Massa o’tkazish kinetikasi




Download 7.85 Mb.
bet31/98
Sana18.06.2021
Hajmi7.85 Mb.
#15109
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   98
Massa o’tkazish kinetikasi
Muvozanat holatiga erishish yo’nalishida moddaning bir fazadan ikkinchisiga o’tish jarayoniga massa o’tkazish deyiladi.

Massa almashinish jarayonida eng kamida 3 ta modda ishtirok etadi: 1) birinchi fazani tashkil etuvchi modda; 2) ikkinchi fazani tashkil etuvchi modda; 3) bir fazadan ikkinchisiga o’tgan tarqaluvchi modda.



Massa almashinish jarayonida muvozanat holatlarini aniqlashda fazalar qoidasidan foydalaniladi:

(1)

bu yerda Фfazalar soni; C – erkinlik darajasi soni; K – sistemadagi komponentlar soni.

Bu qoidaga binoan, muvozanat holatlarini hisoblashda parametrlarining (bosim, temperatura, konsentratsiya) nechtasini o’zgartirish imkoniyati borligini aniqlash mumkin.

Birinchi fazani – G, ikkinchisini – L va tarqaluvchi massani – M bilan belgilab olamiz. Hamma massa almashinish jarayonlari qaytar, shuning uchun modda G fazadan L ga va teskari yo’nalishda o’tishi mumkin.

Dastavval, tarqaluvchi modda faqat G fazada va y konsentratsiyali bo’lsin. Boshlang’ich davrda L fazada tarqaluvchi modda yo’q bo’lsa, unda fazadagi konsentratsiyasi x = 0.

Agar, fazalarni aralashtirib yuboradigan bo’lsak, unda tarqaluvchi modda G fazadan L fazaga o’tadi. L fazada tarqaluvchi modda M bo’lishi bilan teskari o’tish boshlanadi, ya’ni L fazadan G fazaga. Ma’lum vaqtgacha, G fazadan L ga o’tayotgan tarqaluchi modda zarrachalarining soni M, L fazadan G fazaga o’tayotgannikidan ko’proq bo’ladi.



Lekin, ya’ni biror fursatdan so’ng, M moddaning to’g’ri va teskari o’tish tezliklari tenglashadi. Sistemaning bunday holati fazaviy muvozanat deyiladi. Muvozanat paytida x ning ma’lum qiymatiga boshqa fazadagi tegishli aniq bir qiymatli muvozanat konsentratsiyasi yM to’g’ri keladi. Xuddi shunday, y ning ma’lum qiymatiga tegishli muvozanat konsentratsiyasi xM mos keladi. Muvozanat paytida fazalardagi tarqaluvchi komponent konsentratsiyalari o’rtasida umumiy bog’liqlik quyidagi ko’rinishga ega:

; (2)

Ushbu tenglamalar grafikda muvozanat chizig’i bilan ifodalanadi va massa almashinish jarayonining turiga qarab to’g’ri yoki egri chiziqli ko’rinishda bo’ladi.

8.1-rasmda gaz fazasidagi muvozanat konsentrat-siyasining suyuq fazadagi konsentratsiya bilan bog’liqligi berilgan.



Muvozanat paytidagi fazalar konsentratsiyalarining nisbati tarqalish koeffitsienti m deb nomlanadi:

Odatda, ko’pchilik eritmalar uchun muvozanat chizig’i to’g’ri chiziq shaklida bo’ladi. Tarqalish koeffitsientining qiymati ko’pincha o’zgarmas bo’li, muvozanat chizig’ining qiyalik burchagi tangensiga tengdir.


Turli – tuman massa almashinish jarayonlariga oid qonunlarining aniq turlari tegishli boblarda ko’rib chiqiladi.

Muvozanat bog’liqliklar jarayon yo’nalishi bilan birga, bir fazadan ikkinchisiga tarqaluvchi modda o’tish tezligini ham aniqlash imkonini beradi.

Muvozanat va haqiqiy konsentratsiyalar orasidagi farq massa almashinish jarayonlarini harakatga keltiruvchi kuchi deb hisoblanadi.

Massa almashinish jarayonlarining tezlik koeffitsienti va harakatga keltiruvchi kuchini hisoblash massa o’tkazish kinetikasining asosiy masalasidir.





Download 7.85 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   98




Download 7.85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Massa o’tkazish kinetikasi

Download 7.85 Mb.