• Oy va yulduzlar” o’yini . .
  • Сирдарё вилояти Мирзаобод тумани 1мактаб укитувчиcи Г. Ахророва




    Download 1.79 Mb.
    bet1/2
    Sana10.04.2017
    Hajmi1.79 Mb.
    #3632
      1   2

    Сирдарё вилояти Мирзаобод тумани 1мактаб укитувчиcи Г.Ахророва


    O’quvchilarni intellectual qobiliyatini o’stirishda interaktiv usullardan foydalanish.
    Xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi, farzandlarimizning qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq”

    I.Karimov

    O’quvchilarni har tomonlama yetuk inson bo’lib yetishishida ustozlarning o’rni beqiyos. Bugungi kunning o’qituvchisi faqatgina darslikdan foydalanib qolmasdan ta’bir joiz bo’lsa har bir dars uchun o’zi ham kichik kashfiyotlar yaratishi kerak. Chunki zamon ilgarilab borayotgan hozirgi davr bolasini 45 minutlik dars mobaynida diqqatini faollashtirib bilim berish qiyin. Shuning uchun turli ko’rgazmalar va o’yinlar orqali bolalarga dars berish, ularning nutqini rivojlantirib, fikr doirasi kengaytirib ijodiy xayoloti taraqqiy etishiga imkon beradi. Eng asosiysi darsda katta samaradorlikka erishiladi. Mavzuni idrok etish osonlashadi va hech kim zerikmaydi. Fikrlay olish bolalar o’yinlarida ham, o’qishda, mehnatda ham rivojlanadi. Fikr esa inson oldida eng oddiy bo’lsada biror muammo yoki vazifa turgandagina paydo bo’ladi. Bunda ko’p narsa insonning aql-zakovatiga, uning intellektual qobiliyatiga ham bog’liq.

    Zamonaviy pedagogik texnologiyaning asosiy talablaridan biri har bir dars jarayonida turli, mazmunli, dars mohiyatini ochib beruvchi, o’quvchilarni zerikarli tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantira oladigan o’yinlardan foydalanib, o’quvchilarning mustaqil fikirlash qobilyatlarini, fanlarga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirishdan iborat

    Quyida boshlang’ich sinf o’quvhilarining konstruktiv qobilyatini shakllantiruvchi o’yin- shakllar bilan ishlash usulidan foydalanish jarayoni bilan tanishasiz. Bu usuldan fasllar misolida, dars mavzusiga qarab turli shakllardan foydalanish mumkin. Bunda har bir doirachaning orqa tarafiga kichik cho’ntaklar qilinib unga, agar matematika darsi bo’lsa, darslikdagi o’tilishi lozim bo’lgan misollar yozib qo’yiladi, ona tili darsida esa o’rganilayotgan mavzu bo’ycha, Alifbo nima? Unli harflar nechta? Harf nima? Nutq nima? kabi yozuvlarni joylashtirish mimkin. O’qish darsida esa topishmoqlarni yozib qo’yish mumkin.


    Masalan: 1. Tog’orada shishadi,

    Tandirda pishadi.

    2. Og’zi yo’q, tishi ko’p.

    3. O’tda yonmaydi

    Suvda cho’kmaydi.

    4.Katta varaq ,dumi taroq,

    Akasining ismi quroq.

    Ushbu shakllar o’quvchilarga tarqatiladi. O’quvchilar to’g’ri javob berishsa, shakllar magnit do’skaga joylashtirib shakl yig’iladi.

    Agar tarqatilgan shakllarning birontasiga tog’ri javob berilmagan bo’lsa, o’sha shakl joylashtirilmaydi , archa to’liq hosil qilinmay, bo’shliq hosil bo’ladi . Javob bera olmagan o’quvchi esa archani yasashni yakuniga yetkaza olmagani uchun ham kelgusi darsga albatta tayyorlanib keladi,o’z-o’zidan dars tayyorlashga rag’bat uyg’onadi. Aniqlangan bo’shliqni to’ldirish uchun “Tengdoshlar” tizimi orqali ish olib boriladi. Ya’ni a’lochi o’quvchilar tomonidan bo’shliq to’ldiriladi

    Fasllarga qarab bahorda gullar, daraxtlarning shakllaridan foydalanamiz. ,,Kuz” faslida barglar, mevalar, poliz ekinlarini ana shu tarzda yig’ish mumkin:

    Geometrik shakllar bilan ham ishlash qulay.

    Ushbu shakllar o’quvchilarga tarqatiladi. O’quvchilar to’g’ri javob berishsa, shakllar magnit do’skaga joylashtirib shakl yig’iladi.

    Shakllar ortidagi topshiriqni, masalan: maqollarni o’quvchilar davom ettiradilar. “Birni kessang, o’nni ek“ kabi. Shakllarni magnit doskaga joylashtirib to’g’ri to’rtburchak hosil qilib, u nechta uchburchakdan hosil qilingani tushuntiriladi. Doira shaklini hosil qilish ham mumkin.

    Bunday usuldan foydalanishdan maqsad: sinfdagi eng qoloq o’quvchini ham darsga qiziqtira olish. Chunki 1 ta o’quvchining topshiriqlarni xato bajargani,yasalishi kerak bo’lgan shaklda , bo’shliq hosil bo’lishi mumkinligini o’quvchi anglaydi. Natijada kelgusi darsga tayyorlanib kelishga rag’bat uyg’onadi.


    Davlat ta’lim standartlarida ko’rsatilgan talablarni bajarish ,darslarni qiziqarli tashkil etish o’qituvchidan juda katta mahorat ,ziyraklik ,yuksak did,ijodiy faoliyat, tinimsiz mehnat talab qiladi. Ya’ni o’qituvchi o’yinlar va ko’rgazmalarga suyanib ish ko'rsa o’quvchilarda darsga qiziqish uyg’onib ,darsni o’zlashtirishi oson bo’ladi.Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarida harflarning joylashish tartibini o’rganishda,harflardan so’zlar hosil qilishni o’rganishda quyidagi ko’rgazmalardan foydalanish mumkin.

    .Masalan:

    Oy va yulduzlar” o’yini.

    . Alifboda harflar joylashgan tartib raqamlardan foydalanib oy yordamida so’zlar hosil qilimg. Masalan: alifboda 2- raqami ostida B harfi joylashgan. Javob- boy.Javoblar: 2- boy, 7-hoy, 9- joy, 11-loy, 12-moy, 15-poy, 18-soy, 19-toy, 21-voy, 28-choy.

    Alifboda harflar joylashgan tartib raqamidan foydalanib osh so’zi yordamida so’zlar hosil qiling.





    Download 1.79 Mb.
      1   2




    Download 1.79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Сирдарё вилояти Мирзаобод тумани 1мактаб укитувчиcи Г. Ахророва

    Download 1.79 Mb.