«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 6




Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana03.08.2022
Hajmi0.65 Mb.
#25091
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
raqamli-iqtisodiyotda-axborot-kommunikatsion-texnalogiyalar

 
667 
 
Endi global information tizimda mavjud bo’lgan ochiq ma’lumotlar va 
adabiyotlardan foydalangan xolda bir qancha rivojlangan mamlakatlar misolida raqamli 
iqtisodiyot infratuzilmasini shakllantirishning asosiy ko’rsatgichlari va uning o’ziga 
hos hususiyatlari bilan tanishib chiqamiz [5]: 

Raqamli elektron biznes sohasidagi kompaniyalarning kapitalizatsiyasi 
foydalanuvchilar soniga va ular sonining ko’payishiga bog’liq bo’lib qoladi [6]. Bu 
esa kompaniyalarga sotuvdan katta miqdordagi daromad olinishiga sabab bo’ladi. 
Masalan, YouTube bir kunda 100 million so’rov oladi, Facebookda esa 2 milliarddan 
ko’p ishtirokchilar mavjud. Huddi shu juda katta foydalanuvchilar guruhini qamrab 
olish nafaqat kapitalizatsiyani ko’paytiradi, balki reklamada ham katta miqdordagi 
mablag’ ishlab olishga sabab bo’ladi. Masalan, 2015 yilda Facebook reklamaning 
o’zidan 26,9 milliard dollardan ortiq mablag’ ishlab oldi. 2016 yil natijalari bo’yicha 
Facebookning yillik daromadi 27,6 milliard dollarni tashkil qilib, sof foyda 10,2 
milliard dollarni tashkil etgan [3]. Shunday qilib, raqamli iqtisodiyot - yangi iqtisodiy 
muhit bo’lib, u biznes uchun yangi va juda katta imkoniyatlar yaratib beradi. 

Raqamli iqtisodioyt sharoitlarida raqobat kurashining tuzilishi va harakteri 
ham butkul o’zgarib ketadi[4]. Aniq va ravshan qilib ta’kidlash mumkinki, raqamli 
iqtisodiyot va elektron tijoratning yangi texnologiyalari ta’sirida biznes-modellar ham 
o’zgarib ketadi. Masalan, yo’lovchilar tashish bozoridagi agregator-kompaniyalar 
(GettTaxi, Yandex.Taxi kabilar) transport kompaniyalaring ish faoliyatiga ko’pgina 
o’zgarishlar kiritib, ularni iste’molchilarga ancha yaqinlashtirishga erishdilar. Oziq- 
ovqat yetkazib berish kompaniyalari ham sotuvchilarni iste’molchilarga yaqinlashtirb 
berdilar va raqobatli bozorda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Bularning natijasida 
an’anaviy off-layn kompaniyalar o’z bizneslarini transformatsiya qilishga yohud on- 
laynga o’tishga majbur bo’ladilar. Bu holat esa tadbirkorlarga intemetda o’z 
bizneslarini tashkil qilishga undaydi. 

Raqamli iqtisodiyot tezkor biznes-analitika tahlili asosida biznes uchun yangi 
g’oyalar qidirish hamda mijozlar bilan teskari aloqani amalga oshirish imkoniyatini 
yaratib berdi. Bu esa potentsial mijozlarning innovatsion kutishlariga nisbatan reaktiv 
ravishda ta’sir qilish imkonini yaratdi. Bunday ishlar natijasida Google 
AnaliticsvaЯндекс.Метрика kabi bepul servislar hosil bo’ldi [5]. 

Raqamli iqtisodiyot innovatsiyalarning hayotiy tsikli ancha kamayishi bilan 
ham 
tavsiflanadi[6].Bu 
esa 
ko’plab 
yangi 
smartfonlar 
modellarining, 
kompyuterlarning, mobil ilovalarning, komp’yuter o’yinlarining yangi versiyalarining 
tezkorlik bilan paydo bo’lishiga turtki bo’ladi. Bir qancha olimlar va mutahassislarning 
fikrlaricha, transportda ham yangi innovatsion transport tizimlari paydo bo’lishi 
kutilmoqda. Masalan, magnit-levitatsion vositalar, vakuumli transport vositalari, 
Hyperloop tizimlar va boshqalar bularga yaqqol misol bo’lishi mumkin. 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

Download 0.65 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 6

Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish