«tasdiqlayman»




Download 1.83 Mb.
bet26/76
Sana16.06.2021
Hajmi1.83 Mb.
#15068
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76
4.3. Amaliy kism

Mavzu buyicha UASh egallashi kerak bulgan amaliy kunikmalar

1.Etika va deontologiya konun koidalarini bilish .



2.Oilaning iktisodiy taminlanganligi ,ijtimoiy,maishiy,psixologik, tomondan.





Baxolash

a’lo

Yaxshi

qoniqarli

qoniqarsiz

yomon

1

O’zlashtirish %

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va und.past

2

Amaliy qism

15-12,9 ball

12,75-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5-ball

5,4 ball


5. Ko‘nikmalarni egallash va bilish shakllari


  • og‘zaki

  • yozma

  • vaziyatli masalani yechishi

  • ko‘rgazmali qurollar yordamida ko‘nikmalarga tayanib

5.1.Talabalar bilimi va amaliy ko‘nikmalarni bajara olishini baholash mezonlari.




Baho

A’lo

Yaxshi

Qoniqarli

Qoniqarsiz

Yomon




O’zlashtirish % larda

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va past

1

Nazariy qism

20-17,2

ball

17-14,2 ball

14-11 ball

10,8-7,4 ball

7,2 ball

2

Vaziyatli masalalar

50-43 ball

42,5- 35,5ball

35- 27,5ball

27-18,5

ball

18 ball

3

Test

15-12,9ball

12,7-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5 ball

5,4 ball

4

Amaliy qism

15-12,9 ball

12,75-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5-ball

5,4 ball


6.Joriy nazorat baxolash mezonlari




Baxolash darajasi

Reyting

Ball

Talaba ishining tavsifi







20

Amaliy darsda qatnashganlik bali.

Bilimlar darajasining umuman yo‘qligi va amaliy ko‘nikmalarni bajara olmaydi, talaba darsga tayyor emas






qoniqarsiz

20 - 54,9

Talaba qoniqarsiz javob beradi.

Talaba bazis bilimlar darajasiga ega emas

Quydagilarni xam bilmaydi:

  • O’zbekistondagi sog‘liqni saqlash tizimidagi isloxatlarni bilmaydi

  • Oilaviy tibbiyot ta’rifini bilmaydi

  • Oilaviy tibbiyotni boshqa soxalardan farqini bilmaydi

  • Oilaviy tibbiyot falsafasi asosiy aspektlarini bilmaydi

  • Umumiy amaliyot shifokorini vazifalarini bilmaydi

  • Etika va deontologiya tamoyillarini bilmaydi.

  • Bemor va shifokor xuquqlarini bilmaydi

  • Oilaviy tibbiyot tamoyillarini bilmaydi










qoniqarli
55-70,9%

55-60,9

Past sifatli qoniqarli javob.

Talaba bazis darajadagi bilimga ega bo‘lishga xarakat qiladi,lekin ko‘p kamchiliklarga ega bo‘ladi.




61-65,9

O’rta darajadagi qoniqarli javob

Talaba bazis bilmlarni va amaliy ko‘nikmalarni biladi lekin xato qiladi








66-70,9


Yuqori sifatli qoniqarli javob

  • O’zbekistondagi sog‘liqni saqlash tizimidagi isloxatlarni biladi

  • Oilaviy tibbiyot ta’rifini biladi

  • Oilaviy tibbiyotni boshka soxalardan farqini biladi

  • Oilaviy tibbiyot falsafasi asosiy aspektlarini biladi

  • Umumiy amaliyot shifokorini vazifalarini biladi

  • Etika va deontologiya tamoyillarini biladi.

  • Bemor va shifokor xuquqlarini biladi

  • Oilaviy tibbiyot tamoyillarini biladi

Talaba bazis bilimlar va ko‘nikmalarni biladi










yaxshi
71-85,9%


71-75,9

  • Talaba bazis bilimlar va ko‘nikmalarni to‘liq biladi STT ni targ‘ibot qilishni

  • Sog‘lom oziqlanish gigiyenasini

  • Profilaktik ko‘ruvlar xaqida

Skrining xaqida axborot

  • Birlamchi profilaktika

  • Ikkilamchi profilaktika

  • Uchlamchi profilaktika

Infeksion kasalliklar profilaktikasi

  • Noinfeksion kasalliklar profilaktikasi

  • Immunizatsiya xaqida

Sanitar oqartuv ishlarni

Kasallanish va o‘limni asosiy sabablari xaqida axborotga ega






76-80

Psixologik statusni mustaxkamlash talablarini biladi

Profilaktika turlarini biladi

Profilaktik ko‘ruv maksadlarni biladi

Skrininga talablarni biladi









81-85.9

Kasallik rivojlanishda ekologika xamiyatni biladi

Kasallik rivojlanishda kasb zararlarini biladi



  • Kasallik rivojlvnishda ovqatlanish axamiyatini biladi profilaktik xizmati





A’lo

86-100%

86-90

Talaba to‘liq bazali bilim va ko‘nikmalarni biladi (yuqoriga qarang)+ «81-85,9» , xamda quyidagi bilimlarni biladi:

UASh ishidagi maktab axamiyati



  • QVP darajasida na’munali maktablarni yaratishni bilish

  • Qayta bog‘lanuv tashkilida amaliy ko‘nikmalarni bajarish


91-95


Talaba to‘liq bazali bilim va ko‘nikmalarni biladi (yuqoriga qarang)+ «86-90», , xamda quyidagi bilimlarni biladi:

  • Axolini sog‘lig‘ini saqlashni asosiy xarakatini bilish

  • O’z profilaktik emlash kalendarini biladi

  • Ateroskleroz profilaktikasini bilish

  • Nafas a’zolari kasalliklarini profilaktikasini bilish

  • Yomon sifatli xosilalarni profilaktikasini bilish

  • Yurak qontomir tizimi kasalliklarini profilaktikasini bilish

96-100

Talaba to‘liq bazali bilim va ko‘nikmalarni biladi (yuqoriga qarang)+ «91-95» , xamda quyidagi bilimlarni biladi:

  • Adabiyotlarga asoslangan ma’lumot berdi ( maqola va internet)

  • Ko‘p uchraydigan kasalliklarni profilaktikasini bilish


7.Tekshiruvchi savollar

  1. Umumiy amaliyot shifokorining o‘ziga xos xususiyatlari

  2. tibbiy xujjatlarni to‘ldirish qoidalari

  3. bemorlarni uyda ko‘rish xolatlari

  4. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilishni o‘rganish

  5. shifokor va bemor xuquqlari

  6. Etika va deontologiya oilaviy amaliyotda

8. Adabiyotlar:

Asosiy

  1. Ichki kasalliklar, Bobojanov S. T: Yangi asr avlod, 2008

  2. Vnutrenniye bolezni, tom 1 Muxin N.A. M.: GEOTAR - Media,2009

3. Textbook of Internal Medicine Editor-in-Chiyef William N. Kelley 1997

4. Textbook of famali Medicine Robert УЮ Rakel.David P. Rakel.2016

5. Textbook of Harrison principles of internal medicine 19th edition. 2015

Qo’shimcha


  1. Umumiy amaliyot vrachlar uchun ma’ruzalar tuplami , Gadayev A.G., T., 2012

  2. Obщaya vrachebnaya praktika, Pod red.F.G.Nazirova, A.G.Gadayeva. M.: GEOTAR-Media, 2009.

  3. Spravochnik vracha obщey praktiki. Dj.Myorta. M.: Praktika, 1998.

  4. Sbornik prakticheskix navыkov dlya vrachey obщey praktiki. Gadayev A., Axmedov X.S. T., 2010.

  5. Umumiy amaliyot vrachlar uchun amaliy kunikmalar tuplami Gadayev A.G., Axmedov X.S., 2010. T.

  6. Umumiy amaliyot shifokori uchun kullanma F.G.Nazirov, A.G.Gadayev taxr. M.: GEOTAR-Media, 2007.

9. Xronologiya xaritasi




Vaqt

Qilinadigan ishlar

Saqlash

Materiallar

Mashg‘ulot davomiyligi

8.30– 9.30

Yertalabki konferensiya

Tungi navbatchilikka qolgan subordinator va vrach dokladi

Kasallik tarixi, EKG, kodoskop.

1 soat

9.15-10.00

Klinik audit.

Yozib olingan malumotlar asosida talabalarning to‘liq malumoti.




45 minut

10.05-10.45

Mavzuni teoritik muxokamasi



Galeriya buyicha “tur usuli” metodi orqali talabalarning bilimini baxolash.Talabalarga tibbiy xujjatlar tarqatiladi.

Jadvallar , mashg‘ulotning yondosh mavzusi, zarur tibbiy xujjatlar.

40 minut

10.45 -11.05.

Amaliy mashg‘ulotlarni bajarish.

Talabalar kamida ikkita amaliy kunikma bajarishlari lozim.

Bemor yoki volonter.

20 minut

11.05-11.45


Kardiologiya va kardioreanimatsya bo‘limida bemorlar kuratsiyasi

Bemorlar ko‘rigi,anamnez yig‘ish,bemorlarni umumiy ko‘rigi, laborator-instrumental tekshiruv natijalarini va yakuniy tashxisni taxminiy quyishi.Keyingi taktikani aniqlash.

Bemor , fonendoskop, tonometr,kasallik tarixi ( klinik-laborator tekshiruv natijalari,bemorning ambulator kartasi)


40 minut

11.45-12.15

Tanafus







30 min

12.20-14.00

Tematik kasallar muxokamasi

Pedagogik tanlov bo‘yicha bemorlar ko‘rigi yoki amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish, laborator-instrumental tekshiruv natijalarini va yakuniy va taxminiy tashxisni quyishi.. Ixtiyoriy rejani aniqlash

Bemor , fonendoskop, tonometr,kasallik tarixi ( klinik-laborator tekshiruv natijalari).

1 soat


Amaliy mashg‘ulot № 2

Mavzu: « Muloqot san’ati. Muloqotga sabab bo‘luvcha omillar. Mulokotdagi qiyinchiliklar. Shaxslar aro muloqot. Amaliy maslaxatlar». Bemorni sog‘ligi to‘g‘risida suxbat. 2 ilova.


O’quv vakti: 6soat

Mashg‘ulot tuzilishi

  1. O’quv tematik kabinet.

  2. UASh xonasi.

  3. O’quv qo‘llanma, fantomlar, mulyajlar, tarqatma material, vaziyatli masalalar va testlar to‘plami

  4. Televizor, video apparatura, multimedia




Mashg‘ulot maksadi: muloqot jarayonini o‘rganish. Bemor bilan muloqot san’atini o‘rgatish.,maslahat berish ko‘nikmalari , t.e.aloqa qilish, o‘qitish, maslahatlashish. Shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini qaytarish


Pedagogik vazifalari

  1. 1. Talabalarni ShAM ko‘nikmalari bilan tanishtirish.

  • Talabalarni xar bitta kasalni shaxsiyati, tajribasi, shaxsiy xolatidan e’tiborga olgan xolatda qabul qilish va alqa o‘rnatishni o‘rgatish.

  • Alohida e’tiborga muhtoj kasallar xaqida axborot yig‘ish va ularni tanib olishni talabargatushuntirish.

  • Turli og‘irlik darajadagi, turli xolatdagi bemorlardan xabardor bo‘lishni talabalarga bildirish.

  • Maslahat berish asosi va ko‘rinishlari

  • “shifokor-bemor” munosabatlari prinsip va uslublari

  • Maslahat berish turlari va ko‘rinishlari



O’quv faoliyat natijalari:

Talaba bajarishi kerak:

1.Samarali muloqot xarakteristikasi.

2. muloqot jarayoni bosqichlari.

3. ShAM ko‘nikmalari.

4. Muloqotdagi qiyinchiliklari.

5.Maslahat berishning asosiy prinsiplari, qoidalari va etaplari.

6.Shifokor ish sifatiga salbiy ta’sir qiluvchi asosiy omillar

7.Maslaxat berish samaradorligi va bemorga salbiy ta’sir qiluvchi omillar.

8.Maslahat berishning direktiv va nodirektiv ko‘rinishlari
Bilishi kerak:


  1. Ikkala muloqotni qo‘llash samarasi (verbal va no verbal) bemorga etibor berishni ko‘rsatish.

  2. Bemorni tinglash va bemorga o‘zi tushunadigan tilda va iboralarda muloqot qilish.

  3. Bemorlar javob bera oladigan yaxshi va o‘rinli savollarni berish (oshkora, yopiq va tekshirilgan)

  4. Bemorlar o‘z muomolar yechimida ularni rag‘batlantirish va qo‘llab quvatlash kerak.

  5. Maslahatlarni o‘tkazish

  6. Maslahat vaqtida muloqot malakasini qo‘llay bilish

  7. Maslahat berishda uning prinsiplari, qonun qoidalari va turlariga ahamiyat berish.

O’qitish usullari

«qor uyumi» usuli , demonstratsiya , videoko‘ruv , diskussiya , suxbat , test yechish

O’quv faoliyatining tashkillashtirish shakllari

Individual ishlash, guruxlarda ishlash, kollektiv, auditoriya va auditoriyadan tashkarida.

O’qitish vositalari

Taqatma o‘quv material, viziual materiallar, videofilmlar, mulyajlar, grafik organayzerlar, , tablitsalar, stendlar.

Qayta bog‘lanish usul va vositalari

Blits-surov , testlash, tibbiy xaritalarni to‘ldirish

Amaliy ko‘nikmalarni bajarish




Mashg‘ulot texnalogik xaritasi № 2

Mavzu: « Muloqot san’ati. Muloqotga sabab bo‘luvcha omillar. Mulokotdagi qiyinchiliklar. Shaxslar aro muloqot. Amaliy maslaxatlar». Bemorni sog‘ligi to‘g‘risida suxbat. 2 ilova.




Amaliy mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli
O’tkazish joyi

Mashg‘ulot

davomiyligi

225

1

Kirish qismi




10

2

Yangi pedagogik texnologiyalar bilan mavzuni tushintirish tablitsalar plakatlar rentgenogrammalar.

So‘rov, muxokama

Dars xonasi UASh xonasi

40

3

Xulosa muxokama




10

4

Amaliy kismini bajarish uchun vazifalarni belgilash

Tibbiy kartalarni to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalarni tushintirish.



Muxokama
UASh xonasi

20

5

O’qituvchi nazorati ostida mashg‘ulotlarni amaliy qismini tushintirish.

Profisional so‘rov bemorlar bilan suxbat.
bemorlarni

poliklinikada va uyda

ko‘rish

20

6

Tekshiruv natijalari irterpritatsiyasi ko‘ruv palpatsiya, perkussiya auskultatsiya UQT, UST,bioximik analizlar interpritatsiyasi


Kasallik tarixi

Laborator ma’lumotlar





25

7

Talabalarni nazariy va amaliy bilimlarini tekshirish.


Og‘zaki so‘rov testlar muxokama
Poliklinikadagi o‘quv xona

75

8

Amaliy dars bo‘yicha xulosani belgilash 100 balli sistema bo‘yicha baxolash va ballarni e’lon qilish uyga vazifa berish.

Axborot mustakil ish bo‘yicha savollar

25


2. Motivatsiya

Shaxslar aro muloqotning yaxshiligi birlamchi tibbiy- sanitar yordamning samaradorligini oshiradi. Aholini sog‘lig‘i to‘g‘risidagi savolga bemorga to‘g‘ri va asosiy hal qiluvchi malumotlani yetkazib beradi.



3. Fanlararo va fan ichi bogliqligi

Ushbu mavzuni o‘rganish talabalarni anatomiya, fiziologiya, patofiziologiya, patanatomiya, bioximiya terapiya , mikrobiologiya, klinik farmakologiya fani bilimlariga asoslanadi.



4.Mashg‘ulot tarkibi

4.1.Nazariy kism

Muloqot sanati. Shaxslar aro muloqot

Shifokorning malakasi va o‘z ishining ustaligi uning bemorni davolash unga tashhis qo‘yishigagina yemas balki uning maslaxat berishi, muloqotiga xam bogliq. Shifokorning muloqot qilishni bilishi bemorlar bilan o‘zaro munosobatini belgilaydi, bemorning ishonchiga kiribgina, undan to‘liq kasalik tarixini bilib olish mumkin.



Muloqot – bu insonlar bilan malumot almashish.

Shaxslar aro muloqot yoki yuzma-yuz muloqot yeng muxim va yeng samarali inson va insonlar bilan malumot almashish demakdir. Shaxslar aro, to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot malumot yig‘ishni imkonini beradi. Shaxslar aro muloqot insonlar bilan tibbiyotning barcha tarmoklarida qo‘laniladi. Shuning uchun shaxslar aro muloqot birlamchi tibbiy-sanitar yordamda samaraliroq bo‘ladi.
Muloqot bosqichlari

TAHLIL



BAHOLASh




D I Z A Y N



MULOQOT


POG’ONALAR:

BAXOLASh- tibbiyot ishchisi bemor va bemorlarning madaniyati, tajribasi va kasallik tarixi xaqida malumot yig‘adi.

