Ta’minlash tizimi




Download 149.04 Kb.
bet1/2
Sana03.05.2023
Hajmi149.04 Kb.
#55902
  1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Word
9-ma\'ruza

  1. Ta’minlash tizimi

Ichki yonuv dvigatellarining ishlashi uchun uni havo va yonilg‘idan iborat yonuvchi aralashma bilan ta’minlash kerak bo‘ladi.
Ta’milash tizimining vazifasi dvigatelning ish rejimiga mos ravishda ma’lum tarkibdagi yonuvchi aralashma tayyorlash (benzinli dvigatellarda silindrdan tashqarida, dizellarda silindr ichida) va uni kerakli miqdorda silindrlarga uzatish hamda ulardan ishlatilgan gazlarni chiqarish uchun xizmat qiladi.
Ishlatiladigan yonilg‘ini turiga qarab ichki yonuv dvigatellari quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • benzinli (karburatorli va injektorli) dvigatellar;

  • dizelli dvigatellar;

  • gaz yonilg‘isida ishlaydigan (suyuq va siqilgan) dvigatellar.

Karburatorli yonilg‘i ta’minlash tizimi bir vaqtning o‘zida
quvvatni, momentni oshirgan holda yonilg‘i tejamkorligini oshirish va chiqindi gazlarni zararsizligi bo‘yicha qo‘yiladigan talabga javob bera olmaydi.
Karburatorli dvigatellarning ta’minlash tizimining asosiy kamchi- ligi quyidagidan iborat:

  • silindrlar sonini karburatordan har xil masofada joylashgan;

  • yonilg‘i aralashmasi karburatorda tayyorlanadi va silindrlarga tayyor aralashma uzatiladi.

Bu kamchiliklar natijasida silindrlarga har xil tarkibdagi yonilg‘i aralashmasi yetib boradi va yonilg‘i sarfi oshadi.
Bu kamchiliklarni yo‘qotish uchun yonilg‘i aralashmasini har bir silindr oldida tayyorlash kerak bo‘ladi.
Zamonaviy avtomobil dvigatellarida har bir silindrning kiritish klapanlari yaqinida yonilg‘i aralashmasini tayyorlaydigan elektron yonilg‘i purkash tizimi (injektorlar) qo‘llaniladi.
Elektron yonilg‘i purkash tizimi quyidagi afzalliklarga ega:

  • tezkor, sababi raqamli mikroprotsessor boshqaradi;

  • yonilg‘i aralashmasi aniq tarkibga ega;

  • yonilg‘i aralashmasini tarkibini uzoq muddat bir xil ushlab turish mumkin;

  • yuqori yonilg‘i tejamkorligini ta’minlaydi;

  • chiqindi gazlarni zararli ta’sirini kamaytiradi.

Yonilg‘i uzatish tizimi. Yonilg‘ini bakdan purkash injektorlariga yetkazib berish va ishlash uchun zarur bo‘lgan bosimni hosil ilish va ushlab turish uchun xizmat qiladi (28-rasm).
Yonilg‘i uzatish tizimi yonilg‘i nasosi, yonilg‘i filtri, yonilg‘i taqsimlash trubasi, bosim rostlagich, sovuq holda ishlaydigan va purkash injektorlaridan tashkil topgan (29-rasm).
Yonilg‘i uzatish tizimidagi yonilg‘i taqsimlash trubasi quyidagi muhim vazifani bajaradi:

  • yonilg‘ini yig‘ish;

  • yonilg‘ini bir xil bosim ostida ushlab turish va silindrlarga uzatish;

  • yonilg‘i bosimi miqdorini tebranishini oldini olish;

  • injektorni sodda o‘rnatish.



28-rasm.
Injektorli dvigatel.





29-rasm.
Injektor.

Purkash injektori (29-rasm). Purkash injektori yonilg‘i taqsimlash trubasiga har bir silindrning kiritish klapani yaqiniga yonilg‘ini bosim ostida purkab berish uchun xizmat qiladi. Elektromagnitli purkash injektorli elektr impulsi yordamida elektron boshqarish bloki dan boshqariladi.


