• 9. Korxona hisob foydasi (soliq to’loviga qadar foyda) tahlili
  • 11. Rentabellik va uning ko’rsatkichlar tizimi
  • Takrorlash uchun savollar
  • 12-MAVZU: DEBITOR VA KREDITOR QARZDORLIKLAR TAHLILI O’rganiladigan savollar
  • 1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini o’rganishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbai
  • 2. Buxgalteriya balansi bo’yicha debitorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga kelish sabablari
  • Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining yuzaga kelishi bo’yicha quyidagi sabab qatorlarini tarkiblash mumkin
  • 3. Debitorlik va kreditorlik qarzlari balansini tuzish. Muddati uzaytirilgan qarzlarning vujudga kelish sabablari
  • 4. Debitorlik qarzlarining umumiy hajmi, tarkibi va vujudga kelish muddati bo’yicha tahlili. Debitorlik qarzlarining aylanuvchanligini tahlili
  • 5. Kreditorlik qarzlarining umumiy hajmi, tarkibi va tashkil topish muddati bo’yicha tahlili. Kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligini tahlili
  • Mavzu bo’yicha tayanch iboralar
  • 13-MAVZU: XO’JALIK YURITUVCHI SUB’YEKTLARNING ASOSIY VOSITA (FOND)LAR BILAN TA’MINLANGANLIGI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI TAHLILI O’rganiladigan savollar
  • Favkulodda foyda va zararlar tahlili




    Download 0.78 Mb.
    bet11/14
    Sana04.04.2017
    Hajmi0.78 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

    8. Favkulodda foyda va zararlar tahlili

    Favqulodda foyda va zararlar moliyaviy natijaviylikning uchinchi tarkib qatori hisoblanadi uning qatoriga bevosita tasoddifiy holatlardan ko’riladigan natijalar kiritiladi. Masalan Suv toshqini yoki yer qimirlashi, g’ng’in oqibatida, bo’ronlar oqibatida yoki boshqa tabiat xodisalari asosida ro’y beradigan yo’qotishlar kiritiladi. Favqulodda foyda yoki daromadalar qatoriga kiritiladigan yoki zararlar qatoriga kiritiladigan a’lohida moddalar mahsulot ish va xizmatlar tannarxiga kiritiladigan mahsulot ish va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanishi tartibi to’g’risidagi Nizomda aniq ko’rsatilmagan.

    Ularning faqat bitta sharti umumiy Nizomda belgilangan. Ya’ni yaqin uch yillik oraliqda korxona uchun odatiy hol hisoblanmagan holatlardan olinadigan daromadlar yoki foyda summasi korxona uchun kutilmagan holatlardan olingan daromadlar sirasiga kiritiladi.

    Kutilmagan yoki favqulodda holatlardan olingan daromadlar yoki ular bo’yicha yo’qotishlar moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning a’lohida tarkib qatori sifatida belgilangan.

    Ularni korxonada rejalashtirish amalga oshirilmaydi. Ya’ni favqulodda daromad va xarajatlar rejalashtirilmaydigan qatorga kiritiladi. Ularning hozirgi paytda korxonalar faoliyat natijaviyligidaggi salmog’i sezilarga ta’sirga ega emas.
    9. Korxona hisob foydasi (soliq to’loviga qadar foyda) tahlili

    Korxona hisob foydasi va uning tarkibiga kiritiladigan qatorlar to’g’risida yuqorida kengroq to’xtalgan edik. Ya’ni korxona hisob foydasi asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan natija, moliyaviy faoliyatdan natija, favqulodda faoliyatdan yoki holatlardan natijasi jamlangan holda joriy davr bo’yicha korxonaning hisob foydasi aniqlanadi. Korxona hisob foydasi davlatning va axborot foydalanuvchilarning e’tibor shartidagi asosiy qator hisoblanadi. Daromad va xarajatlar ularning yuzaga chiqish vaqti va o’rni bo’yicha yuritilgan holda yakuniy natija ushbu qoida asosida tuziladi.

    Korxona hisob foydasi yoki soliq to’loviga qadar bo’lgan foyda (zarar) summasidan foyda daromaddan soliqlar va boshqa foydadan soliqlar, to’lovlar va ajratmalarni chegirish asosida korxonaning joriy davr bo’yicha sof foyda (zarar) summasi aniqlanadi. Respublika soliq qonunchiligiga muvofiq barcha xo’jalik hisobidagi korxonalar daromad solig’i to’lovchilar hisoblanadi va ularning ayrim guruxi bo’yicha doimiy va vaqtinchalik imtig’zlar belgilangan.

