IV. O’quvchilarni rag’batlantirish




Download 2.45 Mb.
bet2/8
Sana23.12.2019
Hajmi2.45 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8

IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.

Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

6-mavzu: Ona tili – qalb ko‘zgusi. (O`zbekiston Respublikasi Davlat tili qabul qilingan kun munosabati bilan)

Kun shiori: “O`zbek tilim-o`z tilim”



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, tilga e’tiborni kuchaytirish, fan oyligida munosib ishtirok etishlikni uqtirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u madaniyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi”

O`qituvchi:

Ma’lumki,millatni millat qilib turgan asosiy belgilardan biri til hisoblanadi. Til kishilarni birlashtiradi, millatlar o`rtasida ahillikni kuchaytiradi. “Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u madaniyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi”. Shu ma’noda, o`zbek tili ham millatlararo muomala vositasi sifatida respublikamiz xalqlarini milliy istiqlol g`oyasi atrofida birlashtirish, jipslashtirish jarayonlariga xizmat qilmoqda.

Istiqlol yillarida xalqaro, davlatlararo ikkitomonlama muzokaralar olib borish, shartnomalar tuzishda o`zbek tilining ahamiyati oshdi. Bu esa o`zbek tilining diplomatiya (xalqaro munosabatlar) funksiyasining shakllanishiga olib keldi. Hozirgi kunda shartnomalar uch tilda – o`zbek tili, shartnoma tuzayotgan tomon tili hamda nazorat tili sifatida ingliz yoki rus tillarida (MDH mamlakatlari bilan) rasmiylashtirilmoqda. Oqibatda oliy ta’limga xizmat qilish funksiyasi tarkibida ham o`zgarishlar ro`y berdi – O`zbekistonda ilk bor Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashkil etildi, undagi ta’lim jarayoni o`zbek hamda rus tillarida olib borilmoqda.

Eng ahamiyatlisi, o`zbek tilining millatlararo hamda xalqaro miqyosda muloqot vositasiga aylanib borayotganidir. Bu esa, o`z navbatida, “Davlat tili” to`g`risidagi Qonunning, respublikada amalga oshirilayotgan til siyosatining, xususan, til taraqqiyotiga qaratilgan tadbirlarning muhimligidan dalolat beradi. Abdulla Oripovdan: “Qaysi tilni organishdan qat’i nazar, biz ona tilimizning obro`sini ta’minlashimiz kerak. Til uchun, kurashning eng birinchi bosqichini men til obro`sini ta’minlash masalasi deb bilaman. Internatsional fikrim, hamisha shunday. Ona tilimiz – o`zbek tilining obro` e’tiborini baland ko`tarishda hali ko`p ish qilishimiz kerak”.


Topshiriq: “Ona tilimizning obro`sini ko`tarish uchun yana qanday ishlarni amalga oshirsa bo`ladi”, degan savol bo`yicha bahs-munozara o`tkaziladi.

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.



IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.

Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

7-Mavzu: Men kecha ,bugun va ertaga‖ psixologik trening mashg’uloti

Maqsad: O’quvchilar o’z oldiga qanaqa maqsadlar qo’yganliklari, mehnat qilish, kasb tanlash, buning uchun ular nimalar qilayotganligi hamda, ajdodlarimiz merosini o`rganish farzandlik burchi ekanligini uqtirish, ularga bir harf bo`lsa ham o`rgatgan tarbiyachi, o`qituvchi, o`zlari turli xil to`garaklarga borayotgan murabbiylarga bo`lgan hurmatini rivojlantirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik

II.Asosiy qism:

Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash,| adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonundai ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 37- modda Mamlakatimizda har bir inson o'zi xohlagan kasbni tanlashi va shu kasb bo'yicha mehnat qilishi mumkin.

Mehnat insonni ulug'laydi, hayotiga ma'no-mazmun baxsh etadi. Halol mehnat qilgan kishi jismonan charchoqni his qilsada, ruhi tetik, kayfiyati chog' bo'ladi. Hayotda to'g'ri kasb tanlash juda muhim. Chunki inson kasb egallash uchun bir necha yillik umrini sarf etadi. Odam o'zi yoqtirgan kasbni qiziqish bilan tez va oson o'zlashtiradi, keyinchalik mehnat faoliyati ham unumli bo'ladi.

Hayotda qoqilmay, jamiyatga ko'proq naf keltiray, degan odam yoshlikdan biron kasb yoki hunarni tanlab, uni mukammal egallashga harakat qilishi kerak. Bobomiz Alisher Navoiy «Umrni zoye o'tkazma, mehnat qil, Mehnat saodatning kaliti, bil», deyabejiz aytmaganlar.

Yurtimizda yoshlarning o'zlari xohlagan kasb-hunarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Barcha qulayliklarga ega kasb-hunar kollejlarida yigit-qizlar o'zlari yoqtirgan hunar sirlarini puxta egallamoqdalar.

Aziz o'quvchi, biz hozir ayni o'qib-o'rganadigan yoshdamiz. Hozirdanoq o'zimiz qiziqqan kasbni aniqlab olishimiz va uni egallash uchun tayyorgarlik ko'ra boshlashimiz shart. Kasb tanlashda ota-onamiz va ustozlarimizning fikrini, o'z qiziqish va imkoniyat-larimizni ham hisobga olishni unutmasligimiz darker.

Quyida berilgan kasb-hunar nomlarini zamonaviy va qadimiy kasb-hunar nomlari singari ikki guruhga ajrating. Ushbu kasb-hunarlar hozirgi kunda ham mavjudmi? Ulardan qaysilari yangicha nomlar bilan atalmoqda?

Kosib, injener, dasturchi, kulol, do'ppido'z, fermer, dehqon, misgar, kosmonavt, haydovchi, jurnalist, cho'pon, rejissor, oshpaz, menejer, xattot, nowoy, qozi, savdogar, chevar, tadbirkor, chopar, vazir, dizayner, tabib, arxitektor, karvonboshi, o'qituvchi, rassom, shifokor, uchuvchi.,



III. Mashg’ulotni yakunlash

HUNAR VA HUNAR EGALLASHNING FOYDASI HAQIDA MAQOLLAR

Isimsizga ishonch yo'q, Hunarsizga quvonch yo'q. Yuz hunarni chala bilgandan Bir hunarni to'kis bil. Qunt bilan o'rgan hunar, Hunardan rizqing unar. Hunar oshatar, Mehnat yashnatar. Hunar bo'lsa qo'lingda, Non topilar yo'lingda. Hunari yo'q kishining, Mazasi yo'q ishining.

1. Mehnat qilish va kasb tanlash huquqi Konstitutsiyamizning nechanchi moddasida qayd etilgan?

2. Inson nima uchun mehnat qiladi?

3. Kasb tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak?

4. Universitet yoki kasb-hunar kollejiarida tahsil olayO'tilgan aka-opalaringiz bormi? Ular bilan kasb tanlash mavzusida suhbatlashing.

5. Maqollarni o'qing. O'zingizga yoqqan maqolning ma'nosini izohlang.

6. Kasb-hunarlarning birini ikkinchisidan ustun qo'yish mumkinmi?

7. Inson hayotda nimalarni yo'qotishi mumkinu, nimalarni undan hech kim tortib ololmaydi?


IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.

Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

8-mavzu:Jamoat joylarida o`zini tutish odobi

I.Kirish:

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:

O`quvchilarga orastalik inson ko`rki,orastalik qoidalari,kiyinish odobi,muomala odobi haqida tushuncha berish.

O`quvchilarda sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, ozoda yurish qoidalarni o`rgatish.

O`quvchilarning nutqini o`stirish, so`z boyligini shakllantirib borish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi.



II.Asosiy qism:

Orastalik –ozodalik,sarishtalik,tartiblilik demakdir.Masalan,hammayoqni sarishta qilish,orasta kiyinish,soch tirnoqlarga e`tibor berish,o`quv qurollatini yaxshi saqlash kabi ishlar orastalik belgisidir.

Orasta va chiroyli kiyinish ham orastalikdandir.O`ziga munosib kiyim kiyish esa husnga husn qo`shadi.O`z yoshiga,mavsumga va joyiga qarab kiyinish insonning did-farosatidan,qanday odam ekanligidan dalolat beradi.

O`g`il-qizlarning milliy xususiyatlarni e`tiborga olib,o`zlariga yarashgan,ozoda liboslar kiyib yurishlari ular madaniyatining belgisi hisoblanadi.O`quvchi maktabda joriy qilingan kiyimda bormog`i lozim. U o`zini va o`quv qurollarini tartibli saqlashi kerak. Kishi o`zini nazorat qilishi ham orastalikdir.

Rivoyat. Sukutning xosiyati

Rivoyat qilishlaricha,o`z davrining mashhur hakimi,hamma davrlarning dono tabibi,bo`lmish Luqmoni Hakim kunlardan bir kuni hazrati Dovudning oldiga boribdi.Dovud odatdagidek sovut,zihrli kiyimlar tayyorlash bilan band,ya`ni temir –tersaklar orasida ishlab o`tirar ekan.