Ishlash prinsipi. Tok berilmagan holda purkash ignasi prujina ta’sirida o‘rindiqqa siqilib turadi. Agar elektromagnitga elektr impulsi berilsa, igna 0,1mm masofaga o‘rindiqdan ko‘tariladi va igna va o‘rindiq oralig‘ida tiqrish paydo bo‘ladi va shu tirqishdan yonilg‘i purkaladi. Injektor klapanining ochilish va yopilish vaqti 0,6-2,0millisekundni tashkil etadi. Har bir dvigatel uchun purkash burchagi va kiritish klapaniga bo‘lgan masofa har xil bo‘ladi. Shuning uchun har bir dvigatelga (ishchi hajmi, yonish kamerasi, kiritish klapanlarining joylashishi, kiritish trubalarining shakli) o‘zining injektori o‘rnatilishi kerak.
Injektor kronshteyiga maxsus rezina detallari orqali biriktiriladi. Bu issiqlikdan vibratsiya benzin bug‘lari hosil bo‘lishdan saqlaydi.
Yonilg‘i nasosi - elektr yuritmali bo‘lib benzinli bakdan to‘xtovsiz haydab beradi. Yonilg‘i nasosi yonilg‘i baki ichida yoki yonilg‘i bakidan tashqarida joylashgan bo‘lishi mumkin. Yonilg‘i nasosi 600 kRa gacha bosim hosil qilishi mumkin.
Yonilg‘ifiltri. Yonilg‘ini doimo tozalab turish uchun xizmat qiladi. Tozalanayotgan yonilg‘i o‘tish tirqishga 10mm gacha bo‘lish kerak.
Bosim rostlagich. Bosim rostlagich yonilg‘i uzatish tizimida joylashgan bo‘lib tizimda o‘rtacha 0,5MPa bosimni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Elektrik yuritmali yonilg‘i nasosi yonilg‘ini keragidan ortiq uzatib beradi va bosim rostlagich ortiqcha yonilg‘ini yonilg‘i bakiga qaytarib yuboradi.
Havo miqdorini o‘lchash datchigi. Datchik havo filtri va drossel zaslonkasi oralig‘ida joylashgan bo‘ladi va dvigatelga kirayotgan havo miqdorini o‘lchab beradi va EBB ga ma’lumot yuboradi.
Drossel zaslonkasini holatini aniqlash datchigi. Datchik drossel zaslonkasini holatini va burilish burchagini aniqlaydi. Bu datchik EBB ga dvigatelning ish rejimi (salt yurish, to‘liq bo‘lmagan va to‘liq yuklanish) to‘g‘risida ma’lumot berib turadi.
Tirsakli valning aylanishlar chastotasini aniqlash datchigi. Datchik EBB ga tirsakli valning aylanishlar chastotasi to‘g‘risida ma’lumot uzatib turadi.
Ishlash prinsipi. Dvigatelga havoni yurgazib yuborish tizimi uzatadi. Dvigatelning ish ko‘rsatkichlaridan biri bu dvigatelga so‘rilayotgan havo bo‘lib, uning miqdori havo sarfini aniqlagichda o‘lchanadi. Boshqa datchiklar esa drossel zaslonkasining holatini, tirsakli valning aylanishlar chastotasini, havo va dvigatel haroratini o‘lchaydi. Bu datchiklardan kelayotgan signallar elektron bosharish bloki (EBB)da qabul qilinib tahlil qilinadi va shu asosida injektorlarga impulslar yuboriladi.
Gaz bilan ishlaydigan avtomobillarning ta’minlash tizimi.
Gaz bilan ishlaydigan dvigatellar zamonaviy shahar transport vositalarida keng qo‘llanilmoqda. Bunda siqilgan yoki suyultirilgan holatdagi tabiiy, sanoat va sintetik gazlardan foydalaniladi. Siqilgan va suyultirilgan gazlar maxsus ballonlarda saqlanadi, shuning uchun ham transport vositalarini gaz ballonli deyiladi.
