Tarjimai hol




Download 12.31 Kb.
Sana10.04.2017
Hajmi12.31 Kb.
#4389

TARJIMAI HOL

Yashobod tumanidagi 307-DIUM mehnat va kasb ta’lim o’qituvchisi Avezmuratova Nigora Xayitbayevna 1968yil 18 avgustda Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumanida ishchi oilasida tugilgan. 1975 yilda Qo’shko’pir tumanidagi 21- o’rta ta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilinib, 1985 yilda shu maktabni a’lo baholar bilan tugatgan. 1987 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Muallimlar Oliygohiga qabul qilingan. 1993- yillarda Nizomiy Toshkent Davlat Muallimlar Oliygohini Mehnat va kasb ta’limi fani o’qituvchisi mutaxasisligi bo’yisha bitirdi. 1993 -1994 yillarda Toshkent shahar Shayhontoxhur tumanidagi 310- o’rta maktabda mehnat o’qituvchisi bo’lib ishlagan. 1994-2003 yillarda Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 307-maktabda rasm, mehnat va shizmachilik o’qituvchisi bo’lib ishladi. 2004-2006 yillarda Toshkent Axborot Texnologiyalar Universitetida kotiba vazifasida ishladi. 2013 yildan Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 307-DIUMning mehnat o’qituvshisi bo’lib ishlab kelmoqda.

Avezmuratova Nigora Xayitbayevna o’qituvchilar o’rtasida tuman “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik –tanlovida sovrinli 1-o’rinni egalladi.

Avezmuratova Nigora Xayitbayevna mamlakatimizda yosh avlodni intellectual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni Vatanga muhabbat, istiqlol goyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga qo’shgan salmoqli hissasi, ta’lim tarbiya tizimidagi ko’p yillik samarali mehnati, yoshlarga ilm-fan asoslarini va zamonaviy kasb hunarlarni o’rgatishdagi fidoyiligi bilan jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Avezmuratova Nigora Xayitbayevna oilali, 3 nafar farzandning onasi. Turmush o’rtogi Jabborov Shuhrat Yuldashevich Toshkent Axborot Texnologiyalar Universitetida katta o’qituvshi vazifasida ishlaydi. Qizi Yuidosheva Shahnoza Shuhrat qizi Toshkent Axvorot Texnologiyalar Universitetida magistratura 1-bosqich magistratura talabasi, Yoldosheva Dilnoza Shuhratovna Toshkent Aloqa kasb-hunar kolleji 3-bosqich o’quvchisi. O’glim Yoldoshev Hayotbek Shuhratovich Yashobod tumanidagi 307-DIUMning 5-sinf o’quvchisi.

Avezmyratova Nigora Xayitbayevna ishga ma’suliyat bilan yondashishni, o’ylab mulohaza bilan ish yuritishni, kimningdir



ogirini engil qilishni, imkon qadar yordam qo’lini cho’zishni yaxshi ko’radi.

Orzulari – xalq ta’limi tizimiga yanada o’z hissasini qo’shish, hamda oilasi va bolalari kamolini ko’rish.

Download 12.31 Kb.




Download 12.31 Kb.