Seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini о‘tkazish texnologiyasi




Download 50.74 Kb.
Sana07.04.2024
Hajmi50.74 Kb.
#190755
Bog'liq
Seminar
2 Талаб ва таклиф

.Seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini о‘tkazish texnologiyasi Seminar mashg‘ulotlari – о‘quv jarayonini tashkil etishning asosiy shaklidan biri bо‘lib, о‘qituvchi nazorati ostida talabalar tomonidan nazariy savollarni jamoaviy ravishda muhokama qilishni nazarda tutadi.
Seminar mashg‘ulotlari ta’lim berish shakli sifatida antik davrga borib taqaluvchi uzoq tarixga ega. “Seminar” sо‘zining о‘zi lotin tilidagi "seminarium" sо‘zdan olingan bо‘lib, bog‘bon (kо‘chat о‘tkazuvchi) deb tarjima qilinadi. Bu vazifa о‘qituvchiga talabalarning ongiga yangi bilimlarni о‘tkazish va ularni rivojlantirish vazifasi bilan bog‘langan bо‘lib, talabalar о‘qituvchidan olgan bilimldari evaziga kelajakda mustaqil fikrlaydigan, bilimlarini boyitib borishga intiluvchi shaxs bо‘lib yetishadilar.
Seminar mashg‘ulotlari о‘quv jarayonini tashkil etishning boshqa shakllari bilan uzviy bog‘langan bо‘lib, bular avvalambor ma’ruza va talabalarning mustaqil ishlaridir. Seminar mashg‘ulotlariga talabalarning kasbiy tayyorgarligi sifatini belgilab beruvchi kursning asosiy mavzulari olib chiqiladi.
Seminar mashg‘ulotining о‘ziga xosligi kо‘rib chiqilayotgan mavzumuhokamasida har bir talabaning bir maromda va faol ishtirokiga imkon yaratilishidadir.
Seminar mashg‘ulotining vazifalari quyidagilardir: о‘quv fani bо‘yicha talabalarning bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish va kengaytirish; intelektual vazifa va muammolarni о‘rnatish va yechiminitopish malakasini shakllantirish; talabalar bilan о‘z nuqtai – nazarini asoslash, shuningdek boshqa fikrlarni isbotlash yoki inkor etish bо‘yicha qobiliyatlarini rivojlantirib borish; nazariy jihatdan tayyorgarlik darajasini namoyish etish; adabiyotlar bilan mustaqil ishlash kо‘nikmasini shakllantirish. Seminar mashg‘ulotlarining quyidagi kо‘rinishlarini farqlash mumkin.
Proseminar – birinchi kurs talabalarini oliy ta’limda mustaqil ishlashning о‘ziga xosligi bilan tanishtirish, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash kо‘nikmasini egallashni maqsad qilgan. Talabaning proseminarda ishlashining xarakterli elementi ma’lum mavzularda referatlarning tayyorlab kelishlari, ularni о‘qib berishlar va muxakama qilishlari va о‘qituvchidan mos ravishdagi bahoga ega bо‘lishlaridir.
Seminar - seminar mashg‘uloti kursning о‘quv dasturi bilan mustahkam ravishda bog‘langan bо‘lib, uning alohida, nisbatan chuqurroq mavzularini о‘rganishni maqsad qilgandir.
Maxsus seminar - seminar mashg‘uloti tadqiqodchilik turida bо‘lib, kurs bо‘yicha ma’ruza mashg‘uloti mavzularidan qat’iy nazar ham bо‘lishi mumkin, uning maqsadi ayrim muammolarni chuqurroq о‘rganishdan iboratdir. Yuqori kurslarda tashkil etiladi va ushbu soha bо‘yicha mutaxassis boshqaruvida olib boriladi. Seminar mashg‘ulotlari odatda quyidagi tuzilishga ega: о‘qituvchining kirish sо‘zi, asosiy qism, о‘qituvchining yakuniy sо‘zi. О‘qituvchining kirish sо‘zi о‘rganilayotgan kurs doirasida ushbu seminar mashg‘ulotining о‘rnini, mashg‘ulotning maqsad va vazifalarini qisqa ochib beradi, talabalarning diqqatini mobillashtiradi, mashg‘ulotga qaratadi va faollashtiradi.
Asosiy qism talabalarning chiqishlari va ularni muhokamasi, quyida yana tо‘xtalib о‘tiluvchi turli metodik shakllardan iborat bо‘ladi.
О‘qituvchining yakuniy sо‘zi alohida savollar bо‘yicha ham, umumiy seminar mashhuloti bо‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin bо‘lib; talabalar faoliyatini xulosalash va baholash, keyingi seminar mashg‘uloti bо‘yicha kо‘rsatmalar berishdan iborat bо‘ladi.
Mutaxassisliklar bо‘yicha fanlardan seminar mashg‘ulotlarini tashkil e tishning turli shakllarini kо‘rib chiqamiz.
