Shisha prizma yordamida yorug‘likning spektrga ajralishini o‘rganish




Download 427 Kb.
bet1/7
Sana21.03.2017
Hajmi427 Kb.
#1144
  1   2   3   4   5   6   7

6-sinflar uchun fizika fani laboratoriya ishi: “Shisha prizma yordamida

yorug‘likning spektrga ajralishini o‘rganish” mavzusiga

Tavsiya

Fizika eksprimental fan bo‘lganligi uchun uning barcha xulosalari va erishgan yutuqlari kuzatishlar, o‘lchashlar tufayli vujudga keladi. Shu sababli umumiy o‘rta ta'lim maktablarida fizikani o‘qitish, tajriba-namoyishlar ko‘rsatish, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish bilan chambarchas bog‘langandir.

Laboratoriya ishlari bitta mavzu bo‘yicha bir xil asboblardan foydalanib bajariladi. Laboratoriya ishlari darsning uzviy, tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar avval o‘rgangan bilimlarini amaliyotda tekshirib ko‘rish bilan birga asboblarni ishlatish, fizik kattaliklarni o‘lchash orqali amaliy ko‘nikma va malakalarini shakllantiradilar.

Fizika fanidan o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash va mustaqil fikr yuritishga zamin tayyorlashda ilg‘or pedogogik texnologiyalardan foydalanib o‘qitish dars samaradorligini oshishiga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi.

Fizika fanidan 6-sinf uchun yuqorida keltirilgan laboratoriya ishi: “Shisha prizma yordamida yorug‘likning spektrga ajralishini o‘rganish” mavzusida o‘quvchining yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasi e'tiborga olinib, ilg‘or pedagogik texnologiyalarning “Savol-javob”, “Bilimlar daraxti”, “Bahs-munozara”, “Amaliy mashg‘ulot” usullaridan foydalanish yuqori samara beradi. Ushbu mavzuda dars jarayonining ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilishi ya'ni ekranda hosil bo‘lgan kamalakning kengligi shisha prizma asosining kengligiga bog‘liqligini tajribadan ko‘radilar. Shu bilan birga o‘quvchilar o‘zlari mustaqil ravishda spektroskopda hosil bo‘lgan kamalakni ko‘rish orqali asboblarning ishlatilishini, kamalakni yasash jarayonida ranglarning ketma-ketligini eslab qolishi, rangli shisha plastinkalar yordamida amaliy topshiriqni bajarish natijasida ko‘k shisha orqali buyumlarga qaraganda ranglarning o‘zgarmaganligini ko‘rish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.

Mazkur dars ishlanmaga o‘qituvchilar ijodiy yondashgan holda foydalanishlari mumkin.


Respublika ta'lim markazi “Tabiiy va

aniq fanlar” bo‘limi bosh metodisti Z.Sangirova



O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Toshkent viloyati Piskent tumani Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli 5- umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi Saidxo‘jayeva Vasilaning bir soatlik



Download 427 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 427 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shisha prizma yordamida yorug‘likning spektrga ajralishini o‘rganish

Download 427 Kb.