• Germaniyaning tashqi iqtisodiyoti.
  • TABIIY SHAROITI VA TABIIY RESURSLARI VA ULARNING MAMLAKAT IQTISODIYOTIDAGI AHAMIYATI
  • Germaniyaning relyef kartasi Rasm-2
  • Foydali qazilmalarning umumiy zaxirasi va dunyodagi ulushiga oid ma’lumot (2013-yil ma’lumoti) Jadval-1
  • 1.3.GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASINING AHOLISI VA MEHNAT RESURSLARI
  • Dunyo siyosiy xaritasida GFRning tutgan o’rni




    Download 0.68 Mb.
    bet2/10
    Sana25.03.2017
    Hajmi0.68 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

    Dunyo siyosiy xaritasida GFRning tutgan o’rni

    Rasm -1

    Germaniyaning siyosiy va iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishida uning siyosiy va iqtisodiy geografik o'rni muhim ro’l o'ynaydi.

    Mamlakatning Yevropa markazida joylashgan o'rni va iqtisodiy rivojlangan davlatlar orasida kenglik va meridional yo'nalishda transyevropa magistral yo'lining kesib o'tganligi katta qulayliklarni yaratadi. Germaniyaning dengiz bo'yi o'rni va qo'shni davlatlar yirik shahar portlariga yaqinligi (Rotterdam, Antperven va boshqalar) uning katta imkoniyatlaridan biridir.Germaniyani shimoldan Boltiq va Shimoliy dengiz suvlari o'rab turadi. Ushbu dengizlarda uning Niderlandiya, Belgiya, Fransiyaning yirik portlaridan keyinda turuvchi Gamburg, Bremen, Vilgelmsxafen, Rostok kabi portlari joylashgan. [10]

    Germaniya jahonning yirik va iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Mineral xom-ashyo resurslariga boy. Masalan, ularga toshko‘mir, temir va marganes rudasi, nikel, kobalt, volfram, molibden, mis, xrom, qo‘rg‘oshin, qalayi, uran, kaliy tuzi, gilmoya va hakozolar kiradi.

    Germaniya davlat tuzimi – 16 federalyеrni birlashtirgan respublika.Davlat boshlig‘i federal prezident. Qonunchilik hokimiyati palatalardan iborat, federal parlament: bundestag (deputatlar palatasi), va bundesrat (er palatasi).

    Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish.
    Ijroiy hokimiyati federativ kansler boshchiligidagi mahkama tomonidan amalga oshiriladi.

    Germaniya 1955-yildan buyon NATO harbiy bloki a’zosi.Yevropa hamjamiyatiga kiradi. Germaniya G‘arbiy Yevropa va jahonning qudratli mamlakatlaridan hisoblanadi. Uning taraqqiy etgan mamlakatlar sanoati ishlab chiqarishidagi ulushi 12%, sanoat ishlab chiqarishi hajmi bo‘yicha AQSh va Yaponiyadan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Germaniya xalqaro migratsiyada ishtirokini ancha ko‘paytirdi va yirik kapital eksporti va importiga aylandi.

    Germaniya – postindustrial mamlakat bo‘lib, iqtisodiyotining harakterli qirralari qo‘yidagilardan iborat:[5]

    ishlab chiqarish va kapitalning yuqori darajada to‘plangani («Folksvagen», «Tissen», «Krup», «Simens», «Bosh», «Basf» konsernlari);


    • ilmiy-texnika progressi (ITP) yutuqlarini doimiy joriy etilishi, ta’limga, ilmiy-tadqiqot, tajriba konstruktorlik (NIOKR)ga xarajatlarning o‘sishi;

    • yuqori sifat va ekologik xavfsiz mahsulotlar evaziga raqobatbardoshlikni oshirish;

    • xorijiy kapitalning sezilarli ro’li.

