Tartib raqam Sinf




Download 1.63 Mb.
bet9/17
Sana29.12.2019
Hajmi1.63 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17


Mavzu: Gаzlаmаgа ishlоv bеrish tехnоlоgiyasi vа pаzаndаchilik аsоslаri yo‘nаlishlаridа ishlаb chiqаrish vа uning mоhiyati.

Darsning maqsadi:

Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga gаzlаmаgа ishlоv bеrish tехnоlоgiyasi vа pаzаndаchilik аsоslаri yo‘nаlishlаridа ishlаb chiqаrish vа uning mоhiyati haqida ma’lumotlar berish.

Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida gаzlаmаgа ishlоv bеrish tехnоlоgiyasi vа pаzаndаchilik аsоslаri yo‘nаlishlаridа ishlаb chiqаrish vа uning mоhiyati haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.

Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.

Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.

Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.

Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

I dars:Gazlamaga ishlov berish yo‘nalishlarida ishlab chiqarishi va uning mohiyati

Har qanday korxona - bu o‘ziga qarashli ishlab chiqarish vositalaridan foydalangan holda ishlab chiqarish jarayonlarini bajaruvchi jamoadir. Keyingi vaqtlarda tikuvchilik korxonalarini «firma» terminida qo‘llash uchrab turadi. Korxona va firma bir xil vazifani bajaradi. Korxona mahsulotni ishlab chiqarishda xuquqiy, texnikaviy, iqtisodiy xamda tashkiliy ishlarni bajaradi. Tikuvchilik sanoati korxonalaridagi ishlab chiqarish asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlariga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarishda xomashyo va materiallar ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulotga aylanadi. Asosiy ishlab chiqarish tsexlarida tsexlarning ixtisoslanganligiga ko‘ra xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining ma’lum bosqichi amalga oshiriladi. Asosiy ishlab chiqarish sexlariga: tajriba, tayyorlov, bichish, tikish va pardozlash tsexlari kiradi. Korxonaning asosiy ishlab chiqarish tsexlari uchun bug‘, issiq suv, elektr energiya, extiyoj qism, asbob-uskuna va moslamalar bilan ta’minlash, mashinalarni uzluksiz ishlash uchun ta’mirlash ishlarini yordamchi ishlab chiqarish sexlarida amalga oshiradi. Tikuvchilik ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichi tsexlarda ma’lum bir vazifani bajaradi. Korxonaning tayyorlov tsexida gazlamalar sifati va miqdori boyicha qabul qilinadi, ishni beto‘xtov borishini ta’minlash uchun ularning zahirasi tashkil etiladi, gazlamalar bichishga tayyorlanadi, hujjatlar rasmiylashtiriladi. Bichish tsexida buyum detallari bichiladi, ularni tikishga tayyorlanadi, komplektlanadi va bichiqlarni tikuv tsexiga uzatiladi. Tikuv tsexlarida detallarga ishlov beriladi, buyum bo‘laklari tayyorlanadi va tayyor maxsulotlar yig‘iladi. Tayyor mahsulotning sifatiga ta’sir etuvchi pardozlash ishlari pardozlash tsexida yoki tikuv tsexining pardozlash bo‘limida amalga oshiriladi. Tajriba tsexining asosiy vazifasi ishlab chiqarish uchun zamonaviy va sifatli modellarni tayyorlab berish, ya’ni modellarni konstruktiv va texnologik tayyorlash: andozalar tayyorlash va joylashmalarni bajarish, gazlama sarf meyorini aniqlash, buyum tikishning texnologik tartibini tuzish, model namunasini tikish, yangi modelga texnik hujjatlarini tuzish va ishlab chiqarishga tushirish hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ko‘pgina tikuvchilik korxonalarida texnologik jarayonlarni loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimlari qo‘llanilmoqda. Bunday tizimlardan foydalanish mehnat sharoitlarini yaxshilash, qo‘l mehnatini qisqartirish, bir qator ishlarni avtomatlashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish va ish kuchiga bo‘lgan extiyojni kamaytirishga imkoniyat yaratadi. Loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimlari kiyimni konstruktsiyalash, kiyimni modellashtirish, andozalar komplektini qurish, buyum andozalarini ko‘paytirish, andozalarni gazlamaga joylashtirish, konstruktorlik hujjatini ishlab chiqish, shuningdek, texnologik ma’lumotlarni tayyorlash, ya’ni tikuvchilik buyumlarini tayyorlash boyicha texnologik operatsiyalar ma’lumotnomasini ishlab chiqish, elektron meyoriy ma’lumotnomadan foydalanib sarf vaqti meyori va furnitura sarfi boyicha hisoblarni avtomatik bajarish, kiyim ishlab chiqarish j arayonining tashkiliy-texnologik tizimini avtomatik shakllantirish, alohida ishchilarni va korxonani ishlab chiqarish boyicha amaldagi ma’lumotlarni hisobga olish vazifasini bajaradi. Shuningdek, tikuvchilik sanoatida ishlab chiqarishning turli jarayonlarida operatsiyalarni bajaruvchi va xizmat qiluvchi robotlar va manipulyatorlar qo‘llanilmoqda. Ular yordamida tayyorlov tsexida ko‘tarish va tushirish operatsiyalari, bichish tsexida gazlama to‘shamalaridan detallarni qirqib olish, tikuvchilik tsexida mehnat predmetlarini ish o‘rinlariga tashish, berish va olish operatsiyalarini, belgilangan chiziq boyicha detallarni tikish va ularni taxlash operatsiyalari bajariladi. Bundan tashqari avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari ham qo‘llanilmoqda. O‘zbekiston respublikasining poytaxti Toshkent mustaqillik yillarida dunyoga yirik sanoat markazlaridan biri sifatida tanildi. Qariyb 120 ta davlat bilan tashqi iqtisodiy aloqalar olib borilayotgani shunday deyishimizga asosdir. Ayni paytda bu yerda 110 ta yirik sanoat korxonasidan tashqari, 38 mingdan ortiq kichik biznes subyektlari samarali faoliyat ko‘rsatayapti. Har yili ko‘plab yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshirilishi evaziga mahsulot tayyorlash hajmi muttasil oshmoqda. Poytaxtimizdagi “Uztex Tashkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Uztex” kompaniyalari guruhidagi taroqli va kardli dastgohlarda yigirilgan ip ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonadir. Bundan tashqari, tizimdagi “Uztex Chirchik” hamda “Eurotex Tashkent” korxonalari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularda yuqori sifatli trikotaj mato va kiyim- kechaklar tayyorlanadi. Bunday mahsulotlarga tashqi bozorda talab yuqori. Ularning asosiy qismi eksportga yo‘naltiriladi. Bugungi kunda “O‘zbekengilsanoat” davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibida 270 dan ziyod korxonalar faoliyat ko‘rsatayapti. Ular tomonidan iste’molchilarning talab va taklifi asosida ishlab chiqarilayotgan 600 xil rang, 20 dan ko‘proq nomdagi kiyim-kechaklar dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida o‘z haridorlariga ega.

