• SEMENT ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
  • Vazir A. XAITOV
  • Sement ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida




    Download 132.64 Kb.
    bet1/19
    Sana01.04.2022
    Hajmi132.64 Kb.
    #19182
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    xfx
    fizik kimyo fanini oqitishda baliq skeleti metodidan fojdalanish. (1), 4. LAZERLARNING TURLARI @fizika, Тулибоев Максадбек Зохид угли




    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
    BUYRUG‘I
    SEMENT ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
    (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011 y., 15-son, 156-modda)
    [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011 yil 13 aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2216]
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 12 iyuldagi 267-son «Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000 y., 7-son, 39-modda) va 2010 yil 20 iyuldagi 153-son «Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
    1. Sement ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
    Vazir A. XAITOV
    Toshkent sh.,
    2011 yil 14 mart,
    16-B-son
    O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011 yil 14 martdagi 16-B-son buyrug‘iga
    ILOVA
    Sement ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
    QOIDALARI
    Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 5-son, 223-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 12 iyuldagi 267-son «Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000 y., 7-son, 39-modda) va 2010 yil 20 iyuldagi 153-son «Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq sement ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.

    Download 132.64 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 132.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sement ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida

    Download 132.64 Kb.