Statistik to‘plam birligi, taqsimot qatorlari va ularning tasviriy parametrlari




Download 195 Kb.
bet1/7
Sana23.12.2022
Hajmi195 Kb.
#36838
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Statistik to‘plam birligi, taqsimot qatorlari va ularning tasvir
ENGLISH, Бойсун тумани режа 4 чорак режаси, Qo\'ldosheva Lobar 2, 4-amaliy mazmunli applikatsiya, 1 КУРСАВАЯ, 2 MAVZU XALQARO AUDIT STANDARTLARI ASOSIDA AUDITNI TASHKIL QILISH, 6-ma\'ruza, O\'zbekiston kelajagi buyuk davlat , ПИМА жадваллари, Mundarija, Titul, alisher Navoiy emblema, Cybersecurity- Investigate a Recent Data Breach (Alex), Scratch dasturlash muhiti Scratch dasturining tarixi

Statistik taqsimotlar


Reja:


1. Statistik to‘plam belgi
2. Variatsion qatorlar va ularning turlari
3. Variatsion qatorlarni grafiklarda tasvirlash

Statistika o‘rganadigan to‘plamni bunyod etuvchi unsurlar uning birliklari deb ataladi. To‘plam tuzish, demak, uni tarkibiga kiruvchi birliklarni aniqlashdir. Bu jarayonda ikkita masala yechiladi: birinchidan, birlik ta’riflanadi, ya’ni ularni bir-biridan va boshqa birliklardan ajratuvchi chegaralar belgilanadi; ikkinchidan mazkur statistik to‘plam tarkibiga kiradigan va kirmaydigan birliklar aniqlanadi.


To‘plam birligi turli belgilarga ega. Ularning asosiy turlari quyidagilardan iborat (6.1-tarh).

Belgi - bu to‘plam birligining alomatlari, xislati va h.k.
Har qanday to‘plam birligi o‘ziga xos alomatlar, xislatlar, xossalar majmui bilan xarakterlanadi va ular uning belgilari deb ataladi. Statistik to‘plamlar muhim belgilar asosida tuziladi. Ular ayrim birliklarda turli shakllarda namoyon bo‘ladi, natijada birliklar bir-biridan farq qiladi.

6.1-tarh. To‘plam birligi belgilarining turlari.





Variatsion belgi - birlikdan-birlikka farqlanuvchi belgidir. Atributiv belgi - bu mazmunan bir - biridan farqlanuvchi belgi, miqdoriy belgi esa - qiymatga ega bo‘luvchi, son bilan ifodalanuvchi belgi.
Bunday belgilar variatsion belgilar deb ataladi. Belgilar so‘z bilan yoki son bilan ifodalanishi mumkin. Birinchi holda atributiv (sifat) belgilar, ikkinchisida - miqdoriy belgilar deb yuritiladi. Atributiv belgilar to‘plam tarkibiga kiruvchi birliklarni aniqlashga bevosita aloqadordir. Bunday belgilarning o‘zgaruvchanligi birliklarni muqobil holatda talqin etganda ko‘zga tashlanadi.

Miqdoriy belgilar hamma to‘plam birliklari uchun teng bo‘lishi, bir son bilan ifodalanishi mumkin. Masalan, barcha avtomashinalar to‘rtta g‘ildirakka ega, bir xil markali mashinalar motori odatda teng quvvatga ega. Odamlarning sezish, ko‘rish, hid bilish, ishlash va harakat qilish organlari son jihatdan teng va h.k. Bunday miqdoriy belgilar statistik to‘plam tuzish uchun asos bo‘la olmaydi. Aksariyat, miqdoriy belgilar to‘plam birliklarida turlicha ifodalanadi, bir-biridan farqlanadi, variatsiyaga (o‘zgaruvchanlikka) ega. Avtomashinalar bosib o‘tgan yo‘l, bajargan ish (tashigan yuk hajmi), korxonalar ishlab chiqargan mahsulot hajmi, ularda ishlayotgan ishchilar soni va h.k. bunday miqdoriy belgilarga misol bo‘la oladi. Aynan shunday birlikdan birlikka o‘zgaruvchanlikka ega bo‘ladigan belgilar asosida statistik to‘plam tuziladi. Ular statistikaning o‘rganish predmeti hisoblanadi. Miqdoriy belgilar uzluksiz o‘zgaruvchanlikka yoki tadrijiy (darajama-daraja) o‘zgaruvchanlikka ega bo‘lishi mumkin. Bu hol jarayonning tabiatidan kelib chiqadi.





Download 195 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 195 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Statistik to‘plam birligi, taqsimot qatorlari va ularning tasviriy parametrlari

Download 195 Kb.