Seminar rejasi savollari bо‘yicha talabalar bilan savol-javob о‘tkazish о‘qituvchining navbati bilan har bir talaba bilan suhbatiga teng.Bu jarayonda butun guruhga emas, balki suhbat olib borilayotgan talabaning о‘ziga savol beriladi. Talaba savolga noaniq yoki tо‘liq bо‘lmagan javobni bersa, о‘qituvchining о‘zi javobni tо‘ldiradi, aniqlashtiradi. Natijada guruhning asosiy talabalari о‘qituvchi bilan suhbatlashish navbatlari kelishini kutib passiv holatni egallaydilar, kо‘pincha boshqa ishlar bilan band bо‘ladilan yoki konspektlarini ma’nosiz ravishda varroqlay boshlaydilar7
Bulanova-Toporkova M.V.8seminar mashg‘ulotini tashkil etishning an’anaviy metodini quyidagi kamchiliklarini kо‘rsatib о‘tganlar. Sо‘z navbati berilgan talabalar individual bilimlarini namoyon etadilar, shuning uchun muloqot deyarli amalga oshirilmaydi. Hamkorlik va о‘zaro yordam mavjud bо‘lmaydi. Sо‘zga chiqgan talabaga yordam berish javobni aytibturish hisoblanadi, bu taqiqlangan, tartibni buzish hisoblanadi. Talabalarning о‘quv jarayoniga shaxsiy yondoshuvi kuzatilmaydi. Talabaning intellektual faolligi chegaralab qо‘yiladi. О‘qituvchi va talaba orasidagi masofa muloqot qilish, о‘zaro harakatlar qilishga chegara qо‘yadi. Talabalar seminar vaqtida о‘z fikrlarini bildirmay, boshqa ishlar bilan band bо‘lish imkoniyatiga ega bо‘ladilar.
Seminarni tashkil etish shaklining о‘zi talabalarni passiv holatga tushirib qо‘yadi, ularning nutqiy faolligi minimumga yetkkaziladi. Kasbiy jamiyat talab etayotgan kasbiy muloqot va о‘zaro harakatlar kо‘nikmasini shakllantirish imkoniyati mavjud bо‘lmaydi. Shunday qilib, mashg‘ulotlarda guruhli muloqot qilish shakli jamiyatdagi, ishlab chiqarishdagi kishilar munosabatining adekvat modeli hisoblanmaydi, shuning uchun ham bugungi kunda mutaxassislarni tayyorlash talablariga mos kelmaydi.
Reja asosida ochiq suhbat ushbu shakl seminar savollari bо‘yicha barcha talabalarning tayyorlanishini, ularning chiqishlarini, о‘qituvchining seminar savollari bо‘yicha va umuman seminar bо‘yicha xulosalarini nazarda tutadi. Ochiq suhbat savollar bо‘yicha muhokama jarayoniga iloji boricha kо‘p talabalarni jalb etish, diqqatlarini faollashtirish, asosiy va qо‘shimcha vositalardan foydalanish imkoniyatini beradi.
Ochiq suhbat shaklidagi seminar mashg‘uloti о‘qituvchidan u yoki bumavzu bо‘yicha alohida vazifa olgan talabalarning yakka xolda sо‘zga chiqishini
taqiqlamaydi, biroq bunday holatlarning barchasida yakka chiqish qiluvchitalabalarning chiqishlari asosiy bо‘lmaydi, balki muhokama etilayotgan mavzuga qо‘shimcha, tо‘ldirish sifatida amalga oshiriladi.
Talabalarning doklablarini (referatlari, mustaqil ishlarini) tinglash. Dokladlar tizimi о‘z ichiga turli-tuman variantlarni qamrab oladi. Ayrim holatlarda о‘qituvchining о‘zi yoki talabaning istagiga kо‘ra doklad qiluvchini, unga yordam beruvchini va opponentlarni belgilaydi.
Ayrim holatlarda esa aksincha о‘qituvchi rejaning barcha savollari bо‘yicha yoki ularning ayrimlvari bо‘yicha faqatgina opponentlarni belgilaydi. Chiqish vaqtida opponent talabaning chiqishini muhokama qiladi, xato va noaniq joylarini kо‘rsatib о‘tadi, materialni tо‘ldiradi va muhokamaga yakun yasaydi. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun opponentning о‘zi mavzuning rejasi bо‘yicha tо‘liq tayyorlangan bо‘lishi zarur bо‘ladi. Shunday qilib, ishning mazmuni ayrim talabalarga vaqti-vaqti bilan seminar mashg‘ulotida u yoki bu savolni muhokamasini boshqarish va yakun yasashni, uning ijobiy va salbiy tomonlari haqida xulosa chiqarishni topshirishdan iborat. Bu esa talabalarda pedagogik ish kо‘nikmasini yanada samarali shakllantirish imkonini yaratib beradi.
