• Reabilitologiya fanidan darsliklar, qo‘llanmalarning ro‘yxati Asosiy adabiyotlar
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi
  • OLIY TALIMNING Bilim sohasi: 700000 — «Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taminot» Talim sohasi: 720000 – “Sog‘liqni saqlash”
  • Toshkent – 201 3 Tuzuvchilar
  • Adilov Sh.Q. Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti
  • TTA 2-UASh va endokrinologiya kafedrasi mudiri, t.f.d. Agzamova Sh.A.
  • KIRISh 1.1.Talim berish maqsadi va vazifalari
  • Talim berish vazifalari
  • 1.2.O‘quv talimi bo‘yicha talaba bilimi, malakasi va ko‘nikmalariga bo‘lgan talab. Talaba bilishi kerak.
  • Talaba quyidagi malakalarga ega bo‘lishi kerak
  • Talaba quyidagi ko‘nikmalarini orttirishi kerak.
  • 1.3.Berilgan o‘quv fanini o‘qitishda kerak bo‘ladigan boshqa o‘quv fanlari tartibi
  • 1.4. Talabalar bilish kerak bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar minimumi.
  • 1.5.Talabalar bilimining nazorati
  • 1.6. O‘quv texnologiyalaridan foydalanish
  • 2.O‘quv yuqlamasining hajmi
  • Mustaqil ish Hammasi Maruza Amaliy mashg‘ulot
  • 3. Maruzalar 3.1 Maruzalar mavzu rejasi
  • 3.2.Maruza matnlarining mazmuni. Maruza № 1. Reabilitalogiya fani haqida tushuncha. Reabilitologiya aspektlari. Bemorlar reabilitatsiya qilish prinsiplari va bosqichlari.
  • Integral maruza: (gorizantal integratsiya).
  • Adabiyotlar
  • Tasdiqlayman




    Download 1.75 Mb.
    bet3/31
    Sana25.03.2017
    Hajmi1.75 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

    Qo‘shimcha adabiyotlar

    1. Ichki kasalliklar Sharapov U.F. T:IbnSino, 2003

    2. Ichki kasalliklar Bobojanov S. T:Yangiasravlod, 2008

    3. Diagnostika bolezney vnutrennix organov. Okorokov A.N. Vse tomi.2005.

    4. Lechenie bolezney vnutrennix organov. Okorokov A.N. Vse tomi.2005.

    5. Klinicheskie rekomendatsii dlya praktikuyushix vrachey Pod red. I.N. Denisova i dr. M.:GEOTAR-Media,2002

    6. Vnutrennie bolezni: uchebnik.- v 2-x t. (1t) Pod red. Martinova i dr. M.: GEOTAR-Media , 2005:

    7. Vnutrennie bolezni: uchebnik.- v 2-x t.(2 t.) Pod red. Martinova i dr. M.: GEOTAR-Media , 2005:

    8. Sekreti gastroenterologii. MakNelli P.R. M.:Binom – SPb.: Nevskiy dialekt, 2001

    9. Sekreti revmatologii. Vest S.Dj. M.:Binom – SPb.: Nevskiy dialekt, 2001.

    10. Differensialniy diagnoz vnutrennix bolezney. Vinogradov A.V. M.: Meditsinskoe informatsionnoe agenstvo, 2009.

    11. Vnutrennie bolezni v voprosax i otvetax. Red.Yu.R.Kovalev. SPb.:FOLIANT, 2004.

    12. Pishevaritelnaya sistema. Teshaev O.R. T.:Tafakkur bustoni, 2011

    13. Respiratornaya sistema. Teshaev O.R. T.:Tafakkur bustoni, 2011

    14. Metodicheskoe posobie po realizatsii obrazovatelnogo standarta po podgotovke VOP Chast 1 2011. Tashkent

    15. Amaliy elektrokardiografiya (Tibbiyot oliy ta'lim muassasalari 6-7 kurs talabalari va umumiy amaliyot shifokorlari uchun uslubiy kullanma Toshkent 2011)

    16. Aritmii i ix lechenie (Metodicheskoe posobie dlya vrachey i studentov meditsinskix VUZov)Tashkent, 2011

    17. Gripp i ORVI v praktike vracha obshey praktiki (Metodicheskoe posobie dlya studentov 6-7 kursov meditsinskix VUZov i vrachey obshey praktiki)Tashkent 2011

