• Surxondaryo viloyati sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlar tarkibi (foiz hisobida)
  • Sanoat tarmoqlarining jami mahsulot ishlab chiqarish hajmidagi salmog’i (% hisobida) 1991 y
  • Surxondaryo viloyati sanoatining hududiy rivojlanish xususiyatlari.
  • Surxon yoki Termiz - Sariosiyo sanoat rayoni
  • Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish asosan
  • Ayrim tumanlarning umumiy sanoat hajmidagi ulushi juda past bo’lib qolmoqda
  • Surxondaryo viloyati sanoatining tarmoq tarkibi




    Download 341.66 Kb.
    bet3/4
    Sana10.04.2017
    Hajmi341.66 Kb.
    1   2   3   4

    2.2. Surxondaryo viloyati sanoatining tarmoq tarkibi.

    Viloyat xo’jaligining rivojlanishida mintaqada mavjud sanoat tarmoqlarining ham hissasi katta.

    Pay - biriktiruvchi toʻqimadan iborat pishiq tuzilma. Shakli va uzunligi (lenta yoki plastinka) har xil; muskullar P. yordamida suyaklarga birikadi. P.ning pishiq yoki choʻziluvchanligi, qayishqokligi u paydo boʻlgan biriktiruvchi toʻqimaga bogʻliq. P.
    Biroq boy tabiiy resurslar bo’lishiga qaramay viloyatda sanoat o’tgan asrning 50-yillarga borib taraqqiy eta boshladi. Bunga viloyat hududida keng ko’lamda olib borilgan kon qidiruv ishlarining natijalariga ko’ra istiqbolli konlar topilganligi va paxtani birlamchi qayta ishlovchi yirik korxonalarning qurilishi sabab bo’ldi. Bu davrgacha esa qurilish materiallari sanoatining g’isht va ohak tayyorlash, yengil va oziq-ovqat sanoatining don yanchish, paxta tozalash va yog’ ishlab chiqarish sohalarigina mavjud bo’lgan, xolos.

    1927 yilda Termizda IES ishga tushirilgan bo’lsa, 1929-1941 yillar davomida Denov, Xayrobod, SHerobod paxta tozalash zavodlari, Termiz shahrida go’sht kombinati, non va yog’ zavodlari, Denov shahrida motor ta’mirlash va sharob zavodlari, «Xovdag», «Uchqizil», «Kakaydi» neft konlari ishga tushdi. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi tiklanishlar davri viloyatda sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga to’sqinlik qildi.

    Ikkinchi jahon urushi Ikkinchi jahon urushi (1939- 45) - Olmoniya, Italiya va Yaponiyaning aybi bilan boshlangan jahon tarixidagi eng yirik urush. 20-a. fojiasi sifatida insoniyat tarixiga kirdi. Bu urushning kelib chiqishida asosiy rolni fashistlar Olmoniyasi oʻynadi.

    1971 yilda Qumqo’rg’on gidrouzeli, Uzun, Jarqo’rg’on, Angor va Muzrabot paxta tozalash zavodlari, Denovda yog’-ekstraktsiya, konserva, pivo zavodlari, shakarqamish davlat xo’jaligi hududida rom zavodi, Sariosiyoda g’isht va mayda shag’al saralash, Qumqo’rg’onda ta’mirlash-mexanika, temir-beton buyumlari ishlab chiqarish zavodlari, «Lalmikor» neft koni va boshqalar ishga tushirildi. Natijada, viloyat sanoatining asosini tashkil etuvchi yoqilg’i-energetika, mashinasozlik, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati kabi tarmoqlar barpo etildi. Sanoat tarmoqlari shakllanishining kech boshlanganligi hozirda viloyatda sanoat majmuasi, ichki tarmoqlar tuzilishi va hududiy tashkil etilishining takomillashmaganligiga sabab bo’lgan.

    Mavjud tarmoqlar asosan mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga ixtisoslashgan edi. Viloyatning markazdan uzoqligi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishga qulayligi, asosan paxta yetishtirish va uni birlamchi qayta ishlashga ixtisoslashganligi sababli viloyat respublikada sanoat rivojlantirish darajasiga ko’ra so’nggi o’rinlardan birini egallab kelgan. Jumladan, 1970 yilda jami ishlab chiqarilgan mahsulotning aholi jon boshiga to’g’ri kelish indeksi bo’yicha viloyat ko’rsatkichi 0,56ga teng bo’lgan. Xuddi shu yil sanoat rivojlanish darajasiga ko’ra 0,48 ko’rsatkichi qayd etilgan bo’lib, bu ko’rsatkich Toshkent viloyatidan 3 marta, respublika o’rtacha ko’rsatkichidan esa 2 marta kam.

    Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.
    Qayd etilgan holat keyingi yillarda ham ijobiy tomonga o’zgarmadi. II Jahon urushidan keyin va ayniqsa, Afg’onistonga SHo’ro qo’shinlarining kiritilishi viloyatni, xususan, uning asosiy sanoat markazlaridan biri hisoblangan Termizni yopiq zonaga aylantirdi.