Hakim umri bino bo`lgandan beri bunday manzaraga duch kelmagan ekan.Shu boisdan bunday zihrli kiyimlar qanday kiyimlar ekanligi,uni kimlar kiyishini so`ramoqchi bo`libdi.Ammo ustozi:”Avval o`yla,keyin so`yla”,”Sabr qil – sabrning tagi oltin”,- deb o`rgan ekan.U sukut saqlab kutib turibdi.Hazrati Dovud kiyimni tayyorlab,egniga ilibdi-da,shodlanib Hakimga shunday debdi:

-Mana ko`rdingizmi,men sovuq temirdan qanday issiq kiyim tayyorladim.Buni kiygach,bemalol jangga kirib,bosqinchi dushmanning dodini berish mumkin.

Bu gapni eshitgan Hakim:”Sukut –aql belgisi.Ustozimning nasihatiga amal qilib sukut saqladim-da,qo`pol xatodan saqlandim”-debdi ichida.

Hissadan hissa shuki:o`ylab ish tutish,sabr qilish kabi ajoyib xislatlarni o`rganish lozim.



III.Yakuniy qism:

Inson husnini va orastaligini buzadigan odatlar:

-Barmoqlaringizni og`iz va burunga tegizmang.

-Odamlar oldida tish kavlamang.

-Og`zingiz va burningiz suvini baland ovoz bilan tashlamang.

-Esnasangiz,qo`lingizni og`zingizga qo`ying.

-Odamlarga qarab kerishmang,baland ovozda xoxolab kulmang.

-Tilingizni tiyib,unga erk bermang,bo`lmasa bir kun boshingizga yetadi.

Savollar:

1.Orastalik haqida qanday tasavvurga ega bo`ldingiz?

2.Kiyinish madaniyati nima degani?

IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.

Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

9-Mavzu: “ Salomatlik tuman boylik.

Kun shiori:Sog’ tanda-sog’lom aql

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish,tozalikka riyoya qilishga chirlash,sport bilan shug’ullanishga undash

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

I.Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi.



II.Asosiy qism:

Tadqiqotlarga ko‘ra, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ma'rifatparvar ajdodlarimiz yaratgan pedagogik asarlarning aksariyatida bolani jismoniy jihatdan sog‘lom etib tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilgan.

Jumladan, bu borada Abdurauf Fitratning ijtimoiy tarbiya negizida jismoniy tarbiyani tashkil etish, shaxsni salomat va baquvvat etib tarbiyalash masalalariga oid qarashlari diqqatga molikdir. Uning «Rahbari najot» asarining «Bola tarbiyasi» nomli bobida shunday deyiladi: «Badan tarbiyasiga qadim zamonlardan boshlab katta ahamiyat berilgan. Insonning butun a'zosi salomat va quvvatga ega bo‘lmasa, unda inson uzoq yashamaydi. Agar insonning tanasidagi a'zolaridan biriga xalal tegsa, u kishi ishdan qo‘lini tortib, boshqalarning muhtojiga aylanadi».

Hamma ham sog‘lom, tetik va baquvvat bo‘lishga, o‘z yoshligi, husni hamda ishchanlik qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning asosiy omillaridan biri jismoniy harakat sanaladi.

Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptir ish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ayni vaqtda, mamlakatimizda jismoniy jihatdan yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi tub islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida bu yo‘nalishda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan muhim vazifalar o‘z ifodasini topgan.

ISTAK BO‘LSA KIFOYA

Albatta, barchaning ham yuqori malakali sportchi bo‘lishi, musobaqalarda qatnashib, mukofotlar olishi shart emas. Lekin, inson muntazam ravishda o‘z imkoniyatidan kelib chiqib sport bilan shug‘ullanishi, jismoniy chiniqishi koni foyda. Yoki har kuni bajarish imkoni bo‘lgan 15-20 daqiqalik ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari, 40-60 daqiqa davomida ochiq havoda piyoda yurish, tungi uyqu oldidan 20-30 daqiqalik sayr qilish ham, albatta, bunday istaklar ro‘yobiga kiradi.

Zamonaviy tibbiyot insonning jismoniy mehnatga bo‘lgan kam harakati tufayli uning salomatlik darajasining pasayishi, ichki a'zolar faoliyatining buzilishi, ishlash qobiliyatining past ko‘rsatkichi va talab darajasida bo‘lmagan jismoniy rivojlanish kabi holatlarning mavjudligini ko‘rsatmoqda. Zero, qadimgi faylasuflarning, kishini hushsizlantiruvchi va sog‘ligiga shikast yetkazuvchi narsa uzoq vaqt jismoniy harakat qilmaslikdir, degan fikrlari boisi ham shunda.