    11. Rentabellik va uning ko’rsatkichlar tizimi

    Korxona faoliyat natijaviyligi baho berishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri rentabellik ko’rsatkichi hisoblanadi.

    Rentabellik korxona foydalik darajasini xarakterlaydi. Odatda uning bir necha turlari hisob kitob qilinadi. Bu bevosita mulkning shakli bo’yicha daromadalarning yuzaga chiqish o’rni yoki bazasi bo’yicha, foydaning o’zgarishiga ta’sir etuvchi birliklar buyicha yoki mustaqil birliklar bo’yicha aniqlanishi mumkin.

    Rentabellikning xalq xo’jaligida quyidagi turlari aniqlanadi.

    1. Ishlab chiqarish xarajtalariga nisbatan rentabellik

    sof foyda

    R=------------------------------------------- x100%

    Ishlab chiqarish xarajatlari


    Ushbu ko’rsatkich bir so’mlik ishlab chiqarish xarajati hisobiga olingan foyda summasini xarakterlaydi.

    1. Asosiy vositalar rentabelligi

    Asosiy vositalar rentabelligi har bir so’mlik yoki ming so’mlik asosiy vosita hisobiga to’g’ri keladigan foyda summasini xarakterlaydi. Ushbu ko’rsatkich sof foyda summasini asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymatiga bo’lish asosida aniqlanadi.

    Sof foyda

    R=----------------------------------------------------------- x 100 %

    Asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymati




    1. Sotish bo’yicha rentabellik . Sotish bo’yicha rentabellik sotilgan mahsulotlarning foydalik darajasini xarakterlaydi. Ushbu ko’rsatkich sotishdan olingan yalpi foyda summasini mahsulotlarni sotishdan olingan tushumga bo’lish asosida aniqlanadi. Ya’ni

    Sotishdan olingan foyda

    R=---------------------------------------------------------------x100%

    Sotishdan olingan tushum summasi




    1. Oborot aktivlar rentabelligi. Ushbu ko’rsatkich oborot aktivlarning har bir sumiga to’g’ri keladigan foyda, sof foyda summasini xarakterlaydi.

    Oborot aktivlar rentabelligi olingan sof foyda summasini oborot aktivlarning o’rtacha yillik qiymatiga bo’lish asosida aniqlanadi.

    Sof foyda

    R=-------------------------------------------------------------x100%

    Oborot aktivlar o’rtacha yillik qiymati




    1. Jami mulk rentabelligi. Ushbu ko’rsatkich korxona mulkining foydalilik darajasini xarakterlovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Bu ko’rsatkich har bir so’mlik mulkka to’g’ri keladigan sof foyda summasini ifodalaydi.

    Sof foyda

    R=-----------------------------------------------------------x100%

    Korxona mulki jami



    1. O’z mablag’alari rentabelligi. Ushbu ko’rsatkich korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan mablag’larning foydalilik darajasini xarakterlaydi.

    Korxona sof foydasini uning o’zlik mablag’lari manbaiga bo’lish asosida o’zlik kapitalining foydalilik darajasi o’rganiladi.
    Sof foyda

    R=-----------------------------------------------------------x100 %

    Korxona uzlik mablaglari


    1. Qarz mablag’lari rentabelligi. Ushbu ko’rsatkich korxona sof foydasini qarzga olingan mablag’lariga nisbati asosida aniqlanadi. Bu ko’rsatkich har bir so’mlik qarz mablag’iga to’g’ri keladigan foyda summasini ifodalaydi.

    Sof foyda

    R=-----------------------------------------------------------x100%

    Qarz mablag’lari jami
    8.Asosiy vositalar va moddiy oborot mablag’lari rentabelligi. Ushbu ko’rsatkich sof foyda summasini korxona asosiy vositalari va moddiy oborot mablag’lari o’rtacha yillik qiymatiga bo’lish asosida aniqlanadi. U har bir so’mlik asosiy va oborot mablag’iga to’g’ri keladigan foyda summasini xarakterlaydi.
    Sof foyda

    R=------------------------------------------------------------x100%



    Asosiy va oborot mablag’lari o’rt.yil. kiym.





