• 15. Mashgulot mazmuni 15.1. Nazariy kismi
  • Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik




    Download 6.32 Mb.
    bet91/173
    Sana19.03.2017
    Hajmi6.32 Mb.
    #341
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   173
    14. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik

    DJT fani bo‘yicha ta'lim berish vertikal integratsiya bo‘yicha normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, gorizontal integratsiya bo‘yicha bioximiya, fakultativ terapiya, travmatologiya va ortopediya, jismoniy tarbi va vrach nazorati fanlari bilan uzviy bog‘langan.




    15. Mashgulot mazmuni

    15.1. Nazariy kismi

    Ko‘krak qafasida bajariladigan operatsiyalardan oldingi va keyingi davrlarida davolovchi jismoniy tarbiyani qo‘llash.

    Operatsiyadan oldingi davrda DJTni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar: -o‘pkadan qon ketish (agar balg‘amda qon taramlari bo‘lsa, u qarshi ko‘rsatma bo‘lib hisoblanmaydi);

    -yurak-qon tomir va nafas yetishmasligining II- va III-darajasining yaqqol yetishmaslik holati;

    -tana haroratining 38-39 gradusga ko‘trilishi.

    DJTning vazifalari :

    -zaharlanish holatlarini kamaytirish;

    -yurak-qon tomir sistemasi va tashqi nafas olish funksiyasini yaxshilash;

    -bemorning jismoniy va ruhiy-asab statusini yaxshilash;

    -operatsiyadan keyingi erta davrda bajariladigan mashqlarga o‘rgatish.

    Gimnastik muolaja patologik jarayonning qaerda joylashganligi va tarqoqligiga qarab, tashqi nafas olish funksiyasining holatiga, bemorning yoshiga va jismoniy tayyorligiga qarab buyuriladi va tashkil etiladi. Gimnastik mashg‘ulotlar yakka tartibda yoki kichik guruhda (3-4 bemor) o‘tkazilishi mumkin.

    Gimnastik muolajaning kirish qismida qo‘l-oyoqlar uchun mashqlar, statik va dinamik nafas mashqlari beriladi, asosiy qismida ko‘krak qafasining qo‘zg‘aluvchanlik darajasini oshiruvchi, qo‘l va yelka kamari mushaklarini mustahkamlovchi, qovurg‘alar oralig‘idagi mushaklarni va qorin oldi mushaklarini mustahkamlovchi mashqlar beriladi.Bu mashqlar tanani oldinga-orqaga bukish, tanani aylantirish, ko‘krak va bel sohasida umumrtqa pog‘anasini bukish bilan amalga oshiriladi. Mashq davomida statik, dinamik nafas mashqlari, ayniqsa bemorlarga maxsus mashq bo‘lib hisoblangan diafragmal nafas mashqini to‘g‘ri bajarish o‘rgatiladi. Bemorlarga to‘g‘ri yo‘talish o‘rgatiladi va o‘pka ventilyasiyasini oshiruvchi mashqlar beriladi. Mashg‘ulotning tugallanish qismida qo‘l-oyoqlarning distal qismi uchun va statik nafas mashqlari mushaklarni bo‘shashtiruvchi mashqlar bilan birgalikda qo‘llaniladi. Agarda bemorlarda yiringli jarayonlarning yaqqol belgilari bo‘lsa, drenajlovchi nafas mashqlarini bajarish tavsiya etiladi.

    Agar yiringli o‘chog‘ pastki bo‘laklarda joylashgan bo‘lsa, tanani burish va bukish mashqlari qo‘llarning silkitishli (max) harakati bilan amalga oshiriladi. Bu mashqlar orqada va qorinda yotgan dastlabki holatda, oyoq ko‘tarilgan holatda bo‘lishi kerak yoki turgan dastlabki holatda tana oldinga bukilgan holatda bo‘ladi.

    Agar yiringli o‘chog‘ o‘rta bo‘lakda joylashgan bo‘lsa, drenajlovchi nafas mashqlari orqada yotgan va yon boshda yotgan holatda amalga oshiriladi.

