Suyuq holdagi yonuvchi moddalar(yengil alangalanuvchi suyuqlik)ning tasnifi bo‘yicha xalqaro tajribalarning tahlili




Download 32.84 Kb.
Sana28.04.2023
Hajmi32.84 Kb.
#54561
Bog'liq
Mamasidiqov. doc
Suyuqliklaming muvozanat va harakat qonunlarini o, MUAMMOLI MASALALAR, Behruz, ruxsatnoma (1) Izattillo, orient union (5), umumiy, Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

SUYUQ HOLDAGI YONUVCHI MODDALAR(YENGIL ALANGALANUVCHI SUYUQLIK)NING TASNIFI BO‘YICHA XALQARO TAJRIBALARNING TAHLILI

Mamasidiqov Muhriqqin Qaxramohjon oʻgʻli,
Andijon mahinasozlik instituti,
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi”
o‘quv yo‘nalishi,
4-kurs, 332-19-guruhi talabasi.
Xodjakulov Muxtorjon Nazarkulovich,
Andijon mashinasozlik instituti “Mehnat muhofazasi”
kafedrasi katta o‘qituvchisi
E-mail: xodjakulovmuxtorjon@gmail.com

Yengil alangalanuvchi suyuqliklar (YAS) - yonish manbasi olib tashlanganidan keyin o‘z-o‘zidan alngalanishi yoki o‘z-o‘zidan yonishi mumkin bo‘lgan suyuqliklarning umumiy nomidir [1].


