g’alla yetishtirilishiga erishildi.


2.2.8-diagramma.

Andijondonmahsulot” AJda 2014-2016-yillarda ishlab chiqarilgan hamda sotilgan makaron mahsulotlarining dinamikasi





Manba: “Andijondonmahsulot” AJningbuxgalteriya hamda sotuv bo’limlari ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Ushbu 2.2.8-diagrammada esa ishlab chiqarilgan hamda sotilgan makaron mahsulotlari to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Yillar davomidagi ishlab chiqarilgan hamda sotilgan mahsulotlarning hajmlarini tavsiflovchi bu ko’rsatkichlaridan shuni ko’rishimiz mumkin-ki, 2016-yil davomida mahsulotni ishlab chiqarish hajmi hamda uni realizatsiya hajmi o’sgan.

O’tgan 2 yil davomida ya’ni 2014 hamda 2015-yillarda korxona tarkibidagi mazkur makaron ishlab chiqarish sexi ma’lum muddatgina faoliyat yuritgan xolos. Shu sababli o’sish hajmi past darajada amalga oshirilgan.

“Andijondonmahsulot” aksiyadorlik jamiyatida 2014-2016-yillar davomida sotilgan mahsulotlarning foiz ko’rinishdagi o’zgarish tendensiyalarini quyidagi dinamika yordamida tahlil qilamiz.




2.2.9-diagramma.

Andijondonmahsulot” AJda 2014-2016-yillarda sotilgan mahsulotlarining dinamikasi (foizda)









Manba: “Andijondonmahsulot” AJningbuxgalteriya hamda sotuv bo’limlari ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Andijondonmahsulot” AJda oxirgi 3 yil davomida “O’zdonmahsulot” AK tomonidan belgilangan oylik hamda yillik ishlab chiqarish rejasi asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda ularning realizatsiyasi to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tanishib bitiruv malakviy ishimni ob’yekti hisoblangan mazkur zamonaviy korxonaning reja-iqtisod, buxgalteriya hamda sotuv bo’limlari ma’lumotlari asosida tayyorlangan chizmalar jadvallar va diagrammmalar yordamida tahlil qildim.



2.3. “Andijondonmahsulot” AJ da ishlab chiqarish hamda sotish rejasi bajarilishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar tahlili

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir sanoat korxonasi ishlab chiqarayotgan mahsulotlar hajmi hamda ularning iste’molchilari ko’lamini o’z ichki imkoniyatlarini hisobga olgan holda rejalashtirish zarur. Bu yerda nafaqat ichki imkoniyatlarni balki tashqi omillarni ham hisobga olib mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan barcha xom-ashyolar bazasini, ulardan oqilona foydalanish imkoniyatlarini ham hisobga olish zarur. Shu kabi omillarni nazarda tutgan holda har bir korxona ishlab chiqarishi zarur bo’lgan barcha mahsulotlarning turi hamda hajmini mustaqil ravishda o’zi rejalashtirishi kerak. O’zbekiston Respublikasining “Korxonalar to’g’risida” gi Qonunining 20-moddasida ham yuqorida keltirilgan fikrlarning isboti sifatida quyidagi satrlar ifodalangan: “Korxonalar o’z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va xom-ashyo resurslariga, materiallarning mavjudligini hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishga, ko’rsatilayotgan xizmatga bo’lgan talablarini hisobga olib taraqqiyot istiqbollarini belgilaydi. Korxona davlat ehtiyojlari uchun shartnoma asosida ishlar bajaradi, mahsulot sotadi va xizmat ko’rsatadi”.Xuddi shu qonunda nazarda tutilgan holda “Andijondonmahsulot” AJ ham o’z faoliyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini o’zi rejalashtiradi. Ya’ni bunda korxona o’z istiqbolida qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarishi va un sotishi mumkinligini hisobga olib oldindan biznes reja tuzadi. Mazkur biznes rejada nazarda tutilgan ishlab chiqarish hamda sotish hajmi to’g’risidagi kutilish ko’rsatkichlarni “O’zdonmahsulot” AKga taqdim etadi. Ushbu taqdim etilgan ishlab chiqarilishi hamda sotilishi kutilayotgan ko’rsatkichlar asosida kompaniya korxonada ishlab chiqarilishi zarur bo’lgan mahsulot hajmini oylik hamda yillik ravishda rejalashtiradi. Ushbu belgilangan reja asosida esa, korxona mahsulotlarni ishlab chiqaradi hamda uni qanchalik ravishda bajarilganligi to’g’risida kompaniyaga, davlat statistika qo’mitasiga hamda kerakli joylarga o’z hisobotlarini taqdim etadi.



2.3.1-jadval

Andijondonmahsulot” AJda 2014-2020-yillarda ishlab chiqarilishi kutilayotgan mahsulotlar hajmi to’g’risida ma’lumot





Ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomi

Birligi

Korxonaning to'la quvvati

2014-yil (hisobot)

2015-yil (hisobot)

2016-yil (kutilish)

2017-yil (kutilish)

2018-yil (kutilish)

2019-yil (kutilish)

2020-yil (kutilish)

Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi

Quvvatdan foydalanish darajasi %

Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi

Quvvatdan foydalanish darajasi %

Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi

Quvvatdan foydalanish darajasi %

Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi

Quvvatdan foydalanish darajasi %

Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi

Quvvatdan foydalanish darajasi %

Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi

Quvvatdan foydalanish darajasi %

Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi

Quvvatdan foydalanish darajasi %

1

A

B

2

3

4

6

7

9

10

12

13

15

16

18

19

21

22

1.

Un

tonna

57500

33042

57,6

41583

72,3

42000

73,0

42500

74,0

43000

74,5

43000

74,5

43000

74,5

2.

Omuxta yem

tonna

33000

13016

39,4

19108

57,9

32000

97,0

32500

98,5

33000

100,0

33000

100,0

33000

100,0

3.