    Agar yiringli o‘chog‘ yuqori bo‘lakda joylashgan bo‘lsa, bemor mashqlarni kasallangan yon boshda yotgan, o‘tirgan va turgan dastlabki holatlarda bajarishi kerak.

    Agar yiringli o‘chog‘ aralash holatlarda joylashgan bo‘lsa, drenajlovchi nafas mashqlari har xil dastlabki holatlarda va tanani aylantirish, bukish bilan amalga oshiriladi.

    Bu davrda yo‘tal kuzatilganda ko‘krak qafasini massaj qilish tavsiya etiladi. Shuningdek vibratsion massaj qo‘llash mumkin, natijada bronxlardagi sekretlarning ko‘chishi yaxshilanadi. Bemor uchun individual topshiriq berish maqsadida drenajlovchi maxsus nafas mashqlari kuniga 8-10 marta beriladi.

    Operatsiyadan keyingi erta davrda DJTni qo‘llash.

    DJT vazifalari :

    -o‘pkada bo‘ladigan asoratlarning oldini olish;

    -qolgan o‘pkaning funksiyasini oshirish bilan o‘pka ventilyasiyasini va bronxlarning drenajini yaxshilash;

    -oshqozon-ichak traktida bo‘ladigan o‘zgarishlarning (ichak parezi va oshqozon atoniyasi) oldini olish;

    -venoz qon aylanishini yaxshilash bilan flembotrombozlarning oldini olish;

    -yurak-qon tomir va nafas sistemasining ish faoliyatini yaxshilaash;

    -nerv sistemasining tonusini oshirish;

    -operatsiya qilingan tomonda yelka bo‘g‘imi harakatining chegaralani-shini oldini olish;

    -ko‘krak qafasining deformatsiyasini va qaddi qomatining buzilishini oldini olish.

    Qarshi ko‘rsatmalar :

    -bemorning og‘ir holati;

    -ikkilamchi qon ketish va uning havfi;

    -tez, kichik puls va ADning 90 mm sim. ustunidan pastga tushushi.

    Davolovchi gimnastika muolajasi operatsiyadan so‘ng 1-2 soatdan keyin qo‘llaniladi. Bemorning nafas yo‘llaridagi shilimshiq yoki balg‘amning chiqib ketishini yaxshilashga yordam berish maqsadida nafas mashqlarini to‘g‘ri yo‘nalishda olish o‘rgatiladi. Gimnastik muolajaning 1-kunida 3-5 minut davomida 3-5 marta o‘tkziladi. yengil, qo‘l-oyoqlarning distal qismiga beriladigan mashqlar bilan birglikda beriladi. 2-kundan harakat tartiboti kengaytiriladi. Bu bilan bemorni bir holatdan 2-chi holatga o‘tkaziladi (orqadan yon boshga va h.z.), shu holatda mashqlar bajarilishi va yon boshga o‘tkazilayotganda sog‘ tomoniga o‘tqizilishi kerak. Bulardan tashqari bemorlarga sharni puflash, periferik qon aylanishini yaxshilash maqsadida oyoqlrni yengil silash bilan massaj qilish tavsiya etiladi. Asta-sekin bemor o‘tirgan dastlabki holatga o‘tkaziladi va quyidagi mashqlar beriladi : qo‘l-oyoqlarning distal qismiga, kichik bo‘g‘imlarga mashqlar. Ular statik, dinamik va maxsus nafas mashqlari bilan birgalikda olib boriladi. 3-5 kunlarga kelib bemor o‘tirgan holatdan asta-sekinlik bilan turgan dastlabki holatga o‘tadi. Bu holatda bemorlar yengil mashqlar bajaradi va palatada yura boshlaydilar. Bu davrda orqa va ko‘krak qafasida massajning silash, surtish, tebratish usullarini qo‘llash mumkin.

