• Talab va taklif nazariyasi.
  • Tayanch iboralar
  • Talab tushunchasi va talab qonuni.
  • Sherboyev tursunboyning mikroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan




    Download 9.94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana13.02.2023
    Hajmi9.94 Mb.
    #42089
      1   2   3
    Bog'liq
    1489738009 65863
    Ahamoniylar, AQSH 80-90 yil, Matematik savodxonlik, MAVZU, Hamidov Begzod Abdiboqi o`g`li, 13, Бино ва иншоотларнинг номи, Сурхондарё вилояти Қўриқлаш бошқармаси бошлиғининг 2023 йил 07 январ кунидаги 2, SANOATDA FOYDALI QAZILMALARNI VA ASOSIY MINERALLARNI QO`LLANILISHI., 111, «Zarbulmasal», Mektepki shekemgi jastaǵı balalarǵa huqıqiy tálim beriw, 16-mavzu, Документ Microsoft Office Word (2)


    TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 
    IQTISOD VA TURIZM FAKULTETI MOLIYA 
    VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYA 
    YO’NALISHI 3-KURS 221-GURUH 
    TALABASI 
    SHERBOYEV TURSUNBOYNING 
    MIKROIQTISODIYOT FANIDAN 
    TAYYORLAGAN 
    TAQDIMOTI


    Talab va taklif nazariyasi.


    Reja:

    1. Talab tushunchasi va talab qonuni.

    2. Taklif tushunchasi va taklif qonuni.

    3. Bozor muvozanatining yuzaga kelishi va 
    uni iqtisodiyotga ta’siri.

    Tayanch iboralar: talab tushunchasi , talab 
    qonuni, taklif tushunchasi, taklif qonuni, 
    bozor muvozanati.


    Talab tushunchasi va talab 
    qonuni.

    Talab mollar va xizmatlarga bo’lgan ehtiyojning pul 
    va boshqa to’lov vositalari bilan ta’minlangan 
    qismidir. Talab bozordan nimani va qancha 
    miqdorda sotib olishni aniqlab beradi. Masalan 
    1000 so’mi bor odam shu pulning hammasiga o’z 
    ehtiyojini qondirishi mumkin bo’lgan turli xil mollar 
    sotib olishi uchun bozorga bordi. U o’z pulining 
    300 so’miga ko’ylak va 700 so’miga bir shim oldi. 
    Lekin u tufli va ichki kiyimlar ham olishi kyyerak 
    edi. Ammo, uning bu ehtiyojlarini ta’minlashga puli 
    qolmadi. Shuning uchun ham u qolgan ehtiyojlarini 
    talab qila olmaydi. Bozorda xaridorlar mol sotib 
    olib, o’z ehtiyojlarini qondirishni xohlaydilar.


    Talab tushunchasi va talab 
    qonuni.

    Ammo xaridorning muayyan tovarga bo’lgan talabi 
    ko’pgina, jumladan, aholining pul daromadi va uning 
    o’sishiga, bozor hajmiga va mollar bahosiga, iste’molchiga 
    berilgan imtiyozga, iste’molchilar tabiatiga hamda bir mol 
    o’rniga ishlatilishi mumkin bo’lgan boshqa mollarning 
    mavjud-
    mavjudmasligi kabi boshqa omillarga, bog’liqdir. Bu 
    omillar ichida talabni aniqlab beruvchi asosiy omil 
    – mollar 
    bahosidir. Chunki xaridor o’zidagi pul miqdoriga qarab, 
    molni sotib olishi mumkin bo’lgan eng yuqori – talab narxini 
    aytadi. Xaridor ushbu narxdan yuqori ko’tarilmaydi, chunki 
    uning boshqa puli yo’q. Bundan ko’rinadiki, boshqa hamma 
    omillar o’zgarmagan holda ushbu molning bozor bahosi 
    bilan talab miqdori o’rtasida muayyan nisbat mavjuddir.



    Talab egri chizig’idan ko’rinadiki, mol 
    birligining bahosi -
    5 bo’lganda talab - 10 
    birlik, baho -
    3 bo’lganda, talab 30, baho - 1 
    bo’lganda, talab - 70 ga ko’tarilgan. Demak, 
    baho pasaygan sari u molga bo’lgan talab 
    miqdori ortib boradi va aksincha. Savdo-
    sotiq ishlaridagi muammolarni tahlil qilishda 
    talab egri chizig’idan foydalanish mumkin. 
    Chunki, talab egri chizig’i baho bilan talab 
    o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud ekanini 
    ifodalaydi. Buni talab qonuni deyiladi. 