    Mustaqillikka erishgach, barcha sohalarda bo’lgani kabi sanoatda ham tub o’zgarishlar yuz berdi. Surxondaryo viloyati sanoati o’tish davri qiyinchiliklari natijasida ba’zi sohalarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamaydi, ayrimlari esa o’z faoliyatini to’xtatdi. Mahsulot ishlab chiqarishda nodavlat sektorining o’rni ko’rina boshladi. Masalan, 1999 yil ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 92 foizi nodavlat sektorida ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2010 yilga kelib bu ko’rsatkich deyarli 100 foizga yetdi. Mavjud sanoat korxonalari zamonaviy dastgohlar bilan ta’minlana boshlandi. Natijada, Jarqo’rg’on ip yigiruv-to’quv fabrikasi, SHo’rchi un kombinati kabi korxonalarini chet el zamonaviy uskunalari bilan qayta jihozlash hisobidan ishlab chiqarish quvvatlari bir yarim-ikki barobar oshdi. Xo’jaikon tuz konida yiliga 50 ming tonna osh tuzi ishlab chiqaruvchi korxona, Denov yog’-ekstraktsiya zavodida yiliga 10 ming tonna sovun ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi liniya ishga tushdi.

    Viloyat hududida hozirda chet ellik hamkorlar bilan birgalikda qurilgan «Surxon Atlantik», «Surxonteks», «Oltin chigit» kabi ruyhatga olingan 49 ta qo’shma korxonalardan 44 tasi faoliyat yuritmoqda (2012 yil). 1999 yilda 20 qo’shma korxona 800 mln. so’mlikka yaqin mahsulotlar ishlab chiqargan bo’lsa, 2012 yilda mahsulot ishlab chiqarayotgan qo’shma korxonalar 104751,8 mln so’mlik mahsulot va xizmatlar ishlab chiqardi.

    Viloyat sanoati respublikaning barcha hududlarida bo’lgani kabi mustaqillikning ilk yillarida turli iqtisodiy qiyinchiliklarga duch keldi. Bunga sabab sifatida mavjud ishlab chiqarishni tashkil etuvchi shakllaridagi (ixtisoslashuv, kooperatsiya) uzilishlar, boshqaruv tizimidagi o’zgarishlar, moliyaviy qiyinchiliklarni ko’rsatish mumkin.

    Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H.
    Natijada sanoat ishlab chiqarish hajmida o’sish darajasi pasayib bordi. Sanoat tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish so’nggi yillarda eng past ko’rsatkichi 1993 yilda qayd etildi (99 %). Oldingi yillarda mavjud zahiralar asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqargan bo’lsa, bu yilda iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli ko’pgina korxonalar o’z ish faoliyatini to’xtatgan, ba’zilarida mahsulot ishlab chiqarish hajmi qisqargan. 1991-1996 yilgacha bo’lgan davrda viloyatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 5 martaga ko’paygan bo’lishiga qaramay o’sish darajasi oldingi yillarga nisbatan past bo’ldi.(1-jadvalga qaralsin) Statistik ma’lumotlarga ko’ra 1991 yil viloyatda 2130,7 mln. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqargan bo’lib, bu ko’rsatkich respublika sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 3,3 foizini tashkil qilgan.



    2- jadval

    Surxondaryo viloyati sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlar tarkibi (foiz hisobida)




    Sanoat tarmoqlarining jami mahsulot ishlab chiqarish hajmidagi salmog’i (% hisobida)