    6-kundan tushak tartiboti tugaydi va bemor gimnastika muolajasini zalda davom ettiradi. Zalda asosan o‘tirgan, turgan va yurgan holatlarda mashqlar bajariladi. Mashqlar snaryadlar yordamida (gimnastik tayoqcha, meditsinbol – o‘sib boruvchi yuklamaga moslashtirish, yelka bo‘g‘imidagi chegaralanishni yo‘qotish, qaddi qomatni to‘g‘rilash maqsadida)o‘tkazilishi kerak. Bu davrda ham ko‘krak qafasining, orqaning massaji tavsiya etiladi. Bemorlarga statik va dinamik nafas mashqlari, maxsus tovushli gimnastika (unli va undosh harflar yordamida) nafas mashqlari beriladi.

    Pulmonektomiya qilinganidan so‘ng o‘pka tomonidan bo‘ladigan asoratlar havflidir. Shuning uchun 1-kundan boshlab shifobaxsh gimnastika muolajasi bir necha marta o‘tkziladi. 2-3 kundan bemorga nafas mashqlari operatsiya qilingan tomonida yotgan holatda bajarish tavsiya etiladi.Bu bilan sog‘ tomondagi o‘pkaning ekskursiyasi oshiriladi. O‘pkaning ventilyasiyasi va drenaji yaxshilanadi.

    Operatsiyadan keyingi kechki davrda DJTni qo‘llash. Vazifalari :

    -sog‘ o‘pkaning funksiyasini yanada rivojlantirish va qolgan o‘pka funksiyasini yaxshilash;

    -yurak-qon tomir sistmasining faoliyatini yaxshilash;

    -operatsiya qilingan tomondagi yelka bo‘g‘imining qo‘zg‘aluvchanligini oshirish;

    -ko‘krak qafasi, umurtqa pog‘anasi va yelka kamaridagi deformatsiyalarning oldini olish;

    -bemorlarni turmush malakalariga tayyorlash.

    Davolovchi gimnastika muolajasi asosan operatsiyadan keyingi 7-8 kunidan qo‘llaniladi. Bu davrda bemor uchun beriladigan mashqlar bemor holatiga qarab beriladi va quyidagi tavsiyalarga rioya qilinadi :

    1.Bemorlarda charchoqni chaqirmaslik.

    2.Operatsiya chandig‘i sohasida keskin og‘riqni chaqirmaslik.

    3.Bemorning harakat tartibotini me'yorli ravishda kengaytirish.

    4.Mashqlarni sekin sur'atda va nafas olish fazalari bilan birgalikda olib borish.

    Mashg‘ulot vaqtida umumiy rivojlantiruvchi mashqlar hamma mushaklar guruhiga gimnastik tayoqcha, meditsinbol va gantella (1 kggacha), koptoklar bilan birglikda, gimnastik skameyka va sog‘lomlashtirish narvonida olib borilishi kerak, shuningdek bir-biriga mos harakatlar va muvozanat uchun mashqlar tavsiya etiladi. Bu mashqlar statik, dinamik va maxsus nafas mashqlari bilan birgalikda olib boriladi.

    O‘tkazilgan DJTning samaradorligi quyidagilar bilan baholanadi :

    -puls


    -arterial bosim

    -bemorning ob'ektiv, sub'ektiv holati

    -ko‘krak qafasining ekskursiyasi

    -spirometriya, spirografiya

    -pnevmotaxometriya (bronxlarning o‘tkazuvchanligini aniqlash)

    -EKG, VPN

    -funksional sinamalar – Shtange, Genchi

    -qon analizi

    Bemor shifoxonadan chiqqanidan so‘ng davolovchi gimnastika muolajasini poliklinika yoki dispanser sharoitida davom ettiradi. Bu davrda muolajaning davomiyligi 30 minut bo‘lganda kuniga 2-3 marta beriladi. Har bir muolaja o‘tkazilayotganda yuklamalar asta-sekinlik bilan oshirib boriladi. Bu mashqlar guruhiga mexanoterapevtik vositalar, amaliy-sport mashqlari (yurish, yugurish, suzish va h.z), harakatli o‘yinlar, ko‘krak qafasining massaji, shuningdek tabiatning tabiiy omillaridan foydalanish tavsiya etiladi.

    Qorin bo‘shlig‘idagi operatsiyalarda DJTni qo‘llash.

