• Umumiy tushunchalar
  • Tasdiqlayman




    Download 7.85 Mb.
    bet52/98
    Sana18.06.2021
    Hajmi7.85 Mb.
    #15109
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   98
    8 – AMALIY MASHG`ULOT

    Mavzu: Haydash va rektifikatsiyada flegmadagi moddalarning kontsentrstsyalarini aniqlash.
    Maqsad: Haydash va rektifikatsiya jarayonini o’rganish. Rektifikatsiya jarayonining moddiy va issiqlik balanslarini hisoblashni o’rganish.

    Umumiy tushunchalar

    Ikki va undan ortiq uchuvchan komponentlardan tarkib topgan bir jinsli suyuqlik aralashmalarini ajratish uchun qo’llaniladigan usullardan eng keng tarqalganlari haydash va rektifikatsiyadir.

    Haydash va rektifikatsiya jarayonlari kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoatlarda juda keng ko’lamda ishlatiladi. Masalan, texnik va oziq-ovqat etil spirtlarini, aromatik moddalar ishlab chiqarishda, hamda aralashmalarni dag’al ajratish uchun qo’llaniladi. Juda to’la ajratish uchun rektifikatsiya jarayonidan foydalaniladi.

    Haydash va rektifikatsiya jarayonlari bir xil temperaturada aralashma komponentlarining turli uchuvchanligiga asoslangandir. Yuqori uchuvchanlikka ega komponent yengil uchuvchan, past uchuvchanlikka ega komponent qiyin uchuvchan deb nomlanadi. Demak, yengil uchuvchan komponent qiyin uchuvchanga qaraganda pastroq temperaturada qiynaydi. Shuning uchun ham, ular past va yuqori temperaturada qaynaydigan komponentlar deb ataladi.

    Haydash va rektifikatsiya jarayonida boshlang’ich aralashma yengil uchuvchan komponenti bilan boyitilgan distillyat va qiyin uchuvchan komponent bilan boyitilgan kub qoldig’iga ajraladi. Haydash jarayonida hosil bo’lgan bug’ kondensator – deflegmatorga kondensatsiyalash natijasida distillyat olinadi. Qurilma kubida esa – kub qoldig’i qoladi.



    Download 7.85 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   98




    Download 7.85 Mb.