Buyuk hakim Abu Ali ibn Sinoning: «Badantarbiya - sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usuldir», degan o‘giti har bir insonning hayotiy shioriga aylansa, kishi hech qachon kasallikka chalinmaydi.

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish o‘sib kelayotgan avlodni barkamol bo‘lib voyaga yetishi, shu bilan birga, ularning bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishiga imkon beradi. Inson organizmi tashqi muhit bilan uyg‘un, bir butun holda rivojlanadi. Ushbu uyg‘unlik, shuningdek, barcha a'zolar faoliyatini markaziy asab tizimi boshqarib turadi. Doimiy, uzluksiz ravishda bajariladigan jismoniy harakat kishi sog‘ligiga yaxshi ta'sir etadi: modda almashinuvi yaxshilanadi, organizm to‘qimalari oziq moddalarni yaxshi o‘zlashtiradi, parchalangan moddalar organizmni tezroq tark etadi.

Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bilan barcha yoshdagi kishilar shug‘ullanishi mumkin. Mashg‘ulotlar uzluksiz, doimiy ravishda bajarilgandagina ijobiy natija beradi. Uzoq muddatli tanaffus esa oldingi mashg‘ulotlar ta'sirining pasayishiga olib kelishi mumkin. Demak, o‘z organizmini chiniqtirish, mehnat unumdorligini oshirish, sog‘liqni mustahkamlash asosida uzoq umr ko‘rishni istagan har bir kishi doimo jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi, shuningdek, kundalik faoliyatini muayyan tartib asosida olib borishi zarur.

Aslini olganda, harakat uchun energiya zarur, energiya esa oziq-ovqat mahsulotlari yog‘ va uglevodlarni qayta ishlash yo‘li bilan olinadi. Harakat nafas, qon tomirlari, ovqat hazm qilish, qon ishlab chiqarish tizimlarini takomillashtirishga yordam beradi.

TETIKLIK TALABI

Shu sababli, faol jismoniy harakat qiladigan kishilar ruhi yengil, tetik, quvvatga to‘lgan, dili ravshan, kayfiyati yuqori va barqaror bo‘ladi. Jismoniy mashqlarni bajarish natijasida organizmning himoya tizimi yaxshi rivojlanadi. Shu o‘rinda fiziolog-olimlar tomonidan 200 nafardan ortiq kishi ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot natijasini misol sifatida keltirish mumkin. Jismoniy mashqlar bilan doimiy ravishda va izchil shug‘ullanuvchi kishilarning his-tuyg‘ulari darajasini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadqiqotning ko‘rsatishicha, tajribada ishtirok etganlarning 72 foizi o‘zini juda baxtiyor deb hisoblaydi. Buning sababi sifatida ular aynan uzluksiz ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishini qayd etadi.

Bolalik, o‘smirlik davridan boshlangan chiniqish mashg‘ulotlari, ayniqsa, foydalidir. Har bir kishi o‘z organizmini mustahkam rejimga o‘rgatishi zarur. Badantarbiya, ochiq toza havoda sayr qilish, sport o‘yinlari kabi chiniqtiruvchi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish uzoq umr ko‘rish va salomatlikni ta'minlovchi omillardandir.

Bundan tashqari, bizning nisbatan issiq iqlim sharoitimizda noan'anaviy usullar bilan ham organizmni chiniqtirish maqsadga muvofiqdir. Xususan, turli xil oyoq vannalari, tuz va tosh yo‘lakchalarida yurish, shuningdek, uyqudan oldin va keyin ochiq havoda sayr qilish singari chiniqtirish usullari organizm immun tizimining faoliyatini kuchaytiradi.

Bir so‘z bilan aytganda, salomatlik odamning ruhiy sokinligi va tashqi muhitning zararli ta'sirlariga qarshi tura olish qobiliyatidir. Chiniqish esa organizmni suv, quyosh va havo ta'sirida sekin-asta moslashtira borish mexanizmi sanaladi. Sog‘lom turmush kechirish uchun, albatta, organizmni turli tabiiy muhit sharoitlarida chiniqtirish lozim. Buni, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga singdirish zarur. Zero, bolalik, o‘smirlik davridan chiniqish bir umr sog‘lom yashash, uzoq umr ko‘rish garovidir.
IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.

Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

10-mavzu: Til bilgan el biladi (Rus tili fan oyligi doirasida)

Kun shiori: “O`zbekiston kelajagi – yoshlar qo`lida”



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, rus tili fan oyligida munosib ishtirok etishlikni uqtirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “XXI asr intelluktal yoshlar asri”

O`qituvchi:

“Avvaliga biz bolalarimizga o`rgatamiz. So`ngra o`zimiz ulardan o`rganamiz. Kimki buni xohlamas ekan, o`z davridan orqada qoladi”

Ya. Raynis

Darhaqiqat, bu allomaning fikrini chaqadigan bo`lsak, bugun farzandlarimiz juda ko`p tillarni bilishi, texnika asboblarini bizdan ko`ra yaxshi bilishi va biz bugun ulardan o`rganayotganimiz albatta, bu yoshlarimizning davr bilan hamnafas intelektual bilimlari kuchliligidan dalolat beradi.

“Barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo`lib kelgan. Biroq dunyo xalqlarining barchasi ham bu haqda o`ylayvermagan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma’rifatga, madaniyatga mansub bo`lgan yurtlarning donishmandlari – eng mo`tabar ziyolilari, hukmdorlari hisoblanganlar. Ularning orasida O`zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashagan bobolarimizning o`z o`rni, hurmati bor. Bu jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan haqiqatdir. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga o`z tariximizdan juda ko`p dalillar keltirishimiz mumkin. Al-Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi g`oyani yodga oling. Unga ko`ra jamiyatning har bir fuqarosi – mansabi, tutgan o`rni, ya’ni kim bo`lishidan qat’iy nazar Fozil kishi. Fozil inson o`z davlatining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, fikrlaydi, o`z kasbining ustasi, lozim bo`lganda Vatani uchun jon fido qiladi. Fozillar shahri aholisi bir-biriga hurmatda bo`ladi. Ota-ona va farzand, ustozu shogird o`rtasida sharqona nazokat, mehr va ehtirom bo`ladi. Avvalo bunday fikr yuritishning o`zi bobolarning ma’naviy darajasi naqadar yuksak bo`lganligini va albatta bunday fikr aytish bu borada ko`p asrlik meroslarni o`rganish natijasida vujudga kelishini ta’kidlash joiz. Demak bizning barkamol avlod tarbiyalash haqidagi niyatimiz uchun ma’naviy asos bor. Millatimiz urf-odatlaridagi, qonidagi ma’rifat tushunchasi, ilm va bilimga intilish xislati bir necha ming yillar davomida shakllangan, sayqal topgan”.

Topshiriq:Davra suhbati” . Yoshlar uchun qilinayotgan bugungi islohotlar.

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.



IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.

Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

11-Mavzu:“Befarqlik va loqaydlik”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, loqaydlikka qarshi kurashishga chorlash

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

    Bir donishmand inson loqaydlik haqida shunday degan edi: “Dushmanlardan qo‘rqma — nari borsa, ular seni o‘ldirishi mumkin. Do‘stlardan qo‘rqma — nari borsa, ular senga xiyonat qilishi mumkin. Loqayd odamlardan qo‘rq — ular seni o‘ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo‘laveradi”.

    Loqaydlik degan bir bedavo illat borki, u keltirayotgan ziyon tufayli ko‘plab ko‘ngillarga ozor yetadi. Ko‘plab hayotlar barbod bo‘ladi. Ayni kunda giyohvandlik, OITS, ichkilikbozlik kabi odamzodning kushandasi bo‘lgan illatlar nimadan kelib chiqmoqda? Shubhasiz, buning sabab va omillari ko‘p, inchunin, oila, atrof-muhit kabi. Ammo bularning bosh sababi eng avvalo ota-onaning farzand tarbiyasi, uning yurish-turishiga e’tiborsizligi yoki beparvoligi tufaylidir, desak to‘g‘ri bo‘ladi.

     To‘qlikka sho‘xlik, oilada nazoratning yo‘qligidan ayrim yoshlar yuqoridagi singari illatlarga chalinib, oxir-oqibatda ba’zi oilalar parokanda bo‘lib ketmoqda. Alloh ko‘rsatmasin, mana shunday loqaydlik oqibatida ayrim yoshlar esa nafaqat jamiyat va davlat uchun, balki insoniyat uchun zararli, yot oqimlar, diniy ekstremistik guruhlarga qo‘shilib qolayotgan hollar ham uchrayapti. Biz esa, bularni ko‘rib ko'rmaganga, bilib bilmaganga oldik. Zero, bunday loqaydlik va beparvolikning to‘lovi shunchalar qimmatki, uni faqat inson umri, or-nomusi, hayoti bilangina o‘lchash mumkin bo‘ladi.