    1991 y

    1996 y

    2000 y

    2012 y

    Jami sanoat

    100

    100

    100

    100

    SHu jumladan: Elektro - energetika

    -

    -

    -

    0.7

    Yoqilg’i sanoati

    1,0

    6,8

    5,9

    11,9

    undan : Ko’mir

    0,4

    2,2

    2,5

    1,0

    Neft qazib olish va qayta ishlash

    0,6

    4,6

    3,4

    10,9

    Mashinasozlik va metalga ishlov berish

    3,2

    5

    4

    1,3

    O’rmon va yog’ochsozlik

    0,6

    0,3

    0,4

    0,7

    Qurilish materiallari sanoati

    5,2

    7,8

    6,2

    4,6

    Engil sanoat

    63,2

    50,3

    45,8

    54,1

    Undan : paxta tozalash

    59,0

    46,7

    41,1

    49,9

    Ip-gazlama

    1,3

    2,9

    3,9

    3,2

    Tikuvchilik

    2,1

    0,6

    0,4

    0,13

    CHinni-fayans buyumlari ishlab chiqarish

    0,1

    0,03

    0,01

    0,004

    Oziq-ovqat sanoati

    26,4

    28,7

    34.9

    24,5

    Undan: Non

    1,8

    2,4

    4,2

    2,6

    Konditer mahsulotlari ishlab chiqarish

    -

    -

    0,1

    0,1

    Makaron

    -

    0,2

    0,14

    0,1

    Yog’-moy

    2,9

    4,3

    4,9

    5,3

    Vinochilik

    2,8

    2,2

    4,0

    1,2

    Meva-sabzavot

    0,7

    1,0

    1,3

    0,08

    Go’sht va sut

    10,2

    1,4

    2,15

    2,0

    Baliq

    0,1

    0,02

    0,02

    0,02

    tuz

    0,9

    2,4

    2,1

    0,4

    Un va un mahsulotlari

    7,0

    14,6

    19,6

    12,7

    Meditsina

    -

    1,6

    -




    Poligrafiya

    0,1

    0,3

    0,2

    0,1

    Boshqa sanoat tarmoqlari

    0,3

    0,8

    1

    2,1

    Viloyatda mavjud sanoat tarmoqlarida 40ga yaqin turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ularning asosiy qismini xalq iste’mol mahsulotlari tashkil etadi. SHu bois, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish yildan-yilga ortib bormoqda. Sanoat markazlari asosan mintaqaning tekislik qismida joylashgan bo’lib, transport yo’llari yaqinidagi IGO’ qulay aholi manzilgohlarida shakllangan.

    Sanoat tarmoqlari orasida mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ko’ra qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan yengil va oziq-ovqat sanoatining hissasi katta. Ushbu sanoat tarmoqlarining rivojlanishi uchun viloyatda arzon xom ashyolar bilan birga mehnat resurslari ham yetarlidir. Yengil sanoatning asosiy tarmog’i paxta tozalash sanoati hisoblanadi. Bu tarmoq jami viloyat sanoat mahsulotining 47,1 va yengil sanoat mahsulotlarining 93,2 foizini ta’minlaydi. Mintaqa ilk sanoat korxonasi hisoblangan 1912 yilda qurilgan Termiz paxta tozalash zavodi ham shu tarmoqqa tegishli. Hozirda viloyatda 11 ta yirik paxta tozalash zavodlari mavjud bo’lib, SHerobod, Jarqo’rg’on, Denov paxta tozalash zavodlari eng yiriklari hisoblanadi. So’nggi yillarda xom ashyo miqdorining kamayib borayotganligi korxonalarning to’liq quvvat bilan ishlay olmayotganligiga sabab bo’lmoqda.

    Oziq-ovqat sanoati mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ko’ra viloyat sanoatida ikkinchi o’rinni egallaydi. Uning un va un mahsulotlari (SHo’rchi, Jarqo’rg’on), yog’ va sut mahsulotlari (Denov, Termiz), go’sht va go’sht mahsulotlari (Termiz), meva konservalari (Denov, Oltinsoy, Sariosiyo), sharob va sharob mahsulotlari, spirtli ichimliklar (Denov, Oltinsoy) kabi ishlab chiqarish sohalari mavjud. Ushbu sanoat tarmog’ining 20 dan ortiq sanoat korxonalari orasida SHerobod tuz zavodi, SHo’rchi un kombinati, Termiz go’sht kombinati, Denov sharob-aroq zavodlari mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ko’ra sezilarli salmoqqa ega.

    Ma’lumki, Surxondaryo viloyatida neft va gaz qazib olinadi. SHu bilan birga mintaqa sanoatida o’ziga xos o’rin tutuvchi asosan maxalliy xom ashyolar asosida mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlardan biri yoqilg’i-energetika sanoatidir. Ko’mir asosan SHarg’un konidan yopiq usulda qazib olinib, respublikadagi asosiy toshko’mir koni hisoblanadi. Barcha tarmoqlarda bo’lgani kabi ushbu tarmoqda ham mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1991 yilga nisbatan kamayib ketgan. Agar 1991 yilda 199 ming tonna ko’mir qazib olingan bo’lsa (bu respublika umumiy ko’rsatkichining 3,3% ni tashkil etadi), 2012yilga kelib bu ko’rsatgich 109 ming tonnani tashkil etdi (respublika umumiy ko’rsatgichining 3,6%). Bunday holat ko’mir qazib olish eskirganligi va toshko’mirni energiya oluvchi manbaa sifatida ishlatish maqsadga muvofiq emasligi natijasida yuzaga keldi.

    Hozirgi vaqtda davlat tamonidan «SHarg’un ko’mir koni» sho’’ba korxonasiga kiritilgan 1 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi investitsiya yordamida korxonani modernizatsiya qilinmoqda. SHu asosda mahsulot miqdorini 120 ming tonnaga yetkazish ko’zda tutilgan. Ko’mir koni yaqinida tashkil etilgan ko’mir briketlari ishlab chiqarish fabrikasini ham qayta ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Qazib olingan mahsulot yangi ishga tushirilgan temir yo’l liniyasi orqali Olmaliq tog’ kon metallurgiya kombinati va Angren IES iga olib boriladi.