    Mavzu bo’yicha tayanch iboralar

    • moliyaviy natijalar tahlilining mazmuni va tahlil vazifalari;

    • moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, ular bilan qiziquvchilarni jalb etuvchi asosiy ko’rsatkichlar;

    • moliyaviy natijalarni shakllanishi;

    • sotishdan ko’rilgan foydaga ta’sir etuvchi omillarni hisoblash tartibi;

    • davr xarajatlarini tahlil etish uslubi;

    • asosiy faoliyatning boshqa jarag’nlaridan daromadlar va tushumlar;

    • moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan foyda (zarar)larni tahlil etish tartibi;

    • rentabellik turlari, ularni mohiyati va aniqlash tartibi;

    • korxona aktivi (mol-mulk) rentabellik darajasiga ta’sir etuvchi omillar;

    • ishlab chiqarish rentabelligi va unga ta’sir etuvchi omillar;

    • foyda va rentabellikni oshirish yo’llari.


    Takrorlash uchun savollar

    1. Moliyaviy natija atamasining lug’aviy ma’nosi nimadan iborat?

    2. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy natijalarini o’rganishda tahlilning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

    3. Moliyaviy natijalarni o’rganishda qanday ma’lumotlardan foydalaniladi?

    4. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning foyda (zarari)si tarkibiga nimalar kiradi va uni tahlil qilish qanday amalga oshiriladi?

    5. Moliyaviy natijalarning aniqlanish tartibini ko’rsatib bering?

    6. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda qanday tahlil etiladi?

    7. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining yalpi moliyaviy natijasi qanday tahlil qilinadi?

    8. Moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan daromad va yo’otishlar qanday o’rganiladi?

    9. Umumxo’jalik faoliyatidan olingan yalpi moliyaviy natija va unga ta’sir etuvchi omillar qanday tahlil etiladi?

    10. Favquloddagi foyda va zararlar qanday tahlil etiladi?

    11. Soliq to’langungacha bo’lgan moliyaviy natijalar qanday tahlil etiladi?

    12. Sof foyda va unga ta’sir etuvchi omillar qanday tahlil qilib chiqiladi?

    13. Foyda qanday taqsimlanadi va uning tahlili qanday amalga oshiriladi?

    14. Mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasi deganda nimani tushunasiz va u qanday tahlil etiladi?

    15. Moliyaviy natijalar qanday baholanadi?

    16. Daromadlarning joriy va kelgusidagi qiymatini aniqlash tartibini ko’rsatib bering?


    12-MAVZU: DEBITOR VA KREDITOR QARZDORLIKLAR TAHLILI
    O’rganiladigan savollar:
    1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini o’rganishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbai

    2. Buxgalteriya balansi bo’yicha debitorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga kelish sabablari

    3. Debitorlik va kreditorlik qarzlari balansini tuzish. Muddati uzaytirilgan qarzlarning vujudga kelish sabablari

    4. Debitorlik qarzlarining umumiy hajmi, tarkibi va vujudga kelish muddati bo’yicha tahlili. Debitorlik qarzlarining aylanuvchanligini tahlili

    5. Kreditorlik qarzlarining umumiy hajmi, tarkibi va tashkil topish muddati bo’yicha tahlili. Kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligini tahlili

    6. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish yo’llari


    1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini o’rganishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbai
    Korxonalar o’rtasida bo’ladigan, shuningdek, kredit tashkilotlari va nazorat tashkilotlari o’rtasidagi hisob kitoblarda to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan vaqt bo’yicha farqlanishlar kelib chiqadi. Bunda korxona tomonidan to’lanishi lozim bo’lgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, olinishi lozim bo’lgan majburiyatlar esa debitorlik majburiyatlar hisoblanadi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlariga quyidagicha sharx berish mumkin. Qarshi tamonga to’lanishi lozim bo’lgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, qarshi tamondan olinishi lozim bo’lgan majburiyatlar debitorlik majburiyatlari deyiladi.

    Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari hisob kitoblarning doimiy yo’ldoshi hisoblanadi. Lekin ularning to’lov muddatining oshib ketishi korxonalar moliyaviy ahxvoliga katta ta’sir o’tkazadi. Shu maqsadda korxonalar faoliyatini yuritishda debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini to’g’ri boshqarish masalasiga alohida ahamiyat beriladi.

