Sintaksis va semantika Yuqori bos




Download 130.49 Kb.
bet6/8
Sana14.06.2021
Hajmi130.49 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8
Buyruq

Operand adresi

0011 1111

1101 0001

0000 0101

1101 0010

0000 0110

1101 00111

0000 0111

1101 0100

1000 0000

1101 0101

2) mashinaga moslashgan tilda

MOV AX, 7

ADD AX, 5

MOV A, AX

3) protsedurali tillarda A75.

Ko‘rinib turibdiki, protsedurali tillardagi yozuv tabiiy yozuvga yaqin.

Birinchilar qatorida yuzaga kelgan protsedurali tillar ichida FORTRAN (FORmula TRANslation - formulalarni boshqa ko‘rinishga aylantirish). O‘zining sodda tuzilishi, samarali translatsiyalanishi bu tilni nafaqat shu kungacha saqlanib qolishiga sabab bo‘ldi, balki uning ilmiy tadqiqot, injener-texnik masalalarini yechishda eng samarali til sifatida rivojlanib, keng tarqalishiga sabab bo‘ldi.

Fortran tili Beysik tilining asosiga qo‘yildi. Beysik so‘zi inglizcha «VASIC-Veginners All-purpose Symbolic Instruction code» ma’noni anglatadi. Bu jumla quyidagicha tarjima kilinadi: boshlovchilar uchun mo’ljallangan ko‘pmaqsadli belgili instruksiyalar codi (buyruqlar tili).

Beysik tili mutaxassis bo‘lmagan odamlarni programmalash texnologiyalariga jalb qilish imkoniyatini berdi. Beysik tilida programma operatorlarining kamligi, tuzilishining soddaligi uni programmalashga o‘rgatish tili sifatida keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Bu til asosan maktablarda o‘rgatiladi.



Algol-60 tili Fortranga nisbatan takomillashgan til, unda tuzilgan programmalar moslashuvchanlik va yuqori ishonchlilik xususiyatlari bilan xarakterlanadi.

Prolog va Lisp tillari sun’iy tafakkur sohasidagi masalalarni yechishga moslashgan. Bu tillar belgili ma’lumotlarni qayta-ishlash orqali matematika va mantiqiy masalalarni yechishga eng qulay tillardir.

1971 yilda paydo bo‘lgan Paskal tili programmalash texnologiyalariga strukturali programmalash g‘oyasini olib kirdi. Natijada bitta masala bir nechta bo‘laklarga bo‘lingan holda alohida yechilishi va oxirida bitta programmaga jamlanish imkoniyati yuzaga keldi.

Si tili zamonaviy kompyuterlar xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan va samarali programmalar yaratishda Assemblerga murojaat qilmaydigan til sifatida namoyon bo‘ldi. Bu til UNIX operatsion sistemasida yozilgan.



Ayni paytda programmalash texnologiyasining istiqbolli yo‘nalishlaridan biri obyektga yo‘naltirilgan programmalash tillaridir (объектно-ориентированное программирование).

Obyektlar ko‘p ishlatiladigan programma modullaridir. O‘z navbatida obyektlar ikkita qismdan tashkil topadi: metodlar va o‘zgaruvchilar. Metodlar protsedura va funksiyalar to‘plami bo‘lib, obyekt ishlash algoritmini aniqlaydi. O‘zgaruvchilar turli xil qiymatlarni qabul qiladi.

Obyektga moslashgan programmalashning asosiy mohiyati shundaki, sodda obyektlardan vorislik orqali murakkab obyektlar shajarasini yaratish mumkin. Bunda biror masalani yechish deganda masala algoritmiga mos obyektlar shajarasini qurish tushiniladi.

Obyektga yo‘naltirilgan tillarning yaqqol namunasi - bu Delphi vizual programmalash muhitidir. Bu muhit Turbo Paskal tili asosida yaratilgan bo‘lib, unda programma yaratish muhitidagi mavjud komponentalarni loyihalash asosida bo‘ladi. Shuning uchun ham bosh programma Rgoject deyiladi. Delphining yana bir muhim xususiyati vizual programmalashdir, ya’ni programma yaratilayotgan paytda tuzuvchi hosil bo‘ladigan programma shaklini ko‘rib turadi va grafik interfeys yordamida komponentalar shaklini o‘zi ma’qul topgan joyiga qo‘yishi mumkin.

Visual Basic tili ham obyektga moslashgan til hisobalanadi va Windowsning ofis programmalarida makroslar yozish uchun til sifatida ishlatiladi.

Internet uchun programmalar yaratish uchun NTML (Nureg Text Markur Language) 1989 yilda yaratilgan bo‘lib, WWW sahifalarini yaratish uchun asosiy til bo‘lib qolmoqda. Bu til yordamida sahifa poligrafik usulda yaratishilishi mumkin, unda matn, audio, video, animatsiya va boshqa ma’lumotlar joylashishi mumkin.

