Tartib raqam Sinf




Download 1.63 Mb.
bet2/17
Sana29.12.2019
Hajmi1.63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

Mavzu: Xаlq hunаrmаndlаri tоmоnidаn ekspоrt vа ichki bоzоr uchun ishlаb chiqаrilаyotgаn mаhsulоtlаr.

Darsning maqsadi:

Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga xаlq hunаrmаndlаri tоmоnidаn ekspоrt vа ichki bоzоr uchun ishlаb chiqаrilаyotgаn mаhsulоtlаr haqida ma’lumotlar berish.

Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida xаlq hunаrmаndlаri tоmоnidаn ekspоrt vа ichki bоzоr uchun ishlаb chiqаrilаyotgаn mаhsulоtlаr haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.

Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.

Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.

Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.

Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

II dars: Xalq hunarmandlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “O‘zbekistonda ijtimoiy- iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” mavzuidagi xalqaro konferensiya dasturi turli tadbirlarga boy bo‘lib, u jahonning o‘nlab davlatlaridan tashrif buyurgan ishbilarmon doira vakillari, xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari, iqtisodchi olim va mutaxassislar uchun yurtimiz erishgan yutuqlar bilan yaqindan tanishish imkonini yaratmoqda. Toshkent mustaqillik yillarida dunyoga yirik sanoat markazlaridan biri sifatida tanildi. Qariyb 120 ta davlat bilan tashqi iqtisodiy aloqalar olib bormoqda. Bu borada Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan 110 ta yirik sanoat korxonasidan tashqari, 38 mingdan ortiq kichik biznes subyektlari samarali faoliyat ko‘rsatayapti. Har yili ko‘plab yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshirilishi evaziga mahsulot tayyorlash hajmi muttasil oshmoqda. 2012 yilning birinchi yarmida yalpi hududiy mahsulot 11,9 foizga o‘sib, unda kichik biznesning ulushi 57,1 foizni tashkil qildi. Tayyorlangan sanoat va xalq iste’moli mollarining esa 92 foizi nodavlat sektor ulushiga to‘g‘ri keldi. Ta’kidlash kerakki, xususiy sektor vakillari, asosan, sanoatning murakkab texnologiyalar talab etiladigan tarmoqlariga qo‘l urib, ichki bozorni import o‘rnini bosuvchi uy-ro‘zg‘or buyumlari, maishiy texnikalar, avtomobil ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlari, zamonaviy qurilish materiallari, to‘qimachilik va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlayapti hamda yuqori malakali tibbiy va servis xizmatlari ko‘rsatib kelmoqda. Kichik

korxonalar tomonidan joriy yilning birinchi yarmida 563,6 million AQSH dollarlik mahsulot eksport qilingani buning yaqqol tasdig‘idir. Poytaxtimizdagi “Uztex Tashkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Uztex” kompaniyalari guruhidagi taroqli va kardli dastgohlarda yigirilgan ip ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonadir. Bundan tashqari, tizimdagi “Uztex Chirchiq” hamda “Eurotex Tashkent” korxonalari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularda yuqori sifatli trikotaj mato va kiyim-kechaklar tayyorlanadi. Bunday mahsulotlarga tashqi bozorda talab yuqori. Ularning asosiy qismi eksportga yo‘naltiriladi. Bugungi kunda “O‘zbekengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida 270 dan ziyod korxonalar faoliyat ko‘rsatayapti. Ular tomonidan iste’molchilarning talab va taklifi asosida ishlab chiqarilayotgan 600 xil rang, 20 dan ko‘proq nomdagi kiyim-kechaklar dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida o‘z xaridorlariga ega. Agar 2000 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 30 foizi kichik biznes sub'ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2012 yil yakuniga kelib ushbu ko‘rsatkich 54,6 foizga yetdi. Uning sanoatdagi ulushi esa 22,2 foizni tashkil etdi. Eksport hajmining o‘sishi 11,6 foizga ta'minlanib, kichik biznesdagi uning ulushi 15,8 foizga yetdi. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi va O‘zbekiston xalq ustalari, hunarmandlari va musavvirlari “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida “O‘zbekistonda hunarmandchilikni rivojlantirishning huquqiy asoslari: muammo va yechimlar” masalalarini hal etilib kelinmoqda. Uyushma tarkibiga 22 ming nafar hunarmand birikkan bo‘lib, ular respublikamizning barcha hududlarida 25 yo‘nalishda 1000 dan ziyod mahsulot turlarini

