MIOKARD INFARKTI BILAN OG'RIGAN BEMORGA SAVOL VA MASLAHATLAR




Download 0.61 Mb.
bet24/60
Sana21.03.2017
Hajmi0.61 Mb.
#761
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60
MIOKARD INFARKTI BILAN OG'RIGAN BEMORGA SAVOL VA MASLAHATLAR

  1. Ko'kragingizning to'sh suyagi orqasida paydo bo'ladigan slenokardiya huruji oxirgi paytda tez tez qaytalayapti? - Ha, - Yo'q.

  2. Chap qo'lga, chap kurak ostiga uzatiladigan og'riqlar keyingi vaqtda ko'paydimi? -Ha, - Yo'q.

  3. Biroz jismoniy harakat qilganingizda yoki kechalari to'sh suyagi atrofida og'irlik, og'riq yoki kuyish holatini sezadigan bo'lib qoldingizmi? - Ha, - Yo'q.

  1. Yengil jismoniy harakat qilgan paytingizda yoki tinch holatda nafas olishingiz tezlashib ketadimi? - Ha, - Yo'q.

  2. Sigaret chekasizmi? - Ha, - Yo'q.

  3. Agar chekuvchi bo'lsangiz, kuniga 10 ta yoki undan ko'proq sigaret chekasizmi? - Ha, - Yo'q.

  4. Kayfiyatingiz (asabingiz) doimo buzuq (stress) holatda yurasizmi? - Ha, - Yo'q.

  5. Qon bosimingiz odatda baland bo'ladimi? - Ha, - Yo'q.

  6. Biroz harakatdan so'ng yuragingiz urushi tezlashadimi yoki noteks ura boshlaydimi? - Ha, - Yo q.

10. Tez uyquga keta olmay qiynalasizmi, yomon uxlaysizmi? -
Ha,-Yo'q.

11. Oyoq-qo'llaringiz har zamonda sovib yoki namlanib qoladimi? - Ha, Yo'q.

Ushbu savollarga olingan; tasdiq yoki inkor javobga qarab shifokor, hamshira bemorning yurak kasalligi haqida o'z tashxisini qo'ya oladi va foydali maslahatini beradi. Masalan, ko'proq «yo'q» degan javobni bergan bemorga yuragingizga jiddiy tahdid qiluvchi omillar yo'q, deydi. Faqat ko'proq harakat qilish, ovqatlanish tartibini saqlash, semirib ketmaslik, stress va chekishdan uzoqrcq bo'lishini tavsiya qiladi.

Agar «ha» degan javob ko'p uchrasa, bunday bemorga shifokorning tashxisi va maslahati quyidagicha bo'ladi:

- Sizda miokard infarkti kasalligiga moyillik bor. Shuning uchun kardiolog bilan maslahat qilishingizni tavsiya qilardim. Har qalay, yuragingizni elektrokardiogrammasini oldiring. Ovqatingizdagi achchiq, yog'li va go'shtni cheklang, chekishni tashlang. Qon bosimingizni tez-tez o'lchatib turganingiz ma'qul. Shu maslahatlarimini bajarsangiz, og'ir yurak yetishmovchiligi kasalligini oldini olishingiz mumkin.



Download 0.61 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60




Download 0.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MIOKARD INFARKTI BILAN OG'RIGAN BEMORGA SAVOL VA MASLAHATLAR

Download 0.61 Mb.