Makaron

tonna

300

52

17,3

30

10

200

66,7

250

83,3

300

100,0

300

100,0

300

100,0


Manba:“Andijondonmahsulot” AJningrejaiqtisodbo’limima’lumotlariasosidatayyorlandi.

Yuqorida keltirilgan 2.3.1-jadvalda “Andijondonmahsulot ” AJning 2014-2020-yillar da ishlab chiqarilishi kutilayotgan mahsulotlar to’g’risida ma’lumotlar taqdim etilgan. Ushbu jadval ma’lumotlari asosida 2016-yilda korxona tomonidan o’z biznes rejasida “O’zdonmahsulot” AKga taqdim etgan. Ushbu taqdim etilgan jadval asosida esa kompaniya korxonaga yillik ishlab chiqarishi zarur bo’lgan mahsulotlar hajmini rejalashtiradi. Ushbu jadval 2016- yilda korxona tomonidan taqdim etilganini hisobga olgan holda, yuqorida keltirib o’tgan 2.2.3-jadval ma’lumotlarini mazkur jadvalning 2016-yil uchun mo’ljallangan kutilish ko’rsatkichalarini solishtiradigan bo’lsak ma’lum farqlar mavjud. Korxona 2016-yilda un mahsulotlarini 42000 tonna hajmda ishlab chiqarishni rejalashtirgan edi. Amalda esa bu hisobot yilining oxirida 40009 tonnani tashkil etdi. Kutililgan ko’rsatkichdan 1991 tonna kam miqdorda mahsulot ishlab chiqardi. Xuddi shunday omuxta yem mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 32000 tonna miqdorda kutilgan bo’lsa-da, amalda 18032 tonnani tashkil etgan. Ya’ni bunda ham kutilgan natijada 13968 tonna kam mahsulot ishlab chiqarilgan. Makaron mahsulotlarini ishlab chiqarishda ham biroz kamayishlar mavjud. Ushbu ma’lumotlarni inobatga olib korxonada mahsulot ishlab chiqarish uchun belgilangan rejani bajarilishida quyidagi ichki omillar ta’sir ko’rsatmoqda:



  • korxona eng avvalo oldindan kelgusi yillarda ishlab chiqarilishi ko’zda tutilgan mahsulotlar hajmini yuqori darajada rejalshtirish;

  • korxona faoliyatida ishlab chiqarish hajmini rejalashtirishda o’zining to’la quvvatini hamda zarur xom-ashyo resurs bazasini to’la darajada hisobga olmaslik;

  • korxonada ishlab chiqarish sexlarida oy boshida dam olish kunlarining uzoqligi;

  • ishlab chiqarish texnologiyalarining asosiy qismi ta’mirtalab hamda elektr energiyasining ko’p sarflashi;

  • ishlab chiqarishdagi ishchilarning kunlik ish soatining uzunligi;

  • korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdosini birja orqali tashkil etilganligi va boshqalar.

Andijondonmahsulot” AJda ishlab chiqarish rejasini bajarilishiga ta’sir etuvchi quyidagi tashqi omillar ham mavjud:

  • kompaniya tomonidan korxonaga belgilanadigan ishlab chiqarish rejasini har hisobot oyining 8-10 sanasida ya’ni dastlabki kunlarida taqdim etmasligi;

  • belgilangan rejaga oyning oxirgi haftasida qo’shimcha ravishda yana ishlab chiqarish rejasinig belgilanishi;

  • mahsulotlar realizatsiyasida lokal tarmoqda raqobatchi turdosh korxonalarning mavjudligi hamda mahsulotlarning reklamasini past darajada tashkil etilganligi va boshqalar.

Yuqorida keltirilgan “Andijondonmahsulot” AJda mahsulotlarni ishlab chiqarish rejasi hamda sotish hajmining bajarilishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qildik. Tahlil natijasida shuni aytishimiz mumkin-ki, korxonada ishlab chiqarish rejasi hamda sotish hajmini bajarilishiga yuqori darajada erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Birinchidan korxona kelgusida ishlab chiqarilishi kutilayaotgan mahsulotlar hajmini to’g’ri rejalashtirishi zarur. Ikkinchidan korxonada ishlab chiqarish sexlarini oy boshida ta’mirlash maqsadida to’xtash vaqtini kamaytirish zarur. Uchinchidan mehnat unumdorligini oshirish maqsadida bir sutka davomidagi ishchilarning ishlash vaqtini kamaytirish kerak. Bundan tashqari korxonadagi mavjud ishlab chiqarish texnologiyalaridan bosqichma-bosqich zamonaviy, ishlab chiqarish quvvati yuqori bo’lgan, va eng asosiysi mahsulotni sifatli ishlab chiqaradigan, shuningdek, elektr energiyasi hamda yoqilg’I resurslarini kam sarflaydigan texnologiyalarga o’tish zarur. “Andijondonmahsulot” AJda mazkur sanab o’tilgan muhim vazifalar o’z vaqtida amalga oshirilsa, korxonanig ishlab chiqarish rejasi bog’liq kamchiliklar bartaraf etilgan bo’ladi.

