Sital ishlab chiqarish texnologiyas




Download 5,71 Kb.
Sana13.08.2024
Hajmi5,71 Kb.
#269425
Bog'liq
Sital ishlab chiqarish texnologiyas-kompy.info


Sital ishlab chiqarish texnologiyas

Sital ishlab chiqarish texnologiyas

KIMYOVIY TEXNALOGIYALARI FAKULTETI 204XTF GURUHI TALABASI SADULLAYEVA ZUHRAJON


Sitall ishlab chiqarish.


  • Sitallning ilk bor turi «Pirokeram» va «Fotokeram» Amerika qo‘shma shtatlarida 1957 yil Stuki tomonidan «Korning» firmasida olindi.

  • Natijada Ruminiyada «Rumin chinnisi», Germaniyada «Vitrokeram», Chexoslavakiyada «Kriston», Rossiyada «Sitall» va «Fotositall» nomi bilan ataladigan turlari paydo bo‘ldi.

  • Tarkibida maxsus qo‘shimchalar qo‘shilgan shishalarni termik yo‘l bilan past temperaturada kristallanish natijasida olinadigan, kichik hajmli kristallar va shisha qoldig‘ining o‘zaro birikib ketishdan tashkil, yuqori mexanik va boshqa ko‘pgina foydali xususiyatlarga ega bo‘lgan materiallar sitall deb ataladi.

  • Sitall shisha moddalarning tarkibi asosan kristall tuzilishga egaligi, boshqa kristall moddalardan esa nafis va bir tarkibli mikrokristall tuzilishga ega ekanligi bilan farqlanadi. Agar sitall kristallarning o‘lchami kichik va ko‘rinishi ignasimon bo‘lsa, uning mexanik mustahkamligi juda yuqori bo‘ladi.

  • Sitall mahsulotlari ishlab chiqarishda kristall fazasi donalarining o‘lchami 1mkkm kam bo‘lishi kerak. Ammo bu o‘lchamdagi kristallarga ega bo‘lgan materialni shisha asosida olish oson emas.

  • Bu katalizatorlar ishtirokida hal etiladi.

  • Katalizatorlar ikki xil bo‘ladi.

  • 1. Kalloid qo‘shimchalar – Ag,Au,Cu, va boshqalar.

  • 2. Shafoflikini so‘ndiruvchilar – F,TiO2,ZrO2,FeS,Cr2O3 va boshqalar.

  • Sitallar asosan ikki katta gruppaga bo‘linadi.

  • 1. Reaktiv va tabiiy xomashyolar asosida olinadigan texnik sitallar. ular o‘z navbatida tarkibiga ko‘ra, turlarga ajraladi: litiyli sitall qo‘rg‘oshinli sitall va hokazo. Yana texnik sitall mahsulotlarning xususiyatiga ko‘ra ham turlicha bo‘ladi: a) issiqlikni chidamli sitall. b) shaffof sitall va hokazo.

  • Sanoat chiqindilari va tog‘ jinslari asosida olinadigan qurilish sitallari. Ular ham 2 ga bo‘linadi. a) shlakli sitall. b) petrositall.

  • Sitallar ishlatilish sohalariga ko‘ra esa uch katta gruppaga ajraladi.

  • 1. Qurilish sitallari

  • 2. Texnik sitallari

  • 3. Xo‘jalik maishiy sitallari.

  • Sitallarni ularning tarkibiga kirgan kristall faza nomi bilan atash ham ko‘pgina manbalarda uchraydi. Quyida ulardan ba’zilarining nomi keltirilgan.

  • 1. Spodumyan. Tarkibli sitallar. Ular Li­2O, Al2O3, SiO2 sistema asosida TiO2 katalizatorlari ishtirokida olib boriladi.

  • 2. Kordiyarit tarkibli sitallar. Ular MgO, Al2O3, SiO2 sistemasi TiO2 ishtirokida olinadi.

  • 3. Yuqori kremnizyom tarkibli sitallar. Ular tarkibiga 85-92 % gacha SiO2 kirgan shixtalar asosida olinadi. Kristallanish katalizatori rolini tarkibiga 7,5-14,5 % miqdorda kiritilgan Na2O bajaradi.

  • 3,6 % atrofida qo‘shilgan ftor esa kremnizyomni past temperaturada eritib shishaga o‘tishini ta’minlaydi.

  • 4. Qo‘rg‘oshin tarkibli, melilit tarkibli, diopsid tarkibli va boshqa turlarga bo‘linadi.

  • Bu mashinalarda uzliksiz shisha lentasi qoliplovchi moslamaning tirqishi orqali cho‘ziladi. Shishaning bunday usulda olingan shisha sifatliroq, shaffof, chiziqchasiz bo‘ladi. Mashinalarda oliplangan shisha eritmasi lentasi maxsus rejimda sovitiladi. Bu vaqtda shishaning ichki kuchlanishi sekinlik bilan yuqola boradi. Lenta sovib mashinadan chiqa borishi bilan tegishli o‘lchamlarda list qilib qirqiladi. Qirqim qalinligi 2-6 mm atrofida bo‘lib, o‘lchami 250x250 dan 1600x2200 mm gacha bo‘ladi.

Polirovkalangan vitrina shishasi va ko‘zgu olishda kuchlanishdan holi qilingan shisha sayqallash va yaltiratish stanoklariga yo‘naltiriladi. Dekorativ buyumlarga esa mexanik ishlovdan tashqarii, kimyoviy va badiiy ishlov ham beriladi. Natijada mahsulot yarqirab, jilva berib turadigan bo‘ladi.



  • Texnika shishasi ishlab chiqarish texnologiyasi.

  • Texnik shisha turlari juda ko‘p. Uning asosiy mahsulotlari quydagilar.

  • 1. kvars shishasi.

  • 2. optika shishasi

  • 3. nur texnikasi

  • 4. toblangan list shishasi

  • 5. tripleks list shishasi

  • 6. pollirovkalangan (egilgan) shisha

  • 7. kimyoviy laboratoriya shishasi

  • 8. termometrik shisha

  • 9. tibbiy shishalar

  • 10. elektrod shishalar

  • 11. elektr tokini o‘ta o‘tkazuvchan shishalar

  • 12. lyuminissent texnikasida qo‘llanadigan shishalar

  • 13. lazer texnikasi shishalari

  • 14. yo‘l belgilari yasashda ishlatiladigan shishalar-shisha mikrobo‘laklari

  • 15. atom texnikasi shishalari va boshqalar

  • Texnika shishasi barcha tarmoqlarda keng qo‘llanadigan universal materialdir. Birgina kvars shishalarining qo‘llanishini olib ko‘raylik, sovitgich, isitgich, vanna, idish, reaktor nasos, tigel, kolba, kovak, filtr, issiqlik texnikasi va metallurgiya termoparasi, g‘ilofi gaz va elektropech quvurlari, gaz gorekasi, nur texnikasida qo‘llanadigan yuqori voltli izolyator, katod va generator lampalarining detali, optik-kimyoviy sanoati tasviriy shishasi va h.zo. Shisha yaqindan boshlab, atom va raketa texnikasi va kvant elektrotexnikasida qo‘llanilmoqda. U atom texnikasida nur sochilishidan saqlanish, nur tarqalishini dozirovka qilish, radioktiv nurdan saqlanish kabi muhim vazifalarni ham bajaradi


http://kompy.info
Download 5,71 Kb.




Download 5,71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sital ishlab chiqarish texnologiyas

Download 5,71 Kb.