Ochiq suhbat va dokladlar tizimini seminarni о‘tkazishning mustaqil shakli sifatida kо‘rib chiqar ekanmiz, ular orasida juda kо‘p umumiylik mavjudligini ta’kidlab о‘tish lozim. U yerda ham, bu yerda ham ijodiy muhokamada asosiysi mos keluvchi savollardir. Birinchi holatda, guruhning tо‘liq ravishda tayyorlanadi, ikkinchi holatda esa tashabbus doklad qiluvchilarga beriladi. Tajribalarning kо‘rsatishicha, doklad tizimida doklad sifatida bо‘lib berilgan savoollar bо‘yicha butun guruhning tayyorlanishi juda katta qiyinchilik bilan amalga oshadi. Mana shundan kelib chiqib ikkita metodik xulosaga kelish mumkin: 1) har bir shaklning yutuq tomonlarini qо‘llagan xolda, kamchiliklarini bartaraf etishga harakat qilishga e’tiborni qaratish lozim; 2) mashg‘ulotlarda u yoki bu shakllarni almashtirib qо‘llash va bir shaklning ustun bо‘lib qolishini oldini olish. Ayrim talabalar tomonidan avvaldan tayyorlangan va seminardan oldin butun guruh bilan о‘qilgan referatlarni muhokama qilish. Seminar mashg‘ulotini о‘tkazishning navbatdagi shakli referatlarni muhokama qilish hisoblanadi.Oddiy dokladlardan referat о‘zining mustaqil ravishda bajarilganligi, о‘z tadqiqodlari elementlarining kiritilishi, ijodiy yondoshuv, ilmiyligi bilan farqlanib turadi. Agar referat seminar mashg‘ulotidan oldin boshqa talabalar tomonidan ham о‘qib chiqilgan bо‘lsa yaxshi bо‘ladi, biroq texnik jihatidan bu qiyin jarayondir. Shuning uchun muallif о‘z referatini og‘zaki ma’lumot berish sifatida bayon etib beradi.
Referat metodi talabalarda tadqiqodchilik ishi kо‘nikmasini shakllanishiga yordam beradi, sosiologi, sosiologiya bо‘yicha seminar mashg‘ulotlarini faollashtiradi, ushbu fanni о‘rganishni boshqa fanlar bilan va ishlab chiqarish bilan bog‘lash imkoniyatini yaratadi.
Nazariy konferensiya Nazariy konferensiya kо‘rinishidagi seminar mashg‘uloti doklad va referatlar muhokama qilinuvchi seminar shakllariga yaqin kо‘rinishdagi seminar turi hisoblanadi. Uning farqi bir tomondan nisbatan tо‘liq tayyorgarlik kо‘rilishida bо‘lsa, boshqa tomondan u juda kam о‘tkaziladi, sababi shundaki, uni о‘tkazish uchun bitta guruh emas, bir qancha guruh yoki potok jalb eiladi. Konferensiyaning mavzusi rejaning umumy mavzularidan olinishi shart emas. Kо‘pincha u katta mavzuni, fanning biron bо‘limini о‘rganib bо‘lgach amalga oshiriladi.
Press-konferensiya-seminar Agar seminarda muraakab bо‘lgan nazariy muammolarni kо‘rib chiqish nazarda tutilgan bо‘lsa, uni press-konferensiya shaklida о‘tkazish mumkin bо‘ladi. Ushbu shaklning quyidagi kо‘rinishlari ma’lum:
guruh muammoga doir savollar tuzadi, eng kо‘p savol tuzgan talabalar
press-konferensiya ishtirokchilari guruhiga (savollarga javob beruvchilar guruhiga) kiritiladi;
guruh savollar tuzadi va eng qiziq savollarning mualliflari stol yoniga о‘tkaziladi, ular guruhga о‘z savollarini beradilar;
guruh savollar tuzadi о‘qituvchi esa ular orasidan auditoriga qarab о‘tiruvchilarni, savollarga javob beruvchilarni tanlab oladi;
savollardan kichik guruhlar tuziladi, ular о‘qib eshittirilgach guruh nisbatan mantiqiy va qiziq savollar “paketini” aniqlaydi, savol mualliflari ularni guruhga beradi; 3-6 kishidan iborat bо‘lgan guruh optimal guruh hisoblanadi. Guruhlarga birlashtirish о‘qituvchi tomonidan (asosan xaqqoniy ravishda) qur’a tashlash yо‘li bilan yoki о‘z tanloviga binoan amalga oshirilishi mumkin. Ochiq munozara-seminari kо‘pgina о‘qituvchilar tomonidan guruhda yoki kursda о‘tkazilishi tavsiya
etiluvchi mashg‘ulot turldaridan biridir. Bunday
seminarda munozara uchun olib chiqiladigan savollarning mazmuni bizning ilmiy adabiyotlarimizda muhokama etiluvchi muammolar bо‘yicha bо‘lishi mumkin. Bunda bir talabaga faqatgina bitta nuqta’inazarni bayon etish, boshqa talabaga esa boshqa nuqta’i-nazarni bayon etishiga ruhsat beriladi.
Ochiq munozarani shunday tashkil etish muhimki, talabalar tortishayotgan tomonlarning ham kuchli, ham kuchsiz qirralarini kо‘ra olsinlar. Agar ilmda munozaraning yakuni yasalgan bо‘lsa va nuqta’inazarlarning biri umumqabul qilinsa, о‘qituvchi seminarda ham bu fikr qayd etilishini ta’minlashi kerak.
Ochiq munozara-seminari ishtirokchilarning diologik muloqoti jarayoni sifatida tashkil etiladi, bu jarayonda talabalar yuqori darajadagi qiziqish va faollikni namoyon etadilar, ishga ijodiy yondoshadilar.