III BOB. SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH REJASINI TA’MINLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI

3.1. “Andijondonmahsulot” AJda ishlab chiqarish va sotish rejasini takomillashtirish yo’llari
Biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizni ya’ni “Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish va sotish rejasini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi ishimizni Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan strategik ahamiyatga ega bo’lgan “Andijondonmahsulot” AJ sanoat korxonasi misolida yozdik. Bitiruv malakaviy ishining asosiy qismi bo’lgan ikkinchi bobida mazkur korxonaning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini hamda mahsulotlarni ishlab chiqarish bo’yicha belgilangan ishlab chiqarish rejasi va ularni sotish hajmi bilan bog’liq bo’lgan hisobotlarni tahlil qildik. Ushbu tahlilimizni korxona tomonidan taqdim etilgan hisobotlar asosida diagramma hamda ularning bajarilish dinamikalarini shakllantirib olib bordik. Tahlil natijalariga asoslanib ushbu korxona haqidagi quyidagi fikrlarni aytishimiz mumkin. Bu sanoat korxonasi don va don mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar sirasiga kirib, yillik 57500 tonna vitaminlarga boyitilgan un mahsulotlarini, 33000 tonna omuxta yem mahsulotlarini hamda 300 tonna makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish chiqarish quvvatiga ega hisoblanadi. Bundan tashqari ushbu bobda korxonaning ishlab chiqarish va sotish rejasini tahlil qildik. “Andijondonmahsulot” AJga 2014-yilda yil davomida jami 40938 tonna vitaminlarga boyitilgan un mahsulotlarini ishlab chiqarish rejasi belgilangan bo’lib, ishlab chiqarish rejasi hisobot yili oxirida 80,7 % ga bajarilib ya’ni 33042 tonnani tashkil qilgan. 2015- yilda esa bu ko’rsatkich hisobot yili davomida 40572tonna qilib belgilangan bo’lsa, hisobot yili oxirida belgilangan ishlab chiqarish rejasi 102,5 %ga bajarilib, 41583 tonnani tashkil qilgan. O’tgan 2016-yil davomida un mahsulotlarini ishlab chiqarish rejasining bajarilish darajasi ham yaxshi su’ratlarda amalga oshirilgan.

Ya’nikim shu o’tgan 2016-yil davomida korxonaga kompaniya tomonidan jami 40773tonna un mahsulotlarini ishlab chiqarish rejasi belgilangan bo’lsa, ushbu reja hisobot yili oxirida 98,1 %ga bajarilib 40009tonnani tashkil qildi. Ushbu tahlilda korxonaning so’nggi 3 yildagi un mahsulotlarini ishlab chiqarishga belgilangan reja hamda uni qanday darajada bajarilganligini ko’rishimiz mumkin. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ishlab chiqarish rejasi hamda ularni realizatsiya hajmi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonida ularni bajarilishiga ta’sir etuvchi kamchiliklar mavjudligini ham ko’rib o’tdik. Ushbu yo’l qo’yilgan kamchiliklar hamda mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishiga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillar ta’sini mumkin darajada bartaraf etish orqali korxona faoliyatini yanada rivojlantirib uni takomillashtirish mumkin.

Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti hisoblangan “Andijondonmahsulot” AJsanoat korxonasida ishlab chiqarish va sotish rejasini takomillashtirish uchun quyidagilar ishga amalga oshirilish zarur.


  • birinchidan,korxonada kelgusida ishlab chiqarilishi kutilayotgan mahsulotlar hajmini qaytadan ko’rib chiqib korxonaning to’la quvvat bilan ishlash darajasidan kelib chiqqan holda mahsulotlar hajmini rejalashtirish lozim;

  • ikkinchidan, “O’zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan korxonaga belgilangan ishlab chiqarish rejasi oyning dastlabki kunlarida taqdim etilishi kerak;

  • uchinchidan, korxonada ishlab chiqarish hajmini oshirishda hozirda mavjud ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha texnologiylarni bosqichma-bosqich zamonaviy, yangi, ilg’or hamda eng asosiysi energiya kam sarflaydigan texnologiyalarga almashtirish lozim;

  • to’rtinchidan hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan tegirmon sexidagi texnologiyalarni ta’mirlash maqsadida har oyning boshida ishlab chiqarish jarayoninig to’xtash kunlarini kamaytirish zarur;

  • bundan tashqari korxonada ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etayotgan ishchi xodimlarning kunlik ishlash soatini kamaytirish orqali mehnat unumdorligini oshirish zarur.

Andijondonmahsulot” AJda mahsulotlarni ishlab chiqarish sexlarida ishchilarning ishlashi uchun yetarli sharoit yaratilgan bo’lsada, ularning kunlik mehgnat qilish vaqti 10-12 soatni tashkil etadi. Ya’ni korxonada bir sutkada 2 ta smena tashkil etilgan. Ushbu tizimni takomillashtirish orqali quyidagilarga erishish mumkin. Ishchilarning kunlik mehnat vaqtini qisqartirish orqali qo’shimcha smena tashkil qilish hamda bunda mehnat unumdorligini oshishiga erishish mumkin.

Bundan tashqari mazkur tadbir amalga tadbiq etilishi natijasida qo’shimcha tarzda yangi ish o’rinlari yaratiladi. Bu esa albatta korxona uchun qo’shimcha xarajat talab etadi, lekin buning natijasida mehnat unumdorligi hamda eng asosiysi mahsulot sifatini oshishiga erishish mumkin.

Men ushbu bitiruv malakaviy ishini yozish davomida ushbu korxonaning ishlab chiqarish faoliyati, unda ko’rsatilayotgan xizmat turlari bilan yaqindan tanishdim. Izlanishlar natijasida shular ma’lum bo’ldiki, korxonada o’rtacha bir sutkada 120-150 tonna vitaminlarga boyitilgan un mahsulotlari ishlab chiqariladi. Reja iqtisod bo’limi tomonidan ishlab chiqarishdan olingan ma’lumotlarga nazar soladigan bo’lsak, korxonada ishlab chiqarishda birinchi smenada ishlayotgan ishchilar tomonidan kunlik mahsulot hajmining asosiy qismini ya’ni 60-70 %ini ishalb chiqaradilar. Bu ko’rsatkichdan birinchi smenada mehnat qilayotgan ishchilarning kunlik mehnat unumdorligi yuqori bo’lmoqda. Shuning uchun korxonada qo’shimcha smena tashkil qilib, kunlik ish soatini kamaytirish orqali ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining o’sishiga erishish mumkin. Bu esa o’z navbatida shak-shubhasiz korxonada oylik belgilangan ishlab chiqarilishi zarur bo’lgan mahsulotlar rejasini bajarilishiga o’zining ijobiy ta’sini ko’rsatadi deb umid qilamiz.