Taxlil – tibbiyot ishchisi bemor va bemorlardan yig‘gan malumotlarni tahlil qiladi va yehtiyojlarini qondiradi.

Dizayn –(planlashtirish)- tibbiyot ishchisi bemorlarning yehtiyoji va habardor bo‘lishini inobatga olgan xolda, loyihalar ishlab chiqadi.

Muloqot – loyihalar ishga tushiriladi

Baxolash – tibbiyot ishchisi bemordan muloqot vaqtida yig‘gan malumotlarini boshqa bemorlarga qo‘llashi. Bemor qiziqadimi? Berilgan malumot tushunarlimi?Berilgan malumotlarga amal qiladimi?

Bu protsess siklik va uzluksiz. Baholash va tahlil qilish yeng muxim jarayonlardan biri lekin ko‘pincha bu haqida unitiladi.



Muloqot samaradorligi

Muloqot – bu malumotlarni o‘y, xayollarini yoki hislarini so‘z bilan ifodalash.



Muloqot – bu ikki tomonlama jarayon. Habarlarni qabul qilish qabul qiluvchi yoki auditoriyaga maruza qilgan shaxsga bog‘liq.

Yahshi muloqot hususiyati

Xabar bo‘lishi kerak:

Xabar jo‘natuvchi bilishi shart

Oydin va qisqa

Mavzuni yahshi bilishi

To‘g‘ri

Mavzuga qiziqqan bo‘lishi

Auditoriya talabiga to‘liq javob berishi (ahamiyatli)

Vazifani aniqlamoq

O’z vaqtida

Auditoriyani bilmog‘i va u bilan aloqani yo‘lga qo‘ymog‘i lozim




Vaziyatga qo‘llash

Auditoriya darajasida gapirish

Auditoriyani ruxlantirish

To‘g‘ri kanal tanlash

Kanal bo‘lmog‘i kerak

Auditoriya shart

Munosib bo‘lmog‘i

Qiziqtirmoq va o‘zlashtirishga tayyorligi

Tushunarli

Tinglash maqsadi bo‘lishi shart

Maqbul

Diqqat bilan tinglamoq

Jalb qiluvchi

Bajarishni hoxlamoq




Qayta aloqani tasdiqlash


O’ziga xos shaxslar aro muloqot

Verbal va noverbal muloqot shaklini yahshilash

  1. Til tanasi

  2. tinglash

  3. kengaytiring

  4. to‘g‘ri tushuntirish

  5. Bilganini tasdiqlash

Shaxslar aro muloqotni tez tez va samarali qo‘llang

  1. Aksi

  2. Aktiv tinglamoq

  3. O’zgartirib ifodalamoq

  4. Suxbatlashishni kiritmoq

  5. Tekshirish uchun savol

  6. Ijobiy qayta aloqa

Verbal va no verbal muloqot turlari

Noverbal

Verbal

Bemorning muomolarini tanqitsiz mulohoza qilish

Hissiyotsiz muomila qilishni o‘rganish

Bemorlar bilan shunday muloqat qilish lozimki Ular siz bilan o‘zlarining muomolarini qo‘rqmasdan bo‘lishishsin.

Ochiq oydin

Bemor tomonga egiling

Ko‘zlarni bemordan uzmasdan

To‘g‘ri o‘tiring va jilmaying


Samarali muloqotni taminlang
Aniqlang

Tinglang

Rag‘bartlantirish

Tasdiqlang

O’zgacha ifodalang


Til va tana yordamida o‘zingizni ko‘rsating

Xar-hil sharoitda bemor bilan ko‘zma ko‘z aloqani taminlash

Qulay xolatda

To‘g‘ri keladigan imo ishoralar qo‘llash

Turib yoki o‘tirib bemorga yuzma-yuz holatda turish

Sinchiklab tinglayotgan holatda

Bemorga ozroq egilgan holatda (agar bemordan baland bo‘lmasangiz)


Oddiy va bemorga tushunarli tilda muloqot qilish
Gapiring

Oddiy va tushunarli




Qayta aloka – jarayoni orqali bemorlarning sizni tushundimi yoqmi? O’zlarini qanday his etayotganini bilish uchun hamda nimalarni o‘zgartira olishini bilish shart.

Qayta aloqani tarifi

Muhokoma qilmasdan tasvirlash

Aniq bo‘lish

Yakka tartibda bo‘lish

So‘ramoq, bog‘lab qo‘ymaslik

Holatni yahshilash maqsadida fikr bildirish

Xolatga real qaramoq

O’z oldimizga maqsad yoki yechimlarni qo‘ymoq

Avval qayta aloqa bilan boshlab, so‘ng yaxshi tomonga o‘zgarish va yana birlamchi mavzuga qaytmoq

Yaxshi mulohoza bilan boshlab va shu mulohoza bilan tugatish

Tayyor retseptlarni bermang

Qiyinchiliklarini tez hal etishga vada bermang

Bemorda kechayotgan va xis qilayotgan jarayonlarga ko‘maklashish

Tanqid qilishga yo‘l ko‘ymang

Ikkilanish sababini aniqlang

Bemorni qarashlarini xurmat qiling

Quyidagi savollar sizga yordam beradi

Agar siz sog‘lom bo‘lganizda hayotingizda nima o‘zgaradi

Kim va nima sizni ko‘proq bezovta qiladi

Sizning qiyinchiligingiz sababi nima

Kasallik sizga qanday tasir ko‘rsatdi

Hayotingizda nima o‘zgarishini hoxlardiz

Sizningcha: hammasini o‘zgartirsa bo‘ladimi



Savollar turi

Yopiq

Ochiq

Tekshiruvchi

Qachon qo‘llamoq kerak: muloqotni yopiq savollardan boshlamoq (misol tibbiy kartadan olgan xolda)

Muloqotni ochiq savolar bilan davom ettirish

So‘ng tekshiruvchi savol bering

Talab qiladi

Qisqa va to‘g‘ri ko‘pincha xa yoki yo‘q



O’ylantirib qo‘yadigan savollar xis tuyg‘usi yoki bezovta yekanini ko‘rsatadi

Avvalgi holatini tushuntirish

Misollar

Nechta farzandingiz bor?