Munozara biron-bir fanga doir keng qarashlarning mavjud bо‘lganida amalga oshiriladi. Aks holatda faqatgina mavzuni muhokamasi bilan chegaralanish mumkin bо‘ladi.
Munozarani mavzuli yо‘naltirilgan bahs tarzida amalga oshirilishini tashkil etishning muhim shartlari quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin:
-munozaraning barcha ishtirokchilari unga tayyor bо‘lishlari lozim; - munozaraning har bir ishtirokchisi о‘z chiqishiga oid aniq qisqa tezisga ega bо‘lishi kerak;
munozarani joynlantirish uchun “mashq” qilib kо‘rish mumkin;
munozara ishtirokchilarning sо‘z bellashuvi bо‘lmasligi, balki muammoni xal etishga qaratilishi lozim.
Ushbu muammoning xal etilishi uchun muhokama ishtirokchilarining о‘zaro harakatlarining tо‘g‘ri tashkil etilishi juda muhim hisoblanadi.
Chet ellik tadqiqodchilar ochiq-munozara – seminari vaqtida talabalar va о‘qituvchining fazoviy joylashuvi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratadilar. Ishtirokchilarning yuzma-yuz joylashuvi, ya’ni “aylana stol” tamoyili asosida о‘tirishlari bir-birlariga qarata aytiluvchi fikrlarning kо‘payishiga olib keladi. Agar о‘qituvchi talabalarning orasida о‘tirsa yoki kuzatuvchi sifatida tinglovchilarga yon tomoni bilan о‘tirgan bо‘lsa ishtirokchilar unga murojaat etmay, bir-birlariga murojaat etadilar. Bunday holat о‘qituvchiga guruhni boshqarishga xalal bermaydi va ishga doir muhitni nisbatan kamaytiradi.
Didaktik о‘yin – seminari. Bu gupruh bilan xal etilishi lozim bо‘lgan qandaydir pedagogik vaziyatlarni modellashtirish va jonlantirishni (о‘ynashni) nazarda tutadi. Bunday tashkil etiluvchi seminar shakli о‘qituvchining boshqaruvi ostida guruhdagi talabalarning faol о‘zaro hamkorligini ta’minlab beradi.
“Aylana stol” – seminari. Ikki kо‘rinishdagi aylana stolni farqlash mumkin Birinchisi ishtirokchilar sonining nisbatan kо‘p bо‘lmasligi bilan ajralib turadi (akademik guruh). “Aylana stol” atrofidagi munorzara barcha ishtirok etuvchilar uchun mо‘ljallangan bо‘lib, bu holatda “aylana stol”ning bevosita ishtirokchilari yarim aylana kо‘rinishida joylashtiriladilar va barcha boshqa ishtirokchilarga nisbatan “jamoaviy ma’ruzachi” sifatida qatnashadilar, tanlangan mavzuni yoritilish yо‘nalishlarini belgilaydilar, ovoz chiqarib muhokama qiladilar, xodisalarning ichki qarama-qarshiliklarini ochib beradilar. Ishtirokchilar о‘zlarining savollari, fikrlari, tanqidiy muloxazalari, e’tirozlari bilan shaxsan qatnashishlari mumkin bо‘ladi.
G.N. Panarinoy tomonidan ishlab chiqilgan aylana stol qarshisida seminar olib borish metodikasiо‘zgacha qiziqish uyg‘otadi Unga kо‘ra, pedagogik fanlar bо‘yicha seminarga tayyorlanish uchun talabalarga “an’anaviy” tarzdagi savollar va kerakli adabiyotlar taklif etiladi. Bevosita seminarda savollar о‘zgacha kо‘rinishda (redaksiyalangan tarzda), muammoli ravishda taqdim etiladi, bunda talabalarning fikrlariga qarshi fikr bilinib turishi lozim bо‘ladi. Mashg‘ulotning boshida, muammo e’lon qilib bо‘lingach “aylana stolning” har bir ishtirokchisi savollar ma’nosini chuqurroq anglab olishi uchun savollarning biri bayon etilgan kartochkalarni oladi. Taklif etilgan savol ustida fikrlab olingach (3-5 daqiqa) о‘rganilayotgan muammo bо‘yicha о‘quv munozarasi tashkil etiladi. Har bir savolni muhokamasini uning javobini о‘ylab kо‘rish imkoniyati bо‘lgan talaba (talabaga berilgan kartochkada aynan shu savol bо‘lgan) boshlab beradi, biroq munozaraga darxol boshqa ishtirokchilar ham qо‘shiladilar. Munozarani jonlantirish va “aylana stol” ishtirokchilari tomonidan muammoning tо‘g‘ri yechimini topish uchun buyuk va mashhur pedagoglarning fikrlari, jurnallar va gazetada nashr etilgan maqolalar, amaliyotda uchragan misollardan namunalar va boshqalar keltiriladi. «Aqliy hujum» - seminarii. Ushbu metodikaning о‘tkazilishi ta’lim berish amaliyoti va boshqaruv masalalarini qabul qilishda juda mashhur hisoblanadi. Uni yanada batafsil kо‘rib chiqamiz.