    18. Handbook of Interpretation of Diagnostic Tests Jacques Wallach.1998

    19. Manual of cardiovascular diagnosis and therapy Joseph S. Alpert

    Internet meditsina saytlari:

    Med.-site.narod.ru



    www.medlook.ru

    www.medbok.ru

    www.medicum.ru

    www.medtext.ru

    www.medkniga.ru

    www.cardioline.ru

    Reabilitologiya fanidan darsliklar, qo‘llanmalarning ro‘yxati

    Asosiy adabiyotlar

    1. «Meditsinskaya reabilitatsiya» pod red. Bogolyubova V.M. kniga I,II,III Izd.3-ye ispr. i dop.-M.: 2010.-416s., ill.

    2. «Meditsinskaya reabilitatsiya» pod red. Bogolyubova V.M. M.-2007 g. 3-x tomnik

    3. Ponomarenko G.M. « Chastnaya fizioterapiya» Meditsina M. 2007 g. 698s.

    4. Yepifanov V.A. “Lechebnaya fizicheskaya kultura” M. 2003 s.674

    5. Dubrovskiy V.A. “Lechebnaya fizkultura” M. 2004 s. 450

    Ko‘shimcha adabiyotlar

    1. «Meditsinskaya reabilitatsiya» pod red. V.A. Yepifanova Moskva 2005. 400s



    1. Bogolyubov V.M. «Metodika i texnika provedeniya fizioterapevticheskix protsedur» M. 2001 s.280

    2. Ushakov A.A. «Rukovodstvo po prakticheskoy fizioterapii» M. 1996 g. 250s.

    3. Dubrovskiy V.I. «Lechebnaya fizicheskaya kultura (kinezoterapiya)»: ucheb. dlya stud. vissh. ucheb. zavedeniy.- 2 izd., s ter.-M., 2001.-608 s.:ill.

    4. Fizicheskaya reabilitatsiya: pod obshey red. prof. S.N. Popova. Izd. 3-ye.- Rostov na Donu, 2005.-608 s.

    5. yevdokimova T.A. Milyukova I.V. Noveyshiy spravochnik“ Lechebnaya fizkultura” M. 2004

    6. Edvard T. Xouli, B. Don-Frenks «Rukovodstvo instruktora ozdorovitelnogo fitnessa» Kiev 2004

    7. Bet Shou “Yoga fit Trening dlya zdorovya” M. 2005

    8. Ulashik V.S. « Fizioterapiya» M. 2003 s. 450

    9. Umarova X.T. , Karachevseva T.V. «Fizioterapiya v pediatrii» izd-vo Ibn-Sino, 1993 s. 354

    Chet el adabiyoti:

    1. Marlis Gonzalez-Fernandez, MD, PhD, Jarrod David Friedman, MD Physical Medicine and Rehabilitation Pocket Companion

    2. Mark Harrast, MD, Jonathan Finnoff, DO Sports Medicine Study Guide and Review for Boards

    3. Wainapel, Stanley F.; Fast, Avital (Editors) Alternative Medicine and Rehabilitation A Guide for Practitioners 2003 - Demos Medical Publishing

    4. Consuelo T Lorenzo et al. Physical Medicine and Rehabilitation Medscape Reference 2011 – WebMD

    5. Sara J. Cuccurullo (Editor) Physical Medicine and Rehabilitation Board Review 2004 - Demos Medical Publishing, 848 pp.

    Internet resurslar:

    http://www.lib.uiowa.edu/hardin/md/index.html,http://dir.rusmedserv.c,http://www.medlinks.ru/,http://www.kosmix.com/,http://www.medpoisk.ru/,http://www.tripdatabase.com/,h ttp://www.klinrek.ru/cgi-bin/mbook,http://www.intute.ac.uk/medicine/

    http://elibrary.ru http://www.freebooks4doctors.com/ http://www.medscape.com/ http://www.meducation.net/ http://www.thecochranelibrary.com

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
    TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
    Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi

    «TASDIQLAYMAN»

    o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor,

    professor Teshaev O.R._________

    «_____»__________2013 yil

    OLIY TA'LIMNING
    Bilim sohasi: 700000 — «Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot»
    Ta'lim sohasi: 720000 – “Sog‘liqni saqlash”
    Ta'lim yo‘nalishi: 5140900 – «Kasbiy ta'lim» (5720100 - «Davolash ishi»)


    REABILITOLOGIYA FANIDAN
    ISHCHI DASTUR
    Umumiy o‘quv soati - 72

    Shu juladan :

    Ma'ruza - 4

    Amaliy mashg‘ulotlar - 36

    Mustaqil ish soati - 32


    Toshkent – 2013
    Tuzuvchilar:



    Visogorseva O.N.

    Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi qatta o‘qituvchisi, t.f.n.




    Adilov Sh.Q.

    Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti





    Retsenzentlar:


    Hamraev A.A.

    TTA 2-UASh va endokrinologiya kafedrasi mudiri, t.f.d.




    Agzamova Sh.A.

    ToshPTI ambulator tibbiyoti va reabilitologiya kafedrasi dotsenti




    Fanning ishchi dasturi “Kasbiy ta'lim”, “Davolash ishi” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturi va o‘quv rejasi asosida tuzilgan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy-uslubiy kengashi yig‘ilishida muhokama qilingan, 2013 yil «_________»dagi «____»-sonli majlis bayoni bilan ma'qullangan.


    KIRISh

    1.1.Ta'lim berish maqsadi va vazifalari

    Ta'lim berish maqsadi.

    Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarning reabilitologiya sohasidagi, bemorlarni kayta tiklash jarayonidagi roli va ahamiyati haqidagi bilim saviyasini oshirish. Shifokorlarning kasbiy mahoratini yaxshilashda, qayta tiklash dasturini kompleks asoslari bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirishga qaratilgan bo‘lib, o‘z ichiga fizikaviy usullar, shifobaxsh jismoniy tarbiya, massaj, manual terapiya, refleksoterapiya, noana'naviy usullarini olgan holda, ularni kasallikni muvaffaqiyatli va o‘z vaqtida davolashda, qayta tiklashda va oldini olishda qo‘llashga qaratilgan.

    Ta'lim berish vazifalari

    Turli kasalliklarida shifoxona, shifomaskan va ambulator sharoitida bemorlarni tibbiy reabilitatsiyasida fizoterapevtik usullarni, jismoniy reabilitatsiya vositalarni va qo‘shimcha noa'naviy davolovchi tadbirlarini birgalikda qo‘llanishini o‘rgatish. Aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, ijtimoiy va maishiy sharoitlarga moslashishini (adaptatsiyasini) yaxshilash tadbirlarni bilish. Reabilitatsiyaning maqsadi va vazifalari: buzilgan funksiyalarni qayta tiklaydigan va kompensatsiya qiladigan maxsus usullarini ishlab chiqish, turg‘un nogironlikni va asoratlarni bartaraf qilish. Fizioterapiya va shifobaxsh jismoniy tarbiya usullari kasallikni davolash vaqtini qisqartirishda va asoratlarni oldini olishda qo‘llanilishi dolzarb masala deb hisoblanadi. Chunki yuqoridagi uslublarni qo‘llanilishi asosiy davolovchi terapiyaning ta'sirini kuchayishiga va dori moddalardan kuzatiladigan asoratlarni oldini olishiga imkoniyat beradi. Davolash bosqichini oxirgi etapi hisoblangan sanator kurort muassasalari bemor organizmining funksional holatini tiklanishiga va ularni uy sharoitiga moslashtirishga imkon beradi. Bu bosqichda bemorlarni davolash dori-darmonsiz tabiiy faktorlar bilan amalga oshiriladi.



    1.2.O‘quv ta'limi bo‘yicha talaba bilimi, malakasi va ko‘nikmalariga bo‘lgan talab.

    Talaba bilishi kerak.