Farzandingiz necha yoshda


Ko‘krak bilan yemizish haqida nima dep o‘ylaysiz? Farzandingizni nima bilan boqasiz?

Nima sababdan ovqatlanmayapdi


Muloqot qiyinchiliklari. Ko‘pchilik holatlarda bemorlarning va ularning yaqinlarining tibbiyot xodimlardan noroziligi ularning tashhis va davoning noto‘g‘riligiga yemas balki qo‘pol muloqotda bo‘lishiga bog‘liq.

Muloqotga xalaqit beradi:

Shifokorlarning bemorlar bilan salbiy hayotiy tajribaga yega yekanligi

Bemorlarning jinsi,yoshi,qaysi millatga oidligi va madaniy sovotxonliginig to‘g‘ri kelmasligi

Vijdonsiz va ahloqsizligi

Ruxiy kasaliklar

Talaffuzning buzilishi

Bemorning shifokor bilan yaqinligi

Sirtqi mulokot omillari

Vaqtning yetishmasligi

Xonaning planirovkasi

Qabul qilish tadbirlari



Muloqotga nima xalaqit beradi

Til to‘sqinligi

Qiyin tibbiy savollar

Qiyin mavzu: jinsiy aloqa, yomon tashqiz, ruxiy xastalik



Xar –bir UASh bilishi shart

Auditoriya bilan muloqotning kanalining bo‘lishi

Nima gapirishni emas balki qanday gapirish kerakligini

Ikki tomonlama suhbatni taminlash

Muloqotni yechimini ko‘rsatish maqsadida va yana qayta aloqa bilan bog‘lash

Bemor qadriyatlarini tushunish

Ishlayotgan bemorlarni xurmat qilmoq va qadrlamoq
Mavzuni ochib beradigan holatlar

O’zimizga qarashli barcha qadriyatlarimiz, so‘zlarimiz, harakatlarimiz va tajribamiz bemor bilan muloqotda ularga tasir ko‘rsatishi mumkin.

Yuzma-yuz suhbat xar-xil shakllarda bo‘lishi mumkin. Tibbiyot xodimi verbal noverbal sharoitga moslashgan bo‘lmog‘i lozim.

Samarali ishlayotgan tibbiyot xodimlari ikkala muloqot turlaridan foydalanishadi

Bemorlarning kasallik tarihini, boshqa birov bilan bo‘lisha olmaydigan sirlarini shifokorga ochishdan oldin shifokorga bo‘lgan ishonchi bo‘lmog‘i va yordamiga umid borligini bilmog‘i lozim.

Eshita bilish – bu malaka, doimiy hayotiy tajribadir.

Tibbiy maslahat- davolashdagi muxim jarayondir, asosan ruhiy, reabilitik va uzoq kuzatishlarga
Maslaxat ko‘nikmalari

Talabalarni o‘rgatishda quyidagi maslaxatlarga etibor bermoq kerak.

-Maslaxatning muximligi

-Talim jarayoni talabalarning ish jarayoniga tasir ko‘rsatishi mumkin.

Eng muximi shifokor va bemor o‘rtasidagi vaziyatga maslahatning tasiri. Demak eng dolzarb va eng muxim maslaxatlarni bilishi kerak shaxslar aro munosobatda.

Eng muhimi shifokor va bemor o‘rtasidagi maslaxatlarni shakllanishi



  1. Bemorga yaxshi munosabatda bo‘lish

Vaziyatsiz xolatni yaratish

Shoshilmaslik

Diqqatni jamlash

Ko‘p so‘ramaslik

Muloqot bemorga yengillik yaratsin


  1. Eshita bilish

Malumotni o‘zlashtirish

Sezish

Suhbatdoshga hamdard bo‘lish

Tahlil


  1. Muloqot prinsiplari

Tushunarli tilda so‘zlashish

Iboralarni ko‘p ishlatmaslik

Imkonsiz vadalar bermaslik

Bemorni to‘g‘ri tushunganiga ishonch xosil qiling

Bemorda boshqa savol qolmaganligiga ishonch xosil qiling

Kerak bo‘lganda tor doiradagi mutaxasisga jo‘nating


  1. Kuzating

Doimiy ravishda laborator va boshqa tekshiruvlarni aytish

Tayinlangan dori darmonlarni nazoratga oling

Tekshiruvga kechikayotgan bo‘lsangiz bemorga habar bering

Davolash samarasiz bo‘lsa mutaxassisga jo‘nating

Joiz bo‘lganda gospitilga joylashtiring

Shunday jarayonlar bo‘ladiki shifokor va bemor o‘rtasiga to‘siq qo‘yadi.

Vaqtlar oralig‘ining kamligi

Yetarli klinik bilimlarning yetishmasligi

Xaddan tashqari ko‘p no o‘rin savollar berish

Asabiylashish, zerikish, charchash holatlari bemor bilan muloqotning susayishiga olib keladi.

Bemorlarga bir qancha salbiy tasir etadigan misollar va omillar

Vaqtning qisqaligi

Qo‘rquv

Shifokor tiliga tushunmaslik

Kasalligi haqida malumotga ega emasligi

Shifokordan imkoni yo‘q narsani kutish

Tajovuskor muloqot

Ruxiy kasaliklar

Maslahatning samaradorligi shifokorning sanatidan dalolat.