“Aqliy hujum” – hamkorlikning shunday shakliki, barcha guruhning hamkorlikdagi faoliyati nazariy yoki amaliy muammoning original va engmaqbul yechimini topishga qaratilgan. Aqliy hujumni о‘tkazishning juda kо‘p metodikalari mavjud. Ularning tanlovi muammoning, ijodiy guruhning harakteri va boshqa omillarga bog‘liqdir Aqliy hujum ishtirokchilari uchun qoidalar.
Eng kо‘p miqdordagi g‘oyalarni bayoyen eting. Sifatdan kо‘ra miqdorga kо‘proq e’tibor qarating. Jumlalarni qisqa tarzda bayon eting.
Hech qanday tanqid, e’tiroz va xazil qilinmasin!
Barcha g‘oyalarni qabul qiling ( hattoki, aql bovar qilmaydiganlarini ham), mantiqiy fikrlashga emas, balki fantaziya, faraz, taxminni ortiqroq biling.
Aqliy hujum uchun taxminiy belgilangan vaqti.
Aqliy hujum о‘tkazilishini e’lon qilish va vazifa mazmunini tushuntirish ( 2-3 kun avval).
Aqliy hujum seansi (1,5-2 soat).
ishtirokchi va guruhlarni, AH qoidalari bilan tanishtirish (5-10 daqiqa),
vazifani e’lon qilish, savollarga javob berish (10-15 daqiqa),
Aqliy hujum ni о‘tkazish (20-30 daqiqa),
tanaffus (10 daqiqa),
g‘oyalarning redaksiyalangan rо‘yhatini tuzish (30-45 daqiqa)
Xona yorug‘ va qulay bо‘lishi kerak. Ishtrokchilar bir-birlarini kо‘rib turadigan tarzda о‘tirishlari lozim (aylana yoki P shakldagi stol). Aqliy hujum natijalarni qayd etib borish vam ishga doirlashtirishga e’tibor qaratish kerak. О‘qituvchi barcha g‘oyalarni doskaga, flipchartga yozadi yoki ekranda kо‘rsatiladigan qilib jihozlangan kompyuterda terib boradi. Bu vazifani biron-bir talabalardan biri bajarishi ham mumkin.
Aqliy hujum sо‘ng g‘oyalar rо‘yhatini jamoaviy ravishda tezda redaksiyalash amalga oshiriladi. Ularning barchasi guruhlar bо‘yicha taqsimlanaldi: darhol amalga oshirish mumkin bо‘lgan g‘oyalar, nisbatan samarali va istiqbolli g‘oyalar va boshqalar. Hayotga tadbiq etish uchun umuman tuturiqsiz va murakkab bо‘lgan g‘oyalar rо‘yhatdan chiqarilib yuboriladi. Shundan keyin rо‘yhatni oxirgi marotaba qabul qilinadi.
Kollokvium – seminar. Kollokvium, ya’ni talabalar bilan suhbatlashishning maqsadi talabalar bilimining darajasini qay darajada chuqurligini bilib olishdir. Ayrim holatlarda uni dasturda kо‘rsatib о‘tilmagan, biroq talabalarda u yoki bu qismlari bо‘yicha qiziqish uyg‘otuvchi qо‘shimcha mavzular bо‘yicha ham о‘tkaziladi. Boshqa holatlarda esa guruh tomonidan yetarlicha о‘zlashtirilmagan kursning biron-bir murakkab mavzulari bо‘yicha qо‘shimcha mashg‘ulotlar bо‘yicha о‘tkaziladi. Va nihoyat, kollokviumlar biron sababga kо‘ra oxirgi seminarlarda javob berib baholanmagan yoki ularda qatnashmagan talabalarning bilim darajalarini aniqlash maqsadida о‘tkaziladi. Bunday vaziyatda kollokvium о‘tilgan mavzular bо‘yicha о‘ziga xos zachyot vazifasini amalga oshiradi.
Tadqiqod – seminar. Maxsus seminarni о‘tkazishda seminar
mashg‘ulotlarining о‘ziga xos shakli – tadqiqod-seminari qо‘llanilishi mumkin. Birinchi- uchinchi kurslar mobaynida olib borilgan seminarlar talabalarni ma’lum bir ilmiy muammo bо‘yicha tadqiqod ishlarini olib boruvchi yosh tadqiqodchilar maktabi vazifasini bajaruvchi maxsus seminarga tayyorlaydi. Obrо‘li mutaxassis tomonidan о‘tkaziluvchi maxsus seminar ilmiy maktab xarakteriga ega bо‘lib, talabalarni jamoaviy fikrlash va ijod qilishga tayyorlaydi. Maxsus seminar davomida talabalarning mos ravishdagi guruhda ishlay olish kо‘nikmasi, guruhda mо‘ljal ola olishi va tо‘g‘ri baholashi, maxsus usullarni qо‘llay olishi muhim о‘rinni egallaydi. Yakuniy mashg‘ulotda о‘qituvchi, qoidaga kо‘ra, о‘rganilgan muammolarning keyingi rivojlanishi va bu jarayonda talabalarning ishtirokini ochgan holda seminarlar va talabalarning ilmiy ishlarini tо‘liq obzorini amalga oshiradi. Bu kasbga yо‘naltirishning va defektologmutaxassislarning kasbiy о‘ziga xosligini shakllantirishning samarali usullaridan biridir. Tadqiqod-seminarini tashkil etishda talabalarning (turli kursdagi,
fakultetdagi, oliy ta’lim muassasalaridagi) hamkorlikdagi tadqiqodloyihalarini, bir muammo bо‘yicha solishtirma tadqiqodlarini kuchaytirish, shuningdek, amaliyotchi – tadqiqodchilarning о‘z tadqiqodlarini master-klass kо‘rinishida taqdimot qilishlariga jalb etish alohida о‘rinni egallaydi.
