• O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 31 maydagi "Sug’urtachilarning moliyaviy barqarorligini yanada oshirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1544-sonli Qarori
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги




    Download 0.67 Mb.
    bet18/43
    Sana16.03.2017
    Hajmi0.67 Mb.
    #164
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
    Sug‘urtalovchi – sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan va tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar. Тadbirkorlik faoliyatining muhim bo‘g‘ini. O‘zbekiston Respublikasining "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuniga ko‘ra, sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb hisoblanadi.

    Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi unsurlardan biri uning ustav kapitalidir.

    Sug’urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug’urtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug’urta kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini rag’batlantirish, shuningdek, sug’urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya qilishni ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 maydagi “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-872-sonli Qarori bilan 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab quyidagi sohalarda faoliyatni amalga oshiradigan sug’urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlari belgilandi:umumiy sug’urta sohasida - 750 ming yevroga ekvivalent summada; hayotni sug’urta qilish sohasida - 1000 ming yevroga ekvivalent summada; majburiy sug’urta bo’yicha - 1500 ming yevroga ekvivalent summada; faqat qayta sug’urta qilish bo’yicha - 4000 ming yevroga ekvivalent summada.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida" 2010 yil 26 noyabrdagi pq-1438-sonli qaroriga muvofiq hamda sug’urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug’urtachilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek sug’urta xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 31 maydagi "Sug’urtachilarning moliyaviy barqarorligini yanada oshirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1544-sonli Qarori e’lon qilindi va mazkur Qarorda sug’urta faoliyati turlariga qarab, sug’urtachilarning ustav kapitali minimal miqdorlarini 2012-2014 yillar mobaynida bosqichma-bosqich, tabaqalashtirilgan tarzda oshirib borishi belgilab qo’yildi.





    Download 0.67 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




    Download 0.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

    Download 0.67 Mb.