    Germaniyaning birlashishi jahon xo‘jaligi aloqalari va Yevropada vujudga kelgan siyosiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda olg‘a tashlangan qonuniy qadam bo‘ldi.[12]

    GermaniyaFederativRespublikasivaGermaniyaDemokratikRespublikasibirlashishgaturtkibo‘lganiqtisodiyvaziyatquyidagichakechgan:



    • Germaniya iqtisodiyotining ishonchli rivojlanishiga qaramay, yillar davomida shafqatsiz raqobat, bozor to‘kinligi doirasi ufqlarida inqiroz (krizis) vaziyati xavf solib turardi;

    • qo‘shni GDRdagi qudratli ijtimoiy dastur GFRni ijtimoiy sohalarga katta mablag‘ ajratishga majbur etadi;
      Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.


    • GDR mansub bo‘lgan sotsialistik mamlakatlar iqtisodiyotida inqiroz belgilari kuchaydi, sanoat o‘sish sur’atlari pasaydi;

    • sobiq GDR bozorlariga mol chiqarish imkoniyati kattaligi, barcha ishlab chiqarish turlarini taraqqiy etishi va yangi texnologiya qo‘llanilishi;

    • GDR da nisbatan arzon ishchi kuchlari mavjudligi;

    • GDR o‘zining iqtisodiy rivoji bilan jahonda 10-o‘rinda turadi. Birlashish jarayoni GFR tadbikorlariga moliyaviy qiyinchiliklar tug‘diradi.

    Ikki davlatning bir-biri bilan birlashishga ijtimoiy siyosiy turtki Buyuk Germaniya g‘oyasi bo‘lib, u ko‘p asrlik tarixga ega. Birlashish arafasida bu g‘oya turli vositalar, usullar bilan zo‘r berib targ‘ib qilindi. Turli ishdagi kishilarga mo‘ljallab ishtiyoq bilan kitoblar yozildi, filmlar ishlandi.Harbiy jasorat, shon-shavkat, vatanparvarlik tushunchalari nemis millati bilan o‘zaro chuqur bog‘lanib ketgan edi.[14]

    1990 yil 1 iyulda GDR va GFR o‘rtasida valyuta, ijtimoiy-iqtisodiy ittifoq haqidagi shartnoma kuchga kiradi. 1990 yilda 3 oktyabrda Berlin devori buzib tashlanadi. Germaniyaning G‘arbiy va Sharqiy еrlari birlishishi oqibatida ijobiy va salbiy holatlar paydo bo‘ldi:



    • G’arbiy-nemis markasi sharqiy nemis markasini yutib yuboradi, sharqiy-nemislar jamg‘armalari tezda turli tovarlar va xizmatlarga sarflanib ketdi;

    • GDRning raqobatga bardoshsiz ko‘pgina korxonalari yopildi, ishsizlik uchun to‘langan nafaqa yo‘qotilgan ishning o‘rnini qoplay olmaydi;

    • turli ijtimoiy dasturlar qisqardi, inflyatsiya jarayonlari kuchaydi;

    • mulkchilik bilan bog‘liq muammolar o‘tkirlashdi.

    GFR qonunlari sharqiyyеrlarga tarqaldi. Ko‘pchilik sobiq egalar sharqiyyеrlardagi mulkini da’vo qilib chiqishdi.[10]

    Birlashish g‘arbiy еrlar uchun bir qator iqtisodiy tanlanishni vujudga keltirdi:



    • milliy ichki mahsulot o‘sish sur’atlari keyingi 15 yilda maksimal darajaga ko‘tarilib -4,5 % ni tashkil etdi; ishlab chiqarish quvvatlari yuklanishi oshdi. Bandlik soni o‘sdi, ishsizlar qisqardi;

    • g‘arbiyеrlarda shaxsiy iste’mol soliqlarning kamayishi evaziga ko‘paydi; Agar GFRda ilgari iqtisodiyotni harakatlantiruvchi asosiy kuch eksport bo‘lsa, endi o‘sishni ichki ustunligi rag‘batlantirdi.

