«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 6




Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana03.08.2022
Hajmi0.65 Mb.
#25091
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
raqamli-iqtisodiyotda-axborot-kommunikatsion-texnalogiyalar

 
MUHOKAMA 
Hozirgi paytda jahondagi bir qancha rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Xitoy, 
Yaponiya, Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya va boshqalar), jahon iqtisodiyotida 
ro„y berishi boshlangan o„zgarishlarni jisobga olgan holda, iqtisodiyotning ko’pchilik 
tarmoqlarini raqamlashtirish bo’yicha jadal harakatni boshlamoqdalar. Lekin, bu 
ma’lumotlarni nazarda tutgan holda shuni qayd etishga majburmizki, bironta, jumladan, 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6
 
669 
 
yetakchi mamlakatlarda ham raqamli iqtisodiyot o’zi nima ekanligi va u kelajakda 
qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida to„laqonli falsafiy tushunish yo„q. 
Ko„rinib turibdiki, raqamli iqtisodiyot deganda, ko„plab mamlakatlar iqtisodiy 
munosabatlar va boshqaruvning yangi shakllarni emas, balki, iste’molchilar bilan 
kommunikatsiya qilish va to„lovlarning yangi elektron raqamli shakllarini tushunadi
holos. Aftidan, ko„pchilik mamlakatlar raqamli iqtisodiyotni ongli ravishda tashkil 
etmaydilar, balki mavjud iqtisodiy munosabatlarni raqamlashtirish jarayoni bilan 
shug„ullanadi, xolos. Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonining ba’zi yetakchi 
mamlakatlari esa qarama-qarshi yondashuvlar tanlab olishgan [5]. Masalan, AQSH 
bozor yo„nalishini, Xitoy esa rejali iqtisodiyotni tanlab olgan. Qolgan mamlakatlar 
ma’lum bir oraliq variantlarga rioya qilishadi. Shuni alohida aytib o„tishni kerakki, 
xuddi Xitoy kabi, AQSH dasturi nuqtai-nazaridan ham iqtisodiyotni raqamlashtirish 
jarayonida biz globallashuvning yangi bosqichini ko„ramiz. Dunyodagi eng kuchli 
ikkita iqtisodiyot sifatida AQSH va Xitoy uchun globallashuv foydali, chunki iqtisodiy 
jihatdan kuchliroq bo„lgan o„yinchi doimo o„z ustunligini namoyish etish imkoniyatiga 
ega bo„ladi. Agar bu sohadagi AQSH ning ko„rib chiqadigan bo„lsak, raqamli 
iqtisodiyotni tashkil qilish jarayonini to’rt asosiy blokka ajratish mumkinligi ma’lum 
bo„lib qoladi: 
1. 
Raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun kerakli bo’lgan shart-sharoitlarini 
yaratish (ya’ni, tegishlinormativ-huquqiybaza tashkil qilish); 
2. 
Raqamli 
transformatsiya qilinishga eng tayyor bo’lgan iqtisodiyot 
sub’ektlarida raqamli iqtisodiyot platformalarining vujudga kelishi va global miqyosda 
ishga tushushi; 
3. 
Raqamli 
iqtisodiyot platformalarning o’zaroraqobat kurashi va ularning asta- 
sekinlik bilanintegratsiyalashuvi amalga oshishi; 
4. 
Raqamli 
iqtisodiyot sohasidagi eng perspektiv yechimlarni butun iqtisodiyotga 
joriy qilish. 
Biz ham mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning AQSH va Xitoy 
mamlakatlarida sinovdan o’tgan huddi shunday strategiyasini tanlaganimiz maqsadga 
muvofiq bo’lar edi. 
NATIJA
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish O„zbekiston Respublikasi uchun ham uning 
dunyo miqyosidagi raqobatbardoshligini belgilab beradigan strategik ahamiyatga molik 
masalalardan biri hisoblanadi. Bu esa davlatimizga raqamli iqtisodiyotning 
rivojlanishini uchun shart-sharoitlar yaratish, uni eng kerakli sohalarga yo’naltirish va 
bu jarayonni imkoniyat darajasida rag„batlantirish zarurligi demakdir.Milliy 
iqtisodiyotimizning yana bir muhim ajralib turadigan jihati shundaki, YIM asosiy qismi 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

Download 0.65 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 6

Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish