Suv o‘tlari




Download 47.5 Kb.
bet1/2
Sana27.04.2022
Hajmi47.5 Kb.
#20384
  1   2
Bog'liq
8.Suv o`tlari haqida umumiy tushuncha


Suv o`tlari haqida umumiy tushuncha

Reja:



1. Suv o`tlarining tuzilishi
2. Suv o`tlarining yashash sharoiti
3. Suv o`tlarining klassifikatsiyasi
4. Suv o`tlarining ko`payishi
5. Suv o`tlarining kelib chiqishi
6. Suv o`tlarining ahamiyati


Suv o`tlari (Vodorosli)

Suv o`tlari morfologik jihatdan juda xilma - xil bo`lib, ular orasida mikroskopik bir hujayralilar bilan bir qatorda bir necha o`n metrga boradigan vakillari ham bor. Suvo`tlar tana holatida yashaydigan o`simliklar, ularda ildiz, poya, barg bo`lmaydi. Biroq ba`zi vakillarning tanasi - tallomi birmuncha murakkab tuzilgan bo`lib, tanasi ayrim qismlarga ajralgan. Suvo`tlarning hujayrasi tashqi tomondan qattiq devor bilan qoplangan. Hujayra sitoplaz-masi devor atrofida joylashgan bo`lib hujayrani to`ldirib turadi. Hujayrada bitta yoki bir nechta mayda vakuolalar mavjud. Yadroning soni ham bir yoki bir nechta bo`lishi mumkin. Hujayradagi xromatoforlarda pigmentlar saqlanadi. Xromatoforning shakllari turli - tuman: plastinkali, spiral, lentasimon, to`rsimon, yulduzsimon.