    Germaniyaga chetdan kirib kelgan aholi oqimining kuchayishi uy-joyga bo’lgan talabni oshirdi. Bu esa qurilishga kapital qo‘yilmalarni ko‘paytirdi. Ishlab chiqarish quvvatlari yuklanishi ko‘payishi va iste’mol mollarini ishonchli sotilishi sanoatda investitsiyalarning o‘sishiga (12 %) olib keldi. Jami investitsiyalarning taxminan 25 % ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga yo‘naltirildi. GFR va GDR qo’shilishi natijasida mamlakatdagi mavjud korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlari bir yil ichida 3,5 % ga o‘sdi.[15]

    Iqtisodiy vaziyatlarni ham ijobiy, ham salbiy tomonlarini hisobga olgan holda shuni aytish mumkinki, GFR va GDR qo’shilishi GFRni taraqqiy etishiga qudratli turtki bo‘ldi.

    Birlashgan Germaniya yalpi ichki mahsuloti (YaIM) o‘sish sur’atlari 1998 yilda 2,8 % ni tashkil etdi (Hozirda ya’ni 2011-yil ma’lumotiga ko’ra YaIM 3,089 trln. AQSH dollar). G‘arbiy va sharqiy qismlar taraqqiyot sur’atlari yaqinlashishi ko‘zga tashlanayapti. Ichki talabning o‘sishi investitsion faollikka sabab bo‘lmoqda. Kapital quyilmalar 4 % dan ko‘proqqa ko‘paydi. Investitsion faoliyatni ratsionalizatsiya va ishlab chiqarishni, modernizatsiya qilishga yo‘naltirilishi iqtisodiyot rivojlanishini ta’minlabgina qolmay, balki sohaviy differensiatsiyani sezilarli saqlash imkonini berdi. Qurilish, to‘qimachilik va tikuvchilik sohalarida inqiroz chuqurlashdi.[18]

    Germaniyaning sharqiy qismi investitsiyalarga davlat hamkorlik qiladigan istiqbolli rayon bo‘lib qoladi, birinchi navbatda yuksak texnologiyalar sohasida. Hukumat sharq еrlarini moliyalashtirishni kelajakda ham qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

    Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H.



    Germaniyaning tashqi iqtisodiyoti. Germaniya tashqi siyosatining muhim tomonlaridan biri uning Yevroittifoq davlatlari bilan integratsiyalarning kuchaytirilishidir.

    1950 yilda Germaniya Yevropa Kengashiga a`zo bo`ldi, 1957 yida Rim kelishuviga imzo chekdi. Bu hujjatlar еvropa ittifoqining tuzilishiga sabab bo`ldi. Germaniya Yevropa iqtisodiy hamkorlik va YEVRATOM tashkilotlariga a`zo bo`ldi.

    1964 yildan Germaniya “O`nlik guruhi”ga qo`shildi.

    Sovuq urush davrida Germaniyaning tashqi siyosati chegaralangan edi. Uning eng asosiy vazifalaridan biri Sharqiy va G`arbiy Germaniyani birlashtirish edi. GFRning NATO bilan harbiy-siyosiy aloqalari uzviy bo`lib, Garbiy Germaniya hududida AQSHning yadro qurollari joylashtirilgandi. [12]

    BugungiGermaniya Sharq va G`arb, Skandinaviya va O`rtayerdengizi hududlari hamda Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari o`rtasidagi bog`lanish markazi hisoblanadi.

    Yevropa (yun. Yeigore, osuriy tilida „ereb“ - gʻarb) - qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Maydoni 10507 ming km2; 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan.

    Germaniyaning iqtisodiyoti. YaIM bo`yicha 2009 yida Germaniya AQSh, Xitoy, Yaponiya va Hindistodan keyin 5-orinni egalladi. GFR eksport bo`yicha lider mamlakatlardan biri hisoblanadi. Turmush tarzi darajasi bo`yicha inson potensiali rivojlanishiga ko`ra dunyoda 10-o`rinda turadi.[4]



    • Germaniyaning dunyo bo`yicha YaIMdagi ulushi – 3,968 %

    • Germaniyaning Yevroittifoq mamlakatlari bo`yicha YaIMdagi ulushi – 30 %

    • Aholi jon boshiga YaIM – 43741 ming dollor (2011-yil ma’lumotiga ko’ra)

    • 2006 yilga davlat byudjeti defitsiti – 1,7 %

    • Germaniyaning kichik va o`rta biznes korhonalarida islab chiqarilgan YaIMning 57 % va ishchilar o`rnining 70 % to`g`ri keladi.