Odatda, gaz bilan ishlaydigan dvigatellarning suyuq yonilg‘ida ishlaydigan seriyada (ommaviy ravishda) chiqarilayotgan dvigatellar bazasida (asosida) yaratiladi. Seriyada (ommaviy ravishda) chiqarilayotgan dvigatelni gazsimon yonilg‘i bilan ishlashga o‘tkazishda, uning asosiy qism va uzellari o‘zgarmagan holda qoladi. Gaz bilan ishlaydigan modifikatsiyasini asosiy farqi yonilg‘i uzatish tizimi, yonuvchi aralashmaning alangalanishi va tartibga solishlikdadir (to‘g‘rilash).
Injektorli dvigatellarni gazsimon yonilg ‘iga o ‘tkazish ikki usulda amalga oshiriladi. Birinchi usulda standart injektor dvigatelini gazballon qurilmalar bilan jihozlab, uning gaz modifikatsiyasini yaratish. Bu holda dvigatelni ham benzinda, ham gazda ishlash imkoniyati saqlanib qoladi. Shu bilan birga benzinda dvigatel to‘la quvvatga erishsa, gazda esa quvvat biroz pasayadi. Ikkinchi usulda injektor dvigateldan gazsimon yonilg‘ida to‘la quvvatga erishuvchi maxsus gaz dvigateli yaratiladi. Bunday dvigatellar siqish darajasini yuqorilatganligi va gaz aralashtirgich o‘rnatilishi tufayli samaradorlik ko‘rsatkichlari ancha yaxshilanadi.
Dizel dvigatellarini gazsimon yonilg‘iga o‘tkazish ham ikki usulda amalga oshiriladi. Birinchi usul dizelni uchun bilan alangalanadigan gaz dvigateliga qayta jihozlash (aylantirish). Buning uchun silindrlardagi siqish darajasi 8-9 gacha kamaytirilib, o‘t oldirish tizimi va gazballon qurilmalari o‘rnatiladi.
Ikkinchi usul (gaz dizeli) dvigatelni ayni bir vaqtda dizel yonilg‘isi va gaz bilan ishlashini ko‘zda tutadi. Gazsimon yonilg‘i uzatish uchun dvigatel gaz ballon qurilmasi bilan jihozlanadi.
Gaz aralashtirgich orqali kiritish quvuriga uzatiladi va havo bilan aralashgan holda silindrlarga so‘riladi. Siqish taktini oxirida silindrlarga o‘t oldirish uchuni rolini bajaruvchi dizel yonilg‘isi purkaladi.
Uning miqdori odatdagi dizel jarayonida sarflanadigan miqdorni

  1. 50foizgachani tashkil qiladi. Bu usulda dvigatel konstruksiyasiga tub o‘zgartirish kiritilishi talab qilinmaydi. Avtomobil dvigatellari uchun gazodizel usuli keng taralgan. Ikkala usul ham aksariyat statsionar dvigatellari uchun qo‘llaniladi.

Gaz bilan ishlaydigan dvigatelning ish sikli benzinli dvinatelning ish sikli benzinli dvigatelning ish siklidan deyarli far ilmaydi.
Dvigatelini gazsimon yonilg‘ida ishlashi uchun avtomobilga o‘rnatiladigan asbob-anjomlar (jihozlar) komplektini gaz ballon(li) qurilmalar deyiladi.
Gaz ballonli qurilmalar asosan ikki xil turga ajratiladi: siqilgan va suyultirilgan gazlar uchun.
Gaz ballon(li) qurilmani o‘ziga xosligi shundan iboratki, gaz har qanday holatda ballonlarda katta bosim ostida oqib chiqadi. Shuning uchun tizimga gaz bosimini kamaytirish imkoniyatini yaratuvchi reduktor kiritiladi.



Download 149.04 Kb.
  1   2




Download 149.04 Kb.