Bemor muommosining yechimi borligiga ishonishi va muommodan kutiladigan natija

Bemorning muommasiga o‘zingizni fikringizni bildiring va bemor tushunganiga ishonch xosil qiling.

Bemor bilan birga yechimga kelish

Bemor o‘z muommosini bo‘yniga olganda uni rag‘bartlantirish.

Eng muximi bemorlarning o‘z sirlarini sizga ishonganligi, sir saqlashingiz bemorlarning sizga bo‘lgan ishonchidur.

Maslaxatning o‘z vazifalari mavjud, bu vazifalar samaradorligi maslaxatning vaziyat va moxiyatini belgilab beradi

1-vaziyat. Qaysi prinsiplarga ko‘ra bemor murojaat qildi


Maskur xolatning tarixi va moxiyati

Etiologiyasi

Fikr, muloxozalar va bemorning taxmini

Muommosining samarasi

2-vaziyat. Boshqa muommolarini ko‘rish.
Uzoq vaqt davomida kuzatilayotgan muommolar

Omillar

3-vaziyat. Bemor bilan birgalikda yechimga kelish

Bemorlarning davolashda aktiv xarakati

4-vaziyat. Bemor bilan bo‘ladigan muommoda bir yechimga kelish

Bemorga maslaxat berish uni xabardor qilish demakdir

Muommoni boshqara bilish bemorni ko‘proq xabardor yetadi

5-vaziyat. Bemorni menedjmentdan xabardor qilish va bemorni rag‘bartlantirish o‘zini sog‘lig‘i haqida o‘ylagani uchun

6-vaziat. Vaqt va resurslarni oqilona ishlatish.

7-vaziyat. Bemor bilan o‘rtoqlashish maqsadga erishishda yana bir qadam.

Antropologik yondoshuv

Transeksion yondashuv

Tibbiy biologok yondashuv

Ruxiy yondashuv



Ijtimoiy bazaga asoslangan maslaxatlar

UASh maslaxat,diagnostikada o‘tkazayotganda bemorning xatti xarakatlarini va qiziqishlarini yaxshiroq bilishi lozim

Bemorlarning ijtimoiy omillar bilan murojaati katta va shifokor xar bir bemorda buni ko‘ra bilishi lozim

Ijtimoiy omillar maslaxatga kelishga undaydi



Maslaxatga antropologik yondashuv

Transeksional tahlil uchala yoshda xam aniq xarakterga ega.

Yoshi va o‘zini tutishidan kelib chiqib maslaxatga individual yondashish.

Ruxiy ijtimoiy maslaxat

Ruxiy masalalar fizikal, simptom yoki kassalik o‘ziga diqqatni jalb qiladi. Shifokor klinik xis qilish bemorni foydasiga qarab maslaxat uyushtirish. UASh nafaqat tashxisni to‘g‘ri tanlash, ruxshunos xam bo‘lishi bemorga qiyin muomolarni xam oson yo‘l bilan hal etish. Ruxiy ijtimoiy yondashuv bemor sog‘ayishiga ahamiyatli.

Buning uchun

Bemorda kutilayodgan muomolarini aniq tushuntira bilish.

Bemorga tushunadigan tilda muloqot qilish

Xulosani bemor bilan xal etish



Maslaxatni asosiy tamoillari

Maslaxat negizi ishonch va bir birini tushunish

Albatta shifokor sirini saqlash

Bemorni diqqat bilan tinglash mulokot paytida bemor ko‘ziga qarash

Bemorga qalbaki yondashmang

Oilaviy to‘g‘risida xabardor bo‘lish

Emotsiyangizga etibor bering

O’zingizni jiddiy tuting

Buyruq bermang maslaxat

Maslaxat berish qoidalari

Bemorni faol xarakatlanishiga imkon bering

Mavjud bo‘lgan savol berish

O’zingizni cheklang:

Tayor xulosani adabiyotlardan qidirmang

Maslahat berishda tajribangizga tayaning

Uzoq va samarasiz suxbatdan qoching

Muhokama

Ortiqcha munozorasiz

Maslahat bosqichlari

Bemorni diqqat bilan tinglang, kayfiyatini baxolang. Bu bosqichda asosan muloqot malakasi, aql bilan gapirish, jim tinglash, tahlil va bir to‘xtamga kelish. Bu bosqichda bemorga favqulotdagi holatlarni oddiy tushuntirish. Masalalarni mohiyatli tushuntirish, uning hulosasiga birinchi qadamni qo‘yish, tinglovchini hissiyotini tasvirlang. Hissiyot hafagarchilikga sabab bo‘lmaslik kerak

Uchrashuvlar vaqtini belgilang

Davolash taktika va strategiyasini aniqlang

Olingan rejaga rioya qiling

Bemorga topshiriq bering

Hulosalarini doimiy baholang agar rejangiz o‘zgargan bo‘lsa

Xal qiluvchi xulosani baholang

Maslahatni to‘htating va bemorni mutahassisga jo‘nating

2-ilova.