    Afsuski, bolalari kelajagi bilan qiziqmagan, ularning taqdiriga yillar davomida loqayd bo‘lib kelgan ota-onalar g‘isht qolipdan ko‘chgandan keyin ming marta attang, deb boshni changallab o‘tirishadi. Ammo, qani endi, bundan biror-bir naf bo‘lsa. Holbuki, xoh o‘g‘il bo‘lsin, xoh qiz bo‘lsin, oila kattalari avval boshdanoq ularning har bir qadam qo'yishini kuzatib, kerak joyda tanbeh berib, bu yo‘ldan qaytarishi zarur edi. Agar ota-ona ogoh bo‘lib ko‘zining oqu qorasini maktab, kollej yoki ko‘chada kimlar bilan do‘stlashayotganini, darsdan keyin nima mashg‘ulot bilan bandligi-yu, qayoqqa borayotganini so‘rab-surishtirib, tergab turganida, vaqtida nazorat qilganida, shubhasiz, bunday noxushliklarning oldi olingan bo‘lardi.

    Shuni ham bilib qo'yishimiz lozimki, loqaydlik hukm surgan oilada farzandlarning bebosh, bemehr bo‘lib o‘sishi, oxir-oqibatda ota-onani kuydirishi ajablanarli hol emas. Shuningdek, loqayd kimsa rahbarlik qiladigan idorada ishlarning orqaga ketishi, tibbiyot maskanida esa bemorlarning hayoti xavf ostida qolishi turgan gap. Bundan kelib chiqadiki, loqaydlikning miqyosi va darajasining ham, u keltirayotgan zararning o‘lchov-me’yorini ham o‘lchashning imkoni yo‘q. 

    Kechagina yurt, ota-ona bag‘rida yurgan, ko‘ngli orzu-havaslarga to‘la qanchadan-qancha navqiron yigitlar o‘z taqdirlariga loqaydliklari bois chet elda pul topaman deb, qullik iskanjasiga tushib o‘tiribdi. Farzandlarini mo‘may pul topish ilinjida yot yurtga jo‘natib yuborib, keyin esa ulardan pul olish tugul, hatto bir dom-darak va mujda eshitishga mushtoq bo‘lib, qon yig‘lab o‘tirgan ota-onalarni ham ko‘rayapmiz. Holbuki, bu ota-onalar bolalari taqdiriga befarq bo‘lmasdan, vaqtida bu yo‘ldan qaytarib, to‘g‘ri maslahat berganlarida shunday holatga tushmas edi. Boriga qanoat qilmasdan erini chet elga kuzatib qo‘yib, keyin afsus chekib o‘tirgan xotin-qizlarning holatlarini ham ko'ryapmiz. Faqat bir haqiqat shuki, loqaydlikning katta-kichigi, muhim yoki nomuhimi bo‘lmaydi.

    Darhaqiqat, bugungi davr jamiyatimizning har a’zosidan, har bir yoshidan faollik va hushyorlikni talab qilmoqda. Ayniqsa, yuqorida aytganimizdek, bunda ota-ona va maktab, kollej-litsey o‘qituvchilarining roli muhimdir.

    Allohga behisob shukurlar bo'lsinki, Vatanimiz yildan-yilga ravnaq topmoqda, qayoqqa qaramang, obodlik, bunyodkorlikni ko‘rasiz. Mehnat qilgan, intilgan kishilar aslo kam bo‘lmayapti. Kecha amalga oshirishimiz mushkul tuyulgan ishlarni bugun bemalol bajarayapmiz. Yashashimizdan, turmushimizdan nolishga mutlaqo asos yo‘q. Bularning barchasi avvalambor, Vatanimizning tinch-osoyishtaligi, el farovonligi va eng asosiysi yurtboshimizning olib borayotgan odilona siyosatlaridandir.

Topshiriq:

    Arzimagan loqaydlik ortidan katta noxushliklar yuzaga kelishi va uning oqibatlari haqida davra suhbati uyushtiring



  IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.


Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

12-Mavzu:“Vatan olidagi burch va mas'uliyat hissi

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarish ularning farzandlik burchi ekanligini uqtirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada:O`zbekistonimiz bayro`i ilohim jahon uzra yuksaklarga ko`tarilaversin!