    Operatsiyadan oldingi davrda DJTning vazifalari:

    -organizmning umum hayotiy tonusini va qarshiligini oshirish;

    -yurak-qon tomir va nafas sistemasining funksional holatini mustahkamlash;

    -qorin bo‘shlig‘idagi organ va to‘qimalarda qon aylanishini yaxshilash;

    -oshqozon-ichak yo‘lining motor-evakuator funksiyasini yaxshilash;

    -nevratik holatlarni kamaytirish;

    -to‘g‘ri nafas olishga va operatsiyadan keyingi erta davrda bajariladigan mashqlarga o‘rgatish.

    Yurak-qon tomir va nafas sistemalarining funksional holatini oshirish uchun qo‘l-oyoq va tana mushaklari uchun mashqlar nafas mashqlari bilan birga buyuriladi. Ular meditsinbol, bulavalar yordamida bajariladi.

    Oshqozon-ichak yo‘lining motor-evakuator funksiyasini yaxshilash maqsadida diafragmal nafas, qorin oldi mushak pressining tonusini oshiruvchi mashqlar tavsiya etiladi.Operatsiyadan keyingi erta davrdagi mashqlarni bajarishga o‘rgatish uchun yotganda tanani ko‘tarish, tosni tushakdan ko‘tarish, yon tomonlarga aylanish va og‘riqsiz yo‘talish, statik va dinamik nafas mashqlari buyuriladi.Agarda jigar va o‘t qopida operatsiya o‘tkazilmoqchi bo‘lsa, bemorlar uchun tanani oldinga bukish va aylantirish, oyoqlarni ketma-ket qoringa olib kelish, qorin oldi mushaklar pressini ritmik holatda qisqartirish va bo‘shashtirish, ya'ni bu bilan o‘tning ajralishini faollashtirish mumkin. Asosiy dastlabki holat bo‘lib chap yoki o‘ng yon boshda yotgan holat hisoblanadi.Bemorning yoshiga, organ va sistemalarining funksional holatiga qarab mashqlar tanlab olinadi, o‘zgartiri-ladi, ya'ni shifobaxsh gimnastika muolajasi o‘tkaziladi. Bundan tashqari bemorlarga ertalabki badan tarbiya, me'yorli yurish tavsiya etiladi.

    Operatsiyadan keyingi erta davrda DJTning vazifalari:

    -organizmdan narkotik moddalarning tezroq chiqib ketishiga yordam berish (o‘pka ventilyasiyasini yaxshilash);

    -qorin dimlanishining oldini olish;

    -periferik qon aylanishini yaxshilash;

    -operatsiyaga jalb qilingan to‘qimalarning trenirovkasini yaxshilash;

    -oshqozon-ichak trakti tomonidan bo‘ladigan asoratlarning oldini olish;

    -bitishma jarayonlarining oldini olish;

    -diafragmal nafasni tiklash;

    -organizmni asta-sekinlik bilan berilayotgan jismoniy yuklamalarga moslashtirish.

    Operatsiyadan keyingi erta darda shifobaxsh gimnastik muolajasi asosan orqada yotgan dastlabki holatda o‘tkaziladi.Bunda statik, dinamik nafas mashqlari, qo‘l-oyoqlarning distal qismi uchun mashqlar beriladi. Shuningdek bemorning holatiga qarab tovushli nafas mashqlari beriladi. Bu davrda asosiy e'tibor bemorning o‘ziga-o‘zi xizmat qilishini tiklash uchun mashqlar beriladi.

    Operatsiyadan keyingi kechki davrda DJTning vazifalari :

    -qorin bo‘shlig‘idagi bir-biriga anatomik bog‘liqliklarni normal holatga olib kelish;

    -organizmning qarshiligini oshirish;

    -harakatni tiklash;

    -qorin oldi mushak pressini mustahkamlash.

    Mashg‘ulotlar shifobaxsh jismoniy tarbiya zalida olib boriladi, uning o‘rtacha davomiyligi 25-30 minut davom etadi.Bemorga nafas, faol, snaryadlar bilan bajariladigan, muvozanatga, bir-biriga mos harakatli, tirmashish mashqlari tavsiya etiladi.Operatsion chandiqni va harakatchanlikni oshirish maqsadida tanani bukish va aylantirish, qorin oldi mushak pressini musthkamlash mashqlari beriladi.

