II.O‘quv fanining maqsadi va vazifasi




Download 260.29 Kb.
bet3/13
Sana02.02.2021
Hajmi260.29 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
II.O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

«Nutq madaniyati va mutolaa san’ati» moduli maqsadi talabalar e’tiborini jalb qilish mohiyatiga ega bo‘lgan nutq yaratish, me’yoriylikka asoslangan og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar belgilangan:

- nutq texnikasini o‘rganish;

- mutolaaa madaniyati talablarini o‘zlashtirish;

-nutq madaniyati tarixini o‘rganish, G‘arb va SHarqdagi notiqlik san’ati taraqqiyoti haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

- notiqlik san’atining asosiy masalalarini o‘zlashtirish;

- nutq madaniyati asoslarini belgilash;

- nutq sifatlarini o‘zlashtirish va shu asosda maqsadga mos tarzda ta’sirchan nutq yaratish;

- muomala madaniyatini egallash, muloqot vaziyatlarini to‘g‘ri baholay olish;

Fanni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

- «Nutq madaniyati va mutolaa san’ati» fani tarixi, notiqlik san’ati, notiqlar faoliyatini;

- nutq bo‘limlari, notiqlik san’atining asosiy tushunchalarini;

- nutq madaniyati asoslarini;

- nutq madaniyatining umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari;

- nutq sifatlari haqidagi muhim ma’lumotlarni;

- nutq madaniyatining shaxs ma’naviy qiyofasini belgilovchi omillardan biri ekanligini bilishi zarur;

- adabiy til me’yorlariga amal qilish;

- rasmiy muloqot madaniyati talablarini anglash;

- nutq sifatlarini belgilash;

- notiqlikning asosiy talablarini belgilash;

- nutq madaniyati talablariga amal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari zarur;

- til va madaniyat munosabatlarini anglash;

- nutqni adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda namoyon etish;

- nutqni ta’sirchan, auditoriya e’tiborini tortadigan darajada obrazli tarzda ifoda etish malakalarini egallashlari zarur;

- mutolaa san’atining taraqqiy etishiga ta’sir etgan muhim omillar va ushbu adabiyotning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;

- mutolaa madaniyati va ritorikaning mazmun-mohiyati davriy hodisalar ta’sirida o‘zgarib, boyib borishini bilishi va ulardan foydalana olishi;

-talaba mutolaa san’atining nazariy masalalariga oid muammolar bo‘yicha echimlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.



Download 260.29 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 260.29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

Download 260.29 Kb.