• Sinf rahbarining asosiy vazifalari
  • Kasbiy mahoratga ega bo‘lgan sinf rahbari yosh avlod shaxsini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchi uchun u
  • Sinf rahbarining asosiy vazifalari




    Download 12,48 Mb.
    bet1/55
    Sana11.10.2024
    Hajmi12,48 Mb.
    #274567
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
    Bog'liq
    2-sinf sinf soati ish reja va konspekti 2024 — 1-CHORAK


    Наr qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni ma’lum bir kasbga yo‘naltirish og‘ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta’lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir. O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan islohotlar, bugungi kun talablariga mos odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib berishni talab etadi.


    Barkamol avlod tarbiyasi mamlakatimizda avvalo o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilgan eng olijanob vazifadir. Komil inson, o‘qituvchining mashaqqatli mehnati namunasidir. Inson qalbiga yo‘l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng sharaflisi maktab bo‘Isa, kasblaming ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir
    Zamonaviy sinf rahbarining faoliyati birinchi navbatda o‘z sinfidagi o‘quvchilar bilan ishlashga qaratilgan. U har bir bolaning yoshi va individual xususiyatlarini o‘rganish, kognitiv qiziqishlami rivojlantirish va rag‘batlantirish uchun motivatsiyani shakllantiradi.
    Sinf rahbarining asosiy vazifalari
    o‘quvchilarning maksimal darajada rivojlanishi uchun imkoniyatlarini ochish, har bir o‘quvchi shaxsining o‘ziga xosligini saqlab qolish, aqliy, ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni yaratishdir.
    O‘z faoliyatining texnologiyasini puxta egallagan haqiqiy sinf rahbari:

    • har bir o‘quvchida o‘ziga xos, betakror shaxsni ko‘ra biladigan dono tarbiyachidir;

    • har bir o‘quvchini pedagogik tashxis asosida chuqur o‘rganadi;
      u bilan munosabatlarni uyg‘unlashtiradi;

    • shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvga asoslangan holda bolalar jamoasini shakllantirishga yordam beradi.

    Kasbiy mahoratga ega bo‘lgan sinf rahbari yosh avlod shaxsini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchi uchun u:

    • ustoz va bog‘lovchi bo‘g‘in;

    • axloqiy charchoqdan va ma’naviy halokatdan himoyachi;

    • birgalikda turli tadbirlar orqali sinfda hamkorlidagi munosabatlarni quruvchi;

    • har bir bola rivojlanishi va o‘zini namoyon qilishi mumkin bo‘lgan muayyan sharoitlarni yaratuvchi;
      psixolog bilan birgalikda o‘quvchining ijtimoiylashuv jarayonidagi yordamchi;

    • kundalik hayot va faoliyatni tashkil qilishda ustoz, maslahatchi va do‘st

    • hayotning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatlarini qabul qilish va tushunishda yordamchi

    • rahbarlar, oila va atrofdagi jamiyatning birgalikdagi sa’y- harakatlarini muvofiqlashtiruvchi shaxs

    • bolalar va o‘smirlar guruhlarida qulay mikroiqlim asoschisi




    Download 12,48 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




    Download 12,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sinf rahbarining asosiy vazifalari

    Download 12,48 Mb.