    Bemorlar shifoxonadan chiqqanidan so‘ng poliklinika jarrohining nazoratida gimnastik mashg‘ulotlarni va DJTning boshqa shakllarini qo‘llashni davom ettiradilar. 6-12 oydan so‘ng amaliy sport mashqlari tavsiya etiladi.

    O‘tkazilgan shifobaxsh jismoniy tarbiyaning samaradorligini baholash usullari :

    -puls


    -arterial bosim

    -bemorlarning ob'ektiv va sub'ektiv holatlari

    -EKG, VPN

    -Djekson sinamasi, ya'ni qorin oldi mushak pressiga beriladigan statik yuklama. Erkaklar uchun – 2-3 minut; ayollar uchun – 1-2 minut.

    Agarda yuqoridagi davomiylikda ushlab turilsa, mushak pressi tonusi yaxshi deb hisoblanadi.

    -qorin aylanasining kindak sohasida maksimal oldinga chiqargan va maksimal orqaga tortgandagi aylanasi.

    Agarda bu ayirma 2-3 sm chiqsa, mushak tonusi – past; 10-15 sm chiqsa – yaxshi deb baholanadi.

    Travmatologiya va ortopediyada DJT

    Tayanch-harakat apparatining jarohati va kasalliklarida davolovchi jismoniy tarbiyani qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Jarohatlanish ko‘pincha funksiyaning buzilishi bilan kechadi, bu bemorning mehnat qobiliyatining pasayishiga yoki yo‘qolishiga olib keladi. Funksiyaning buzilishi mahalliy va umumiy bo‘ladi.

    Umumiy buzilish – asta-sekin immobilizatsiya vaqtida gemodinamikaning asosiy ko‘rsatkichlari va tashqi nafas funksiyasi pasayadi, modda almashinuvi buziladi. Immobilizatsiya uzoq vaqt davom etganda afferent impulsatsiya buziladi, kompensator-moslashtiruvchi regulyator mexanizmlar ishga tushadi.

    Jismoniy mashqlarning sistematik muntazam qo‘llanilishi ta'sirida tayanch-harakat apparatining trofikasi yaxshilanadi, mushaklarda kapillyarlar va anastamozlar miqdori ortadi. Harakat apparati jarohatlarida regenerativ jarayonlarning yaxshilanilishini motor-visseral reflekslar mexanizmi tushuntirib beradi. Mashg‘ulot vaqtida hosil bo‘lgan reflekslar asta-sekin shartli-reflektor bog‘lanish belgisi bo‘yicha dinamik steriotipni shakllantiradi.

    Shunday qilib, faqat mashg‘ulot vaqtida emas, balki undan keyin ham mushak tonusi, bo‘g‘imlardagi harakat, tana va qo‘l-oyoq mushak kuchlarining oshishi kuzatiladi.

    Jarohatlanish harakteri, shikastlanish yoki kasalliklarning patogenetik mexanizmlariga nisbatan davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartiboti aniqlanadi va davolashning umumiy va mahalliy vazifalari qo‘yiladi.

    Davolovchi jismoniy tarbiya tavsiya etishga qarshi ko‘rsatmalar :

    1.Bemorning umumiy og‘ir holati.

    2.Gemoragik, travmatik va og‘riq shoklari.

    3.Qon ketish va qon ketishga moyillik.

    4.Yirik tomir va nerv yaqinida yod tanalarning bo‘lishi.

    5.Suyak bo‘laklari repozitsiyasining yo‘qligi.

    Qo‘l-oyoq suyaklari singanida qo‘yiladigan umumiy vazifalar:

    -yurak-qon tomir, nafas sistemalari funksiyasini, oshqozon-ichak yo‘li motorikasini yaxshilash;

    -almashinuv jarayonlarini, jarohat sohasida qon va limfa aylanishini tezlashtirish;

    -o‘sib boruvchi jismoniy yuklamaga organizmning hamma sistemalarini moslashtirish.