    Muddati o’tgan debitorlik majburiyatlarining oldini olish bevosita davlat nazorati va e’tiboridagi masala ham hisoblanadi. Negaki, korxonalar va tashkilotlar o’rtasida bo’ladigan o’zaro munosabatlarda majburiyatlarni tartiblash asosida davlat naqd pul muomalasini boshqarish va iqtisodiy tadbirlar rejasini tuzib chiqish chora tadbirlari belgilanadi.

    Tahlil etishning asosiy maqsadi – debitorlik va kreditorlik majburiyatlari aylanish davrini tezlashtirish asosida korxonaning moliyaviy holatini yaxshilash borasida chora-tadbirlar belgilashdan iborat. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bo’yicha hisobot, ma’lumotnoma har oyning 1-sanasida tuzilib, tegishli tashkilotlarga topshiriladi. Ushbu ma’lumotnomadan korxonaning majburiyatlar balansini ham tuzish mumkin.

    Tahlil etishda korxonalarning muayyan davrga bo’lgan o’zaro debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining holatiga, tarkibiga, tashkil topish muddatlariga, yuzaga chiqish sababalariga, debitorlik va kreditorlik majburiyatlarning oqlanuvchanligiga, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bo’yicha dargumon qarzlarning yuzaga chiqishiga baho beriladi.

    Bugungi bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida korxonalarning debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini o’rganishda moliyaviy tahlilning asosiy vazifalari bo’lib:



    • Debitorlik va kreditorlik qarzlarining yuzaga chiqish sabablarini o’rganish;

    • Korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlari holatiga baho berish;

    • Debitorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga kelish muddatlari bo’yicha tasniflagan holda o’rganish;

    • Kreditorlik qarzlarining tarkibiy tuzilishi va dinamik o’zgarishlariga baho berish;

    • Debitorlik va kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligiga baho berish;

    • Muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining mavjudligini va ularni tugatish yo’llarini o’rganish;

    • Qarzlarni kamaytirish bo’yicha mavjud imkoniyatlarni ko’rsatib berish va hakozo.

    Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini o’rganishda asosiy axborot manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

    • Korxonaning «Buxgalteriya balansi” (1-shakl) ma’lumotlari;

    • “Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma”dan;

    • Buxgalteriya hisobining debitorlik va kreditorlik qarzlarini aks ettiruvchi tegishli schyot ma’lumotlari.


    2. Buxgalteriya balansi bo’yicha debitorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga kelish sabablari
    Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bevosita korxona bilan qarshi tamon o’rtasidagi o’zaro hisob kitoblarda kelib chiqadigan majburiyatlardir. Bu majburiyatlar korxona bilan mol yetkazib beruvchilar yoki xaridorlar o’rtasidagi munosabatlarda, korxona bilan bank tashkilotlar o’rtasida, korxona bilan soliq organlari o’rtasidagi, korxona bilan ijtimoiy taminot bo’limlari va turli jamoat tashkilotlari, shuningdek, xodimlar, mulk egalari, aksionerlar va investorlar bilan bo’ladigan munosabatlarda yuzaga keladi. Ularning yuzaga kelishining asosiy sababi hisob kitoblarda vaqtning o’zgaruvchanligidir. Ya’ni bugun ortilgan mahsulot ham puli to’langunga qadar debitorlik va kreditorlik majburiyatlar qatoriga kiritiladi. Bunda daromad va xarajatlarning yuzaga chiqishi bilan ular bo’yicha hisob kitoblarning amalga oshishi orasida farqlanish kelib chiqadi.

    Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining yuzaga kelishi bo’yicha quyidagi sabab qatorlarini tarkiblash mumkin:

    -o’zaro hisob kitoblarda tomonlarning to’lov lag’qatiga ega emasligi;

    -tovarlarni ortib jo’natish va sotishda hisob kitoblarning zamonaviy shakllarining cheklanganligi;

    -mulk va unga egalik qilishda mas’ullik hissining yuqligi;

    -o’zaro shartnomaviy munosabatlarning yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi;

    -daromadlarni tan olish yuzasidan korxonalar tarmoq xususiyatidan kelib chiqilmaganligi;

    -xarajatlar tarkibiga kiruvchi ish va xizmatlarni hisobga olishda qat’iy hujjatlashtirish mezonlarining yo’qligi;

    -kredit tashkilotlari bilan mijoz o’rtasida bo’ladigan munosabatlarda korxonalar faoliyatini baholashning uslubiy asoslaridagi kamchiliklar;

    -sug’urta tashkilotlari bilan korxonalar o’rtasidagi munosabatlarda qat’iy davlat qonunchilik mexanizmining mavjud emasligi va h.k. sabablarni kiritish mumkin.