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Mustahkamlash uchun savollar:

1. Gazlamaga ishlov berish yo‘nalishlarida ishlab chiqarish korxonaliga tavsif bering.

2. Tikuvchilik sanoati korxonalaridagi ishlab chiqarishjarayonlari nechta turga bo‘linadi?

3. Tajriba tsexining asosiy vazifasini sanab bering.

4. Respublikamizda tikuvchilik yo‘nalishida qanday tikuvchilik korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda?


  1. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Kasbga yo‘llash xonasini tartibga keltirish.

  2. Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.




Tartib raqam

Sinf

Sana

O‘TIBDO‘

(Imzo)


1








______________

2







3







4







5







DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

MAVZU: GАZLАMАGА ISHLОV BЕRISH TЕХNОLОGIYASI VА PАZАNDАCHILIK АSОSLАRI YO‘NАLISHLАRIDА ISHLАB CHIQАRISH VА UNING MОHIYATI.

TAYANCH SO’ZLAR: GIGIYENA, TIKUV MASHINASI, XAVFSIZLIK QOIDALARI, JIHOZLAR.

MAVZUNING QISQACHA TA’RIFI:

Amaliy, nazariy o’rganish va amalda qo’llay bilish, Qoidalar, atamalar, tushunchalarni yodlash



O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI:

Metod: interfaol.

Shakl: nazariy, amaliy.

Vositalar:Tikuv mashinasi va qurollari, o’lchov asboblari, kompyuter, proektor, ekran, plakat, tarqatma material, test savollari.

Baholash: reyting ball.

DARS AMALIYOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI:

MAQSADLAR:

Ta’limiy: Mavzuni o’rgatish; dars jarayonida o’rganganlaridan foydalanib, mustaqil amalda bajarish ko’nikmasini hosil qilish.

Tarbiyaviy: Mavzu davomida o’quvchi fanga qiziqishini oshirish; boshqa fanga va hayotga bog’lash; ma’naviy, estetik tarbiya berish.

Rivojlantiruvchi: Mavzu orqali kasbga yo’naltirish. Test bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilish; erkin fikrlashga o’rgatish.


SHAKLLANTIRILAYOTGAN KOMPETENSIYALAR VA

AMALGA OSHIRISH USULI:

Tayanch kompetensiyalar:

  1. Kommunikativ kompetensiya

  2. Axborot bilan ishlash kompetensiyasi

  3. Shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi

  4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  5. Umummadaniy kompetensiyasi

  6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi

Fanga oid kompetensiyalar:

1._____________________________ _______

2._____________________________ _______

3._____________________________ _______

Amalga oshirish usullari:

Mal‘umotnoma, darslik,

lug‘at, jadval, ensiklopediya,

internetdan mavzuga oid axbo-rotni ola bilish interaktiv testlar,

didaktik materiallar b/n ishlash

Nutqda matematik terminlarni savodli qo‘llay olish.

Guruhlarda va juftliklarda ishlash.




