Tabiiy sirkulyatsiyali, davriy ishlaydigan, osma isituvchi kamerali vakuum – kristallizator




Download 7.85 Mb.
bet93/98
Sana18.06.2021
Hajmi7.85 Mb.
#15109
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
Tabiiy sirkulyatsiyali, davriy ishlaydigan, osma isituvchi kamerali vakuum – kristallizator.

Isituvchi kamera konussimon teshikli panjara va trubalar o’ramidan tarkib topgan. Trubalar ushbu panjaraga razvalsovka usulida mahkamlangan.

Isituvchi kameraning o’qi bo’ylab sirkulyatsion truba joylashtirilgan. Qurilma qobig’i va isituvchi kamera orasida halqasimon bo’shliq bo’lib, unda utfel sirkulyatsiya qilinadi. Qurilmada temperaturalar farqi tufayli chiziqli uzayishlar paydo bo’ladi. Shu sababli, bug’ni uzatish uchun temperature deformatsiyalarini kompensatsiya qiluvchi maxsus moslama o’rnatilgan.

Ushbu moslama isituvchi kamera bilan qattiq birlashtirilgan bo’lsa, qurilma qobig’i bilan esa – temperatura ta’sirida hosil bo’ladigan uzayishlarni bartaraf qiluvchi membrane yordamida birlashtirilgan. Utfel sirkulyatsiyasini yaxshilash maqsadida kamera ostiga bug’ yordamida puflash qo’llaniladi.

Vakuum – kristallizatorlarda qo’llaniladigan isituvchi kamera konstruksiyalari turli bo’lishi mumkin. Hozirgi kunda eng keng tarqalgan isituvchi kamera konstruksiyasi – bu osma kameralardir. Ularning teshikli panjarasi konussimon, sferik va boshqa murakkab shaklli bo’lishi mumkin. Isituvchi bug’ kameraning trubalararo bo’shlig’iga, bug’latilayotgan eritma esa – truba ichiga yuboriladi.



Download 7.85 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




Download 7.85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tabiiy sirkulyatsiyali, davriy ishlaydigan, osma isituvchi kamerali vakuum – kristallizator

Download 7.85 Mb.