Java tili kompyuter tarmoqlarida amal qiladigan programmalarni yaratishga mo‘ljallangan, ya’ni Java tilida yozilgan programmalar global tarmoqlarda dinamik reklamalarni (animatsiya, teletayp lentalari) global tarmoqda joylashtirish uchun ishlatiladi, Java tilining afzalligi shundaki, u turli operatsion sistemalarda ham birdek amal qilaveradi. Java programmasi bir paytda Windows, UNIX va Macintosh operatsion sistemalarida ishlashi mumkin.

Programmalash tillari sun’iy tillar hisoblanadi, ularda sintaksis va semantik qoidalar qat’iy aniqlangan bo‘ladi. Shu sababli Programmalash tillari tabiiy tillardan farqli ravishda jumlalarni ko‘pmazmunli va erkin talqin etishga yo‘l qo‘ymaydi. Buning asosiy sababi tildagi har bir ko‘rsatma mashina tilidagi aniq bir buyruqqa o‘tadi.

Sintaksis-bu qoidalar to‘plami bo‘lib, Programmalash tilida ruxsat etilgan belgilarning ketma-ketligi va asosiy ichqi tuzilishni aniqlaydi.

Semantika-til birliklariga (so‘z, so‘z birikmalari, jumlalariga) beriladigan qiymatlardir.

EHMlar endi yuzaga kelgan paytda programma tuzishda, faqat mashina tillarida, ya’ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo‘lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo‘lgan. Programma mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan.

Yuqori bosqichli programmalashda, mashina tillariga haraganda mashinaga moslashgan (yo‘naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Belgilar kodlashtirilgan tillarning asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar bilan belgilanadi, hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashhis qilish kiritilgan. Bunday mashina moslashgan til - ASSEMBLER tili nomini oldi.

EHM faqat mashina tilini-buyruqlar, operand va sonlarning ikkilik sanok, sistemasidagi ko‘rinishini «tushinadi». Shu sababli, Assembler tilida yozilgan programmalar uchun ularni mashina tiliga o‘tkazuvchi «tarjimon» kerak bo‘ladi.

Assembler tilidagi programmani mashina tiliga o‘tkazuvchi maxsus programma translator deyiladi, ayrim hollarda uni assembler deb ham atashadi.

Mashinaga moslashgan tillarning asosiy kamchiligi bir turdagi mashina uchun tuzilgan programma boshqa mashinalarda bajarilmaydi, ya’ni bunday tillar mashinaning apparat tuzilishiga bog‘liq qilib yaratiladi. Masalan, Praves mashinasi uchun tuzilgan programma IBM yoki YAMAHA turidagi mashinalar uchun o‘tmaydi va aksincha.

Programmalash tillarining keyingi bosqichida protsedurali tillar joylashadi. Bu tillaring asosiy xususiyati shundaki, ularning sintaksis va semantikasi konkret EHM (protsessor) buyruqlari tarkibiga bog‘liq emas. Tuzilgan programmani konkret EHM ga bog‘lashni translator amalga oshiradi.

Programmaning boshlang‘ich matni operativ xotiraga kiritilgandan keyin u translatsiya qilinadi. Natijada, aynan shu mashina «tushinadigan» buyruqlar ketma-ketligi hosil bo‘ladi va ularni bajarish asosida EHM masalani yechadi.

Programmani tarjimasi va uni bajarish jarayoni ikki usulda amalga oshirilishi mumkin:

Birinchi usul-komplilator deb nomlanuvchi usulda programmani EHMda bajarilishi-tarjima jaryoni to‘liq, tugagandan keyin amalga oshiriladi. Bunda tarjima programmasini operativ xotirada saqlab turishga hojat yuq, shu sababli xotirani tejashga erishiladi.



Ikkinchi usul – interpretatsiya - programmadagi ayrim operatorlar ular tarjima qilingan zahoti bajariladi, shundan keyin navbatdagi operator tarjima qilinadi, bajariladi va hokazo. Bu rejimda xotirada interpretator programmasi ham bo‘lishi kerak, natijada qo‘shimcha xotira ishlatiladi va programmaning ishlashi kompilyatsiya qilinganga nisbatan sekin ishlaydi. Interpretatorning afzallik tomonlari programmalarni sozlash paytida ko‘rinadi, ya’ni yo‘l qo‘yilgan xatolar tuzatilishi mumkin. Kompilatorda bunday imkoniyat yo‘q.

Protsedurali tillarning umumiy xususiyatlarini ko‘raylik. Bu tillarda programmadagi yozuvlar umumiy qabul qilingan matematik yozuvlarga juda yaqin va tushunish uchun yengildir. Masalan, 7 va 5 sonlaring yig‘indisini hisoblash amalini programmalash tillarida yozilishini ko‘raylik:mashina tilida



Download 130.49 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 130.49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sintaksis va semantika Yuqori bos

Download 130.49 Kb.