    - reabilitatsiya haqida tushuncha, uning aspektlari va prinsiplarini;

    - turli kasalliklarni davolashda fizioterapevtik muolajalarni va shifobaxsh jismoniy tarbiyani kompleks usullarda qo‘llanishini;

    - muolajalarni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma va mo'neliklarga rioya qilishni;

    -davolash muolajalar majmuasini tuzishda asosiy va yondosh kasalliklarni hisobga olishni, normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmini;

    - sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofilaktik muolajalarni qo‘llashni;

    -bemorni asosiy, yondosh kasalliklarini, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarini hisobga olgan holda, kasallikning aniq nozologik turlarida fizik muolajalarning optimal majmuasini ishlab chiqishni;

    -kasallikning turli bosqichlarida shifobaxsh jismoniy tarbiya, refleksoterapiya, massaj, fitoterapiya va boshqa usullarini o‘z vaqtida qo‘llash va ularni bir biriga moslashni, sog‘lomlashtirish, profilaktika, sanitariya-gigiena tadbirlarini o‘tkazishni;

    - sog‘lom turmush tarzini tashviqot qilishni, kasallik turiga qarab fizik muolajalarni patogenetik davolash kompleksini tuzishni, organizmning jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash usullarini.



    Talaba quyidagi malakalarga ega bo‘lishi kerak:

    Davolash, kasallikning oldini olish jarayonida, shuningdek ijtimoiy va jismoniy adaptatsiyada reabilitatsion dasturlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri tanlash; fizik muolajalarni organizmga ta'sir etish mexanizmini, turli kasalliklarda davolash, asoratlarining oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida qo‘llanilishini, davolash va reabilitatsiya davrida to‘laqon kompleks tuzib, organizmni sog‘lomlashtirishda oqilona foydalanishni, aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, ijtimoiy va maishiy sharoitlarga moslashishini (adaptatsiyasini) yaxshilash uchun tadbirlarni tanlash. Bemorlar bilan individual mashg‘ulotlar oborish, shifokor-pedagogik nazoratini o‘tkazish, bemorlar bilan individual mashg‘ulotlar olib borish; fizioterapevtik muolaja usullarini mustaqil bajarish, fizioterapevtik muolajalarga retseptlarni aniq va to‘g‘ri yozish, fizioterapevtik apparatlarni muolajalarga tayyorlash, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish. Bemorlarga individual reabilitatsiya dasturini tuzish.



    Talaba quyidagi ko‘nikmalarini orttirishi kerak.

    Turli kasalliklar bilan xastallangan bemorlarga individual reabilitatsiya dasturlarni tuzish, unda organizm to‘qimalarini fizik muolajalarga sezuvchanligini aniqlash va ta'sir etish sohasini belgilash; davolash terapiyasining samaradorligini aniqlash va uni tartibga solish; bemorlarga ShJTni rejalash va to‘g‘ri tavsiya qilish; shifokor-pedagogik nazoratini o‘tkazish, mashg‘ulotda qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va samaradorligini baholash; reabilitatsiya bosqichida poliklinika va shifoxonada ShJT vazifalarini va harakat tartibotlarini aniqlash, bemorlarni sanator-kurort davolash bosqichiga yo‘llanma berish, bunda kurort turini aniqlash va yil faslini belgilash.



    1.3.Berilgan o‘quv fanini o‘qitishda kerak bo‘ladigan boshqa o‘quv fanlari tartibi

    Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan umumiy fizioterapiya, shifobaxsh jismoniy tarbiya, vrach nazorati, terapiya, jarrohlik, doya-ginekologiya, pediatriya, travmatologiya va ortopediya fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.



    1.4. Talabalar bilish kerak bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar minimumi.

    1. Turli kasalliklar bilan xastallangan bemorlarga individual reabilitatsiya dasturlarni tuzish.

    2. Turli kasalliklarda fizioterapevtik muolajalarini to‘g‘ri tavsiya etish. Organizm to‘qimalarini fizik muolajalarga sezuvchanligini aniqlash va ta'sir etish sohasini belgilash, davolash terapiyasining samaradorligini aniqlash va uni tartibga solish.

    3.Fizioterapevtik muolajalarga retseptlarni aniq va to‘g‘ri yozish.

    4.Bemorlarga ShJTni rejalash va to‘g‘ri tavsiya qilish; shifokor-pedagogik nazoratini o‘tkazish.

    5.Mashg‘ulotda qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va samaradorligini baholash.

    6.Reabilitatsiya bosqichida poliklinika va shifoxonada ShJT vazifalarini va harakat tartibotlarini aniqlash.