Bizning e’tiborimiz bemorning salomatligiga qaratilgan bo‘lib, bunda ko‘zlangan maqsadga erishish uchun bizga bemorning yordami kerak bo‘ladi. Biz yil davomida bir qancha muddatni birgalikda o‘tkazamiz, bunda salomatlikni yaxshilash va qolgan vaqtni hotirjamlikda o‘tkazishga tayyorlashga asos solinadi.Patsiyentlarga biz yo‘nalish ko‘rsatamiz va bularning hammasi o‘z-o‘zini tiklashga qaratilgan.Har br inson o‘z vaqtini qanday o‘tkazishini o‘zi tanlaydi.Shunga e’tibor berish kerakki insonlarning o‘z ish vazifalarini qanday bajarayotganliklariga.Inson xayoti davomida uning ishtirokida va atrofidagi his-tuyg‘ularga, tafakkurga, ishonchga, san’atga, ahamiyat berishi lozim. Agar har bir inson shu narsalarni e’tiborga olsa, kam kasallanadi, dori preparatlariga ehtiyoj kamroq sezadi va sifatli hayot tarziga ega bo‘ladi. Monitoring maqsadi davolanishdan keyin bemor “salomatlik kelishuvini”to‘ldiradi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: diyeta, me’yoriy dam olish, o‘z vaznini nazorat qilish, zararli odatlardan voz kechish, stresslarni boshqarish, tabiat bilan hamnafas bo‘lish, balansni me’yorida ushlash.


GALERIYA BO’YICHA «TUR USULINI»QO’LLANILIShI
Maksad: berilgan muammo buyicha talabalarni mallumotlarni kritik baxolashga o‘rgatish. Bunda talabalarga fikrlash uchun vakt beriladi so‘ngra 2, 3, 4, 8, kichik guruxlarda muxokama o‘tkazish boshlanadi , qachonki o‘yinda barcha gurux ishtrok etmaguncha bu usul xar bir talabaga o‘z nuqtai nazarini aytib bera olish qobiliyatini beradi. o‘qituvchi talabalarga konkret vazifa beradi. O’qituvchi talabalarga gurux tuzib olishini aytadi.

So‘ngra esa xar-bir gurux yechgan masalani almashishi aytiladi.

Masalan. Mashg‘ulot mavzusi “Muloqot san’ati“

Uchta kichik guruhga 1tadan savol beriladi:

1. verbal muloqotni nima inkor qilishini aniqlang


  • Tushunganini tasdiqlash

  • eshitish

  • muhim so‘zlarni o‘zgacha ifoda etish

  • ochiq savollarni yopiqdek foydalanish

  • xammabop gapirishni kamaytirish

2. noverbal muloqottni nima inkor etadi

  • erkinlik

  • bemor tomonga egilish

  • nigoh kantakti

  • togri o‘tirish va gapirish

  • ochiqlik

3. yaxshi muloqotga nima to‘sqinlik qiladi

  • yorug‘ xona

  • xona xarorati

  • shifokor tashqi ko‘rinishi

  • qiyin tibbiy so‘zlar

  • qiyin mavzular

  • til to‘sig‘i

  • vaqtni cheklanganligi

  • noadekvat ko‘nikmalar kommunikatsii

  • shifokor va bemor orasiga qarindoshlar aralashuvi

  • ruhiy kasallik

  • qo‘pol munosabat

  • gapirishda buzilishlar

  • bemor va shifokor orasidagi stol va x.k..

Shu orqali o‘qituvchi talabalar tayyorgarligini sinab oladi
Miya xujumi” metodini qo‘llash

Ishlatish mumkin bo‘lgan fikrlardan foydalanish. Qatnashuvchilarning darajasini ko‘tarish. Dars boshida energetik ta’sir ko‘rsatadi. Xar bir xolatda o‘z argumentida va fikrida qolish,kelib chiqqan vaziyatdan o‘z fikrida qolish,suxbatlashishni bilish, va o‘z fikriga ishonch xosil qilish.

Masalan mashg‘ulot mavzusi: “Maslahat berish”. Xar bir talabaga bittadan savol tema:

1. Maslahat berish ko‘rinishlari

2. Oilaviy shifokor maslahat berish ko‘nikmalari ahamiyati.

3. maslahat berish prinsiplari.

4. maslahat berish qiyinchilklari - tashqi.

5. bemor tomondan maslahat berish qiyinchilklari.

6. shifokor tomonidan maslahat berish qiyinchilklari

Shundan keyin talabalar javobiga qarab o‘qituvchi ularning darsga tayyorgarlik darajasini bilib oladi






Baxolash

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarsiz

yomon

1

o‘zlashtirish %

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va und.past

2

Nazariy qism

15-12,9 ball

12,75-10,6ball

10,5-8,25ball

8,1-5,5-ball

5,4 ball


4.2 Analitik qism
4.2.1Vaziyatli masalalar

1:

Sizga 45 yoshli erkak murojaat qildi. bemor ortiqcha tana vazniga ega va otasi miokard infarktidan vafot etgan va o‘zida xam shu xavf borligidan xavotirda.

Savollar:

1. Sizning ilk qadamingiz?

2. bemor kasallik bo‘yicha qaysi kategoriyaga kiradi?

3.Siz bemorga qanday yo‘naltiruvchi savollar berasiz?

4. So‘roq vaqtida bemorda xech qanday shikoyat yo‘qligini aniqladingiz. sizning maslaxatingiz?

5. Agar bemor o‘zida qandaydir labarator instrumental tekshiruvlar o‘tkazilishini xoxlasa siz qanday tekshiruvlar o‘tkazishni maqsadga muvofiq deb xisoblaysiz? Asoslang.


2:

UASh qabuliga 48 yoshli erkak YuIK, zo‘riqish stenokardiyasi,. FK II tashxisi bilan murojaat qilib keldi. .



Savollar:

1. bemorga sog‘lom turmush tarziga amal qilish bo‘yicha qanday maslaxatlar berish lozim?

2. Ovqatlanish bo‘yicha sizning maslaxatlaringiz?

3.Siz bemorga stenokardiya xurujlari to‘g‘risida qanday asosiy maslaxatlar berasiz?

4. Stenokardiya profilaktikasi uchun qo‘llanadigan dori vositalari guruxlarini sanang.

5. bemorda birinchi o‘rinda qanday ko‘rsatkichlarni nazorat qilish lozim?