Tashkilot, muassasa va x.k.da seminar.Bevosita muassasa, maktab, bolalar
MTM negizida seminar-mashg‘ulotini olib borishning bir shaklidir. Bunday seminarlar tez-tez amalga oshirilaverilmaydi, chunki, ularga tayyorgarlik juda kо‘p vaqtni sarflashni talab etadi. Shu bilan birga ularni о‘tkazish ayniqsa talabalarni bо‘lajak faoliyatlari bilan tanishtirishda juda katta samara beradi. “Ishga doir о‘yin”-seminari. Bu holatda seminar rolli “kо‘rsatmani” oladi. Qanday material muhokama etilayotganidan kelib chiqgan xolda boshlovchi, opponent, resenzent, mantiqchi, psixolog, ekspert va x.k. rollarni kiritish mumkin
Sharhli о‘qish va hujjatlarni (adabiyotlarni) tahlil etish.Dastlabki manbaalarni sharhli о‘qish – bu seminarning shunday turiki, bunda, о‘qituvchining kо‘rsatmasiga kо‘ra talabalarning biri ovoz chiqarib uyoki bu asarni о‘qiydi, sо‘ngra, о‘qiganlarini qanday tushunganligini tushuntirib beradi. Boshqa talabalar esa aytilganlarni tо‘g‘rilaydilar va qо‘shimchalar kiritadilar. Keyin navbatdagi qismni boshqa talaba о‘qiydi, yana о‘qilganlarning muhokamasi amalga oshiriladi va x.k. Mustaqil fikrlab vazifalarni xal etish. Test topshiriqlari va mashqlarni seminar mashg‘uloti davomida yechilishi talabalarning faol tafakkurini rivojlanishi uchun juda foydalidir. Agar yaqin kunlarga qadar masalalarning yechilishi tabiiy fanlar doirasidagi mashg‘ulotlarda amalga oshirilgan bо‘lsa, oxirgi yillar davomida bu gumanitar fanlar doirasidagi mashg‘ulotlarda ham qо‘llanilib kelinmoqda. Xuddi shunday,
tarbiyaviy ishlar metodika bо‘yicha seminar mashg‘ulotlarini о‘tkazishda psixologo-pedagogik masalalar taklif etilishi mumkin. Mutaxassislik bо‘yicha barcha fanlarni о‘qitishda kata samara bilan test topshiriqlaridan foydalanilmoqda.
Tinglash maxorati yeng faol maxoratlardan biri bо‘lib u fikrlash jarayoniga asosan taxlil qiladi. Tinglash qobiliyati tinglovchining xis
kechinmalariga bog‘liq bо‘lib bu xissiyot tinglovchining ichki va tashqi holati shu bilan birga bilimiga asosan tushunchalariga tayangan xolda kо‘rsatkich kelib chiqadi.
Nima aytildi? matn
Qanday aytildi? ton va xissiyot
Qachon aytildi? vaqt
Qayerda aytildi? joyi
Tinglash jarayoni tinch xolatda lekin sо‘zlovchiga e’tibor bilan о‘tadi sxema qо‘yidagicha ta’riflanadi javob qaytarishning bir nechta usullari mavjud bо‘lib shu bilan birga javoblarning ham bir nechta mazmuni mavjud. Turli xil javoblar о‘quvchilarning fikr va bilimlaridan kelib chiqqan xolda individual va jamoaviy bо‘lishi mumkin. Ta’lim sifatini kafolatlash maqsadida о‘rganish va ta’lim nazariyadan foydalangan holda ta’lim xususiyatlarini sistematik ishlab chiqish. О‘qitish va qо‘llab -quvvatlashning pedagogik prinsiplaridan kelib chiqsak, talabalarning о‘rganishi onlayn yoki internetga asoslangan modullarni, kurslarni va dasturlarni tuzish va ishlab chiqishga moslashtirilishi lozim. Sxema juda muhim jihat, chunki u о‘rganishning maqsadlari va talablarini tahlil qilishning butun jarayoniga taqaladi, va о‘qitish sistemasini ishlab chiqish ushbu talablarga mos kelishi lozim. U о‘qitish materiallarini, faoliyatni, amaliyot elementlarini ishlab chiqish (kо‘pincha texnologiyalardan foydalangan holda) va va barcha о‘qitish va о‘rganish faoliyatini baholashni о‘z ichiga oladi.