    Biz yuqorida belgilagan edikki, korxonada debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining yuzaga kelishining asosiy sababi hisob kitoblarda to’lovlar muddatining yoki sanasining turli hisobot davriga tushib qolishidir. Bunda debitorlik kreditorlik majburiyatlarining yuzaga chiqishiga har qanday holda ham yo’l qo’yiladi. Agarda mahsulotlar ortib jo’natish orqali sotiladigan bo’lsa bunda to’lovlar amalga oshish sanasiga qadar, agarda tovarlar pulini oldindan to’lash asosida sotiladigan bo’lsa bunda ham tovarlarni jo’natish sanasiga qadar majburiyat, qarz sifatida hisobda aks etttiriladi.

    Debitorlik va kreditorlik majburiyatlar bo’yicha hisobot, ma’lumotnoma har oyning 1-sanasiga tuziladi va tegishli tashkilotlarga topshiriladi.

    Debitorlik va kreditorlik qarzlari korxona balansi, ya’ni har chorakda tuziladigan korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlari holati to’g’risidagi hisobotda ham aks ettiriladi.


    3. Debitorlik va kreditorlik qarzlari balansini tuzish. Muddati uzaytirilgan qarzlarning vujudga kelish sabablari
    Korxonalarning debitorlik va kreditorlik qarzlariga baho berishda ularni balan holatiga keltirib o’rganish ham mumkin bo’ladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari balansi ular orasidagi o’zaro tenglik nisbatini xarakterlaydi. Bunda debitorlik majburiyatlarining kreditorlik majburiyatlaridan ortib ketishi yoki aksincha holatlari ifodalanadi.

    Tahlilda muddati uzaytirilgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining yuzaga kelishiga alohida ahamiyat beriladi. Negaki, muddati o’tkazib yuborilgan majburiyatlar korxonaning moliyaviy ahvolini mushkullashishi va moliyaviy barqarorligining buzilishiga olib keladi. O’z navbatida korxonaning to’lov layoqati buziladi.

    Muddati o’tkazib yuborilgan majburiyatlarning yuzaga chiqish sabablari sifatida quyidagilarni keltirib o’tish mumkin:


    • Korxonada moliyaviy holatning nosog’lom ekanligi;

    • Korxonaning to’lov layoqatiga ega emasligi;

    • Likvid mablag’lari aylanuvchanligining uzoqligi;

    • Shartnoma majburiyatlariga va to’lov shartlariga amal etmaslik;

    • Xo’jalik shartnomalari buzilishidan ko’riladigan zararlarning to’g’ri qoplanmasligi (shartnomalar buzilishida qo’llaniladigan choralarga amal etmasligi);

    • Zamonaviy hisob-kitob shakllariga yo’l berilmaganligi va hakozolar.

    Debitorlik-kreditorlik majburiyatlarining undirib olish muddati 3 oy qilib yoki 90 kalendar kun qilib belgilangan. Ushbu muddatdan so’ng debitorlik kreditorlik majburiyatlari nazoratga olinadi xamda ularning holati bo’yicha davlat qonunchiligiga muvofik javobgarlik shartlari (ma’muriy va moliyaviy) belgilangan.

    Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini hisobdan chiqarish muddati sifatida huquqiy shaxslar o’rtasida ham, korxona bilan jismoniy shaxslar o’rtasida ham 3 yil muddat qlib belgilangan. Ushbu muddatda to’lanmagan yoki undirib olinmagan majburiyatlar, qarzlar korxona foyda va zararlariga olib boriladi. Muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlari davlat tamonidan nazorat qatori sifatida olingan. Muddati o’tkazib yuborilgan kreditorlik majburiyatlari korxona foydasiga qo’shiladi va umumiy asosda foydadan soliq stavkasi bo’yicha soliqqa tortiladi. Muddati o’tgan debitorlik majburiyatlarini zararga olib borish soliqqa tortiladigan foyda summasini kamaytirmaydi.

    Muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini foyda va zararlar qatoriga olib borish shartlari davlat hisob, soliq qonunchiligiga muvofiq qat’iy tartiblangan. Ya’ni, debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini foyda va zararlar qatoriga olib borishga qadar ularni to’lash yoki undirib olish yuzasidan qanday g’zishmalar yoki murojaatlar bo’lgan, orbitraj qarori chiqarilgan yoki chiqarilmaganligi va h.k. bo’yicha dastlabki hujjjatlar to’plami tayg’rlanmog’i lozim. Faqat shundagina uni foyda va zararlar qatoriga olib borish mumkin. Aks holda, zaruriylik shartida kechiktirilgan majburiyatlar sifatida olinib ma’sullar javobgarlikka tortiladi.
    4. Debitorlik qarzlarining umumiy hajmi, tarkibi va vujudga kelish muddati bo’yicha tahlili. Debitorlik qarzlarining aylanuvchanligini tahlili
    Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida har bir xo’jalik sub’ekti o’z faoliyatini olib borish jarayonida albatta ma’lum darajadagi debitorlik yoki kreditorlik qarzdorlikka yo’l qo’yadi. Chunki, ishlab chiqarish korxonalarida mahsulotni yetkazib berish bilan uning to’lovi o’rtasida doimo ma’lum bir farqlanishlar bo’lishi tabiiydir. Shu sababli ham, debitorlik qarzlarining tarkibiy tuzilishini va ularning vujudga kelish muddatlarini o’rganib, tahlil qilib chiqish muhim hisoblanadi.

    Debitorlik majburiyatlari tarkibi deganda uning yuzaga chiqish qatorlari yoki o’rni tushiniladi. Korxona balansi bo’yicha uning quyidagi qatorlarini tarkiblab o’tganmiz. Xaridor va buyurtmachilarga bo’lgan debitorlik majburiyatlari, xodimlar bilan hisob-kitoblar bo’yicha debitorlik majburiyatlar, ish haqidan ajratmalar yuzasidan debitorlik majburiyatlari, soliqlar va turli boshqa to’lovlar bo’yicha debitorlik majburiyatlari va h.k.

    Shuningdek, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari tarkibida muddati o’tgan, to’lov muddati kelgan va to’lov muddati o’tmagan majburiyatlarni a’lohida tarkiblash mumkin.

    Muddati o’tgan va to’lash muddati kelgan majburiyatlar alohida-alohida hisobga olinadi va boshqariladi. Muddati o’tgan debitorlik majburiyatlar debitorlik va kreditorlik majburiyatlari to’g’risidagi ma’lumotnomada alohida qatorlanadi. Ularning Respublika ichkarisidagi korxonalar va respublikadan tashqaridagi korxonalar o’rtasida muddati o’tgan majburiyatlarga ajratish mumkin. Muddati o’tkazib yuborilgan majburiyatlar korxona moliyaviy holatini og’irlashtiruvchi asosiy sabab faktori sifatida olinadi va muhim e’tibor beriladi.

    Debitorlik majburiyatlarining aylanuvchanligi deganda qarz majburiyatlarining undirib olish muddati va ularning aylanish koeffitsenti tushuniladi. Bu bevosita bugungi yuzaga kelgan majburiyatning necha kundan keyin naqd pulga aylanish darajasini xarakterlaydi.

    Debitorlik majburiyatlarining aylanuvchanligi sotishdan olingan tushumni debitorlik majburiyatlarining mavjud summasiga bo’lish asosida aniqlanadi.

    Debitorlik majburiyatlarining mavjud summasini tahlil etish davrining kalendar kuniga ko’paytirish va sotishdan olingan sof tushum summasiga bo’lish asosida debitorlik qarzlarining aylanishlar kuni aniqlanadi.
    5. Kreditorlik qarzlarining umumiy hajmi, tarkibi va tashkil topish muddati bo’yicha tahlili. Kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligini tahlili

    Kreditorlik majburiyatlari qarshi tomonga korxonaning to’laydigan majburiyatlarini xarakterlaydi. Biz yuqorida uning tarkibiga nimalar kirishini va ularning yuzaga kelish sabablarini tarkiblab o’tgan edik. Kreditorlik majburiyatlarining yuzaga chiqishining asosiy sababi sifatida bevosita debitorlik majburiyatlarining vaqtida kelib tushmasligini ham tarkiblash mumkin.