Turli mamlakatlarda YASning turli tasniflaridan foydalanadilar.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida YASning ikkita tasnifi qo‘llaniladi:
1.NFPA(AQSH Milliy yong‘indan himoya qilish assotsiatsiyasi) bo‘yicha;
2.OSHA(AQSH mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi) bo‘yicha.
Ularning orasidagi farqlar katta emas.
NFPA tasnifiga ko‘ra, YAS uch sinfga bo‘linadi [2]:
• IA - chaqnash harorati 22,8 ° S dan past va qaynash harorati 37,8 ° S dan kam;
• IB - chaqnash harorati 22,8 °S dan kam va qaynash harorati 37,8 °S dan kam emas;
• IC - chaqnash harorati 22,8°S dan kam emas va 37,8°S dan past.
Rossiya Federatsiyasi hududida, GOST 12.1.044-89 ga muvofiq, YASga chaqnash harorati yopiq tigel(turli materiallar (metall, shisha va boshqalar)ni qizdirish va eritish uchun ishlatiladigan maxsus idish)da 61 ° S dan oshmaydigan yoki ochiq tigelda 66 ° S dan yuqori bo‘lmagan yonuvchan suyuqliklar(YS), shuningdek, yopiq tigelda chaqnamaydigan flegmatizatsiyalangan(inert gazlar yordamida bug‘-havo bo‘shlig‘ida YAS va YS saqlash uchun rezervuar,yonishga qarshilik ko‘rsatuvchi muhit, yaratish)aralashmalar kiritilgan [1].
Bundan tashqari, shartli ravishda, chaqnash haroratiga ko‘ra, ular quyidagilarga bo‘linadi [3][4]:
• o‘ta xavfli (chaqnash harorati -18°S va undan past (yopiq tigelda) va -13°S va undan past (ochiq tigelda)). Bu suyuqliklarga quyidagilar kiradi: akrolein, asetaldegid, aseton, benzin, geksan, dietilamin, dietil efir, siklogeksan, etilamin, etilformiat va boshqalar Bu moddalarning xarakterli xususiyati salbiy haroratlarda ham to‘yingan bug‘larning yuqori bosimidir. Issiq havoda idishlar ichidagi bosim ko‘tariladi, bu esa portlash ehtimolini oshiradi.
doimiy xavfli (chaqnash harorati -18°S - +23°S (yopiq tigelda) va -13°S - +27°S (ochiq tigelda)).
Ushbu turkumga quyidagilar kiradi: benzol, tert-butil spirti, geptan, dikloroetan, dietil keton, izopropil asetat, izopropil spirt, ligroin, metil asetat, piridin, toluol, etilasetat, etilbenzol, etanol va boshqalar. Ushbu moddalarning bug‘lari havo bilan (asosan xona haroratida) portlovchi aralashmalar hosil qiladi.
• yuqori havo haroratida xavfli (chaqnash harorati +23° S- +61°S (yopiq tigel) va +27°S - +66°S (ochiq tigel)). Bularga amilatsetat, butanol, izoamilsetat, kerosinlar, ksilen, chumoli kislotasi, pentanol, propilbenzol, propanol, skipidar, stirol, uayt-spirt, sirka kislotasi, sirka angidridi, xlorbenzol va boshqalar kiradi.
Bu suyuqliklarning bug‘lari asosidagi yonuvchi tizimlar. faqat qizdirilganda hosil bo‘lishi mumkin. Ammo xona haroratida suyuqliklarning yonishi yuqori energiya manbasidan (elektr simlarining qisqa tutashuvi, elektr payvandlash uchqunlari, sigaret qoldiqlari va boshqalar) mumkin.
Shuningdek, YASning Evropa tasnifi (CLP) mavjud bo‘lib, u suyuqliklarni uchta toifaga ajratadi [2]:
• birinchisi - qaynash harorati 35 °S dan yuqori bo'lmagan va chaqnash harorati 23 °S dan past bo'lgan suyuqliklar
• ikkinchisi - qaynash harorati 35 °S dan yuqori bo‘lgan va chaqnash harorati 23 °S dan past bo‘lgan suyuqliklar
• uchinchisi - chaqnash harorati 23 ° S dan 60 ° S gacha bo'lgan suyuqliklar
Shu bilan birga, chaqnash harorati 75 ° S gacha bo‘lgan neft mahsulotlari uchinchi toifaga kiritilishi mumkin [2].
GOST 12.1.017-80 “SSBT. Neft mahsulotlari va kimyoviy organik mahsulotlarning yong‘in va portlash xavfi. Ko‘rsatkichlar nomenklaturasi" talablariga muvofiq barcha moddalar odatda yonmaydigan, sekin yonadigan va yonuvchan moddalarga bo‘lingan. Yonmaydigan moddalarning namunaviy ro‘yxatlarida, taxminan 60%, qolganlari esa normal sharoitda yaxshi yonadi yoki yonishga yordam beradi.
Namunavuy ro‘yxatlarda ko‘rsatilgan reaktivlar va materiallarning 1/5 qismi organik kelib. kelib chiqishga egadir. Bundan tashqari, ular fiziologik faol, tomchi-suyuqlik va bug‘ shaklida organizmga ta’sir qiladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida foydalanilganda va moddalarni saqlashda ba’zi reaktivlarning kontakti natijasida yong‘in kelib chiqishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Masalan, konsentrlangan sulfat kislota va kaliy permanganat aralashmasi etil va boshqa spirtlarni, shuningdek dietil efir, sirka kislotasi va asetonni yonib ketishiga sababchi bo‘lishu mumkin. Namunavuy ro‘yxatlardagi bu va boshqa organik moddalar YAS yoki YS deb tasniflanadi va ular yonuvchan moddalardir.
Ma’lum sharoitlarda(oldindan qizdirilmagan holda), past energiyali tutashuv manbasining qisqa muddatli ta’siri natijasida (gugurt alangasi, uchqun, qizdirilgan elektr simidan va boshqalar), alangalanishga qodir bo‘lgan qattiq moddalar ham yengil alangalanuvchi bo‘lishi mumkin.
Suyuqliklarning yonish qobiliyati baholanadigan eng muhim ko‘rsatkichlar - chaqnash harorati va yonish haroratidir. Ular “GOST 12.1.021-80 “SSBT. Yong‘in xavfsizligi. Ochiq tigeldagi chaqnash harorati va yonish haroratini aniqlash usullari” ga asosan aniqlanadi.
Shunday qilib, ushbu parametrlarning birinchisi suyuqlikning harorati (° S da) bo‘lib, uning yuzasida bug‘lar hosil bo‘ladi, ular olov manbai paydo bo‘lganda havo bilan aralashmada yonishi mumkin. Biroq, bu holda keyingi mustaqil yonish sodir bo‘lmaydi(nisbatan sovuq suyuqlikning bug‘lanish tezligi yetarli emasligi sababli yangi bug‘-havo tizimi shakllanishga ulgurmaydi). Agar harorat ko‘tarilsa, u holda yonuvchan tizimning yonishi barqaror olovning paydo bo‘lishiga olib keladi.
YAS va YSning qizish darajasini o‘lchab, yonish haroratini aniqlash mumkin. Odatda ikkinchi ko‘rsatkich birinchisidan 10-20°S ga ko‘p bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida YAS bilan muomala qilish qoidalari mamlakatimiz hukumatining qarori bilan belgilab berilgan[5].
Xulosa. Mamalakatimizda suyuq holdagi yonuvchi moddalar(yengil alangalanuvchi suyuqliklar) bilan muomala qilish bo‘yicha, xalqaro tajribalardan kelib chiqib, tegishli meyoriy-huquqiy meyoriy hujjatlarga qo‘shmcha va o‘zgartirishlar kiritish maqsadga muvofiqdir.
Adabiyotlar:
1.Пугачев В. С. Правила устройства электроустановок. — 6-е изд. — М.: Энергоатомиздат, 1986. — С. 537. — 648 с.
2.Алексеев С. Г., Смирнов В. В., Барбин Н. М. Температура вспышки. Часть I. История вопроса, дефениции, методы экспериментального определения // Пожаровзрывобезопасность. — 2012. — Т. 21, № 5. — С. 35—41. — ISSN 0869-7493.
3.Маршанова Г. Л. Техника безопасности в школьной химической лаборатории. — М.: АРКТИ, 2002. — С. 30. — 80 с.
4. Захарова Л. Н. Техника безопасности в химических лабораториях. — СПб.: Химия, 1991. — 336 с.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi “Yongin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 649-son qarori(IX bob,72-86- moddalar).
Download 32.84 Kb.




Download 32.84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suyuq holdagi yonuvchi moddalar(yengil alangalanuvchi suyuqlik)ning tasnifi bo‘yicha xalqaro tajribalarning tahlili

Download 32.84 Kb.