    Angren (fors. Ohangaron, "temirchilar" atamasining ruscha buzilgan shakli) - Toshkent viloyatidagi shahar (1941 - 46 yillarda shaharcha). Jiga-riston, Jartepa, Teshiktosh, Qo‘yxona qishloqlari o‘rnida bunyod etilgan.
    Demak, Toshg’uzor- Boysun- Qumqo’rg’on temir yo’lining ishga tushirilishi ushbu hududning IGO’ni qulaylashtirib qolmay, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, viloyatda To’da, Gurun, Angar kabi toshko’mir konlari ham aniqlangan bo’lib, ular kelajakda viloyatda ko’mir sanoatining rivojlanishiga yordam beradi.

    Neft qazib olish viloyat sanoat mahsulotlarining 2,1% ni ta’minlaydi va bu ko’rsatkich ham so’nggi yillarda keskin pasaymagan. Masalan, 1991 yilda 136,8 ming tonna neft qazib olingan bo’lsa, 2010 yilga kelib bu ko’rsatkich 142,4 ming tonnani tashkil etdi. 2010 yil ma’lumotlariga ko’ra viloyat respublikada qazib olingan neftning 2,9 % ni bergan. Viloyat nefti tarkibida turli qo’shimcha moddalarning ko’pligi, qayta ishlovchi korxonalarining yo’qligi sababli hozirda asosan yo’l qurilishida bitum sifatida foydalaniladi, bir qismi Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodiga yuboriladi.

    Qorovulbozor - Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi shahar (1981 yildan; 1958 yildan shaharcha), tuman markazi. Transport yoʻli stansiyasi. Viloyat markazi (Buxoro shahri) dan 65 km jan.-sharqda. Buxoro - Qarshi temir yoʻl va avtomobil yoʻli yonida joylashgan.
    Umuman neft sanoati viloyat yoqilg’i-energetika majmuasida istiqbolli soha hisoblanadi. CHunki, aniqlangan neft konlari hozircha to’liq ishga tushirilmagan. SHu bilan birga xorijiy davlatlar bilan birga turli mintaqada neft konlarini qidirib topish ishlari olib borilmoqda.

    Tabiiy gaz qazib olish mustaqillikning ilk yillaridan boshlab keskin kamaya bordi. 2006 yilga kelib viloyatda gaz qazib olish ishlari to’xtatildi. Lekin hozirda Boysun gaz sarmoya blokida olib borilayotgan tekshirish ishlari ijobiy natija bersa, viloyat sanoat tarmoqlari orasida gaz sanoati yana o’z o’rniga ega bo’lishi mumkin.

    Yoqilg’i energetika majmuasining elektrenergetika tarmog’i viloyatda juda past darajada rivojlangan. 2006 yilda To’polon daryosida barpo etilayotgan To’polon GES ning 2 energobloki ishga tushirilgan bo’lib, har bir energoblok 15 mVt. quvvatiga ega.

    Qurilish materiallari sanoati mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ko’ra viloyat sanoatida 4 o’rinni egallaydi. Ushbu sanoat tarmog’ining 30dan ortiq korxonasi mahalliy hom ashyoga tayangan holda mahsulot ishlab chiqaradi. G’isht zavodlari viloyatning ko’pgina tumanlarida mavjud bo’lib, Sarosiyo, Jarqo’rg’on, Uzun tumanlaridagi zavodlar eng yiriklari hisoblanadi. SHuningdek, ohak tayyorlash (Qumqo’rg’on, Oltinsoy), temir-beton (Termiz, Qumqo’rg’on, Surxon, Denov), marmarga sayqal berish (Kampirtepa), shag’al tayyorlash (Sariosiyo) kabi tarmoqlari ham faoliyat ko’rsatmoqda. Hozirda ishlab chiqarilayotgan mahsulot asosan mahalliy ehtiyojlar uchun ishlatiladi.

    Viloyatning SHerobod tumanidagi Beshbuloq konida aniqlangan 150 ming tonna miqdoridagi xom ashyo zahirasi asosida salkam 300 mln AQSH dollarlik chet el investitsiyasini to’g’ridan-to’g’ri jalb etish yordamida Janubiy Koreya davlati bilan hamkorlikda yuqori sifatli tsement ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma korxona tashkil etilish rejalashtirilgan.

    Koreya Respublikasi, norasmiy nomlari: Janubiy Koreya, Koreya (hangul: 대한민국, hanja: 大韓民國, tɛː.han.min.ɡuk̚), tinglang (yordam·maʼlumot)) Sharqiy Osiyoda, Koreys yarimorolida joylashgan mamlakatdir. Shimoldan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh.
    Bundan tashqari, viloyat sanoatini rivojlantirish uchun amalga oshirilgan 15ta investitsion loyihalarning 6tasi qurilish materiallari sanoatini modernizatsiya qilish doirasida amalga oshiriladi. Ushbu tadbirlar kelajakda boy xom ashyo manbaiga ega bo’lgan qurilish materiallari sanoatining yanada rivojlanishiga yordam beradi.

    Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati viloyatda past darajada rivojlangan bo’lib, bu yerda ushbu tarmoqqa tegishli bo’lgan 10ga yaqin korxona mavjud. Ularda asosan turli qishloq xo’jaligi mashinalarini ta’mirlash va ayrim qismlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullaniladi. Tarmoqda Termiz va Denov ta’mirlash mexanika zavodlari eng yiriklari hisoblanadi. Ushbu sanoat tarmoqining paxta tozalash asbob-anjomlari va ularga ehtiyot qismlari ishlab chiqarish tarmog’i 1991 yilga nisbatan bir necha o’n barobarga o’sgan bo’lib, bunga viloyat sanoatida salmoqli o’rin tutuvchi paxta tozalash sanoati korxonalari uchun uskuna va ehtiyot qismlariga doimo ehtiyoj yuqoriligi sabab bo’ladi. Chorvachilik uchun mashina va asbob-uskunalarga talab yo’qligidan 1999 yildan beri bu turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmaydi.

    Chorvachilik - qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklaridan biri. Ch. mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugʻullanadi; aholini ish hayvonlari (ot, hoʻkiz, tuya, bugʻu), oziqovqat mahsulotlari (sut, qatiq, goʻsht, yogʻ, tuxum va boshqalar), yengil sanoatni xom ashyo (jun, teri, moʻyna va h.k.)
    Ma’lumki, ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etish va joylashtirishga ta’sir etuvchi omillar orasida IGO’ omili o’ziga xos ahamiyatga ega. Bu omil ayniqsa, sanoatning rangli metallurgiya, mashinasozlik kabi og’ir tarmoqlari rivojida salmog’i katta. Demak, mintaqa IGO’ qulaylashuvi mazkur tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish quvvatining oshishiga imkoniyat yaratadi.

    O’rmon-yog’ochsozlik (SHo’rchi mebel fabrikasi), poligrafiya sanoatining (viloyatning yirik tumanlarida jami 11ta bosmaxona bor) ham viloyat sanoatida oz bulsa-da o’z o’rniga ega. Barcha sanoat tarmoqlari, yuqorida aytib o’tilganidek, kelajakda rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit, xom ashyo manbaalari mavjud. Bu nafaqat mavjud sanoat tarmoqlarining rivojlanishini ta’minlabgina qolmay, balki neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya, kimyo sanoat tarmoqlarini barpo etish uchun asos bo’la oladi.

    Viloyat sanoat tarmoqlarini tahlil etar ekanmiz, asosiy sanoat markazlari muhim transport yo’llarida joylashganini ko’ramiz. Ayniqsa, sanoatning bir necha tarmoqlari rivojlangan Denov, Sho’rchi, Qumqo’rg’on, Jarqo’rg’on, Termiz shaharlari viloyatning asosiy temir va avtomobil yo’llari tutashgan transport tugunlaridir. Chunki, zaruriy xom ashyoni yetkazib berish, tayyor mahsulotni tashish kabi jarayonlar transport bilan ta’minlanganlik darajasiga bevosita bog’liq. Bu jihatdan «Toshg’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on» temir yo’lining ishga tushirilishi ham mavjud tabiiy boyliklari to’liq o’zlashtirilmagan, asosan yengil sanoat tarmog’i mavjud bo’lgan Boysun shahrining iqtisodiy salohiyatini yuksalishiga imkon beradi.

    Viloyatda 2013 yil 1-yarim yilligida jami 1097 ta, shundan 23 ta yirik, 1074 ta kichik sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ushbu korxonalarda 16711 nafar ishchilar mexnat qilishmoqda.

    Viloyatda 2012 yilda jami 513,4 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’tgan yilning o’tgan yilga nisbatan o’sish darajasi 112,7 foizni tashkil qildi. Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari 226,1 ming so’mdan iste’mol mollari 83,9 ming so’mdan to’g’ri keldi. Viloyat yalpi hududiy mahsulotida sanoat mahsulotlarining ulushi 9,4 foizni tashkil etdi.

    Ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari tarmoqlar bo’yicha tahlil qilinganda;

    - qurilish materiallari sanoatida 128,9 foizga,

    - yengil sanoatda 111,8 foizga,

    - yoqilg’i sanoatida 121,5 foizga,

    - elektorenergetika sanoatida 112,7 foizga

    - o’rmon, yog’ochini qayta ishlash va qog’oz-tsellyuloza sanoati


    115,6 foizga,

    - un-krupa va kombikorma sanoati 110,1 foizga,

    - Oziq-ovqat sanoati 120,8 foizga,

    - Mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati 120,5 foizga,

    - Qora metal sanoati 336,7 foizga o’sishga erishildi.

    O’tgan yilning shu davriga nisbatan natura holida shag’al 8,6 ming m. kub., tayyor paxta gazmollar 9,0 ming m. kv., omuxta yem 4,2 ming tonna, neft bitum 3,1 ming tonna, osh tuzi 1010,0 tonna, gazli suv 1,5 ming litr ko’p ishlab chiqarildi.

    Hisobot davrida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining
    73,4 foizi asosiy sanoat korxonalari, 2,3 foizi yordamchi sanoat korxonalari, 13,9 foizi kichik sanoat korxonalari va 10,4 foizi
    yakka tartibda mehnat qiluvchilar hissasiga to’g’ri keldi.

    Ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarida “Surxonpaxtasanoat” XAB tizimidagi korxonalarning ulushi 33,9 foizni (174,2 mlrd. so’m), “Jarqo’rg’on neftni qayta ishlash” Q.K.niki 13,7 foizni (70,4 mlrd.so’m), “Surxondonmahsulotlari” AJniki 3,2 foizni (16,5 mlrd.so’m), “SHo’rchidonmahsulotlari” XJniki 6,2 foizni (31,9 mlrd.so’m), “Surxonoziqovqatsanoati” XJniki 4,4 foizni (22,3 mlrd.so’m) tashkil qildi.

    Ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarining 70,4 foizini oziq-ovqat mahsulotlari, 18,4 foizini nooziq-ovqat mahsulotlari va 11,2 foizini alkogol ichimliklari tashkil qildi.

    SHu bilan bir qatorda 2013-2015 yillarda Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga muvofiq sanoat sohasida umumiy qiymati 10,6 mln dollarlik 119 ta loyiha amalga oshirilish va natijada 1904 ta ish o’rni tashkil etilishi belgilangan bo’lib amalda umumiy qiymati 12,8 mln dollarlik 145 ta loyiha foydalanishga topshirilib, 2187 ta ish o’rinlari tashkil etildi.

    Amalga oshirilgan loyixalar tarmoqlar kesimida tahlil qilinadigan bo’lsa, ximiya va neftximiya sanoatida 7 ta loyiha, qurilish sanoatida 50 ta loyiha, oziq-ovqat sanoatida 34 ta loyiha, yengil sanoatda 36 ta loyiha, charm poyabzal sanoatida 3 ta loyiha, mebel va qog’oz sanoatida 15 ta loyihalar amalga oshirildi.

    Misol uchun, Termiz shahridagi “Boysun Biznes servis” xususiy korxonasida 200,0 ming dollar investitsiya evaziga qurilish materiallari (shlakablok, plitka, shpatlevka mahsulotlari) ishlab chiqarish yo’lga qo’yilib, 57 ta yangi ish joylari yaratildi.

    SHuningdek, Boysun tumanidagi “Daxbed” kichik korxonasida profnastil, polietilen quvur ishlab chiqarish, “Safar Jo’ra Bahrom” MCHJda profnastil ishlab chiqarish, Denov tumanidagi, “Denov-Ravnaq kamoli” xususiy korxonasida poyabzal ishlab chiqarish kabi yangi turdagi sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.

    Ushbu amalga oshirilgan loyihalar xisobiga 145 ta korxonadan 44 tasida jami 1,4 mlrd. so’mdan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Ularni tumanlar kesimida ko’rib chiqsak, Termiz shaxrida 7 ta, Angorda 4 ta, Boysunda 5 ta, Denovda 5 ta, Jarqo’rg’onda 3 ta, Qumqo’rg’onda 4 ta, Oltinsoyda 2 ta, Sariosiyoda 4 ta, Termiz tumanida 1 ta, Uzunda 3 ta, SHerobotda 5 ta, SHo’rchida 5 tadan to’g’ri keladi.

    SHu bilan birga sanoat sohasida umumiy qiymati 10,8 mln. dollarga teng bo’lgan 175 ta loyixa (5044 ta yangi ish o’rni) tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bulardan:



    Qurilish sohasida hozirgi kunda yiliga 1,8 mln.dona shifer ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan Termiz shaxridagi “Grand SHifer” qo’shma korxonasi tomonidan rangli shifer, metallocherepitsa, profnastil va profil ishlab chiqarish;

    Engil sanoat sohasida Jarqo’rg’on tumanidagi "TELA TEXTILE" QK tomonidan umumiy qiymati 10 mln. dollar va yillik ishlab chiqarish quvvati 22,5 mln.kv.m gazlama ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilishi (230 ta yangi ish o’rni), Sobiq "Surxon paxta" ("Savdo Energo" OAJ) 429 ming dona trikotaj maxsulotlari ishlab chiqarish loyixasi (150 ta yangi ish o’rni), Sariosiyo tumanidagi "SHurtan neftgaz" GQZ ("Uzbekengilsanoat" DAK) 10 mln juft paypoq ishlab chiqarish fabrikasini foydalanishga topshirish ko’zda tutilmoqda.

    Bundan tashqari, bir qator kichik sanoat korxonalarining ishga tushirilishi natijasida yengil sanoat soxasida noto’qima mato, farmatsevtika sanoatida maz, tabletka, bir martalik shpritslar xamda dorivor vositalar, va boshqa sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish yo’nalishlarida briket qo’mir, gaz garelkalari, velosiped, turli xil nasoslar extiyot qisimlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.