O`qituvchi:

O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i, o`z ko`rinishiga ko`ra, butun uzunligi bo`ylab o`tgan to`q moviy rang, oq rang va to`q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to`g`ri to`rtburchak shaklidagi matodir. Bayroqning uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. Bayroqning o`rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o`tkazilgan. Bayroqning yuqori qismidagi moviy rang enning yuza tomonida va orqa tomonida, dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o`n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan.

O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i tasdiqlanishi munosabati bilan chop etilgan maxsus namoyishnoma plakatda bunday deyiladi:

“1) Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzidir. Timsollar tilida bu-yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog`i ham moviy rangda edi; 2) Bayroqdagi oq rang- Muqaddas tinchlik ramzi bo`lib, u kun charog`onligi va koinot

yoritkichlari bilan uyg`unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg`uborlik, soflikni, orzu va xayollar tozaligi, ichki go`zallikka intilishning timsolidir; 3)Yashil rang-tabiatning yangilanish ramzi. U ko`pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi;

4) Qizil chiziqlar vujudimizda jo`shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir;

5) Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog`liq.Ayni paytda qo`lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir;

6) Yulduzlar barcha xalqlar uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O`zbekiston

Respublikasi Davlat bayrog`idagi 12 ta yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita aloqadordir.Bizning o`n ikki yulduzga bo`lgan e’tiborimiz O`zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida “Nujum ilmi” taraqqiy etganligi bilan izohlanadi. Davlat bayrog`imizdagi o`n ikki yulduz tasvirini o`zbek xalqi madaniyati qadimiyligi, uning komillikka, o`z tuprog`ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim”.

Topshiriq: “O`zbekiston Davlat bayrog`i- g`ururim” mavzusida insholar tanlovini o`tkazish.

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.


IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.

Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

13-mavzu: Qonun – ustuvorligi jamiyat farovonligining garovi. (8 dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)

Kun shiori: “Har bir bola mustaqil fikrlash huquqiga ega”

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o`z huquqlarini bilishi, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hurmat ruhida tarbiyalash .

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Bolalar huquqlari to`g`risida Konventsiya”

O`qituvchi:

1989 yil 20 noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Bosh Assamblyeyaning 44/25-Rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan va 1990 yil 2 sentabrda kuchga kirgan.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1992 yil 9 dekabrdagi № 757-XII Qarori bilan mazkur Konvenstiyaga qo`shilgan.

1994 yil 29 iyundan Konventsiya O`zbekiston Respublikasida kuchga kirgan.

Bolalar huquqlari to`g`risida Konventsiya 3 qism, 54 moddadan iborat.

Bola huquqlari hamma ishtirokchi davlatlarda asosiy o`rinda ekanligi bilan ajralib turadi.

Konvensiyaga ko`ra, bolalarning ulg`ayishida asosiy mas’uliyat ota-onalar zimmasiga tushadi. Agar, ota-onalar majburiyatlarini amalga oshira olmasalar, davlat ularga yordam qo`lini cho`zadi.

Jiddiy holatlarda davlat bolani ota-onasidan olib qo`yishi ham mumkin.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida ham quyidagicha belgilab qo`yilgan:

“Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”.

Har yili O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kun munosabati bilan Yurtboshimiz tomonidan kelayotgan yil nomlanadi. Bunday yilning nomlanishi ham bolalarimizning baxtli kelajagi uchun xizmat qiladi.

Aynan, 2000 yil “Sog`lom avlod yili”, 2001 yil “Ona va bola yili”, 2005 yil “Sihat-salomatlik yili”, 2010 yil “Barkamol avlod yili” har bir yilda Davlat dasturi ishlab chiqilib, yurtimiz bolalarining turmush tarzi, sog`lig`i va kelajagi uchun qayg`urilgan.



Topshiriq:

“SAN” texnologiyasi. (uchlik-samarali, axloqiy, nazokatli)

Texnologiyaning maqsadi:

O`quvchilarda yakka, jamoaviy, guruh bilan ishlash, ijodiy va tashkilotchilik faoliyati ko`nikmalarini, ishga ma’suliyat bilan yondashuvni shakllantirish, bezash ishlari ko`nikmalarini rivojlantirish.

Mashg`ulotni o`tkazish tartibi:

O`qituvchi o`quvchilar auditoriyasini o`tkaziladigan mashg`ulotning tartib-qoidalari bilan tanishtiradi va o`quvchilarni 3 kishidan iborat kichik guruhlarga ajralishlarini iltimos qiladi.

Kichik guruhlarda o`quvchilar quyidagi rollarga bo`linadi:

Rassom, adabiy va badiiy muharrir, dizayner. Keyin har bir guruh vakili o`qituvchi stolidan topshiriqlar yozilgan kartochkalar ichidan bittasini tanlab oladi.