    7.Bemorlarni sanator-kurort davolash bosqichiga yo‘llanma berish, bunda kurort turini aniqlash va yil faslini belgilash.



    1.5.Talabalar bilimining nazorati

    O‘qitilgan materiallar bo‘yicha talabalarning bilimini va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasini baholash butun dars o‘tish vaqtida 2 bosqichda olib boriladi : kunlik joriy nazorat va yakuniy nazorat bo‘yicha reyting ballari qo‘yiladi. Yakuniy nazorat fan tugashi bilan o‘tkaziladi. Talabalar bilimining nazorati har xil ko‘rinishda olib boriladi : og‘zaki so‘rov, vaziyatli masalalarni yechish, o‘rgatuvchi-nazorat qiluvchi testlarga yozma yoki ogzaki javob, amaliy ko‘nikmalarni bajarish, o‘qitishning yangi texnologiya usullari bilan baholash. Bundan tashqari talabalar mustaqil ish topshiradilar va ular kundalik joriy nazoratda baholanadi.

    Fan bo‘yicha reyting ballari joriy va yakuniy nazorat ballarining yig‘indisi fan bo‘yicha qaydnomalarga va talabalarning reyting kitobchalariga qo‘yiladi.

    1.6. O‘quv texnologiyalaridan foydalanish

    O‘qitish jarayonida darslik va qo‘llanmalardan, internetdan olingan yangi ma'lumotlardan, tarqatma materiallardan (muolajalarni o‘tkazish tartibi, jadvallar, krossvord, baholash usullari) o‘qitishning yangi texnologiya usullaridan (miyaga hujum, kichik guruhlar va h.z), fizioterapevtik apparatlardan, videofilmlardan foydalaniladi.



    2.O‘quv yuqlamasining hajmi



    Mehnat hajmi

    O‘quv yuklamasining hajmini auditor mashg‘ulotlar bo‘yicha taqsimlash.


    Mustaqil ish

    Hammasi

    Ma'ruza

    Amaliy mashg‘ulot

    72

    40

    4

    36

    32

    3. Ma'ruzalar

    3.1 Ma'ruzalar mavzu rejasi



    Ma'ruzaning mavzusi

    Soat

    1

    Reabilitalogiya fani haqida tushuncha. Reabilitologiya aspektlari. Bemorlar reabilitatsiya qilish prinsiplari va bosqichlari.

    2

    2

    Turliy xil kasalliklarning tibbiy reabilitatsiyasi hususiyatlari. Bemorni fizioterapevtik usullar va dori darmon bilan kompleks davolash, bu uslublarni bir biriga to‘g‘ri kelishi, ketma-ketligi, bir vaqtda olib borilishini to‘g‘ri tashkil etish.

    2

    Jami 4 soat

    3.2.Ma'ruza matnlarining mazmuni.

    Ma'ruza № 1. Reabilitalogiya fani haqida tushuncha. Reabilitologiya aspektlari. Bemorlar reabilitatsiya qilish prinsiplari va bosqichlari.

    Reabilitatsiya fani va vazifalari, turlari, reabilitatsiya dasturi tadbirlari, bosqichlari, baholash mezonlari haqida tushuncha berish.

    Tibbiy tiklanishning fizioterapevtik asoslari, kasallarni davolashda tiklanish terapiyasining asosiy bosqichlari:

    -Davolash-funksional chiniqtiruvchi.

    -Funksiyalarni aktiv tiklash bosqichi.

    -Etiopatogenetik va simptomatik terapiya birligi.

    -Ma'lum bosqichlarda tiklanish tadbirlarni o‘tkazish.

    -Tibbiy tiklanishning har bir bosqichlarida davolash tadbirlarini ketma-ket o‘sib boruvchi intensivlikda qo‘llash.

    Ma'ruza № 2. Turliy xil kasalliklarning tibbiy reabilitatsiyasi hususiyatlari. Bemorni fizioterapevtik usullar va dori darmon bilan kompleks davolash, bu uslublarni bir biriga to‘g‘ri kelishi, ketma-ketligi, bir vaqtda olib borilishini to‘g‘ri tashkil etish.