ishlab chiqarmoqdalar. Xalq ustalari va hunarmandlarining faoliyati tahlil qilinar ekan, joylarda hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasini tashkil etish, yoshlarga avloddan avlodga o‘tib kelayotgan milliy hunarlarni o‘rgatish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va milliy bozorni hunarmadchilik mahsulotlari bilan ta’minlash yo‘lida samarali ishlarni olib borilayotganligi ta’kidlandi.“Hunarmand” uyushmalari tomonidan turli tanlov va ko‘rgazmalarda bir qator xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini ishlab chiqarib ularni keng xalq ommasiga havola qilish bilan birgalikda, ma’lum miqdorda xalqning hunarmandchilik buyumlariga bo‘lgan ehtiyojlarini ham qondirmoqdalar. Bu buyumlarga quyidagilarni kiritish mumkin. Yog‘och oymakorligi - insondan nozik did, qunt va sabr-toqat talab etadi. Mohir ustalar mamlakatimizda tarixiy obidalarni ta’mirlash va tiklash, yangi barpo etilayotgan imoratlarni milliy me’morchilik an’analari ruhida bezatish ishlariga ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Mohir ustalar va ularning shogirdlari tomonidan yasalgan eshik va ustunlar, ayvon va toqilarga ishlangan naqshlar ko‘plab zamonaviy bino va inshootlarga katta ko‘rk, milliy ruh bag‘ishlab turibdi. Xalq hunarmandchiligiga oid naqshlarni, ganch oymakorligi, kashta va gilamlarda uchraydigan lolagul, bodom, qalampir nusxalarini yog‘ochga muhrlanib ko‘rgazmalarda namoyish etilmoqda. Kashtachilik buyumlari yoshlarni mehnatga, sabr-toqatga, go‘zallik yaratishga da’vat qiladigan hunar hisoblanadi. Ko‘rgazmalarda dastro‘moldan tortib choyshabgacha, turli-tuman kashtachilik buyumlarini uchratish mumkin. Hatto festivalva ko‘rgazmalarga atab maxsus to‘qilgan so‘zanada yurtimiz kengliklari, Vatanimiz timsollari, milliy naqshlar ichida tasvirlangani barchani lol qoldiradi. Unda goyo yurtimizning tinchligi, gullab-yashnayotgani, milliy qadriyatlar ulug‘lanayotgani aks ettirilganday edi. Kashtachilik naqshlarining asosida har xil gul elementlari, geometrik bezaklar, qora, to‘q qizil, ko‘k, yashil, sariq, oq ranglar did bilan uyg‘unlashtirilib to‘qilgan bo‘lib, o‘ziga xos go‘zallik kasb etgan. Turli naqshli palak, choyshab, kelinchak yopinchiqlari, dasturxon, parda, dastro‘mol, nimcha, koylak va so‘zanalar an’anaviy badiiy san’atning go‘zal namunasi bo‘lib, qadimiy qadriyatlarimizni aks ettirib turardi.

Har yili o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarda ko‘plab usta-hunarmandlarning ganchkorlik, naqqoshlik, yog‘och oymakorligi, kulolchilik, matoga gul chizish, zargarlik, savatchilik. gilamchilik kabi ishlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan. Shuningdek, turli sopol va chinni ko‘zachalar, naqshinkor qumg‘onlaru, atlas-adras koylak, chopon-do‘ppi kiygan milliy qo‘g‘irchoqlar ko‘zni quvontiradi. O‘zbek xonadon xo‘jaligining (tomorqa, issiqxona, dehqon xo‘jaligi, uy hunarmandligi turlarida) o‘z iste’molidan ortiqcha mahsulotlarning (go‘sht, sut, tuxum, kartoshka, sabzi va boshqalar) yoki xonadon daromadini oshirish maqsadida faqat bozor uchun ishlab chiqariladigan (beshikchilik, gulchilik, zardo‘zlik, nonvoylik, qandolatchilik va boshqalar) tovarlarning umumdavlat hisobotini yuritish, shu orqali mamlakat miqyosida yalpi ichki mahsulotning real hajmini aniqlash, aholi farovonlik darajasini to‘liqroq baholash mumkinligini tashkil etilayotgan ko‘rgazma va festivallarda yaqqol sezilmoqda.


  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Mustahkamlash uchun savollar:

1. Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan yirik sanoat korxonasi va kichik biznes subyektlarining faoliyatni izohlab bering.