    • YaIMning 38 % sanoat, 2% qishloq xo`jaligi, 60 % maishiy xizmat sohasiga to`g`ri keladi.

    • 2011 yilgi ma`lumotlarga ko`ra o`rtacha ishsizlar soni 3,0 mln. Ya`ni mehnatga layoqatli aholining 7% tashkil etadi.

    Iqtisodiy rivojlanishiga ko’ra 2 ta iqtisodiy zona ajratiladi.

    1. G’arbiy Germaniya- u Reyn-Vestfal va janubi-sharqiy rayonlardan iborat.

    2. Sharqiy Germaniya- u umumiy maydonining 30 foizini. Aholisining 19 foizini. YaIM ning 12 foizini beradi. [12]




      1. TABIIY SHAROITI VA TABIIY RESURSLARI VA ULARNING MAMLAKAT IQTISODIYOTIDAGI AHAMIYATI

    Germaniya Markaziy Yevropada joylashgan. Mamlakat quruqlik orqali Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Fransiya, Shveysariya, Avstraliya, Chexiya, Polsha va Daniya bilan chegaradosh. Shimolda uning chegaralarini- Shimoliy va Boltiq dengizlari bo’g’ozi ajratib turadi. Shvetsiyadan Germaniyani Boltiq dengizidagi bo’g’ozi ajratib turadi. Yirik daryolari: Reyn, Dunay, Elba, Oder hisoblanadi. Sharqiy Frizis orollari, Shimoliy dengizdagi Gelgoland, Femarn. Ryugen, Xudenzee, Uzedom orollarining katta qismi va Boltiq dengizidagi bir qancha mayda orollar Germaniya tarkibiga kiradi. Mamlakat janubi-g’arbining katta qismida Yura va Shvartsvald tog’lari egallab, g’arbda uncha katta bo’lmagan- Eyfel va Gensryuk, mamlakat markazida-Taunus va Shpessart, sharqida esa-Fixtelgerberg tog’lari joylashgan. Mamlakatning eng katta –Boden ko’li qisman Avstriya va Shveysariya hudularida joylashgandir.

    Mamlakat rel’yefi: Mamlakat hududi 3 ta asosiy zonadan: shimolda tekislik, markazda daryo vodiylari va janubda tog’liklardan iborat. Qirg’oqdanuzoqbo’lmaganjoylardabirguruhorollar: boltiqdengiziningshimolivasharqidaFrizskorollari, shimoliydengizdaFemorivaRyugnorollarimavjud. Mamlakatmarkaziyqisminingrelyefiturlichatepaliklarvao’rtabalandliklardagitog’larplatovadaryovodiylaribilanketma-ketlikdaalmashinibkelinadi. Eng janubiy qismida Alp tog’ tizmasi joylashgan bo’lib, uning eng baland nuqtasi Zyugshpitse (2963m).Germaniyada bundan tashqari Reyn, Slantsev, Gerts, Rud tog’lari mavjud. (Rasm-2)

    Mamlakat iqlimi-dengizlidan kontinentalga o’tadigan mo’tadildir.Eng sovuq oyning o’rtacha havo harorati -30C dan 20C gacha, iyul oyining harorati esa 160 C dan 200C gacha bo’ladi.[8]




    Germaniyaning relyef kartasi

    Rasm-2

    Germaniya manzarasi benihoya xilma-xil va jozibador. Past va baland togʻ tizmalari oralarida yassitogʻliklar, oʻrqirlar, koʻllar, keng va ochiq tekisliklar uchrab turadi. Shimoldan janubga tomon Olmoniya 5 landshaft zonasiga boʻlinadi: Shimoliy Olmoniya payettekisligi, oʻrtacha balandlikdagi togʻ ostonasi, Janubi-gʻarbiy Olmoniya burma poydevorli oʻrta togʻligi, Janubiy Olmoniya Alpoldi yassitogligi va Bavariya Alp togʻlari.