Andijondonmahsulot” AJda kompaniya tomonidan belgilangan ihslab rejasini hamda sotish hajmini oshirishda, uning bajarilish darajasini yuqori ko’rsatkichlarga erishish hamda korxona faoliyatini takomillashtirish uchun quyidagi takliflarni keltirishimiz mumkin.



  • Korxona har hisobot yili uchun belgilangan bug’doy va un mahsulotlari, omuxta yem, makaron mahsulotlari hamda urug’lik don ishlab chiqarish uchun belgilangan reja va topshiriqlarni o’z vaqtida bajarilishini tashkil etish kerak;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-sonli farmon ijrosini ta’minlash maqsadida va Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 424-sonli qarori talablariga asossan, sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan yoqilg’i-energetika resurslaridan samarali foydalanish va ularni iqtisod qilishni tashkil etishni takomillashtirish zarur;

  • Korxonada mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish hisobiga mahsulot tannarxini mumkin darajada albatta mahsulot sifatiga ta’sir ko’rsatmagan holda pasaytirish lozim;

  • Non va makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatlarini hisobga olgan holda ushbu mahsulotlar ishlab chiqarilishi uchun ajratiladigan un hajmini oshirish zarur;

  • Andijondonmahsulot” AJda “Unni fortifikatsiyalash Milliy dasturi”loyihasi asosida to’liq 1-navli temir moddasiga boyitilgan un mahsulotlari ishlab chiqarishni ta’minlash;

  • Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish maqsadida ichki milliy standart hamda sertifikatsiyalash dasturidan xalqaro standartlarga bosqichma-bosqich o’tishni tashkil etish kerak;

  • Korxonada mahsulot ishlab chiqarish hajmini hamda belgilangan ishlab chiqarish rejasini ta’minlash maqsadida investitsiyalar hisobidan ilg’or va zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini jalb qilish;

  • Ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini oshirishda hamda ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy xom-ashyo bo’lgan bug’doyni uzluksizligini ta’minlash maqsadida korxonaga donni qabul qilish shahobchalaridan don va don mahsulotlarini tashish xizmatini tizimli tashkil etish orqali transport xizmatidan temir yo’l tarnsporti orqali tashishni joriy etish;

  • Korxonada ishlab chiqarilayotgan omuxta yem mahsulotlarini polipropilen qoplarga bir xil hajmda hamda standartda qadoqlashni joriy etish zarur;

  • Korxonada debitorlik qarzini hisobga olgan holda mahsulotlar savdosida ularni oldindan to’lovlarsiz berilishini bartaraf etish va boshqalarni sanab o’tishimiz mumkin.

Yuqorida keltirilgan takliflar mazkur sanoat korxonasida joriy etilishi ta’minlansa, korxonada mahsulot ishlab chiqarish hajmi hamda mehnat unumdorligi ortadi. Bu o’z navbatida korxonaning belgilangan ishlab chiqarish rejasining to’laligicha bajarilishini ta’minlaydi hamda korxona faoliyati yanada rivojlanadi.


3.2. Korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonida mavjud resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlari
Mamlakatimiz sanoat majmui tarmoqlarida amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlarning rivojlanishi ularga xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli ishlab chiqarish korxonalari faoliyati rivojlanishi bevosita ishlab chiqarish va bozor aloqalariga bog’liq holda amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizning birinchi prezidenti Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2016-yilga bag’ishlangan majlisidagi ma’ruzasida “Biz uchun asosiy vazifa – ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyatlar va zaxiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirishdan iborat bo’lishi kerak” 10 deb ta’kidladi. Bundan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida korxonalar faoliytini o’rganish ishlab chiqarish amaliyotining bosh vazifasi hisoblanadi.

Mamlakatimizda erishilayotgan iqtisodiy natijalar, yartilgan ishlab chiqarishimkoniyatlaridan foydalanish darajasini baholashda amalga oshirilgan islohotlar natijalarini baholash va mahsulotlar sifatliligini ta’minlash bugungi kundagi ishlab chiqarish amaliyotining dolzarbligini ta’minlaydi.

Yuqorida aytib o’tganimizdek, milliy qtisodiyotimizning barqarorligi sanoat korxonalariga, ularning faoliyatiga bevosita bog’liq bo’lib, ulardagi mavjud muammolarning bartaraf etish chora-tadbirlari ko’rilishi lozim.

Ushbu keltirilgan fikrlardan shuni aytishimiz mumkin-ki, bitiruv malakaviy ishining ob’yekti hisoblangan “Andijondonmahsulot” AJ korxonasida ham ishlab chiqarish bilan bog’liq mavjud resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlari yaratilmoqda.

Ushbu imkonmiyatlar ko’lamini kengaytirish maqsadida korxona faoliyatida mamlakatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi farmonning ijrosi tatbiq etilmoqda.

Mazkur “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”o’z ichiga 5 ta muhim ustuvor yo’nalishni qamrab olib, ushbu yo’nalishlarning uchinchi yo’nalishi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan.

Bu yo’nalishda esa quyidagi asosiy vazifalar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan bo’lib, ular ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmadagi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan aktiv investitsiya siyosatini olib borish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish ya’nikim qishloq xo’jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek qadoqlash buyumlarini ishlab chiqarish bo’yicha eng zamonaviy yuqori texnologiyali uskunlar bilan jihozlangan, qayta ishlovchi yangi korxonalar qurish, mavjudlarini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish yuzasidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish kabi vazifalarni o’z ichiga oladi.11

Yurtimizda sanoat korxonalarini yanada rivojlanib taraqqiy topishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda qonunchilikda berilgan imtiyozlardan foydalangan holda mazkur sanoat korxonasida ham bir qator ustuvor vazifalar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilishni ta’minlash chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi 2015-yil4-martdagi PF-4707-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil uchun investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi 2016-yil 23-dekabrdagi PQ-2697-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016-yil 30-dekabrdagi “2017 yilga pudrat qurilish ishlari dasturi to‘g‘risida”gi 423-sonli qarorlari bo‘yicha korxonaning tegirmon sexini modernizatsiya qilish belgilangan.