      1. Surxondaryo viloyati sanoatining hududiy rivojlanish xususiyatlari.

    Har qanday mintaqa iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishini, odatda bir qancha ko’rsatkichlar orqali ko’rib chiqiladi. Yalpi milliy mahsulot, sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarining umumiy hajmi, kapitall qo’yilmalar, aholiga pullik hizmat, investitsiya, eksport va import miqdori kabilar ana shunday asosiy ko’rsatkichlar hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkichlar orqali mintaqalarning iqtisodiy rivojlanish darajasi qay holatda ekanligini aniqlash mumkin. Har qanday mintaqaning iqtisodiy-ijtimoiy darajasi tahlil etilayotganda o’sha hududda rivojlanishiga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi hududiy (geografik) tafovutlar borligi aniqlanadi.

    Mintaqa iqtisodiyoti tarmoqlari ma’lum shart-sharoitlar va omillarni hisobga olgan holda hududiy tashkil etiladi. Xom ashyo, yoqilg’i, elektr quvvati, iqlim va suv sharoitlari, mehnat resurslari, iste’mol, transport, IGO’, ekologik va boshqa omillar ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda muhim rol o’ynaydi.

    Surxondaryo viloyati ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etishda xom ashyo, iqlim va suv sharoiti, mehnat resurslari, transport omillarining o’rni katta. Mavjud omillardan samarali foydalanish natijasida mintaqa iqtisodiy rivojlanishiga erishish mumkin. Viloyat xo’jaligining tarkibiy tuzilishini tahlili mintaqada rivojlanish darajasiga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi tumanlar borligini ko’rsatdi. Jumladan, uning azaldan tarkib topgan tekislik qismida joylashgan, yirik ekin maydonlariga ega bo’lgan tumanlarida dehqonchilik va sanoatning asosiy korxonalari joylashgan bo’lsa, tog’li qismida chorvachilik, tog’-kon sanoati tarmoqlarigina rivojlangan.

    Viloyat sanoat tarmoqlarining hududiy tarkibida ham o’ziga xos xususiyatilar mavjud. SHu o’rinda alohida ta’kidlash zarurki, o’rganilayotgan hududda sanoat rayonlari hozircha shakllanmagan. Viloyatda sanoat rayonlari tarkibiga kiruvchi tipik sanoat tugunlari va markazlari ham mavjud emas. Binobarin, hozircha bu yerda sanoatni rayonlashtirishning birlamchi pog’onalari yoki taksonomik birliklari, ya’ni sanoat korxonalari va sanoat punktlar mavjud, xolos. Biroq shunga qaramasdan, tizim-tarkib nuqtai nazaridan viloyat sanoatining hududiy tuzilishini shartli ravishda 2 sanoat rayoniga ajratib ko’rishimiz mumkin. Ular:



    1. Surxon yoki Termiz-Sariosiyo sanoat rayoni;

    2. SHerobod sanoat rayoni.

    Surxon yoki Termiz - Sariosiyo sanoat rayoni tarkibiga Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy, SHo’rchi, Qumqo’rg’on, Jarqo’rg’on, Termiz tumanlari va Termiz shahri kiradi. Ushbu ma’muriy tumanlar maydoni viloyatning janubidan shimolga tomon meridianal holatda cho’zilgan bo’lib, deyarli bir xil daryo turi va transport yo’llari tizimi bilan yaxshi ta’minlangan. Mazkur tumanlar hududini Termiz-Denov-Dushanbe temir yo’li va Katta o’zbek trakti avtomobilь yo’li kesib o’tgan. SHuningdek, ushbu tumanlar hududidan viloyatning yirik daryosi Surxondaryo daryosi (196 km) oqib o’tadi va bu yerda viloyatdagi eng yirik suv omborlari Janubiy Surxon, To’polang, Degrez, Uchqizil va Oqtepa suv omborlari qurib ishga tushirilgan.

    Rayon hissasiga viloyat umumiy aholisining 71,5 % to’g’ri keladi. Bu yerda sanoat, shu jumladan, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish yaxshiroq rivojlangan. Rayon viloyat jami sanoat mahsulotining 69,5%ini, xalq iste’mol mollarining 90%ni ishlab chiqaradi.

    Biroq Surxon rayonining sanoati nisbatan rivojlangan bo’lsada, bu borada tumanlararo miqyosda katta farqlar mavjud. CHunonchi, viloyat va rayon sanoat ishlab chiqarish hajmida Denov tumani yuqori mavqega ega. Tumanda viloyat jami yalpi sanoat mahsulotining 14,3 %, iste’mol mahsulotining 30%, rayon yalpi sanoat mahsulotining 25% va xalq iste’mol mollarining 54 %ni ishlab chiqarmoqda(2012 y.). Bu yerda mintaqaning yirik sanoat korxonasi Denov yog’ ekstraktsiya zavodi, sut, konserva, aroq-vino ishlab chiqaruvchi korxonalari, shuningdek, momiq-paxta fabrikasi, paxta tozalash korxonalari (Denov, Xayrabod) joylashgan. Birgina Denov yog’-ekstraktsiya korxonasi viloyatda ishlab chiqiladigan o’simlik moyining 100%ni ishlab chiqarmoqda. Unga Denov tumanidagi jami yalpi sanoat mahsulotining 30?n ortig’rog’i, viloyat sanoat mahsulotining 12% to’g’ri keladi.