DARS JARAYONI VA UNING BOSQICHLARI

ISHNING NOMI

BAJARILADIGAN ISH MAZMUNI

VAQT

1-bosqich: Tashkiliy qism

Salomlashish. Davomatni aniqlash. Ma’naviyat daqiqasi.

3 min

2-bosqich: Refleksiya. Extiyojlarni aniqlash.

Mavzuga ta’luqli lig’atlar.

6 min

3-bosqich: Yangi mavzu bayoni

Amaliy va nazariy tushuntirish, Test savollari. Slayd.

20 min

4-bosqich: Mustahkamlash

“Aqliy hujum”

11 min

5-bosqich: Baholash.

Dars yakuni.



Darsga faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish

3 min

6-bosqich: Uyga vazifa

Nazariy ma’lumotlarni yodlab, amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarish

2 min


Mavzu: Gаzlаmаgа ishlоv bеrish tехnоlоgiyasi vа pаzаndаchilik аsоslаri yo‘nаlishlаridа ishlаb chiqаrish vа uning mоhiyati.

Darsning maqsadi:

Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga gаzlаmаgа ishlоv bеrish tехnоlоgiyasi vа pаzаndаchilik аsоslаri yo‘nаlishlаridа ishlаb chiqаrish vа uning mоhiyati haqida ma’lumotlar berish.

Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida gаzlаmаgа ishlоv bеrish tехnоlоgiyasi vа pаzаndаchilik аsоslаri yo‘nаlishlаridа ishlаb chiqаrish vа uning mоhiyati haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.

Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.

Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.

Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.

Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

II dars:Pazandachilik yo‘nalishlarida ishlab chiqarishi va uning mohiyati

Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash uchun investitsiyalarni, avvalam bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va shuning asosida qishloq xo‘jalik xomashyosini chuqur qayta ishlashni ta’minlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh sifatli maxalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari va turlarini oshirish maqsadida 2011 yil 31 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 1633-sonli «2012-2015 yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishni va boshqaruvini tashkillashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi muhim qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga ko‘ra, «Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati» hamda «O‘zgo‘shtsutsanoat» uyushmalarning birlashishi natijasida Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etildi. Qoyidagilar Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:



  • uyushma tarkibiga kiruvchi yog‘-moy, go‘sht-sut va oziq-ovqat sanoati korxonalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning manfaatlari ifoda etilishi va huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, qayta ishlash korxonalari, qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilari, tayyorlov va savdo tashkilotlari o‘rtasida zamonaviy bozor munosabatlarini tarmoqda keng joriy qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

  • oziq-ovqat mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarini marketing jihatidan tadqiq etilishini tashkil qilish, tarmoqni rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda qatnashish, xom ashyoni chuqurroq qayta ishlashda va sifatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda tarmoq korxonalariga ko‘maklashish, ular bilan ichki bozorni yanada ko‘proq to‘ldirish hamda eksportga yetkazib berishni oshirish;

  • oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ilg‘or xalqaro tajribani har tomonlama o‘rganish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda texnik jihatdan qayta jihozlashda, yuqori unumli zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishda, mazkur maqsadlar uchun investitsiyalarni, avvalambor, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda yog‘- moy, go‘sht-sut va boshqa oziq-ovqat sanoati korxonalariga ko‘maklashish;

  • tarmoq korxonalariga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashda, butun jahonda qabul qilingan uning sifatini baholashning zamonaviy tizimlarini joriy etishda ko‘maklashish;

  • yog‘-moy sanoati korxonalarining chigit yetishtiruvchilar bilan o‘zaro munosabatlari mexanizmini yanada takomillashtirish, chigitni qabul qilish, qat’iy hisobga olish, shuningdek, uning sifatini ta’sirchan nazorat qilish masalalari ham shu jumlaga kiradi. Tarmoq korxonalari tomonidan paxta yog‘i chiqishining belgilangan normalariga, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sotishda zarur tartibga rioya qilinishini ta’minlash;

  • tarmoq korxonalariga axborot xizmatlarini ko‘rsatish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.

Hozirgi kunda uyushma tarkibida 150 dan ortiq yog‘-moy, go‘sht-sut, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyat yuritmoqda. Ularda mingdan ziyod turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qoyilgan bo‘lib, o‘simlik yog‘lari, margarin, shakar, mineral suvlar, qandolatchilik, sut, go‘sht va meva-sabzavot konserva mahsulotlari tayyorlanmoqda.

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Mustahkamlash uchun savollar:

1. Pazandachilik yo‘nalishlarida ishlab chiqarish korxonaliga tavsif bering.

2. O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishni va boshqaruvini tashkillashtirishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida qanday qaror qabul qilingan?

3. Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlarini sanab bering.



V.Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Kasbga yo‘llash xonasini tartibga keltirish.

Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.




Tartib raqam

Sinf

Sana

O‘TIBDO‘

(Imzo)


1








______________

2







3







4







5








Download 1.63 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Download 1.63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tartib raqam Sinf

Download 1.63 Mb.