Sinf : 9b. Sana : 11. 04. 2017 yil. Mavzu : Web-sahfada grafika




Download 373.5 Kb.
Sana22.03.2020
Hajmi373.5 Kb.
#8329

Sinf : 9b.

Sana : 11.04.2017 yil.

Mavzu : Web-sahfada grafika.


Mavzu

Web-sahifada grafika.


Maqsad va vazifalar

Darsning maqsadi: O`quvchilarga HTML da rasmlar bilan ishlash haqida ma’lumot berish.

Darsning ta’limiy vazifasi: O`quvchilarga rasm formatlari, uchun juftmasligi, uning parametrlari haqida bilim berish va ulardan foydalanish bo`yicha ko`nikma hosil qilish.

Darsning tarbiyaviy vazifasi: O`quvchilarni yangi bilimlar egallashga va go`zalikni his qilishga yo`naltirish.

Darsning rivojalntiruvch vazifasi: O`quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqida bilim va tasavurlarini kengaytirish.

O`quv jarayoning mazmuni

Jpeg va gif formatli rasmlar. juftmas tegining SRC parametri bilan qo`llanishi. WIDTH va HEIGHT patrametrlari. HSPACE va VSPACE buyruqlari. BORDER parametrining vazifasi va ishlatilishi.

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Ma’ruza va amaliyotning uyg`unligi.

Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash.

Vosita: Darslik, tarqatma materiall, slayd.

Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallar asosida.

Nazorat: Og`izaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.

Baholash: Rag`batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.

Kutiladigan natijalar

O`quvchilar yangi bilim va ko`nikmaga ega bo’ladi. Jpeg va gif formatli rasmlar, juftmas tegining SRC parametri bilan qollanilishi WIDTH va HEIGHT parametrlari, HSPACE va VSPACE buyruqlari hamda BORDER parametrining vasifasi hamda ishlatish to`g`risidagi ko`nikmaga ega bo`lishadi.

Kelgusi rejalar

(tahlil, o`zgarishlar)

O`qituvchi o`z foalyatining tahlili asosida hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o`zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.



Asosiy tushunchalar:

Web-sahifaga rasm joylashtirish deskriptori, rasm o’lchami va rasm chegarasi.
 Darsning blok-chizmasi





Dars bosqichlari

Vaqt

Usullar

1

Tashkiliy qism

3  minut




2

O‘tilganlarni takrorlash

7 minut

SJ, MY , BST

3

Yangi mavzu ustida ishlash

17 minut

Venn diagrammasi, AH

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 minut

SJ, BST, MY

5

Uyga vazifa

3 minut





M – ma’ruza, AH – aqliy hujum, K – klaster, BST – blits-savol-test, SJ – savol-javob, MY – mashq bajarish yoki misol va masala yechish.

M – ma’ruza:

Web-sahifani “jonlantirish”ning eng samarali usuli – unga turli rasmlar joylashtirishdir. Faqat matndan iborat web-sahifa ma’lumotga boy bo’lishi mumkin, lekin zerikarli bo’ladi. Ammo web-sahifaga haddan ziyod rasm joylashtirish web-sahifani bachkana qilib yuboradi hamda web-sahifa faylining hajmini kattalashtirib yuboradi. Fayl qanchalik katta hajmga ega bo’lsa, uni Internet tarmog’idan o’qib olish shuncha ko’p vaqt talab etadi. Demak, web-sahifaga fayl hajmi kichik bo’lgan rasmlarni joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Internet tarmog’ida, asosan, jpeg va gif formatli rasm fayllari qo’llaniladi. Chunki, birinchidan, web-sahifa hajmi kichik bo’lishi uchun, ikkinchidan, web-brauzerlar bu fayllarni qo’shimcha dasturlarsiz aks ettira oladi. Darhaqiqat, bmp formatli rasm faylini jpeg formatga o’tkazilsa, fayl hajmi bir necha barobar kichrayadi. Rasm faylini bir formatdan boshqasiga o’tkazish maxsus dasturlar (ACDSee, Photoshop,…) yordamida amalga oshiriladi.

Web-sahifaga joylashtirilayoygan rasm faylining nomi “mypic.jpg” bo’lsa, HTML-hujjatga quyidagi satr qo’shiladi:


bu yerda mypic.jpg SRC parametrining qiymati.

Avvalgi mavzularda matnni web-sahifada ALIGN parametri yordamida joylashtirish bilan tanishdingiz. yoki yozuvi “mypic.jpg” rasmni web-sahifaning o’ng tomoniga joylashtiradi.


MIDDLE

Rasmning o’rtasi joriy (rasmdan keyingi) satrning tagiga tekislanadi

ABSMIDDLE

Rasmning o’rtasi joriy satrning o’rtasiga tekislanadi

BOTTOM

Rasmning quyi chegarasi joriy satrning tagiga tekislanadi

ABSBUTTOM

Rasmning quyi chegarasi joriy satrning tagchizig’iga tekislanadi

TOP

Rasmning yuqori chegarasi joriy satrning eng katta elementiga tekislanadi

LEFT

Rasm chap hoshiyaga tegib turadi, matn rasmni o’ng tomoniga yoziladi

RIGHT

Rasm o’ng hoshiyaga tegib turadi, matn rasmni chap tomoniga yoziladi


yozuvi web-sahifaga “kub.bmp” rasmini matnning joriy satrini eng katta elementiga tekislaydi.

Web-sahifaga rasm joylashtirishda uning o’lchamlarini ham tanlash mumkin. Buning uchun WIDTH (eni, kengligi) va HEIGHT (bo’yi, balandligi) parametrlaridan foydalaniladi.

Web-sahifadagi rasm atrofida bo’sh joy (bo’shliq – space) qoldirish (rasmdan chekinish) uchun HSPACE (rasmning chap va o’ng tomonidan bo’sh joy qoldiradi) va VSPACE (rasmning tepasi va tagidan bo’sh joy qoldiradi) buyruqlari qo’llaniladi. Qoldiriladigan bo’sh joy piksellarda beriladi.

Rasm atrofida (qora) ramka hosil qilish uchun BORDER (chegara) parametridan foydalaniladi. Bunda parametr qiymati sifatida ramka qalinligi piksellarda olinadi.

Mavzuni mustahkamlash.

Savol va topshiriqlar

  1. Qanday grafik formatlarni bilasiz?

  2. BMP formatli rasmni JPEG va GIF formatiga PAINT dasturi yordamida o’tkazing.

  3. Web-sahifaga rasm joylashtirish qanday tashkil etiladi?

  4. tegining qanday parametrlari bor?


Amaliy mashg`ulot.
1-mashq.


Natijada quyidagi web-sahifa hosil bo`ladi.



Mustaqil ish : darslikdagi 2-3 mashqlar.

Darsni yakunlash.

Uyga vazifa 3-mashq.

Toshkent viloyati Olmaliq shahar

XTMFMTva TE bo`limiga qarashli

20 - umumta’lim maktabining

informatika fani o’qituvchisi Umarjonova Feruzaning

1 soatlik dars ishlanmasi.




Download 373.5 Kb.




Download 373.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sinf : 9b. Sana : 11. 04. 2017 yil. Mavzu : Web-sahfada grafika

Download 373.5 Kb.