    Landshaft (nem. Land - yer, schaft - manzara) - 1) tipologik tabiiy komplekslarni umumlashtiruvchi tushuncha: geologik zamini, relyefi, iqlimi, tuproqlari, oʻsimlik turkumi, hayvonot dunyosi, gidrologik rejimining bir xilligi bilan ajralib turadigan va tabiiy chegaraga ega boʻlgan hudud.
    Shimoldagi payettekisliklarda koʻllar, qirli, qum va tuproqli platolar, yaydoq еrlar va torfli botqoqlar koʻp. Oʻrta togʻ ostonasidan shimoliy tomondagi еrlar (Quyi Reyn, Vestfaliya va Saksoniya-Tyuringiya havzasi) serhosil. Janubda Sharqiy Alp togʻlari qad koʻtargan (eng baland nuqtasi SugShpitse togʻi, 2962 m). Shimoliy dengiz bilan Boltiq dengizi oraligʻidagi past-baland qirgʻoqlarda „Golshteyn Shvey-sariyasi“ joylashgan. Olmoniyayеr ostida tosh-koʻmir, qoʻngʻir koʻmir, tuzlar juda koʻp. Oz miqdorda temir rudasi, neft, tabiiy gaz bor. Iqlimi moʻtadil, dengiz iqlimi, gʻarb va shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon dengiz iqlimidagi moʻtadil-kontinental iqlimga oʻta boradi. Yanvarning oʻrtacha harorati pasttekislikda 1,5 °C dan togʻlarda — 6 °C gacha; qishda sertuman, qor tez erib ketadi. Iyulning oʻrtacha harorati pasttekislikda 18 °C dan janubiy vodiylarda 20 °C gacha. Yillik yogʻin miqdori 600-800 mm. Baland togʻlarda yoz salqin, yogʻin 1000-2000 mm. Daryolari: Elba, Reyn, Dunay, Mayn, Vezer, Shire, Mozel. Yirik koʻllari: Voden, Myurits. Tuprogʻi asosan podzol, chimli podzol va qoʻngʻir oʻrmon tuproqlaridan iborat. Gars togʻlarining sharqiy va shim. togʻ oldi joylarida unumdor qoramtir tuproq uchraydi. Togʻlarda qoraqayin, dub, oq va qora qaragʻay oʻsadi. Bugʻu, elik, serna (togʻ echkisi), ohu va boshqalar yashaydi. Milliy bogʻlari — Bavariya oʻrmoni, Berxtesgaden. [11]



    Tabiiy boyliklari rudali qazilmalarning konlari o’rtacha balandlikdagi tog’larga, neft va tabiiy gaz konlari esa Shimoliy Germaniya pasttekisligiga to’g’ri keladi. G’arbiy Yevropa davlatlari o’rtasida Germaniya o’zining toshko’miri va qo’ng’ir ko’miri bilan ajralib turadi. Toshko’mirning asosiy konlari Rur, Saar va Axen xavzalarida joylashgan, ko’mirning 2/3 qismi yuqori sifatli kokslanadigan ko’mirdir. [5]

    Qo’ng’ir ko’mirning ishonchli zaxiralarining katta qismi sharqiy Germaniyada joylashgan.U ochiq usulda qazib olinadi.

    Tabiiy gaz konlari mamlakatning shimolida to’plangan.Temir rudalari zaxiralari mavjud bo’lsada, biroq ularning sifati past.Shimoliy Germaniya pasttekisligida tosh tuzining katta qatlamlari joylashgan. Kaliy va magniy tuzlarining zaxiralari ham mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqarish va shisha sanoati uchun hom-ashyo resurslari kattadir. [10]