    Kreditorlik majburiyatlarining tarkibi tahlilida qarzdor bo’lgan tomonlar bo’yicha majburiyatlarning qatorlanishi, ularni to’lash muddatlari bo’yicha tarkiblanishiga baho beriladi. Shuningdek, debitorlik majburiyatlarining aylanish koeffitsiyenti va aylanish davrini aniqlashdagi kabi bunda ham kreditorlik majburiyatlarining aylanishi koeffitsiyenti va davri aniqlanadi. Lekin, bunda qatnashuvchi ko’rsatkichlar farqlanadi. Kreditorlik majburiyatlari aylanishini o’rganishda assosiy ko’rsatkichlar sifatida nasiyaga olingan yoki hali puli to’lanmagan mollar, ashg’lar, ish va xizmatlar summasiga hamda kreditorlik majburiyatlarining haqiqiy ko’rsatkichlariga murojat qilinadi.

    Kreditorlik majburiyatlarining to’lash muddatlari bo’yicha quyidagi tarkibini berib o’tish mumkin:

    -To’lash muddati kelgan majburiyatlar;

    -To’lash muddati o’tib ketgan majburiyatlari.


    Yil kalendar davrining taqsimi bo’yicha kreditorlik majburiyatlarining quyidagi shakllarini berish mumkin:

    - 1 oygacha bo’lgan majburiyatlar;

    - 1 oydan 2 oygacha bo’lgan majburiyatlar;

    - 2 oydan 3 oygacha bo’lgan majburiyatlar;

    - 3 oydan 6 oygacha bo’lgan majburiyatlar;

    - 6 oydan 1 yilgacha bo’lgan majburiyatlar;

    - 1 yildan ortiq mududatga bo’lgan majburiyatlar.


    Mavzu bo’yicha tayanch iboralar


    • debitorlik qarzlari to’g’risida tushuncha va ularni tahlil etish uslubi;

    • debitorlik qarzlarni umumiy hajmi, tarkibi va vujudga kelish muddati bo’yicha tahlil etish uslubi;

    • kreditorlik qarzlari to’g’risida tushuncha va ularni tahlil etish uslubi;

    • kreditorlik qarzlarni umumiy hajmi, tarkibi va vujudga kelish muddati bo’yicha tahlil etish uslubi;

    • qarzlarni kamaytirish yo’llari.

    Takrorlash uchun savollar

    1. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari deganda nimani tushunasiz?

    2. Debitorlik va kreditorlik qarzlari qanday sabablarga ko’ra vujudga keladi?

    3. Debitorlik qarzlarining tarkibi va tuzilishi qanday tahlil etiladi?

    4. Kreditorlik qarzlarining tarkibi va tuzilishi qanday tahlil etiladi?

    5. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining yuzaga chiqish muddatlari bo’yicha qanday davrlarga bo’lib o’rganiladi?

    6. Debitorlik qarzlarini aylanuvchanligi va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar qanday tahlil etiladi?

    7. Kreditorlik qarzlarini aylanuvchanligi va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar qanday tahlil etiladi?

    8. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish yo’llarini ko’rsatib o’ting?

    9. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirishning mamlakat iqtisodidagi o’rni va roli?

    10. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini nazorat etuvchi tashkilotlar va ularning huquqiy mezonlari?

    11. Majburiyatlarni sotish va sotib olish degani nima?

    12. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining korxona moliyaviy holatiga ta’siri?


    13-MAVZU: XO’JALIK YURITUVCHI SUB’YEKTLARNING ASOSIY VOSITA (FOND)LAR BILAN TA’MINLANGANLIGI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI TAHLILI
    O’rganiladigan savollar:
    1. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini tahlil etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari

    2. Asosiy vosita (fond)larning tarkibi, tuzilishi va dinamikasining tahlili, ularning aktiv va passiv qismlarini nisbati

    3. Tezlashgan amortizatsiya ajratmalari va ularning fond qiytimiga ta’siri

    4. Asosiy vositalarning texnik holatini tahlili

    5. Asosiy fondlarning yangilanish dinamikasi va mehnatning fond bilan qurollanishini tahlili

    6. Fond qaytimining dinamikasi va va unga tashkiliy texnikaviy omillar ta’sirining tahlili




    Download 0.78 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 0.78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Favkulodda foyda va zararlar tahlili

    Download 0.78 Mb.