• M A S ’ U L M U H A R R I R D A N 1
  • Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova




    Download 0.8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/104
    Sana11.03.2022
    Hajmi0.8 Mb.
    #18524
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
    Bog'liq
    Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika
    kasallik qo\'zg\'atuvchi bir hujayralilar vakillari Kurs ishi (2), Алибаева , fayl org, matematik analiz, Nutq nuhsonlar, KREDIT TEST, Уста ва маргарита.(2), Sapr-madcad MadhCad Hujjatda matematik belgilar va operatorlarn, Yulduz Usmonova Umumiy kimyo, Hujjat (1) (9), Elektrokimyo fani va uning mohiyati, ’lumot. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi, 39-SQL-va-malumotlar-bazalarining-keyingi-dasturlash-2006-Oquv-qollanma-Sh.А.-Nаzirоv-R.V.-Qobulоv, Muslima kurs ishi


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
    AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA
    INSTITUTI
    O‘ZBEK TILI
    O‘quv qo‘llanma
    N U K U S
    “BILIM”
    2013
    SH. YULDASHEVA, D. KABULOVA, M. SOBIROVA


    3
    2
    M A S ’ U L M U H A R R I R D A N
    1
    Har bir mustaqil davlat jahon hamjamiyatida o‘zining iqtisodiy, siyosiy,
    ma’naviy-ma’rifiy siyosati bilan o‘zini tanitadi va o‘ziga xos milliy
    xususiyatiga ega bo‘ladi. Bu boshqa sohalarda bo‘lgani kabi uning til
    siyosatida ham namoyon bo‘ladi. Zotan, til siyosati har bir davlat ichki va
    tashqi siyosatining ajralmas bo‘lagidir. O‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan
    O‘zbekiston ham o‘zining til siyosatini belgilab olishi, milliy tilining
    nufuzini ko‘tarishi va uning qo‘llanilish xizmat va vazifalariga yangi ufqlar
    ochishi zarurati paydo bo‘ldi. Vaholanki, tilimiz Sobiq Ittifoq davrida
    ikkinchi darajali til maqomiga tushib qolgan, jamiyatda o‘z xizmat va
    vazifalarini ado etishda yillar o‘tgan sayin o‘rnini boshqa bir tilga – rus
    tiliga bo‘shatib bera boshlagan bir davr edi. Shunday bir sharoitda o‘zbek
    tilining obro‘sini saqlab qolish, ijtimoiy xizmat va vazifalarini keng miqyosda
    amalga oshirish, boshqa bir tilni “ikkinchi ona tilimiz” deb hisoblab yurgan
    xalq ruhiyatiga bu tilga bo‘lgan muhabbat hissini singdirish kabi buyuk
    vazifalar turardi. Demokratik jamiyat, adolatli huquqiy davlat barpo etayotgan
    mamlakatimiz til siyosati masalasida ham hududida istiqomat qilayotgan
    barcha millat va elatlarning sha’ni va g‘ururiga tegmaydigan, ularning insoniy
    va konstitutsiyaviy huquqlarini poymol qilmaydigan, teng huquqliligini
    ta’minlaydigan til qonunini qabul qilishga intildi.
    80-yillar oxiriga kelib sobiq mustabid tuzum sharoitida yashagan va
    uning til siyosatidan norozi bo‘lgan turli millat va elatlar o‘z ona tillarining
    muhofazasiga kirishdilar. Ikki yil davomida 1989–1991-yillar oralig‘ida 15
    ta sobiq ittifoqdosh respublikalarda va 20 dan ortiq avtonom respublika va
    viloyatlarda til qonunlari qabul qilindi. Pirovardida bunday qonun Sobiq
    Ittifoqning tayanchi, uning markazini tashkil qiluvchi Rossiya Federatsiyasida
    ham qabul qilindi
    2
    . Ularning barchasida mustabid tuzumning til siyosati
    sohasidagi nuqsonlari, kamchiliklari, milliy shovinizm illatlari tanqid qilindi
    va o‘zlarining kelajakdagi milliy til siyosatlarining yo‘nalishi bayon qilindi.
    Qizig‘i shundaki, til siyosati sohasidagi nojo‘yalik rus tilini ham chetlab
    1
    «Fan va jamiyat» jurnalidan olindi.
    2
    Туманян И.Т. Законы о языках и возможности их реализации. «Язык
    в контексте общественнего развития». — М.: 1994. 76 c.

    Download 0.8 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




    Download 0.8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova

    Download 0.8 Mb.
    Pdf ko'rish