    -Reabilitatsiya vositalarini to‘g‘ri qo‘llanishi, turliy xil kasalliklar reabilitaitsiyasida kasallik rivojlanish bosqichlarida reabilitatsiya komlekslarni tuzish, ularni qo‘llash.

    -Farmakologik preparatlarni va fizik muolajalarni birgalikda qo‘llash.

    -Patologiya turiga qarab, tibbiy tiklanishi bosqichlarini ketma ketligini bir tartibda o‘tkazish.

    -Tibbiy tiklanish dasturlarida turli usul va vositalarni kompleks qo‘llash.

    Integral ma'ruza: (gorizantal integratsiya).

    Turliy xil kasalliklarning tibbiy reabilitatsiyasi hususiyatlari. Bemorni fizioterapevtik usullar va dori darmon bilan kompleks davolash, bu uslublarni bir biriga to‘g‘ri kelishi, ketma-ketligi, bir vaqtda olib borilishini to‘g‘ri tashkil etish.

    Ma'ruza davolash va tibbiy pedagogika fakultetlari 6 kurs talabalariga mo‘ljallangan. Ma'ruzachilar: Nevrologiya kafedralarning professor, t.f.d. Raximbaeva G.S. Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedraning dots. Adilov Sh.K. Muddat: 11, 12 semestr.



    Adabiyotlar: 1,2,3,16,17,22,31,35,38.

    4. Amaliy mashg‘ulotlar mavzusi


    Ama-liy mash-

    g‘ulot


    Mos

    keluv-


    chi ma' ruza

    Soat

    Mavzular nomi va ularning bo‘limlar bo‘yicha mazmuni, foydalanilgan yangi pedagogik texnologiyalari.

    Adabiyotlar

    1

    2.


    3.

    4.


    5.

    6.



    1,2

    1, 2

    1, 2

    1, 2



    1, 2

    1,2


    6

    6


    6

    6


    6

    6



    Yurak-qon tomir (yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi, NSD) va nafas olish organlari kasalliklari (zotiljam, plevrit, surunkali bronxit, o‘pka emfizemasi, bronxoektatik kasal-ligi, bronxial astma) tibbiy reabilitatsiyasi tadbirlari.

    Yurak miokardi va koronar toj tomir-larda qon aylanishini neyrogumoral boshqarishni yaxshilash, undagi modda almashinuvi, qisqaruvchanlik, mikro-tsirkulyasiya, gemodinamikasini yax-shilash maqsadida fizioterapevtik muolajalarni va ShJT vositalarini qo‘llash. Nafas olish organlari kasal-liklarining reabilitatsiyasida fiziotera-pevtik muolajalarni va ShJT vositalarini qo‘llash.

    Suhbat, baxs-munozara, o‘yin darslari, ko‘rgazmali materiyalar foydalaniladi.

    Oshqozon – ichak kasalliklari (gastrit, oshqozon va ichak yarasi, kolit, ente-rit, enterokolit, xoletsistit), buyrak (surunkali pilonefrit, nefritlar) va siydik yo‘llari kasalliklari tibbiy reabilitatsiyasi.

    Ovqat hazm qilish sistemasining funksional holatini yaxshilash, oshqozon sekretsiyasini me'yorlashtirish, ichaklar peristaltikasini yaxshilash. Og‘rik qoldiruvchi, regeneratsiyani, so‘rilishi jarayonlarini kuchaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadigan fizik muolajalar va ShJT kompleksini qo‘llash. Mineral suvlarni ichish, parafin, balchiq, ozokerit, elektrouyqu, elektroforez, magnitotera-piya, DMV, Sollyuks, ShJT, lazerote-rapiya, UVCh.

    “Klaster”, “Miya xujmi” usullaridan foydalanish.

    Asab sistemasi kasalliklarida (markaziy nerv tizimi kasalliklari: insult, pereferik asab tizimi kasalliklari, yuz nervi nevriti, osteoxondrozda). Bo‘g‘im kasalliklari (revmatoid artritlar, podagra, psoria-tik artritlar, Bexterev kasalligi va osteoartrozlarda) kasalliklar reabili-tatsiyasi.