Ushbu bо‘lim kichik guruhlarda dars о‘tish usullarini tahlil qilib bir nechta guruh shakllari kо‘rsatib berilgan. Guruhdagi xolat va jarayon taqdim yetilgan fikr va mulohazalar kо‘rsatilgan. Bо‘limni о‘qib chiqib kichik guruhlarda dars berish faoliyatida maxoratni oshirib dars о‘tish sifatini yaxshilash mumkin.
Oliy ta’limda о‘qitishning yana bir shakli-bu seminar mashg‘ulotidir. Seminar mashg‘ulotlari quyidagi vazifalarni yechishga qaratilgan bо‘ladi:
ma’ruzada bayon qilingan nazariy qoidalarni mustahkamlash;
fan bо‘yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish;
talabalarning ilmiy-tadqiqot, bilish qobiliyatlarini о‘stirish;
nazariy о‘qitish jarayonida egallagan bilimlarining amaliyotda tan olinishi.
Seminar mashg‘ulotlarining uch turi farqlanadi: seminaroldi mashg‘uloti, seminar va maxsus seminar.
Seminaroldi mashg‘ulotlari, asosan, talabalarni mustaqil ishning о‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish maqsadida о‘tkaziladi. Unda adabiyotlar, ma’lumotnoma-adabiyotlar va boshqa manbalar bilan ishlash usullari о‘rgatiladi, talabalarni boshlang‘ich shaklda ilmiy-tadqiqot ishlariga о‘tishga hozirlaydi.
Seminaroldi mashg‘ulotlari seminar mashg‘ulotlarining tayyorgarlik shakli hisoblanadi va odatda birinchi kurslarda о‘tkaziladi.
Seminar oldi mashg‘ulotlarida о‘qituvchi yetakchilik qiladi, chunki talabalar muayyan ixtisoslik bо‘yicha о‘quv ishlariga kam e’tibor beradilar, shuning uchun ham yetarli darajada tashabbus kо‘rsata olmaydilar.
Seminar mashg‘ulotlarida seminaroldi mashg‘ulotlariga nisbatan о‘ta muhim vazifalar hal qilinadi. Masalan, ayrim seminarlar tematik bog‘lan-gan muayyan muntazam kursni chuqur о‘rganishni maqsad qilib qо‘yadi. Boshqalari esa biror mavzuni yoki kursning alohida va nihoyatda muhim va umumiy bо‘lgan mavzularini metodologik jihatdan ishlab chiqishga bag‘ishlangan bо‘ladi.
Maxsus seminarlar ma’ruza mavzulariga aloqador bо‘lmaydi va biror fanning dasturi mazmuniga kirmaydi. Odatda fanning xususiy masalala-rini chuqur о‘rganish maqsadida kо‘llaniladi.
Seminar mashg‘ulotida о‘qituvchi ham tashkilotchi, ham maslahatchi, ham notiq, ham tanqidchi, ham tarbiyachi vazifasini bajaradi.
О‘qituvchining seminar mashg‘ulotiga tayorgarlik kо‘rishi va о‘tkazishi bо‘yicha maslahatlar:
-mashg‘ulotning maqsad va vazifasini aniqlash;
seminarning mazmunini teran о‘rganish;
talabaning kerakli ma’lumotlarni topishi uchun adabiyotlarni tо‘g‘ri tanlash;
savollarni tо‘g‘ri shakllantirish;
talabalarini seminar savollari va adabiyotlari bilan 10-14 kun oldin tanishtirish;
talabalarni og‘zaki javob berish bilan birga kо‘rsatmali materiallardan ham foydalana olishga yо‘naltirish;
guruhning seminar mashg‘ulotiga tо‘liq tayyor bо‘lishini ta’minlash;
mashg‘ulotda hamkorlik va hamjihatlik muhitini о‘rnatish;
talabalarni mustaqil fikr yuritishga, har bir savol bо‘yicha о‘zining xulosasi bо‘lishiga о‘rgatish;
xar bir talabaga xar xil ish turlarini ishlab chiqish. Masalan, taqriz, chiqishlarni muhokama qilish, krossvord yechish va h.
har bir savolni muhokama qilishga ajratiladigan vaqtni belgilash va uni talabalarga oldindan eslatib qо‘yish;
mashg‘ulot yakunida materiallarni tizimlashtish, tahlil qilish;
seminar mashg‘ulotiga qatnashgan talabalarni baholash;
mashg‘ulot yakunidan sо‘ng uni о‘zi tahlil qilish, yutuq va kamchiliklarini aniqlash.
Seminar mashg‘ulotlarining vazifasi-darslarda bayon qilingan nazariy fikrlarni konkretlashtirish, chuqurlashtirishdan, о‘quvchilar bilimini tekshirish va mustahkamlashdan, adabiyotni о‘rganish kо‘nikmasini hosil qilish, uni konspekt qilish, suhbatlar, dokladlar, ota-onalar uchun konsultatsiyalarning plan va konspektlarini tuzishdan, kursning konkret temasini og‘zaki bayon qilish qobiliyatiga ega bо‘lishdan iboratdir.