    Sanoat mahsuloti hajmiga ko’ra, ikkinchi o’rinda SHo’rchi tumani turadi. Tumanda viloyatning yirik don mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi, paxta tozalash va mebel fabrikasi joylashgan. Sanoat salohiyati bo’yicha keyingi o’rinni Jarqo’rg’on tumani egallaydi. Tumanda viloyatda yagona bo’lgan to’qimachilik korxonasi, Jarqo’rg’on va Surxon paxta tozalash zavodlari, mustaqllik yillarida qurib ishga tushirilgan un ishlab chiqarish korxonasi ishlab turibdi. Viloyat ma’muriy markazi – Termiz shahrida go’sht, sut korxonasi, paxta tozalash zavoi, g’isht zavodi ishlab turibdi.

    Rayonning qolgan Qumqo’rg’on, Sariosiyo, Uzun tamanlarida sanoat ishlab chiqarish asosini paxta tozalash korxonalari tashkil etadi. Sariosiyo tumanida konserva mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi, Qumqo’rg’on tumanida esa xorijiy tadbirkorlar bilan hamkorlikda qurilgan sara urug’ ishlab chiqaruvchi “Oltin chigit” qo’shma korxonasi bor. Sariosiyo tumanida esa ko’mir (SHarg’un), Jarqo’rg’on tumanida esa neftь qazib chiqarish (Xovdak, Kakaydi) mavjud. Ayni vaqtda Termiz va Oltinsoy tumanlari tipik qishloq xo’jalik rayoni hisoblanadi. Viloyatning Oltinsoy tumani esa yagona uzumchilikka ixtisoslashgan tumandir. Bu yerda uzumchilik negizida vino ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat olib boradi.

    SHunday qilib, Surxon rayonida Denov sanoat tuguni (u shakllanish darajasida) hamda Termiz, Denov, Jarqo’rg’on sanoat markazlarini, SHo’rchi, Qumqo’rg’on, Sariosiyo, Uzun sanoat punktlarini ajratish mumkin. SHuningdek, bu yerda SHarg’un, Xovdak, Kakaydi kabi “resurs” markazlar yoki shaharchalar mavjud.



    Sherobod sanoat rayoniga Angor, Muzrabot, SHerobot, Qiziriq, Bandixon, Boysun tumanlari kiradi. Mazkur tumanlar guruhi viloyat aholisining 28,5%ini va yalpi sanoat mahsulotining 30,5%ini mujassamlashtiradi.

    Mintaqaning sanoat salohiyati Surxon vodiysi tumanlariga nisbatanancha sust bo’lib, Bandixon va Boysun tumanlaridan tashqari, SHerobod, Muzrabot, Qiziriq, Angor tumanlarida asosan paxta tozalash korxonalari mavjud.

    Vodiy - relefning uzunasiga choʻzilgan botiq shakli. Hosil boʻlishiga koʻra erozion va tektonik V. boʻladi. V.larning dastlabki shakli, asosan eroziya natijasida, vaqtincha oqar suvlar hosil qilgan jarliklardir.
    Masalan, SHerobod tumani sanoat mahsulotining 81,2 %ini, Angor tumanida 90,7, Qiziriq tumanida 97,2 va Muzrabot tumanida 75,1%ini paxta tozalash zavodlari ishlab chiqaradi. Boysun tumanida ipak gazlama ishlab chiqaruvchi “Ishonch” hissadorlik jamiyati, SHerobod tumanida respublika ahamiyatiga molik Xo’jaikon tuz koni, Boysun tumanida To’da ko’mir koni joylashgan.

    Ko’rinib turibdiki, SHerobod rayonining sanoat salohiyati Surxon rayoniga nisbatan ancha past. Ushbu xulosaga bu yerda sanoat tugun va markazlarining shakllanmaganligi ham dalolat beradi. Mavjud barcha qishloq tumanlarining markazlarini sanoat punkti darajasida baholash mumkin, xolos (3-jadvalga qaralsin).

    Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish asosan Jarqo’rg’on,
    Denov, SHo’rchi, Termiz shahri, SHerobod, Qumqo’rg’on, Angor,
    Qiziriq, Muzrabot, Uzun, Sariosiyo tumanlari (90,9 foizi)
    hissasiga to’g’ri kelmoqda. Ayrim tumanlarning umumiy sanoat hajmidagi ulushi juda
    past bo’lib qolmoqda
    , misol uchun Termiz tumani (1,7 %), Boysun
    (1,6 foiz), Oltinsoy (0,8 %).

    Asosiy sanoat korxonalarining ulushi o’sish o’rniga kamayishi kuzatilmoqda. Misol uchun, hisobot davrida ishlab chiqarilgan jami iste’mol tovarlarida “Surxondaryodonmahsulotlari” XJniki 9,0 foizga

    3-jadval



    Download 341.66 Kb.
    1   2   3   4




    Download 341.66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Surxondaryo viloyati sanoatining tarmoq tarkibi

    Download 341.66 Kb.