    Mamlakatning yirik daryolari – Reyn, Elba, Vezer, Ems va Dunay hisoblanadi. Barcha muhim daryolar kanallar bilan tutashtirilgan. 1993-yilda Shimoliy dengizdan Qora dengizgacha bo’lgan transyevropa suv yo’lining qurilishini yakunlagan Mayn-Dunay kanali ochildi. O’rta Germaniya kanali va uning Berlin hamda Vezer daryosigacha bo’lgan davomi ta’mirlanmoqda. Xalqaro daryo mavqeyiga ega bo’lgan Reyn daryosining iqtisodiy ahamiyati Germaniya uchun juda muhimdir. [9]



    Foydali qazilmalarning umumiy zaxirasi va dunyodagi ulushiga oid ma’lumot (2013-yil ma’lumoti) Jadval-1

    Foydaliqazilmalar

    Zahirasi

    Rudadagifoydalikomponentlar , %

    Dunyodagiulushi, %

    Aniqlan

    gan


    Umumiy

    Barit (ming tonna)

    1000

    1200

    30 - 65 (BaSO4)

    0,3

    Volfram (ming tonna)

    80

    106

    0,2 (WO3)

    3,1

    Temir ruda (mln tonna)

    920

    3000

    28 (Fe)

    0,5

    Oltin




    30

    /




    Kaliytuzi (mln tonna)

    720

    1000

    14 (K2O)

    9,6

    Mis(ming tonna)

    1400

    1420

    1,42 (Cu)

    0,2

    Neft(mln tonna)

    53,2

    22,8







    Qalay(ming tonna)

    20

    20

    0,4




    Kislotalishpat, (mln tonna)

    3,1

    4,6

    45 (CaF2)

    1,6

    Tabiiygaz, (mlrd. m³)

    350







    0,2

    Qo‘rg‘oshin(ming tonna)

    550

    125

    1,6 (Pb)

    0,5

    Ko‘mir, mlnt

    105540

    308300







    Fosforitlar, mlnt

    0,2

    0,4

    20 (R2O5)




    rux, ming. t

    1200

    3000

    2,8 (Zn)

    0,4

    kumusht

    200

    5600







    Uran, t

    4800











    1.3.GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASINING AHOLISI VA MEHNAT RESURSLARI

    GermaniyaFederativRespublitkasiningaholisi 2014 yilma’lumotigako‘ra81 672 920 kishinitashkiletadi. Aholining49.0foiziya’ni40 052 964kishinierkaklar, 51.0 foizi, 41 619 955kishiniayollartashkiletadi. Aholining o'rtacha zichligi 2013 yil ma’lumotiga ko’ra har 1km2ga 229.12 kishidan iborat.

    Mamlakat aholisi tabiiy ko'payishda o'limning tug'ilishga nisbatan yuqoriligi bilan xarakterlanadi. (Ayniqsa sharqiy еrlarda). [6]

    Hozirgi kunda tug‘ilish ko‘rsatkichi 8 foizni tashkil qiladi. O’lim ko’rsatkichi 10 foiz, tabiiy o’sish esa -0.2 foizni tashkil qiladi. Demograflarning bashoratiga ko‘ra tabiiy o‘sish shu holatda davom etsa u holda aholining soni 2025-yil 78.7 mln kishiga, 2050-yil esa 69.4 mln kishiga tushib ketishini mumkin deb taxmin qilinmoqda. Mamlakatda 60 yoshlilar 23 foizni tashkil etsa, 2030 yilga kelib bu ko‘rsatkich 30 foizni tashkil qiladi. Shu bilan birga yuqorida aytganimizdek aholi soni 2050 yilga borib 16 foizga kamayib va qarib boradi. Mamlakat fuqorasining har bir uchinchisining yoshi 60 yoshga teng bo‘ladi.

    Germaniya aholisining umumiy soni immigrant oqimlar hisobiga o'smoqda. (Turkiyadan, sobiq Yugoslaviya respublikalaridan, Italiya, Portugaliya va boshqa mamlakatlardan).