Seminar mashg‘u lotlari uchun kursning eng muhim va murakkab masalalari shuningdek, adabiyotlarda yetarli darajada tо‘liq yoritilgan va о‘kuvchilarning о‘zlari mustaqil ravishda о‘rgana olishlari mumkin bо‘lgan masalalar tanlab olinadi.
Seminarnin g har bir temasi bо‘yicha о‘quvchilarga adabiyotlar rо‘yxatini berish, topshiriqning xarakterini belgilash, uni bajarish plani va hisobot formasini kо‘rsatish kerak. Adabiyotlarni о‘rganayotganda о‘quvchilar konspekt yoki ota-onalar uchun konsultatsiyalarning tekstlarini tuzadilar.
Seminar mashg‘ulotlarini quyidagicha tashkil etish mumkin: avvalo о‘qituvchi seminarning vazifasi va uni о‘tkazish tartibini belgilaydi. Sо‘ngra nutq sо‘zlash uchun о‘kuvchilarga sо‘z beradi. Shundan keyin ishtirok etuvchilar nutq sо‘zlaganlarga savollar beradi, ular javob qaytarishadi. Keyin boshqa о‘kuvchilar nutq mazmuniga xaratkeristika berib, uni tо‘ldiradilar (yutuq va kamchiliklar kо‘rsatiladi). О‘qituvchi seminarni yakunlar ekan, asosiy nutqni baholaydi, uning mazmuni, ifoda formasi kо‘rgazmali qurollar (jadvallar, rasmlar, fotosuratlar va boshqalar) dan foydalanish darajasiga xarakteristika beradi, shuningdek, boshqa о‘kuvchilarning nutqlari tо‘g‘risida ham fikr mulohazasini aytadi. Mashg‘ulot sо‘ngida qо‘yilgan vazifa qanday bajarilganligini aytib о‘tish va navbatdagi seminarga tayyorlanish uchun tavsiyalar berish muhim.
Ma’ruza mavzu bо‘yicha qilinadigan suhbat, seminar bо‘lib, bu о‘qituvchi rahbarligida о‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulot о‘quvchilarda mustaqil fikrlash, mustaqil faoliyat kо‘rsatish, darslik bilan mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash qobiliyatining rivoj topishiga yordam beradigan darajada bо‘lishi lozim.
Seminarlarni tashkil etishdan kо‘zlangan maqsad о‘kuvchilarning mustaqil ishlarini yanada rivojlantirish, ayrim mavzular yuzasi dan keng va chuqur ma’lumot bera oladigan manbalar ustida ishlay olishlari hamda shu asosda kelajak faoliyatlarida zarur adabiyotlardan foydalana olish kо‘nikma va malakalariga ega qilishdan iboratdir.
Seminar mashg‘uloti о‘kuvchilar tomonidan u yoki bu mavzu bо‘yicha ma’ruzalar tayyorlash hamda uni sinf о‘quvchilari bilan muhokama qilish yо‘li bilan olib boriladi.
Seminarlarga 2-3 hafta tayyorgarlik kо‘riladi. О‘quvchilar adabiyotlarni о‘rganadilar, material yig‘adilar, turli kuzatishlar о‘tkazadilar, о‘z axborotlari yuzasidan tezislar tuzadilar.
Seminar mashg‘uloti о‘qituvchi rahbarligida о‘tkaziladi. U о‘quvchilar ishini yо‘naltirib turadi, mavzuga oid savollari yuzasidan tashkil etilgan muhokamani yakunlaydi. Zarur qо‘shimcha mulohazalar bildiradi, materialni muayyan tizimga soladi. Ma’ruza qilgan, muhoqamada qatnashgan о‘quvchilar faoliyati baholanib boriladi.
Seminar mashg‘uloti о‘kuvchilar e’tiborini darsga jalb etish, ularning qiziqishini orttirish, ularni mustaqil ishlashga, fikrlashga о‘rgatish, darsni faollashtirish hamda о‘quvchilar aqliy qobiliyatlarini о‘stirishda muhim о‘rin tutadi.
Seminar va uning о‘ziga xosliklari
Se minar-bu о‘qituvchini ta’lim oluvchilar bilan faol muloqotga kirishishiga yо‘naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zaruriy shart-sharoitni ta’minlovchi ta’limni tashkil etish shaklidir.
Seminar quyidagi maqsadlarga erishish uchun qо‘llaniladi:
nazariy materialni tartibga solish;
bilimlarni mustahkamlash;
kо‘nikma va malakalarni hosil qilish; 3) bilimlarni nazorat qilish.
Seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik kо‘rish va о‘tkazish
Seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik kо‘rish va о‘tkazishda quyidagi savollarga javob topiladi:
Nima uchun?-Seminarni tashkil etishdan kо‘zlangan maqsad.
Qanday tarzda?-Seminarni olib borish texnologiyasini ishlab chiqish.
Nimani muhokama qilish?-Seminarni olib borish vaqtida muhokama qilinadigan materiallar mazmuni.
Qanday omillarni hisobga olish zarur?-Ceminarni tashkil etish jarayonida ma’lum omillarni hisobga olish.
Download 50.74 Kb.




Download 50.74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini о‘tkazish texnologiyasi

Download 50.74 Kb.