Modernizatsiya ishlari uchun tegirmon jihozlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan Ukrainaning “Mogilev-Podolsk mashinasozlik zavodi” MCHJ hamda Rossiya Federatsiyasi Samara shahridagi “Melservis” MCHJ ishlab chiqarish jihozlari sotib olish uchun kontraktlar tuzilgan. Modernizatsiya ishlari uchun ATB “Agrobank” viloyat bo‘limida 8 mlrd. so‘m kredit mablag‘i ajratilishida kerakli hujjatlar tayyorlanib, bank krediti olingan. Hozirda kredit mablag‘larini konvertatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari “Andijondonmahsulot” AJ da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017-yil 24-25-fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayonining 28-bandiga asosan “O‘zdonmahsulot” kompaniyasi tizim korxonalari tomonidan baliq,parranda va chorva mollari uchun ozuqa ishlab chiqarish sexlarini tashkil etish bo‘yicha 2017-2018-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturida loyiha qiymati 1 500 000 AQSH dollari jumladan korxona o‘z mablag‘larihisobidan 300 000 AQSH dollari, bank krediti 1 200 000 AQSH dollarni tashkil etgan omuxta yem sexini modernizatsiya qilish belgilangan.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-martdagi 19-sonli qarori ijrosi to‘g‘risidagi Andijon viloyat hokimining 2017-yil 14-martdagi 143-Q-sonli qarorida 2017-yil oxiriga qadar parrandalar va boshqa chorva mollari uchun to‘la qiymatli, oqsilga boyitilgan omuxta yem ishlab chiqarish liniyalarini tashkil etish va xonadonlarga yetkazib berish uchun qulaylik yaratish maqsadida, turli hajmlardagi qoplarda savdoga chiqarilishini ta’minlash ko’zda tutilgan bo’lib, korxona tomonidan 2017-yilning I yarim yilligida Oltinko‘l tumanida 8 dona omuxta yem savdosi bilan shug‘ullanuvchi maxsus savdo do‘konlari tashkil etish belgilangan.

Andijondonmahsulot” AJ da yuqorida aytib o’tilgan davlat hokimiyati organlari tomonidan berilgan topshiriqlar, mamlakatimiz tomonidan sanaoat korxonalarini rivojlantirish uchun yaratilayotgan imtiyozlar hamda o’zida mavjud imkoniyatlardan keng foydalangan holda qisqa fursat ichida quyidagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan, korxonada ishlab chiqarilayotgan omuxta yem kerakli oqsillarga boyitilib, mahsulotni aholiga qulay hajmda polipropilen qoplarda qadoqlash ishlari jadal su’ratlarda amalga oshirilmoqda. Ushbu polipropilen qoplarni ishlab chiqarish uchun zarur granula xom-ashyosi korxonada avvallari xorijiy mamlakatlardan eksport qilingan bo’lsa, hozirgi paytda bu xom-ashyoni mamlatimizda ishlab chiqaruvchi korxonalardan sotib olmoqda. Bu ishlar natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini ma’lum darajada kamaytirishga erishilmoqda. Bu esa o’z navbatida korxonaning yurtimizda yaratilgan keng imkoniyatlardan hamda mavjud resurslardan samarali foydalayotganligidan darak beradi deb aytsak, mubolag’a bo’lmaydi.

Xulosa va takliflar

“Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish va sotish rejasini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini yoritish davomida quyidagi xulosalarga ega bo’ldik.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona faoliyati samarali tashkil etilgan va har tomonlama rivojlangan ishlab chiqarish kuchlari hamda ishlab chiqarish munosabatlari bilan ta’minlangan bo’lishi asosiy vazifa hisoblanadi. Bunda raqobatlarga chidamli, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va buning asosida foyda ko’rib ish yuritish firma va kompaniyalar oldidagi muhim vazifadir. Ayniqsa korxonaning ihlab chiqarish faoliyatini to’g’ri tashkil etish, olgan foydasining hajmiga va rentabellik ish yuritishiga bog’liqdir.

Har qanday korxonaning ish faoliyatini tashkil etishda eng avvalo, uning ishlab chiqarishi lozim bo’lgan tovarlariga yoki xizmatlariga xaridorlarning ehtiyojlari, ularning imkoniyatlari, kelajak istiqboli, tizimli va har tomonlama yondashiladi va o’rganiladi. Bu esa murakkab axborot to’plash, uni qayta ishlash va tahlil qilish, ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, tovarlar va xizmatlarassortimentini rejalashtirish, reklama ishlarini boshqarish kabi ishlar bilan shug’ullanuvchi maxsus marketing xizmatini tashkil qilishni va takomillashtirishni taqazo etadi.

Bundan tashqari mazkur sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish jarayonini hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning realizatsiyasini ham samarali tashkil etish muhim vazifalardan hisoblanadi.

Ishlab chiqarish jarayoni — bu xomashyoning tayyor mahsulotga aylanguncha bo‘lgan barcha jarayonlar ketma-ketligidir. Ishlab chiqarish jarayoni insonning mehnat predmetiga mehnat vositalari ta’siri orqali amalga oshiriladi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayoni yoki ishlab chiqarish jarayoni mehnat predmetlari, mehnat vositalari va jonli mehnatning o‘zaro ta’sirining natijasi bo‘lib hisoblanadi. Bu elementlarning birlashuvi ishlab chiqarishni tashkil etishni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish jarayoni mahsulot ishlab chiqarishda vazifasi bir xil bo‘lmagan turli jarayonlardan tashkil topadi.