    Portugaliya (Portugal), Portugaliya Respublikasi (República Portuguesa) - Yevropaning jan. -gʻarbida, Pirenei ya.o.da joylashgan davlat. Atlantika okeanidagi Azor o.lari va Madeyra arxipelagini oʻz ichiga oladi.
    Migratsion saldosi 2 % ni tashkil qiladi.Mamlakatning birlashuviga qadar uning g'arbiyyеrlarida 5 mln atrofida, sharqiy qismida esa-0,2 mln chet ellik immigrantlar bo'lgan. Hozirgi vaqtda ularning soni 7mln kishiga еtadi.Umumiy o’rtacha umr ko’rish 80 yoshdan iborat.Erkaklar 77 yosh. Ayollar 83 yoshni tashkil qiladi. Urbanizatsiya darajasi 87 foizni tashkil qiladi.[7]

    Mamlakat aholisining milliy tarkibining katta qismininemislar ya’ni93 foizni tashkil etadilar. Shuningdek mamlakatda boshqa millat vakillari ham istiqomat qiladi. Turklar-2.4 foiz, slovyanlar -09 foiz, italyanlar-0. Foiz, greklar-0.4 foiz, polyaklar-0.3 foiz, bosnyaliklar 0.25 foiz, avstriyaliklar 0.2 foiz, 0.1 foizini serblar, datchanlar, siganlar tashkil etadi. Germaniyada davlat tili-nemis tili hisoblanadi. [5]

    Dini. Nemeslarni katta qismi xristian, ularnig 32.4 foizi katolik, 32.0 foizini lyuteranlar, 1.14 foizini pravoslavlar tashkil etadi. Shu bilan birga mamlakatda xristian dinining boshqa kichik oqimlariga e’tiqod qiluvchilar 0.

    Pravoslaviye (rus.) - xristianlikdagi 3 asosiy oqimdan biri (katolitsizm va protestantizm bilan bir qatorda). Rim imperiyasi Gʻarbiy va Sharqiy qismlarga ajralgach (395 yil), paydo buldi. P. ilohiyoti asoslari 9- 11-asrlarda Vizantiyada shakllangan.
    Xristianlik - jahonda keng tarqalgan dinlardan biri. Yevropa, Amerika mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik xarakati natijasida Afrika, Yakin Sharqda va Uzoq Sharqning birnecha mintaqalaridakeng yoyilgan.
    46 foizni tashkil etadi. (baptist, metodist yangiapostol cherkovi) . Aholining 3.8 mln dan 4.3 mln.gachasi yoki 4.5 foizdan 5.2 foizgachani musulmonlardir.
    Musulmon (arab.: مسلم; fors.: Muslim; urdu.: مسلمان; turk.: Müslüman, „oʻzini Allohga topshirgan“) - Islom dinini qabul qilgan kishilarga nisbatan qoʻllaniluvchi umumiy atama boʻlib, erkak jinsiga nisbatan „musulmon“, ayollarga nisbatan esa muslima soʻzi ishlatiladi.

    Mamlakat aholisining 87 foizi shaharlarda yashaydi.Ko'pgina shaharlar aglomerasiyalar yadrosini hosil qilgan, lekin aholisi 1mln dan ortiq shaharlar unchalik ko'p emas (Berlin, Gamburg, Myunxen). Germaniyaning hozirgi chegaralari 1990 yilning oktabrida ikkala GFR va GDR davlatlarining birlashuv yo'li bilan tashkil topdi. Natijada birlashuv jarayonidan keyin GFR hududi

    47 foizga ko'paydi.Aholisi esa 27 foizga o'sdi.[4]

    Mehnat resurslari. Germaniyaning mehnatga layoqatli aholisining 60 foizi iqtisodiyotida faol aholi hisoblanadi. Shundan maishiy xizmatda 60 foiz, qurilish va sanoat tarmoqlarida 37 foiz, qishloq xo‘jaligida 3 foiz. 10 foizga yaqin faol aholisi hozirgi kunda ishsizdir. [13]