3:

Qabulga 72 yoshli erkak bemor keldi.



Savollar:

1.Keksa yoshli odamlarda qanday ayyor simptomlar(klinik belgisi xar xil aniq kasallikka xos patognomik belgisi yo‘q) kuzatiladi?

2. Ushbu bemor konsultatsiyasinin o‘ziga xosligi nimada?

Siz demensiyaga shubxa bo‘lganda qanday labarator instrumental tekshiruvlar o‘tkazasiz?

3. Agar bemorda demensiya bo‘lsa olib borish taktikasi qanday?
4:

UAShga 48 yoshli erkak bemor YuIK, zo‘riqish stenokardiyasi, FK II tashxisi bilan murojaat qildi. bemor o‘z axvolidan xavotirda a konsultatsiya berishni iltimos qildi.



Savolllar:

1.Sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha bemorga qanday maslaxatlar berish lozim?

2. Ovqatlanish bo‘yicha sizning maslaxatlaringiz?

Siz bemorga stenokardiya xurujlari to‘g‘risida qanday asosiy maslaxatlar berasiz?

4. Stenokardiya profilaktikasi uchun qo‘llanadigan dori vositalari guruxlarini sanang.

5. bemorda birinchi o‘rinda qanday ko‘rsatkichlarni nazorat qilish lozim?


5:

Sizga 14 yoshli bola murojaat qilib keldi, (DSP) ruxiy asab buzilishi bilan. u siz bilan yomon muloqotda bo‘lyapti va savollaringizga javob bermayapti. lekin unga maxsus maktab uchun ma’lumotnoma kerak.

sizning taktikangiz:
Testlar: oddiy:


  1. Quyidagilarning qaysi biri shaxslar aro muloqotda samarali deb xisoblanadi?

A) Ikki yoki undan ortiq shahslar aro verbal va noverbal ma’lumot almashish

B) Ikki yoki undan ortiq shahslar aro verbal ma’lumot almashish

V) Ikki yoki undan ortiq shahslar aro noverbal ma’lumot almashish

G) Aniq mavzu bo‘yicha malumot yoki fikr almashish.

D) Malumotni tushunish jarayoni.
2. Quyidagilarning qaysi biri muloqot shakli hisoblanadi?

A) Verbal, noverbal

B) Verbal, tana tili

V) Verbal, noverbal, tana tili

G) Noverbal, tana tili

D) Verbal, noverbal, tana tili, oddiy va tushunarli til




  1. Agar siz yaxshi tinglovchi bo‘lsangiz siz:

A) Bemor so‘zidan yengil chalg‘iysiz

B) Faqat o‘z fikrlaringizni ma’qullaysiz

V) Nima gapirishingizni o‘ylab turasiz

G) Bemorni so‘zlarini diqqat bilan tinglaysiz

D) Bemor so‘zlaganda boshqa narsa bilan mashg‘ulsiz


  1. Sizni ishlash jarayoningizni qo‘shimcha o‘quv qurollari yengillashtiradi, chunki:

A) Bemorga bergan ma’lumotlaringizga qaraganda ko‘proq ma’lumot beradi.

B) Sizning bemoringizga to‘liq, aniq va mukammal ma’lumot taminlanadi.

V) Bemorga ajratiladiga vaqtni qisqartiradi.

G) Qitmir savollardan yiroq bo‘lishni taminlaydi.

D) Sizning bemorga nisbatan etiboringizni kuchaytiradi.


  1. Bemor xavotirini samarali aks ettirish kerak, chunki:

A) Qiyin vaziyatdan chiqish maqsadida uning xis tuyg‘ularini aniqlash, ularni analiz qilish.

B) Uning xis tuyg‘ularini aniqlash ularni taxlil qilish.

V) Uning xis tuyg‘ularini aniqlash va ularga qarshi chiqish.

G) Uning xis tuyg‘ularini aniqlash va ularni umumlashtirish.



D) Uning xis tuyg‘ularini aniqlash va ularni etiborsiz qoldirish.




Baxolash

A’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarsiz

yomon

1

o‘zlashtirish %

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va und.past

2

Nazariy qism

15-12,9 ball

12,75-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5-ball

5,4 ball


4.2.2. grafik organayzer: Konseptual jadval

  • Konseptual jadval 2 va undan ortiq aspectlar orqali tushunchalar, ko‘rinishlar, mavzularni tenglikda aniq o‘rganishni taminlaydi

  • Sistemali fikrlar yaratadi. Axborotni sistemalashtiradi


Individual yoki kichik guruhlar tuzadi konseptual jadval

  • Vertikal bo‘yicha

  • .gorizantal bo‘yicha




VYeNNA Diagrammasi

  • 2-3xtomonlarni tenglashtirish yoki taqqoslash yoki qarshi qo‘yish va ularni chiziqlar bilan ko‘rsatish uchun ishlatiladi.

  • Sistemali fikrlash, bilimlarni tenglashtirish, taqqoslash, analiz vasintez qilishni shakllantiradi.

Diagramma Vennani tuzish qoidalari tanish. Individual / diagrammu Venna juftliklardan tashkil topgan va ular to‘ldirib turadigan qismi kesishuvchi doiralar.

Juftliklar birlashtiriladi, tenglashtiriladi vao‘zingizni diagrammangiz qo‘shiladi




4.3. Amaliymashg‘ulot

Ushbu tema tugagandan keyin UASh bilishi zarur bo‘lgan ko‘nikmalar

  1. Bemorlarga maslahat berishda ShAMni ko‘nikmalaridan foydalanishi (verbal va noverbal).

  2. Bemorni jarayonni tushungan yoki yo‘qligini bilishda qayta bog‘lanishni Maksimal qo‘llay bilishi.


  3. Download 1.83 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76




Download 1.83 Mb.