    Bu qonuning asosini nima tashkil 
    qilishini tushunish uchun 
    quyidagilarni ko’rib chiqamiz:

    1. Xaridor doimo molni past bahoda sotib olishga, sotuvchi 
    esa yuqori bahoda sotishga harakat qiladilar. Baho yuqori 
    bo’lsa, u kam sotib olinadi va demak, bunda baho 
    iste’molchilar uchun to’siqqa aylanadi.

    2. Agar molning bahosi pasayib borsa iste’molchilar molni 
    ko’proq va qayta-qayta sotib oladilar. Bunday holatda 
    iste’molchining sotib olayotgan mahsulotidan qoniqish 
    kamayib borabi. Bu foydalilik chegarasining kamayib borish 
    qonuni deyiladi. Molning foydalilik chegarasining kamayib 
    borishi iste’molchi tomonidan arzon bahoda sotib olgan 
    mollar miqdorining ko’payishi va u mol birligini yetarli 
    darajada qadrlamasligi natijasidir. Shuning uchun molning 
    foydalilik chegarasi 
    – xaridor uchun xarid qilishning 
    foydalilik chegarasidir. Chunki xaridor xarid qilishi-qilmasligi 
    haqida o’ylanib qoladi.



    Molning foydalilik chegarasining bahodagi ifodasi, 
    iste’molchi biron-bir moldan qancha sotib olgan 
    bo’lsa, u shu xildagi moldan yana qo’shimcha 
    ravishda sotib olish uchun pastroq baholashidir. 
    Demak, bunda chegaraviy talab bahosi pasayadi. 
    Shuning uchun ham iste’molchi so’nggi xarid 
    qilgan molning foydalilik chegarasi uning bahosiga 
    tenglashmaganiga qadar ushbu molni xarid 
    qilavyyeradi.

    3. Iste’molchilarning turli xil mollarni xarid qilishi va 
    xizmatlardan foydalanishini baho yordamida 
    chegaralab qo’yuvchi shaxsiy byudjeti mavjuddir.



    O’z byudjeti chegarasida iste’molchi arzon baho xarid 
    qilishga intiladi. Bu uning daromadlari (byudjeti)ning 
    samarali bo’lishiga olib keladi. Ammo iste’molchi xarid 
    qilmoqchi bo’lgan mol bahosi yuqori bo’lganda u shu 
    molning o’rnini bosuvchi, ammo bahosi arzonroq, ya’ni 
    uning o’rnini bosa oladigan molni xarid qiladi. Bunday 
    holda o’rindoshlik samarasi yuzaga keladi. Daromad 
    (byudjeti) samarasi va o’rindoshlik samarasi kabi 
    tushunchalarning mavjudligi iste’molchilarni mollarni arzon 
    baholarda ko’proq sotib olishga undaydi. Ammo sotib 
    olinadigan mollar miqdoriga, ya’ni talab hajmiga, baho bilan 
    bog’liq bo’lmagan boshqa omillar ham mavjuddir. Bunday 
    omillar bo’lib, iste’molchilarning didlari va ularning o’zgarib 
    turishi, xaridor soni, iste’molchilarning daromadlari, 
    kelajakda baholar va daromadlarning o’zgarishi, o’rindosh 
    mollarning ko’payishi kabilar hisoblanadi. 



    Umuman, talabni bahoning o’zgarishiga 
    qo’arab o’zgarib turishini egiluvchanlik deb 
    ataluvchi tushuncha yordamida bilish 
    osonroqdir.

    Egiluvchanlik 
    – bir o’zgaruvchi miqdor 
    (talab)ning bosh o’zgaruvchi miqdor (baho) 
    o’zgarishiga javoban o’zgarishidir. Bunday 
    o’zgarishning o’lchovi bo’lib talabni 
    egiluvchanligi koeffitsenti xizmat qiladi.



    Bahosi har qancha o’zgargan holda, u mol 
    miqdoriga bo’lgan talabning o’zgarmay 
    doimiy qolishini grafik usul tasvirlasak, 
    bunda talab egri chizig’i tik bo’ladi va talab 
    bahosiga nisbatan mutlaqo noegiluvchandir.

    Agar mollarga bo’lgan talab baho 
    o’zgarishiga bog’liq bo’lmasa, u holda talab 
    egri chizig’i yotiq chiziqdan iborat bo’lib, 
    talab mutlaqo egiluvchan bo’ladi.



    Download 9.94 Mb.
      1   2   3




    Download 9.94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sherboyev tursunboyning mikroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan

    Download 9.94 Mb.
    Pdf ko'rish