2. Respublikamizda eksport hajmi qanay oshib bormoqda?

3. Xalq ustalari va hunarmandlarining faoliyati tahlil qilib bering.

4. “Hunarmand” uyushmalari tomonidan turli tanlov va ko‘rgazmalarda qanday xalq hunarmandchik mahsulotlarini ishlab chiqarilmoqda?

V.Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Kasbga yo‘llash xonasini tartibga keltirish.


  1. Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.



Tartib raqam

Sinf

Sana

O‘TIBDO‘

(Imzo)


1








______________

2







3







4







5







DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

MAVZU: ХАLQ HUNАRMАNDCHILIGIDА FОYDАLАNILАYOTGАN NОDIR MАTЕRIАLLАR, АSBОB-USKUNАLАR.

TAYANCH SO’ZLAR: Gigiyena, tikuv mashinasi, xavfsizlik qoidalari, jihozlar.

MAVZUNING QISQACHA TA’RIFI:

Amaliy, nazariy o’rganish va amalda qo’llay bilish, Qoidalar, atamalar, tushunchalarni yodlash



O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI:

Metod: interfaol.

Shakl: nazariy, amaliy.

Vositalar:Tikuv mashinasi va qurollari, o’lchov asboblari, kompyuter, proektor, ekran, plakat, tarqatma material, test savollari.

Baholash: reyting ball.

DARS AMALIYOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI:

MAQSADLAR:

Ta’limiy: Mavzuni o’rgatish; dars jarayonida o’rganganlaridan foydalanib, mustaqil amalda bajarish ko’nikmasini hosil qilish.

Tarbiyaviy: Mavzu davomida o’quvchi fanga qiziqishini oshirish; boshqa fanga va hayotga bog’lash; ma’naviy, estetik tarbiya berish.

Rivojlantiruvchi: Mavzu orqali kasbga yo’naltirish. Test bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilish; erkin fikrlashga o’rgatish.



SHAKLLANTIRILAYOTGAN KOMPETENSIYALAR VA

AMALGA OSHIRISH USULI:

Tayanch kompetensiyalar:

  1. Kommunikativ kompetensiya

  2. Axborot bilan ishlash kompetensiyasi

  3. Shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi

  4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  5. Umummadaniy kompetensiyasi

  6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi

Fanga oid kompetensiyalar:

1._____________________________ _______

2._____________________________ _______

3._____________________________ _______

Amalga oshirish usullari:

Mal‘umotnoma, darslik,

lug‘at, jadval, ensiklopediya,

internetdan mavzuga oid axbo-rotni ola bilish interaktiv testlar,

didaktik materiallar b/n ishlash

Nutqda matematik terminlarni savodli qo‘llay olish.

Guruhlarda va juftliklarda ishlash.




DARS JARAYONI VA UNING BOSQICHLARI

ISHNING NOMI

BAJARILADIGAN ISH MAZMUNI

VAQT

1-bosqich: Tashkiliy qism

Salomlashish. Davomatni aniqlash. Ma’naviyat daqiqasi.

3 min

2-bosqich: Refleksiya. Extiyojlarni aniqlash.

Mavzuga ta’luqli lig’atlar.

6 min

3-bosqich: Yangi mavzu bayoni

Amaliy va nazariy tushuntirish, Test savollari. Slayd.

20 min

4-bosqich: Mustahkamlash

“Aqliy hujum”

11 min

5-bosqich: Baholash.

Dars yakuni.



Darsga faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish

3 min

6-bosqich: Uyga vazifa

Nazariy ma’lumotlarni yodlab, amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarish

2 min


Mavzu: Хаlq hunаrmаndchiligidа fоydаlаnilаyotgаn nоdir mаtеriаllаr,

аsbоb-uskunаlаr.

Darsning maqsadi:

Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga xаlq hunаrmаndchiligidа fоydаlаnilаyotgаn nоdir mаtеriаllаr, аsbоb-uskunаlаr haqida ma’lumotlar berish.

Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida xаlq hunаrmаndchiligidа fоydаlаnilаyotgаn nоdir mаtеriаllаr, аsbоb-uskunаlаr haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.

Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.

Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.

Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.

Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Xalq hunarmandchiligida ishlatiladigan materiallar va asbob-uskunalar.