Suv o`tlari chuchuk suvlarda, dengiz va okeanlarda, zax yerlarda yashaydi. Ularning ko`p miqdorni tashkil etuvchi mikroskopik to`dasi erkin suzib, fitoplankton hosil qiladi. Suvda yashaydigan 3 guruhga bo`linadi.
1.Suv ostida yashovchilar - BENTOS
2.Suv ichida yashovchilar - PLANKTON
3.Suv yuzida yashovchilar - POVERXNOSTNЫY
Plaktonning chuqurligi 300 m gacha bo`lishi mumkin. Suv havzasining 300 metrdan chuqqurroq joyida yashovchi suv o`tlari bentos deyiladi. Ayrim suvo`tlari juda past haroratda ham hayot kechirish qobiliyatini yo`qotmaydi. Xatto qutbda, tog` cho`qqilaridagi qorlarda ham yashaydi. Qor xlomidomonadasi qorni qizil, sariq, yashil, qo`ng`ir ranglarga bo`yashi mumkin. Xlorellaning ayrim vakillari ham havoda yashay oladi. Suv o`tlar hujayrasida yashil rang beruvchi xlorofil pigmenti bo`lganligi sababli ovqatlanish jihatidan avtotrof organizm hisoblanadi. Hayot kechirish uchun zarur bo`lgan. Oziq moddani o`zlariga o`zi tayyorlaydi, ya`ni hujayrasida fotosintez protsessi bo`ladi.
Ba`zi bir ko`k-yashil suv o`tlari tayyor organik modda xisobiga ham yashaydi, ya`ni ular saprofit xolatda yashaydi. Ko`k - yashil suv o`tlarining xromotoforida xlorofilldan tashqari ko`k rang beruvchi fikotsian pigment uchraydi. Yashil suvo`tlarida faqat yashil rang beruvchi xlorofil pigmenti uchraydi. Diatom suv o`tlarida xlorofildan tashqari sariq rang beruvchi diatomin pigmenti bo`ladi. Qo`ng`ir rangli suv o`tlarining xromotaforida xlorofilldan tashqari qo`ng`ir rang beruvchi fukoksantin pigmenti uchraydi. Qizil suv o`tlarida xlorofildan tashqari qizil rang beruvchi fikoeritrin pigmenti bo`ladi. Suv o`tlarining xujayrasida oziqli modda sifatida kraxmal, yog`,oqsil xamda xayvonlarga xos bo`lgan kraxmal-glikogen uchraydi. Glikogen yod ta`sirida qo`ng`ir rangga bo`yaladi. Xozirgi kunda yer yuzida 75000 xil suv o`tlari bo`lib, bularning hammasi 5 ta tipga bo`linadi:
1.Ko`k-yashil suv o`tlari (sine-zelennыye vodrosli)
2.Yashil suv o`tlari (Zelyonыye vodrosli)
3.Sariq suv o`tlari (Jyoltыye vodrosli)
4.Qo`ng`ir suv o`tlari (Burыye vodrosli)
5.Qizil suv o`tlari (Krasnыye vodorosli)
Suv o`tlari 3 xil yo`lda ko`payadi:
1.Vegetativ ko`payish
2.Jinssiz ko`payish
3.Jinsli ko`payish
Vegetativ ko`payishda xujayra kariokinez yo`lda bo`linib ko`payadi. Shuningdek xujayrada zoosporalar xosil bo`ladi. Zoosporalarning xipchinlari bor. Xipchinlar yordamida suvda xarakatlanib yuradi. Xar bir xujayradan 4,8,16 dan 64 tagacha 300 spora yetilishi mumkin. Zoosporalar suvda bir necha sek yoki minut suzib yurgach to`xtaydi. Xipchinlarni tashlab, o`sib rivojlanadi.
Jinssiz ko`payish zoospora yoki spora yordamida bo`ladi. Mas:ko`k-yashil suv o`tlari, qizil suv o`tlarning jinssiz ko`payishi sporalar yordamida bo`ladi. Yashil suv o`tlarining jinssiz ko`payishi esa zoosporalar yordamida bo`ladi.
Xara.
A-Umumiy ko`rinishi, Б-Tana bo`lakchasi: 1-rizoid, 2-tugunak, 3-yonga tarmoqlanish, 4-markaziy hujayra, 5-tashqi hujayra, bir hujayrali tarmoqlanish, 7-oogoniya, 8-tuxum hujayra, 9-tojcha,10-anteridia, 11-qalqon, 12-dastacha, 13spermagon ipi, spermatazoid.
Jinssiz ko`payishdagi zoospora va sporalar xujayralarning reduksion bo`linishi natijasida vujudga keladi.
Jinsiy ko`payishda 3 xil tipi bor.
1.Izogamiya
2.Geterogamiya
3.Oogamiya
Izogamiya tipda ko`payishda 2 ta morfologik jixatdan o`xshash, fizologik jixatidan bir-biriga o`xshash bo`lmagan GAMETA lar qo`shilib ko`payadi. GAMETA-jinsli xujayradir.
Geterogamiya tipda ko`payishda morfologik va fiziologik jixatidan har xil bo`lgan gametalar qo`shilib ko`payadi. Bu gametalarning 1 tasi katta, sust xarakatchan bo`lib, buni Makrogameta deyiladi. 2-xili kichik, tez xarakatchan bo`lib, buni Mikrogameta deyiladi. Mikrogameta otalik gameta, makrogameta onalik gameta hisoblanadi.
Oogamiya tipda ko`payishda otalik va onalik jinsiy organlari paydo bo`ladi. Otalik jinsiy organini Anteridiya, onalik jinsiy organini oogamiya deyiladi. Anteridiyada spermatozoidlar yetishadi. Oogamiyada esa tuxum xujayra rivojlanadi. Anteridiya spermatozoidlarni suvga ishlab chiqaradi. Oogamiya ham tuxum xujayralarini suvga ishlab chiqaradi. Spermatozoidlar suvdagi tuxum xujayralar bilan qo`shiladi. Otalangan tuxum xujayrani Oospora deyiladi. Suv o`tlarining ko`payishini Senkovskiy, Meyyer, Kursanov va boshqalar tekshirganlar.

Download 47.5 Kb.
  1   2




Download 47.5 Kb.