TELEFONNI BERISH SHARTLARI. TELEFONGA BO‘LGAN MULK HUQUQINING O‘TISH TARTIBI




Download 53.59 Kb.
bet9/12
Sana21.03.2017
Hajmi53.59 Kb.
#709
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
6. TELEFONNI BERISH SHARTLARI.
TELEFONGA BO‘LGAN MULK HUQUQINING O‘TISH TARTIBI

6.1. Ishtirokchiga telefonni foydalanish uchun berish uyali aloqani taqdim etish to‘g‘risidagi Shartnoma, mazkur Shartnoma tuzilganidan keyin, telefondan foydalanish qiymati aksiya narxi bo‘yicha to‘langanidan so‘ng, shuningdek mazkur Shartnomaning 2.1, 2.3-bandlarida ko‘rsatilgan kamida 2 (ikki) to‘liq oy uchun tegishli har oylik paket qiymati to‘langanidan so‘ng amalga oshiriladi.

6.2. Mazkur shartnoma bo‘yicha foydalanish uchun berilgan telefon qaytarib olinmaydi. Abonent Shartnomani imzolashdan oldin telefon o‘z markasiga muvofiq ekanini, to‘plami butligini, tashqi nuqsonlar bor-yo‘qligini va ishlash holatini to‘liq tekshiruvdan o‘tkazishi zarur. Foydalanishga qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (Shartnomaga 1-Ilova) imzolanganidan keyin Abonent telefonning to‘liq yoki qisman almashtirilishini talab qila olmaydi.

6.3. Sababidan qat’i nazar telefon shikastlangan taqdirda, telefonni yetkazib beruvchining kafolat bo‘yicha majburiyatlari kuchga kiradi. Ular mazkur Shartnoma tomonlarining majburiyatlariga hech qanday ta’sir qilmaydi va ularni o‘zgartirmaydi. Har qanday sababga ko‘ra telefon ishlaydigan holatda emasligi yoki undan foydalanmaganlik Abonentni mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlardan ozod etmaydi.

6.4. Jamiyat tomonidan mazkur Shartnoma bo‘yicha telefonga taqdim etiladigan kafolat muddati telefon foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab 12 (o‘n ikki) oyni tashkil etadi. Jamiyat telefon ta’mirlash uchun qabul qilinganidan so‘ng 30 (o‘ttiz) ish kuni davomida uning tezkor kafolatli ta’mirlanishini yoki ta’mirlashning iloji bo‘lmaganida uni soz holatdagi xuddi shunday telefonga almashtirilishini ta’minlash majburiyatini oladi.

6.5. Telefonni tasodifan yo‘qotish, undan ajralib qolish, uni nobud qilish yoki shikastlash tavakkali telefon foydalanish uchun Abonentga topshirilgani paytdan boshlab Abonentga taalluqli bo‘ladi.

6.6. Telefonni Abonentga berish, shuningdek mazkur Shartnoma bo‘yicha xarid qilingan telefon diagnostikasi va unga servis xizmatini ko‘rsatish ishlari faqat Jamiyatning vakolatli shaxslari tomonidan ixtisoslashgan servis markazlaridagina amalga oshirilishi mumkin. Ixtisoslashgan servis-markazlarning manzillari www.technjboom.uz saytida ko‘rsatilgan.

6.7. Jamiyatning ixtisoslashgan servis markazlaridan tashqarida telefon bilan ruxsat etilmagan har qanday harakatlarni amalga oshirish, ya’ni himoya qurilmalarining yaxlitligini buzish, diagnostika, qayta dasturlash, xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va hokazolar Abonent tomonidan kafolat shartlarining buzilishi hisoblanadi va Jamiyatni telefonga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat majburiyatlaridan ozod etadi.

6.8. Mazkur Shartnoma bo‘yicha berilgan telefonga mulk huquqi Abonentga faqat mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar Abonent tomonidan to‘liq bajarilganidan keyin va ulangan paket to‘liq 12 oy uchun muvaffaqiyatli tarifikatsiya qilinganidan so‘ng, Abonent tomonidan Shartnoma shartlari buzilgan taqdirda esa Abonent tomonidan mazkur Shartnomaning 3.3. va 3.4-bandlari bajarilganidan keyingina o‘tadi.

6.9. Telefonga bo‘lgan mulk huquqi Abonentga o‘tmagunicha Abonent telefonni begonalashtirishga yoki uni boshqacha tarzda tasarruf qilishga haqli emas.




Download 53.59 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 53.59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TELEFONNI BERISH SHARTLARI. TELEFONGA BO‘LGAN MULK HUQUQINING O‘TISH TARTIBI

Download 53.59 Kb.