    Buyеrda, nafaqat kichik va o‘rta miqyosdagi, balki qator yirik kompaniyalar ham oilaviy hisoblanadi. Ularning eng qudratlilari orasida Tissen, Bayer, Flik, Simens Kvandit, Opel, Bosh, Grundig, Nekkerman kabi oilalarning korxonalari mavjud. Aynan ular eng katta moliyaviy barqarorlikka ega. Nyurnbergdagi «Veysman Si» auditorlik kompaniyasi o‘tkazgan o‘rganishlarning natijalari shunday xulosa chiqarish imkonini beradi. Ekspertlar 34 ta yirik oilaviy firmalarni o‘rganib chiqib, ularda xususiy kapital ulushi o‘rtacha 34,8 foizni tashkil etishini aniqladilar. Xususiy kapitalning 50% dan ziyodi o‘tgan yilning oxirida «Xerazus», «Knauf» va «Beyersdorf» kompaniyalari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shu bilan birga, ko‘pgina Germaniya firmalarida deyarli barcha aksiyalar bir kishining qo‘lida to‘plangan. Beshta eng yirik tadbirkorlar aksiyalarning 40 foiziga egalik qilishadi. Holbuki Yaponiyada bu ko‘rsatkich– 25%, Amerika va Buyuk Britaniyada esa – 10% dan kam.

    Buyuk Britaniya, Britaniya, (ingl. Great Britain) Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (ingl. United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) - Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat.

              Germaniya mehnat bozoridagilarning 60 foizi oilaviy korxonalarda ishlaydi.Bu еrda oilaviy korxonalar soni bir milliondan oshadi.Shu bilan birga, aksariyat Germaniya oilaviy korxonalari uchinchi, hatto to‘rtinchi avlod tomonidan boshqarib kelinyapti.Bu oilaviy korxonalar biznesni o‘z qo‘llarida ushlab qolish uchun odamning aqli еtmaydigan uslublarni o‘ylab topishadi.

    1990 yillar oxiriga kelib, birlashgan Germaniyada soliq, nafaqa va ta’limda islohatlar boshlandi. Hukumat davlat moliyalashtirishini sog‘lomlashtirish vazifasini qo‘ymoqda. Bu soliqdagi katta kemtiklarni va to‘lovlarni 35 % ga qisqartirish imkonini beradi. Soliq islohatlari birinchi bosqichi 1999 yilda boshlandi. Ish haqidan soliqlarni kamayishi va korporatsiyalar daromadlari neft mahsulotlari va elektr energiyasiga soliqlarni oshirish yo‘li bilan qoplanadi.Ish haqi siyosati sohasida kurs o‘sishni ushlashga qaratilgan. Keyingi 2 yilda bir ish soatiga hisoblangan mehnat haqi ta’rifi 1,7 % ga ko‘paydi. Bunda ish haqi hajmining o‘zgarishi mehnat unumdorligining o‘rta mudatli dinamikasiga mo‘ljallanayapti.[17]

    Germaniyada iqtisodiy islohatlarning muhim yo‘nalishi 10-12 % ni tashkil etgan ishsizlikka qarshi kurash (4 mln. kishidan ziyod) hisoblanadi. Yangi ish o‘rinlari yaratish, ayniqsa sharqiyyеrlarda, asosiy vazifa bo‘lib turibdi.

    Nafaqa (pensiya) islohatlarida asta-sekin jamg‘arib boriladigan tizimga o‘tish mo‘ljallanayapti.Bunda majburiy nafaqa sug‘urtasi saqlanib qoladi.Ayrim yuqori nafaqalar hajmi kamaytiriladi, kam daromadli shaxslar qo‘shimcha to‘lovlar oladi. 1999 yil 1 yanvardan boshlab pensiya jamg‘armasiga badallar 0,8 % ga kamaydi.[16]

    1999 yildan boshlab Germaniyada ta’lim islohatlari boshlandi. Uning bosh maqsadi-yoshlarni sifatli ma’lumot olishlarida ota-onalari daromadlariga bog‘liq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik. Germaniya hukumati uch yil davomida fan va ta’limga xarajatlarni ikki borobar oshirishni rejalashtirilayapti.




    Download 0.68 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0.68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dunyo siyosiy xaritasida GFRning tutgan o’rni

    Download 0.68 Mb.