Ishlab chiqarish jarayonida mehnat predmetlarini sifat o‘zgarishlariga olib keladigan jarayonlar asosiy jarayonlar deyiladi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, bajarilgan ish va xizmatlarni o’z xaridorlariga yetkazish hamda ularni topshirish bilan bog’liq jarayonlar mahsulotlarni bevosita sotish jarayoni hisoblanadi.

Ushbu bitiruv malakaviy ishini “Andijondonmahsulot” AJ sanoat korxonasi misolida yozdik. Mazkur korxonada rizq-ro’zimiz bo’lgan bug’doydan temir moddasiga boyitilgan un - birinchi hamda ikkinchi navli un mahsulotlari, makaron mahsulotlari hamda parranda va chorva hayvonlari uchun asosiy ozuqalardan hisoblangan omuxta yem mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Shu bilan birgalikda korxonada mavsumiy ravishda donni qayta tayyorlash orqali fermer xo’kaliklari uchun zarur urug’lik bug’doy tayyorlash bilan ham shug’ullandi.

Bitiruv malakaviy ishini yozish davomida bu korxonaning 2014-2015-2016-yillardagi asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari hamda korxonada shu yillar mobaynida ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar hajmi bilan yaqindan tanishib ularni tahlil qildik. Tahlil natijalaridan shular ma’lum bo’ldiki, korxonada mahsulot sotishdan tushgan tushum 2014-yilda 65913,9 mln. so’mni, 2015-yilda 64977,5 mln. so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2016-yilda bu ko’rsatkich 91638,9 mln. so’mga teng bo’lgan. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ham 2014-yilda 59221,9 mln. so’mni, 2015-yilda 73577,2 mln. so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2016-yilda ushbu ko’rsatkich 81177,5 mln. so’mni tashkil qilgan. Sof foyda esa 2014-yilda 187,2 mln. so’mni, 2015-yilda 189,7 mln. so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2016-yilda 253,8 mln. so’mga teng bo’lgan.

Andijondonmahsulot” AJda 2014-yilda yil davomida jami 40938 tonna vitaminlarga boyitilgan 1-navli hamda 2-navli un mahsulotlarini ishlab chiqarish rejasi belgilangan bo’lib, ishlab chiqarish rejasi hisobot yili oxirida 80,7 % ga bajarilib ya’ni 33042 tonnani tashkil qilgan. 2015- yilda esa bu ko’rsatkich hisobot yili davomida 40572 tonna qilib belgilangan bo’lsa, hisobot yili oxirida belgilangan ishlab chiqarish rejasi 102,5 % ga bajarilib, 41583 tonnani tashkil qilgan. O’tgan 2016-yil davomida un mahsulotlarini ishlab chiqarish rejasining bajarilish darajasi 98,1 % ga bo’lib, 40009 tonnani tashkil qildi.

Xuddi shu singari omuxta yem ishlab chiqarish rejasi ham 2014-yil davomida 31600 tonnani tashkil qilgan bo’lsada, yil oxirida reja ko’rsatkichi 41,2 % ga bajarilib 13016 tonnani tashkil qilgan. 2015-yilda ham ishlab chiqarish rejasi 31300 tonna qilib belgilangan, lekin hisobot yili oxirida esa reja ko’rsatkichi 61 % ga bajarilib 19108 tonnani tashkil qildi. 2016-yilda esa belgilangan 32200 tonna omuxta yem ishlab chiqarish rejasi 56 % ga bajarilib, 18032 tonna miqdorda mahsulot ishlab chiqarilgan.

Yuqoridagi mahsulotlar kabi makaron ishlab chiqarish hajmi ham belgilangan rejaga nisbatan ancha past miqdorda ishlab chiqarilgan. Chunki birgina 2014-yilning o’zida 260 tonna belgilangan rejaning atigi 20 %i bajarilib, mahsulot hajmi 52 tonnani tashkil etgan. Ushbu yil davomida korxonada makaron ishlab chiqarish sexi faqatgina 3 oy ishlagan.

2015-yilda ham belgilangan 140 tonna ishlab chiqarish rejasining 21,4 %i bajarilib 30 tonna miqdorda mahsulot ishlab chiqarilgan. 2016-yilda ishlab chiqarish su’rati sezirarli darajada o’sib belgilangan rejaning 55,5 %i bajarilib 122 tonna miqdorda makaron ishlab chiqarishga erishilgan.

Bitiruv malakaviy ishida amalga oshirilgan chuqur tahlil asosida shuni ta’kidlashimiz joizki, korxonada rejalashtirish jarayonida ikki qonuniyatga amal qilinmayapti:

Birinchidan, 2016 yilda rejaning tig‘izligi masalasiga yetarlicha e’tibor berilmagan;

Ikkinchidan, ikkilamchi, ya’ni birgalikda ishlab chiqariladigan yo‘ldosh mahsulotlar hajmi ishlab chiqarish quvvatiga qarab belgilangan. Vaholanki, ularning o‘z nomi ular asosiy mahsulot bilan birgalikda ishlab chiqariladigan hamda unga proporsional bo‘lgan mahsulot ekanligini ko‘rsatib turibdi. Tahlil qilingan oxirgi 3 yil davomida ushbu mahsulotlar, ya’ni vitaminlarga boyitilgan un, omuxta yem hamda makaron mahsulotlari bo‘yicha rejaning bajarilishi mos ravishda 40-50% va 20-22%ni tashkil etishi ishlab chiqarish rejasini tuzishga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish davri kelganini ko‘rsatib turibdi.