    Asab kasalliklarida yallig‘lanishga qarshi, boshlang‘ich davrlarida asorat-larining oldini olish, og‘riqni qoldirishni kamaytirish maqsadida, markaziy nerv sistemasining funksional holatini yax-shilash, funksiyasini tiklash. Kasallik asoratlarining oldini olishda fiziotera-pevtik muolajalarni va ShJTni qo‘lanishi.

    Keys stadi usuli qo‘laniladi.

    Endokrin (qandli diabet, semirish, qalqonsimon bez kasalliklarida), yuqumli (saramas, brutsillyoz va ko‘k yutal) va teri-tanosil kasalliklarining (psoriaz, allergik toshmalar) kompleks reabilitasiyasi.

    Modda almashinuvi (qandli diabet, metabolik sindromi, semirish, qalqon-simon bez kasalliklari, podagra) buzil-gan bemorlarning kompleks reabilita-tsiyasi (tiqlanuvchi davolashning turli bosqichlarida fizioterapiya, shifobaxsh jismoniy tarbiya va reabilitatsiyaning noan'anaviy usullarini qo‘llash). Bemorlarni sanator-kurort davolash bosqichilariga yo‘llanma berish, bunda kurort turini aniqlash va yil faslini belgilash.

    “Klaster”, “Miya xujmi”, insertusuli foydalaniladi.

    Travmatologik (qo‘l-oyoq, umurtqa pog‘anasi va toz suyaklari singanishi) va jarrohlik kasalliklar (ko‘krak va qorin bo‘shliqlaridagi organlarning operasiyalari, qon-tomir kasalliklari) reabilitatsiyasi.

    Travmotologiyada va umumiy jarrohlik kasalliklarining kompleks reabilita-tsiyasida: yallig‘lanishga qarshi, bakte-riotsid, bakteriostatik, suriltiruvchi, degidratasiyani yaxshilovchi, spazmoli-tik, mikrotsirkulyasiyani, to‘qima trofikasini yaxshilovchi va regenera-tsiyani kuchaytiruvchi, shishishni qaytaruvchi; travmatologiyada immobi-lizasiya va immobilizatsiyadan keyingi bosqichlarida kontrakturani oldini oluvchi, bo‘g‘im funksional xolatini yaxshilovchi, asoratini oldini oluvchi fizioterapiya, shifobaxsh jismoniy tarbiya va reabilitatsiyaning noan'anaviy usullari qullaniladi.

    “Klaster”, “Miya xujmi”, insert-usuli foydalaniladi.

    Ginekologik kasalliklarda (homila-dorlik vaqti, tug‘uruq va tug‘uruqdan keyingi davrlar), ginekologik kasal-liklar (ayol jinsiy a'zolari yallig‘lanish kasalliklari, klimakterik sindrom va genital infantilizm), pediatriyada (bolalar serebral paralichi, raxit, allergodermatozlar, bronxial astma, revmatizm va bolalar LOR kasalligi) reabilitatsiya.

    Ginekologik yallig‘lanish jarayonlarida surunkali infeksiya o‘chog‘i sanatsiyasi, yallig‘lanishning so‘rilishi, buzilgan funksiyalarni tiklash, og‘riqni qoldirish va asoratlarning oldini olish maqsadida fizioterapevtik omillar va reabilitatsiya usullarini qo‘llash; akusherlikda kuzati-ladigan ba'zi patologik holatlarda fizik omillarni profilaktik maqsadda qo‘llash; bolalar va o‘smirlarda kuzatiladigan nafas sistemasi va tayanch-harakat apparati kasalliklarida qo‘llanildigan fizioterapevtik omillar va reabilitatsiya usullarining o‘ziga xosligi.

    “Klaster”, “Miya xujmi”, insertusuli foydalaniladi.


    A.1,2,3,4,6

    Q.2,5, 10,23,24

    A.1,2,3,4,619,20

    Q.2,3,9,11,23,24

    A.1,2,3,4,617,18,20

    Q.1,2,9,11,16,23,24

    A.1,2,4,6, 19,20

    Q.2,3,9,11,23,24

    A.1,2,3,4,615,17,18

    Q.1,2,4,9, 11,12,23

    A.1,2,3,4,611,14,15

    Q.2,9,11,1415,17,18,

    19,23,24



    Download 1.75 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 1.75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasdiqlayman

    Download 1.75 Mb.