• Tuzuvchilar: O‘.Jo‘rayev
  • F.Amonova
  • Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev
  • Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.
  • “Ta’lim muassasalari sinf rahbari to‘g‘risidagi Nizom”
  • Tarbiyaviy soat




    Download 0.62 Mb.
    bet1/54
    Sana12.05.2022
    Hajmi0.62 Mb.
    #20950
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
    Bog'liq
    Tarbiyaviy soat
    monoton 2



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
    RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
    Umumta’lim maktablarida
    Tarbiyaviy soat” mashg’ulotlarini tashkil etish bo‘yicha o‘quv-mavzu reja, o‘quv dasturi hamda metodik qo‘llanma
    (sinf rahbarlari uchun)

    Toshkent - 2018


    Tuzuvchilar: O‘.Jo‘rayev–Respublika Ta’lim markazi bo‘lim
    boshlig‘i


    T.Tog‘ayqulov–Toshkent viloyati xalq ta’limi
    xodimlarini qayta tayyorlash va ularning
    malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy-
    iqtisodiy fanlar” kafedrasi katta
    o‘qituvchisi.


    F.Amonova–Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani
    248-umumiy o‘rta ta’lim maktabining
    “Tarix” fani o‘qituvchisi.
    Taqrizchi:
    SH.Jumayev– Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi mudiri.

    Tushuntirish xati

    Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.


    Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi


    187-sonli Qarori e’lon qilindi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmunan qayta ko‘rib chiqilib, kompetensiyaviy yondashuv asosida amalga oshirilishi bеlgilandi.
    Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi
    19-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalari sinf rahbari to‘g‘risidagi Nizom” asosida tashkil etiladi.
    Mazkur dastur va metodik qo‘llanma yuqorida nomlari keltirilgan ta’limga oid huquqiy va me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga asoslangan.

    Download 0.62 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




    Download 0.62 Mb.