Bundan tashqari, sotish tempining o‘zgarishi, ishlab chiqarish tempining o‘zgarishiga nisbatan past ekanligi bunga sabab bo‘lgan salbiy omillarning mavjudligidan dalolat bermoqda. Xususan, korxona un va makaron mahsulotlarining sifati pastligi ularning realizatsiyasini kamaytirganligi aniq, deb hisoblaymiz.

2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish belgilanganligi masalaning tub mohiyatini hamda ustuvor vazifalarni ko‘rsatmoqdaki, mahsulot sifati birinchi omillardan hisoblanadi.



Yuqorida keltirib o’tgan tahlil natijalarimizdan shuni umumiylashtirib aytishimiz mumkinki, “Andijondonmahsulot” AJda “O’zdonmahsulot” AKtomonidan belgilangan mahsulotlarni ishlab chiqarish rejasi deyarli bajarilgan. Ammo shunga qaramasdan ma’lum bir mahsulotlarni ishlab chiqarishda korxonaning to’liq ishlab chiqarish quvvatidan foydalanilmagan. Ya’ni юқоридаги сабабларга кўра omuxta yem hamda makaron mahsulotlarini ishlab chiqarishda belgilangan reja ko’rsatkichlarini bajarilish darajasida salbiy farqlar hamda holatlarni ko’rishimiz mumkin. Albatta, bu reja ko’rsatkichlarini bunday darajada amalga oshirilganligi sabablarini unga ta’sir etuvchi ichki hamda tashqi omillarga oldingi boblarimizda batafsil to’xtalib o’tgan edik. Mazkur sabablarni, omillarni hisobga olgan holda, “Andijondonmahsulot” AJda belgilangan ishlab chiqarish hamda sotish rejasini yuqori su’ratlarda bajarilishi uchun quyidagilarni korxona faoliyatida joriy etishni taklif qilamiz.

  1. Korxonada kelgusida ishlab chiqarilishi kutilayotgan mahsulotlar hajmini qaytadan ko’rib chiqib, korxonaning to’la quvvat bilan ishlash darajasidan kelib chiqqan holda mahsulotlar hajmini rejalashtirishi lozim. Bunda rejaning tig‘izligi hamda ilmiy jihatdan asoslanganligi hal qiluvchi o‘rinni egallashi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Agar ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish rejalashtrilmasa, shunga mos ravishda ikkilamchi mahsulotlar hajmini korrektirovka qilish talab etiladi.

  1. O’zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan korxonaga belgilangan ishlab chiqarish rejasi har oyning birinchi dekadasida taqdim etilishi kerak.

  2. Sotish hajmini ko‘paytirish uchun mahsulot sifatini tubdan yaxshilash va bu masalani ustuvor deb qarash lozim. Axir o‘zbek xalqi uchun sifatli va arzon un eng asosiy farovonlik garovi hisoblanadi.

  3. Korxonada ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda mahsulot sifatini yaxshilash uchun hozirda mavjud ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha texnologiyalarni bosqichma-bosqich zamonaviy, yangi, ilg’or hamda eng asosiysi energiya kam sarflaydigan texnologiyalarga almashtirish lozim. Bu mahsulot tannarxining pasaytirishni ko’rinmas imkoniyatlaridan hisoblanadi.

  4. Hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan tegirmon sexidagi texnologiyalarni ta’mirlash maqsadida har oyning boshida ishlab chiqarish jarayoninig to’xtash kunlarini kamaytirish zarur.

  5. Makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish to’la quvvatlarini hisobga olgan holda ushbu mahsulot ishlab chiqarilishi uchun ajratiladigan zarur un hajmini oshirish kerak. Biroq makaron mahsulotlari sifati tobora ta’bi va didi nozik bo‘lib borayotgan xalqimiz uchun muhim omil ekaligini doimo yodda tutib ish ko‘rish kerak. Buning uchun“Andijondonmahsulot” AJda “Unni fortifikatsiyalash Milliy dasturi” loyihasi asosida to’liq 1-navli temir moddasiga boyitilgan un mahsulotlari ishlab chiqarishni ta’minlash zarur.

  6. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish maqsadida milliy standart hamda sertifikatsiyalash dasturidan xalqaro standartlarga bosqichma-bosqich o’tishni tashkil etish kerak. Bu sotish hajmini oshirib, korxona moliyaviy barqarorligini ta’minlash vositalaridan biridir.

  7. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini oshirishda hamda ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy xom-ashyo bo’lgan bug’doyni uzluksizligini ta’minlash maqsadida korxonaga donni qabul qilish shahobchalaridan don va don mahsulotlarini tashish xizmatini tizimli tashkil etish orqali transport xizmatidan temiryo’l tarnsporti orqali tashishni joriy etish.

  8. Korxonada ishlab chiqarilayotgan omuxta yem mahsulotlarini polipropilen qoplarga bir xil hajmda hamda standartda qadoqlashni joriy etish hamda kepakka qo‘shimcha ravishda aralashtiriladigan tarkibni qayta ko‘rib chiqish zarur, deb hisoblaymiz. Bu uning sotilishiga to‘siq bo‘layotgan sabablardan biridir. Agar toza kepak sotilsa, bu chorvachilikning rivojlanishi hamda tadbirkorlikning gurkirashiga ta’sir etuvchi omil bo‘lib xizmat qilgan bo‘lardi.

Yuqorida aytib o’tgan takliflarimizni “Andijondonmahsulot” AJda tatbiq etish orqali ushbu korxonaning iqtisodiy samaradorligini yanada oshishiga hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini belgilangan ishlab chiqarish rejasiga nisbatan o’sishiga erishishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: «O’zbekiston», 2008

  2. O’zbekiston Respublikasi «Korxonalar to’g’risida»gi qonuni. Toshkent. – «Adolat», – 1991 yil

  3. O’zbekiston Respublikasi «Tadbirkorlik to’g’risida»gi qonuni. Toshkent. – «Adolat», –1991 yil.

  4. O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» Toshkent «Toshkent» - 1998 yil.

  5. O’zbekiston Respublikasi «Ixtirolar, modellar va sanoat namunalari haqida»gi Qonuni, – Toshkent.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» 1999 yil.