Servis xizmati yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchilarga kashtachilik, zardo‘zlik hunarlari o‘rgatilishi e’tiborga olinadi. Quyida shu hunarlarni o‘rganishda kerak bo‘ladigan materiallar va asbob-uskunalar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kashtachilikda qo‘llaniladigan jihoz hamda moslamar. Kashta kiyimlar va buyumlarni bezashda katta ahamiyatga egadir. Kashta tikishni bilish orqali kiyimlarni yangilab olish, ko‘pgina kerakli buyumlarni: salfetkalar, panno, fartuk, yostiq jildlarini, yaqin kishilarga beradigan sovg‘alarni bezash va tayyorlash mumkin. Qo‘lda kashta tikish uchun juda oddiy asboblar kerak bo‘ladi. Bular: igna, angishvona, qaychi, santimetr tasmasi, o‘tkir uchli dukcha, gardish, bundan tashqari, millimetrlangan qog‘oz, kalka, ko‘chirish rangli qog‘ozi. Kashta tikish uchun cho‘ziqroq ko‘zli kalta (1 va 2 raqamli kashta tikadigan) ignalar kerak bo‘ladi. Ignalarning ko‘zi katta bo‘lsa, bir necha qavat ipni o‘tkazish oson bo‘ladi. Ipni o‘tkazish uchun sotuvdagi ignalar komplektidagi ip o‘tkazgichdan foydalanish mumkin. Buyumlarni biriktirib ko‘klash uchun 1 va 3 raqamli ignalarni ishlatish qulayroq. Kashta tikish jarayonida ignani gazlamadan o‘tkazish uchun angishvona kerak bo‘ladi. U barmoqqa igna kirishdan saqlaydi. Angishvona o‘ng qo‘lning o‘rta barmog‘iga taqiladi, uni barmoqning yo‘g‘onligiga qarab tanlanadi. Ishlash uchun uch xil qaychilar kerak bo‘ladi, ya’ni uchi ingichka kichkina qaychi – gazlamadagi ipni qirqish va tortib tashlash uchun; uchi qayrilgan o‘rtacha kattalikdagi qaychi – kashta tikayotganda ip uchini qirqish uchun; katta qaychi – gazlama va kalava iplarni qirqish uchun ishlatiladi. Qaychilar yaxshi charxlangan, tig‘larining uchi to‘la yopiladigan bo‘lishi kerak. Santimetr tasma tikish ishlarida buyum o‘lchamlarini aniqlashda, gazlamaga bezakni rejalashtirib joylashtirishda, kashta tikish ishlarini bajarishda foydalaniladi. Uchli dukcha (suyakdan, yog‘ochdan yoki plastmassadan tayyorlanadi) oq tekis chokli kashta tikishda teshikchalar hosil qilish uchun ishlatiladi (2-rasm). Dukcha diametri taxminan 5 mm, uzunligi 6-8 sm bo‘lishi lozim. Gardishlar gazlamani tarang tortib turish va deformasiyalanishdan saqlash uchun ishlatiladi. Gardishlar to‘g‘ri burchakli yoki doira shaklida bo‘ladi. Doira shaklidagi yog‘och gardish juda qulay. Gardishlar diametri 20-40 sm li ikkita gardishdan iborat bo‘lib, bir-birini ichiga tushib turadi. Hozirgi vaqtda turli-tuman gardishlar mavjud bo‘lib, ularga gazlamani kiydirishda maxsus burama joyidan foydalanish mumkin, ya’ni gardish buramasini bo‘shatib katta va kichik gardishlar ajratib olinadi, kichik gardishga gazlama tortilib katta gardishga kiydirladi va burama mahkamlanib qoyiladi. Millimetrli qog‘oz naqshlar, ayniqsa geometrik, sanama naqshlar tuzishda kerak bo‘ladi. Kashta gulini gazlamaga ko‘chirishga tayyorlashda kalka ishlatiladi. Gul avval asl nusxadan kalkaga, so‘ngra kalkadan gazlamaga ko‘chiriladi. Kashta gulni gazlamaga ko‘chirish uchun ko‘chirish rangli qog‘ozi ham ishlatiladi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Mustahkamlash uchun savollar:

1. Qo‘lda kashta tikish uchun qanday asboblar kerak bo‘ladi?

2. Kashta tikish uchun qanday ignalar tanlanadi va ulardan qanday foydalaniladi?

3. Kashta tikishda nima uchun qaychi turlaridan to‘g‘ri foydalanish talab etiladi?

4. Kashta tikishda uchli dukcha va gardishlardan foydalanish yo‘llarini aytib bering.




  1. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Kasbga yo‘llash xonasini tartibga keltirish.



Tartib raqam

Sinf

Sana

O‘TIBDO‘

(Imzo)


1








______________

2







3







4







5








Download 1.63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 1.63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tartib raqam Sinf

Download 1.63 Mb.