• Islom Karimovning
  • Shanxay Hamkorlik tashkiloti
  • Tarix fani O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari




    Download 255.69 Kb.
    bet1/3
    Sana24.12.2019
    Hajmi255.69 Kb.
      1   2   3
    Tarix fani O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari Ta’lim bosqichi Bitiruvchilar Standart darajasi Daraja nomlanishi O‘rta ta’lim Tarix fani chuqurlashtirilib o‘rganilmaydigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari В1 Tarix fanini o‘rganishning tayanch darajasi davom ettiriladi (XX asr boshlaridan hozirgi kungacha bo‘lgan davr). Tarix fanini o‘rganishning umumiy darajasi. Tarix fani chuqurlashtirilib o‘rganiladigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari В1 Tarix fanini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi. Tarix o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: O‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;
    Xalq - bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi.
    o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish; o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir. O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning vazifalari: O‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish; ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish; o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat. Tarix fani bo‘yicha o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari 1. Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi: B1 tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi; O‘zbekiston va jahon tarixining XX asr boshlaridan bugungi kunga qadar bo‘lgan insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi; Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;
    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
    O‘zbekiston davlatining tinchlikni asrash siyosati, tashqi siyosiy faoliyati haqida ma’lumot bera oladi; o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi; davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi;
    Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.
    mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan mutafakkirlar nomlarining tiklanishi haqida ma’lumot bera oladi; tarixiy voqealar natijasi yuzasidan munosabat bildiradi, umumlashtiradi, bayon qiladi va xulosa chiqaradi; B1 O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan bugungi kunga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi; tarixning davrlarini taqqoslay oladi, tahlil qiladi, baholaydi va xulosa qiladi, yozma ma’lumot bera oldi; voqea va jarayonlarni tarixiy davr nuqtayi nazaridan tahlil qiladi, baho beradi, xulosa chiqaradi, munosabat bildiradi. davlatlarning tashkil topishi, davlat shakli, davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy jarayonlar, ichki va tashqi munosabatlar, harbiy salohiyat, insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida yozma ma’lumot bera oladi; tarix fanidan olgan bilimlarini boshqa fanlar bilan bog‘lay oladi. 2.Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi: B1 XX asr boshlaridan bugungi kungacha kechgan tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi; tarixiy jarayon va voqealar haqida ma’lumot berishda qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi; tarixiy-badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalarida berilayotgan ma’lumotlardan foydalanishda va ularga munosabat bildirishda axborot madaniyatiga rioya qiladi.
    Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)
    Asar (arab. - iz, qodsiq) - 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli.
    B1 tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganadi, mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar to‘play oladi, xulosalar chiqaradi, baholaydi, mustaqil fikr bildiradi; mavzu yuzasidan tarixiy adabiyotlarni mustaqil tanlay oladi, mustaqil ishlar va taqdimotlar tayyorlay oladi; o‘z oilasining shajarasini tuza oladi. O‘RTA TA’LIMNING TARIX FANIDAN O‘QUV DASTURI (10-11-SINF) UQTIRISH XATI O‘zbekiston milliy davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin ta’lim davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylanib, ushbu sohada tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. O‘zbekiston tarixini o‘rganish bu boradagi markaziy sohani egallaydi. Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. O‘z avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabi, o‘zi tug‘ilib, voyaga yetgan Vatani tarixini bilishga intilish har bir sog‘lom fikrli insonga xos fazilatdir. Shuning uchun ham o‘zlikni anglash, avvalo, tarixni bilishdan boshlanadi. Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson, haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa, kelajakni yaratib bo‘lmaydi. Shu ma’noda tarix fani o‘zining oldiga quyidagi maqsad vazifalarni qo‘yadi: o‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash; o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish; o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir. Tarix fanini o‘qitish esa, quyidagi vazifalar orqali amalga oshiriladi: ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish; o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining V-IX sinflarida O‘zbekiston va jahon tarixining qadimgi zamonlaridan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davri o‘rganishni taqozo etadi. Tarixiy hodisalar va voqealarni o‘rganishga qo‘yilgan talablar (V-IX sinflar) o‘quvchilarning yoshi, bilim saviyasi, ruhiy xususiyatlari, jismoniy rivojlanishi darajalariga mos bo‘lishi lozim. Shunga muvofiq tarzda o‘quv fani uch yo‘nalishni tashkil etadi. Jahon tarixi, O‘zbekiston tarixi, Dunyo dinlari tarixi. 5-sinfda (68 soat) tarix fan sifatida o‘rganilmay, qisman tarixiy tasavvur hamda eng sodda tushunchalarni egallash bilan cheklaniladi. 6-sinf tarix (68 soat) o‘quv fani asosiy predmet sifatida o‘rganiladi. Bunda eng qadimgi davrlardan milodning V asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrdagi jahon va O‘zbekiston tarixi o‘rganiladi. 7-sinf O‘zbekiston tarixi (51 soat) – mamlakatimiz tarixining V asridan XVI asrgacha bo‘lgan davrini qamrab oladi. 7-sinf Jahon tarixi (51 soat) – dunyo xalqlari tarixining V asridan XVI asrigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi. 8-sinf O‘zbekiston tarixi (34 soat)da – tariximizning XVI asrdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi. 8-sinf Jahon tarixi (34 soat)da esa, XVI asrdan XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan davr o‘rganiladi. 8-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) da eng qadimgi davrdan XX asrgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. 9-sinf O‘zbekiston tarixi (34 soat) – mamlakatimiz tarixining XIX asrning ikkinchi yarmidan 1918-yilgacha bo‘lgan davri bilan tanishtiradi. 9-sinf Jahon tarixi (34 soat) XIX asrning 70-yillaridan XX asrning 1918-yillarini o‘z ichiga oladi. 9-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) jahon dinlari, globallashuv sharoitida inson ongi va tafakkuri uchun kurash, din niqobidagi terrorchilik harakatlari, ularning maqsad-vazifalarini yorituvchi materiallarni o‘z ichiga oladi.
    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
    Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan.
    10-sinf O’zbekiston tarixi (34 soat) – mamlakatimizning 1918-yildan 1991-yilgacha bolgan davri voqelikliklari bilan tanishish va o’rganishga bag’ishlanadi. 10-sinf Jahon tarixi (34 soat) – 1918-yildan 1991-yilgacha bo’lgan davrdagi dunyo xalqlari ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotini o’rganadi. 10-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) – fan va din munosabatlari, jahon dinlari, tasavvuf va uning tariqatlari, din va “ommaviy madaniyat”, ksenofobiya va din kabi masalalarini o’rganadi. 11-sinf O’zbekiston tarixi (34 soat) – 1991-yildan hozirgi kungacha bo’lgan davrda amalga oshirilgan siyosiy islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotni o’z ichiga qamrab oladi. 11-sinf Jahon tarixi (34 soat) – 1991-yildan bugungi kungacha dunyo mamlakatlari tarixiy taraqqiyoti va global voqeliklarni o’rganadi. 11-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) – dunyo dinlari tarixi, dinshunoslikdagi zamonaviy tendentsiyalar, davlat va din munosabatlari, jahon dinlari manbalari, tariqatchilik, din va madaniyat, diniy an’ana va marosimlar kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Dastur – mavzularini o‘rganish uchun ajratilgan soatlar miqdori o‘qituvchi ixtiyoriga ko‘ra, maktab metod birlashmasi va viloyat (shahar, tuman) xalq ta’limi boshqarmasi bilan kelishilgan holda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Tarix fani chuqur o‘qitiladigan sinflarda mazkur dasturda berilgan mavzular kengaytirib o‘qitiladi. Eng yangi davr tarixini o‘rganish umumta’lim maktablari (V-IX sinflar) vazifasiga kirmaydi. Uni izchillikda o‘rganish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlarida davom ettiriladi. Tarix ta’limida o‘quvchilar nimani bilishlari, nimani mustaqil o‘qib olishlari, qanday muammolarni o‘rganishlari muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar tarixiy hodisalarning mazmunini bilishdan tashqari, tarixiy voqealarni bir-biri bilan taqqoslay olishlari, mustaqil fikr yuritib, ularga baho berishlari, voqealar mohiyatini tushuntira olishlari, yozma ifodalay olishlari zarur. Birinchi darajali voqealardan ikkinchi darajalisini farqlay olishlari, ularni ijtimoiy tahlil qilib, xulosalar chiqara olishlari zarur. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tarix fanini o‘rganishning asosiy maqsadi: tarixni o‘rganish orqali tarixiy tafakkurni shakllantirish, o‘zlikni anglash, ma’naviy bo‘shliqlarni oldini olish; Vatan, millat taqdiri uchun ma’suliyat, daxldorlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat hissini shakllashtirish va rivojlantirish; mamlakatimiz tarixi jahon tarixining bir bo‘lagi ekanligini anglash orqali, buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlaridan axloqiy tarbiya va ibrat olishni o‘rganish. O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tarix fanini o‘rganishning asosiy vazifalari: Tarixiy voqea va hodisalar asosida “Tarix – xalq ma’naviyatining asosi” ekanligini singdirish; har bir xalq o‘z tarixini turli ta’sir va tajovuzlardan asrashi kerakligini singdirib borish; tarixiy xotirasiz kelajak yo‘qligini tushuntirish; ta’lim-tarbiya jarayonida tayanch kompetensiyalar – kommunikativ kompetensiya, axborotlar bilan ishlash, o‘z o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi va tarix fani mazmuniga oid tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish, tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kabi fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi. I. TK-tayanch kompetensiya TK1-kommunikativ kompetensiya TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi II. FK-fanga oid kompetensiyalar 1.FK1- Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi: 2. FK2- Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi. 11-SINF. O’ZBEKISTON TARIXI. DASTUR MAZMUNI (B1 34 soat, B1 68 soat ) (o‘quv-yilining birinchi yarim-yilligida bir soat, ikkinchi yarim-yilligida ikki soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar tizimi. B1, B1 Kommunikativ kompetensiya: o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, davr bilan dialogga kirishish, ilmiy muloqotni tashkil etish; ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish; muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z nuqtai nazarini asoslash, himoya qilish va jamoaviy qarorlar qabul qilish; muloqot jarayonida o’zining his-tuyg’ularini boshqarish, nizoli vaziyatlarda konstruktiv qarorlar qabul qilish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: axborotlarni mustaqil izlab topish, tahlil etish, qiyoslash va xulosa chiqarish; axborot manbalaridan samarali va oqilona foydalanish, hujjatlar ustida ishlash; axborot iste’moli madaniyatini egallash, axborot xavfsizligini ta’minlash va axborot xurujlariga qarshi kurashish. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish; o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, o’z-o‘zini nazorat qilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish; o’z ustida mustaqil ishlash va ijodiy-izlanishga doir faoliyatni tashkil etish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: jamiyatdagi voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish; voqea-hodisalarga nisbatan ogohlik va hushyorlik bilan munosabatda bo’lish, tashabbus ko’rsatish; o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish. Milliy va umummadaniy kompetensiya: kompetensiya Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, amaily faoliyatda foydalanish va yaratish; orasta kiyinish, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish, aksiologik fikrlash, aksilogoik yo’nalganlik va qadriyatli munosabatni o’z-o’zida qaror toptirish; o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, ta’lim muassasasida va jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish. 1-mavzu. Kirish. (B1 1 soat; B1 1 soat) O‘zbekistonning eng yangi tarixi ilmiy fan sifatida. Eng yangi tarix tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari, O‘zbekistonning eng yangi tarixining mazmuni, farqli belgilari va asosiy yondoshuvlari. Tarixiy o‘tmishni idrok etishdagi davlat rahbari ko‘rsatib bergan yangicha baholash. I BOB. O‘ZBEKISTON DAVLAT MUSTAQILLIGINING QO‘LGA KIRITILISHI (B1 2 soat, B1 5 soat ) 2-mavzu. Mustaqillikka erishishning shart-sharoitlari va omillari (B1 1 soat; B1 3 soat). Islom Karimovning respublika rahbari sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtiroki va uning xalq tomonidan etirof etilishi. Mustaqillik elon qilinishi arafasida Respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar, vujudga kelgan ziddiyatli va murakkab vaziyatdan chiqish uchun olib borilgan amaliy chora-tadbirlar. O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi. Prezidentlik institutining tashkil qilinishi. Islom Karimovning Respublika Prezidenti bo‘lib saylanishi.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
    Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri - 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri) - davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994).
    Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi. Mamlakat istiqloli taraqqiyoti yo‘lining tanlab olinishi. 3-mavzu. Mustaqil davlat asoslarining yaratilishi va mustahkamlanishi (B1 1 soat; B1 2 soat). Mustaqillik - o‘zbek xalqining azaliy orzu-intilishi natijasi ekanligi. Sotsialistik lagerning yemirilishi, totalitar tuzumning inqirozi natijasida yangi mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishi. O‘zbekiston davlat suverenitetining elon qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining umumxalq tomonidan maqullanishi. O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li. O‘zbekiston mustaqilligi huquqiy asosining yaratilishi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi. Konstitutsiyaning tub mohiyati, g‘oyasi va uning asosiy qomus tarzda yaratilish tarixi. Davlat ramzlarining qabul qilinishi. Xuquqiy davlat tizimining yaratilishi. II BOB. O‘ZBEKISTONDA SIYOSIY ISLOHOTLARNING BOSHLANISHI VA MILLIY DEMOKRATIK DAVLAT BOSHQARUVI HAMDA FUQAROLIK JAMIYATINING SHAKLLANISHI (B1 5 soat, B1 10 soat) 4-mavzu. O‘zbekistonda demokratik tamoyillar asosida milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi (B1 1 soat; B1 2 soat). XX asrning so‘nggi o‘n-yilligi jahon tarixida, ijtimoiy dunyoqarashda, jahon hamjamiyatining geografik-siyosiy tuzilishida tub o‘zgarishlar davri ekanligi. O‘zbekistonda siyosiy islohotlarning boshlanishi. Ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi, jamoat tashkilotlari va ularning faoliyati. Davlat hokimiyatining tashkil etilishi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati – davlatning uchta asosiy tayanchi ekanligi.
    Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tashkil etilishi. Mahalliy vakillik organlariga ochiq demokratik saylovlar o‘tkazilishi. Ikki palatali parlament. O‘zbekistonda o‘z-o‘zini boshqarish ijtimoiy instituti. Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarining shakllanishi va faoliyati. 5-mavzu. O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi (B1 1 soat; B1 2 soat). Qonun ustuvorligi, huquqiy fuqarolik jamiyati “o‘zbek modeli”ning asosiy tamoyillaridan biri. Demokratik jarayonlarning yanada chuqurlashuvi. Ko‘p partiyaviylik. Siyosiy partiyalarning tashkil etilishi va faoliyati. Soxta demokratlarga qarshi kurash. Yangi qonunchilikning asosiy yo‘nalishlari. Qonunchilikning liberalashtirilishi. O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarining yaratilishi. Hokimiyatning uchinchi, mustaqil va qaram bo‘lmagan tarmog‘i sifatida butun odil sud tizimini demokratlashtirish - huquqiy davlatni mustahkamlashning muhim yo‘nalishi ekanligi. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini isloh qilish – siyosiy tizimni isloh qilishning muhim ustuvor yo‘nalishi ekanligi. 6-mavzu. O‘zbekistonda xavfsizlik va barqarorlik tizimining shakllanishi va rivojlanishi (B1 2 soat; B1 4 soat). Konstitutsiya xavfsizlik va barqarorlikning kafolati. Barqaror rivojlanish tushunchasi. Xavfsizlik tizimining asosiy elementlari. Zamonaviy tahdidlar. Milliy xavfsizlik va davlat chegaralari daxlsizligini taminlash zaruriyati. O‘zbekiston Qurolli kuchlar va chegara qo‘shinlarining tashkil etilishi. Milliy xavfsizlik va davlat mudofaa qobiliyatining mustahkamlanishi borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar. Ichki Ishlar Vazirligi va Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi tizimidagi islohotlar. Mintaqaviy xavfsizlik muammolari. O‘zbekiston va global xalqaro xavfsizlik tizimi. Axborot xavfsizligi. O‘zbekistonning MDH, Shanxay Hamkorlik tashkiloti, AQSH va NATO bilan mintaqaviy xavfsizlikni taminlash borasida o‘zaro hamkorligi.
    Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
    Shanxay hamkorlik tashkiloti(SHHT) - mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning Shanxay shaxrida 6 mamlakat - Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (2001 y. 15 iyun)
    7-mavzu. Takrorlash (B1 1 soat; B1 2 soat). III BOB. O‘ZBEKISTONDA MUSTAQILLIK-yilLARIDA AMALGA OSHIRILGAN IQTISODIY O‘ZGARISHLARNING MOHIYATI VA BOSQICHLARI (B1 6 soat, B1 12 soat) 8-mavzu. O‘zbekistonda bozor munosabatlarga o‘tish muammolari va ularning hal etilishi (B1 1 soat; B1 2 soat). O‘zbekistonning iqtisodda mamuriy-boshqaruv tizimidan voz kechishi va bozor iqtisodiga o‘tishning birlamchi sharoitlari, uning xususiyatlari. Bozor iqtisodiga o‘tishning asosiy tamoyillari. O‘zbekistonning o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish yo‘lini tanlashi. Islom Karimovning iqtisodiy tizimni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish strategiyasini ishlab chiqishdagi roli. Rivojlanishning “o‘zbek modeli” va uning dunyo tomonidan tan olinishi. 9-mavzu. Tarkibiy iqtisodiy o‘zgarishlarning dastlabki bosqichi (B1 1 soat; B1 2 soat). Dastlabki bosqichdagi milliy iqtisodiy siyosatning ustuvor maqsadlari va asosiy yo‘nalishlari. Bozor islohotlarining huquqiy bazasini yaratish jarayonlari. Bozor iqtisodi talablariga javob beradigan yangi tizimning yaratilishi va ichki bozorni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan inqirozga qarshi choralar. Institutsional o‘zgarishlar. Milliy moliya-bank tizimining shakllanishi. Ko‘p ukladli iqtisodiyotning vujudga kelishi. Agrar sohadagi iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi. Dastlabki bosqichdagi tarkibiy iqtisodiy islohotlarning asosiy natijalari. 10-mavzu. Bozor iqtisodiyoti institutlarining mustahkamlanishi va rivojlanishi. Mulkdorlar sinfining shakllanishi (B1 1 soat; B1 2 soat). Ikkinchi bosqichdagi iqtisodiy islohotlarning vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari. Xususiylashtirish jarayonining chuqurlashuvi va raqobatbardosh muhitning shakllanishi, ko‘chmas mulk va qimmatbaho qog‘ozlar bozorining yaratilishi, haqiqiy mulkdorlar qatlamining kengayishi. Makroiqtisodiy barqarorlikning taminlanishi. Milliy valyutaning joriy qilinishi va pul muomalasini mustahkamlash choralari. Soliq tizimini takomillashtirish, xom-ashyo, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish strategiyasi. Respublika eksport salohiyatining kengaytirilishi. 11-mavzu. Iqtisodiy sohani tarkibiy liberallashtirish (B1 1 soat; B1 2 soat). Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning yangi bosqichi. Iqtisodiy sohani liberallashtirish mafkurasi. Institutsional yangilanish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha davlat tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar. Xususiy-lashtirishning yangi bosqichi. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish. Xususiy mulkdorlikni kengaytirish, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va bozor infratuzilmasini shakllantirish bilan bog‘liq islohotlarning yanada chuqurlashtirilishi (“Xususiylashtirish, demonopoliya va raqobatni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, 2012 y.-noyabr). Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishning yangi bosqichi. Fermerlikning kelgusidagi rivojlanishida yangi imkoniyatlar. Valyuta siyosatidagi o‘zgarishlar. Soliq va byudjet sohasidagi islohotlar. 12-mavzu. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (B1 1 soat; B1 2 soat). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. Aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. 13-mavzu. Takrorlash (B1 1 soat; B1 2 soat) IV BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IJTIMOIY SIYOSATINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI (B1 2 soat, B1 4 soat) 14-mavzu. Mustaqillikning dastlabki-yillarida aholining ijtimoiy ahvoli va kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi (B1 1 soat; B1 2 soat) Aholining kam taminlagan qatlamini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika rahbariyati tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar. Kuchli ijtimoiy siyosatning xususiyatlari va ustuvor yo‘nalishlari. Davlatning sog‘liqni saqlash, talim, madaniyat va sanat, ilm-fan sohalarini barqaror rivojlanishini taminlashdagi roli. Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish va mahalla institutlarining ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishdagi roli va o‘rni. 15-mavzu. Mustaqillikning dastabki-yillarida aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat ijtimoiy siyosatining asosiy bosqichlari (B1 1 soat; B1 2 soat) Birinchi bosqich (1991-1994-yillar), yangi tizimning institutsional asoslarining yaratilishi (mehnat birjalari va h.k.). Aholi daromadining va birinchi navbatda asosiy oziq-ovqat

    Download 255.69 Kb.
      1   2   3




    Download 255.69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarix fani O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari

    Download 255.69 Kb.