  6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”. 2017-yil 8-fevral “Xalq so’zi” gazetasi № 28

  7. SH.M.Mirziyoev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar. - Toshkent: «O‘zbekiston», 2017. - 104 bet

  8. Sh.M.Mirziyoyev “2017-yil 18-aprelda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bag’ishlangan majlisdagi ma’ruza”si. Xalq so’zi 2017-yil 19-aprel.

  9. I. Karimov. «Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish», «Xalq so’zi» №13 19.01.2013 yil.

  10. I. Karimov. «2014 yil yuqori o’sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o’zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo’ladi». «Xalq so’zi» №13 18.01.2014 yil.




  1. I.Karimov. «2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir». «Turkiston» №5, 17.01.2015 yil.

  2. I.A.Karimov. “Bosh maqsadimiz mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borilayotgan islohotlarni iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, hususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishidir”. Halq so’zi 16yanvar 2016 yil.

  3. I. Karimov “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” - T.: «O’zbekiston», 2009

  4. I.A.Karimov.Yuksak malakali mutaxassislar — taraqqiyot omili”. T., “O’zbekiston”, 1995, 22-bet.

  5. I. Karimov «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» - T.: «Ma’naviyat», 2008.

  6. I. Karimov. «Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo’lida»-T.: «O’zbekiston», 2008.

  7. I. Karimov. «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab – quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport saloxiyatini oshirish to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Toshkent. «O’zbekiston» – 2008 yil.

  8. I.Karimovning Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqi. Andijon shaxri. 26.04.2013yil.

  9. Abdullaev A., A.Aybeshov. «Qo’shma korxonalar iqtisodi» – Toshkent. «Cho’lpon nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi» –2005 yil.

  10. Abdukarimov B.A., Qutbetdinov A.T. va boshqalar. Ekonomiks bo’yicha terminlarning izoxli lug’ati. Toshkent. 1996.

  11. Aybeshov X., Ergashev A., Yulchiyev E., A.Ismoilov. «Marketing asoslari»(4 – qayta nashri). Toshkent – «ILM ZIYo» – 2013 yil.

  12. Pardaev M.Q., Abdukarimov B.A. Mehnat iqtisodi va sotsiologiyasi. O’quv qo’llanma. Samarqand 2002.

  13. Pardaev M.Q., Isroilov B.I. Iqtisodiy tahlil. O’quv qo’llanma, I-II qism. - Toshkent: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi”. Nashriyot uyi, 2001

  14. Parpiev U., Salomov I. Bozor iqtisodiyoti asoslari va ishlab chiqarishni tashkil etish. T. “SHarq”. 1996.

  15. Qutbetdinov A.T., Abdukarimov B.A Korxonaning bozor modeli. Ma’ruza matni, Samarqand 2000.

  16. Ro’zinazarov Sh. va boshqalar «Yangi qonunlar mohiyati» - Toshkent.: Ilm Ziyo 2009

  17. Sulaymanov Sh.S. Iqtisodiyot nazariyasi. O’quv qo’lanma. O’sh. 1998.

  18. S.S.G’ulomov, B.D. Semenov “Menejment asoslari”o’quv qo’llanma. Toshkent -1998. 121-bet

  19. S. Qodirov “Sanoat korxonalari xo’jalik faoliyati tahlili”. Toshkent-2006 yil 14-bet.

  20. To’raev A.S va boshqalar «Investitsiya loyihalari tahlili» - Toshkent.: SHarq 2003.

  21. Tvis B. Upravlenie nauchnogo texnicheskimi novovvedeniyami. M.: Progress.1982y.

  22. Sharifxo’jaev M., Yo. Abdullaev. Menejment. Darslik. – Toshkent, «O’qituvchi», 2001 y. 704 b.

  23. «Andijondonmahsulot» aksiyadorlik jamiyatining yillik hisobot ma’lumotlari.

  24. http://UzVIP.uz/

  25. http://stat.uz/

  26. http://senat.uz/

  27. http://www.budgetrf.ru/

  28. http://www.press-service.uz

  29. http://www.gov.uz/




1 I.A.Karimov. “Mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2016-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisi” 2016-yil 16-yanvar

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi”. 2017-yil 8-fevral “Xalq so’zi” gazetasi №28


3I.A.Karimov Yuksak malakali mutaxassislar — taraqqiyot omili”. T., “O’zbekiston”, 1995, 22-bet.


4I.A.Karimov.Yuksak malakali mutaxassislar — taraqqiyot omili”. T., “O’zbekiston”, 1995, 22-bet.



5 Sh.M.Mirziyoyev “2017-yil 18-aprelda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bag’ishlangan majlisdagi ma’ruza”si. Xalq so’zi 2017-yil 19-aprel.

6 Sh.M.Mirziyoyev “2017-yil 18-aprelda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bag’ishlangan majlisdagi ma’ruza”si. Xalq so’zi 2017-yil 19-aprel.

7S.S.G’ulomov, B.D. Semenov “Menejment asoslari”o’quv qo’llanma. Toshkent -1998. 121-bet

8 S. Qodirov “Sanoat korxonalari xo’jalik faoliyati tahlili”. Toshkent-2006 yil 14-bet.

9 “Andijondonmahsulotlari” AJning reja iqtisod bo’limi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

10I.A.Karimov. “Mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2016-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisi” 2016-yil 16-yanvar

11O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”. 2017-yil 8-fevral “Xalq so’zi” gazetasi №28




Download 1.58 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Download 1.58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish» kafedrasi «tasdiqlayman»

Download 1.58 Mb.