Topshiriqlar quyidagicha bo`lishi mumkin: (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kun munosabat bilan)

devoriy gazeta (biror bir mavzuga, bayramga yoki yubileyga bag`ishlangan) eskizini tayyorlash;

bayram (yoki biror-bir tadbir) ga chorlovchi afishaning (masalan, e’lon, tashviqot, taklifnoma) eskizini tayyorlash;

turli tadbirlar (masalan, bayram) ga bag`ishlangan taklifnoma pattalarining eskizi va maketini tayyorlash;

tabrik otkritkalarining maketlarini tayyorlash;

Biror tadbir o`tkaziladigan joyni bezatish eskizlarini tayyorlash.

Kichik guruhlarga topshiriqni bajarib taqdimot qilishlari uchun tayyorlanishlariga 10 daqiqa vaqt beriladi.Tayyorgarlik vaqti tugagach, taqdimot boshlanadi. Taqdimot vaqtida guruhlar o`zlari tayyorlagan eskiz va maketlari bilan barchani tanishtiradilar, namoyish etadilar va asoslaydilar, jamoaviy ijodiy faoliyatdagi o`z variantlarini himoya qiladilar. Taqdimot tugagach, umumiy muhokama boshlanadi. Muhokama jarayonida o`quvchilar bezatilgan, tayyorlangan ishlarga tegishli talablarni aniqlaydilar, o`qituvchining o`zi yoki alohida tuzilgan ijodiy guruh esa o`quvchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflarni maxsus xona taxtasiga yoki vatman qog`oziga yozib boradi.

Mashg`ulot oxirida o`qituvchi o`quvchilarga yuqorida berilgan turli topshiriqlar bo`yicha bir necha namunaviy eskizlardan tarqatadi.

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.

Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

14-Mavzu: Terrorizm, ekstremizm va axborot tahdidlariga qarshi kurash.

Kun shiori: Internetdan himoya choralari

Maqsad: O’quvchilarni internetdan to’g’ri oqilona foydalanishni o’rgatish

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Movarounnahr” nashriyotida 372 sahifa hajmida 3000 nus’hada chop etilgan “Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobi bilan boyitildi.



Aydarbek Tulepovning mazkur kitobida, asosan, internet orqali amalga oshirilayotgan tahdidlar, yoshlar ongiga salbiy ta’sir etayotgan buzg‘unchi g‘oyalar va “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi madaniyatsizlikning salbiy oqibatlari aniq dalillar va hayotiy misollar asosida yoritilgan. Bunday tahdidlarga qarshi kurashish va yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish asoslari milliy va diniy jihatdan bayon qilingan. Shuningdek, buzg‘unchi g‘oyalarning asl qiyofasi hayotiy faktlar, savol-javoblar va psixologik testlar orqali batafsil ifodalangan.

Qo‘llanma o‘n bobdan iborat bo‘lib, sog‘lom e’tiqodga tahdid, jahon axborot tarmog‘idagi fitnalar huruji, bekorchilik va buzuqlik to‘rlari, ijtimoiy tarmoqlar tahdidlari, kiberterrorchilik, kompyuter o‘yinlari manqurtlik vositasi, axborot asri tahlikalari, virtual muloqot vositalari, texnika taraqqiyoti tahlikalari, axborot xurujidan himoya kabi global maummolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga bag‘ishlangan.

Kitobning har bir sahifasida kitobxonlarni haq yo‘lga boshlovchi, xalqimizning buyuk mutafakkirlari, olimu fuzalolarining dono fikrlari va millatimizga yot bo‘lgan illatlardan himoyalovchi, Internet tarmog‘i orqali xavf solayotgan tahdidlardan ogoh etuvchi qoidalar va ularga nisbatan munosabatlar o‘rin olgan. Har bir mavzuga real voqealarga asoslangan rangli tasvirlangan rasmlar, o‘tilgan mavzular yuzasidan savol va topshiriqlar, mustaqil ish mavzulari, foydalanish uchun tavsiya etiladigan manba va adabiyotlar berilgan.

Aydarbek Tulepovning “Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobi OTM talabalari, akademik litseylar va kollejlar o‘quvchilari, professor-murabbiylari uchun mo‘ljallangan yordamchi o‘quv qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Unda test savollarining va glossariyning mavjudligi esa yoshlar tabriyasi bilan shug‘ullanuvchilar uchun beminnat ko‘makchi vazifasini o‘taydi.




Download 2.45 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 2.45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV. O’quvchilarni rag’batlantirish

Download 2.45 Mb.