    Mahalliy vazifalar :

    -mushaklar gipotrofiyasining oldini olish;

    -mushaklar kuchlanganligi va kontrakturasining oldini olish;

    Mahalliy vazifalarni bajarish uchun davolovchi jismoniy tarbiyaning quyidagi vositalaridan foydalaniladi:

    -yengillashtirish bilan bajariladigan mashqlar (sirpanuvchi yuza, g‘ildirakli aravachalar);

    -simmetrik qo‘l-oyoq uchun mashqlar;

    -immobilizatsiya qilingan qo‘l-oyoqlarning bo‘sh bo‘g‘imlari uchun mashqlar;

    -ideomotor mashqlar.

    Qo‘shimcha vositalar – davolovchi massaj, iliq vannalar.

    Tirsak bo‘g‘imi jarohatida shifobaxsh jismoniy tarbiya.

    Davrlar -absolyut immobilizatsiya

    -nisbiy immobilizatsiya

    -immobilizatsiyadan keyingi

    -tiklanish

    Jarohatning 1-kunidan boshlab izotonik mashqlarni, 2-3 kundan izometrik mashqlarni tavsiya qilish mumkin.

    Immobilizatsiyadan keyingi davrda quyidagi vazifalarni qo‘yish mumkin :

    -harakat ko‘nikmalarining trenirovkasi;

    -sog‘ qo‘lning tayanch qobiliyatining trenirovkasi;

    -sog‘ qo‘lda harakat amplitudasini oshirish;

    Qo‘llanilgan mashg‘ulotlarning samaradorligini aniqlash uchun quyidagi usullardan foydalaniladi :

    -uglometriya;

    -dinamometriya;

    -statik kuchlanishni ushlab turish.

    Umurtqa pog‘anasining sinishida DJT.

    Bo‘yin qismining engashgan sinishida immobilizatsiyaga quyidagi talablar qo‘yiladi :

    1.Qattiq to‘shak.

    2.yelka ostiga katta bo‘lmagan yostiq.

    3.Bosh qismi 50 smga ko‘tarilgan.

    4.Glisson halqasi yordamida cho‘zish.

    Bo‘yin qismining yozilish holatida sinishida immobilizatsiyaga quyidagi talablar qo‘yiladi :

    1.Bosh ostiga katta bo‘lmagan yostiq.

    2.Glisson halqasi yordmida cho‘zish.

    3.Ensa suyagi ostiga gipsli yarim korset.

    Sinishning 1-kunlarida davolovchi jismoniy tarbiyaning vazifasi bo‘lib hisoblanadi :

    -bemorning hayotiy tonusini ko‘tarish;

    -yurak-qon tomir, nafas sistemalarining faoliyatini yaxshilash;

    -hayotiy muhim organlarda dimlanish holatlarining oldini olish.

    Tavsiya etiladi:

    -nafas mashqlari;

    -yengillashtirilgan sharoitda qo‘l-oyoqlarning distal qismlari uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar (to‘g‘ri oyoqlarning ko‘tarilishi tavsiya etilmaydi).

    Ko‘krak va dumg‘aza qismlari jarohatida shifobaxsh jismoniy tarbiyani qo‘llash.

    Davrlari -1 - 7-10 kun

    -2 - 10-45 kun

    -3 - 45-60 kun

    -4 - bemorning o‘rnidan turgan vaqtidan boshlab

    1- va 2-davrlarning vazifalari:

    -ichki organlarning funksiyasini normallashtirish;

    -jarohat sohasida qon bilan ta'minlanishni yaxshilash;

    -tana, yelka va tos kamari mushaklarini mustahkamlash.

    3-davrning vazifalari:

    -qo‘l-oyoq, tana va tos tubi mushaklarini mustahkamlash;

    -harakatlar koordinatsiyasini va umurtqa pog‘anasining mobilligini yaxshilash.

    3-davr 2-davrdan quyidagilar bilan farqlanadi :

    -mashg‘ulotlarning zichligi va davomiyligining ortishi hisobiga yuklamaning oshishi bilan;

    -qarshilikda va yuklama bilan bajariladigan mashqlarning tavsiya etilishi bilan;

    -izometrik mashqlar ekspozitsiyasining ortishi bilan;

    -asta-sekin umurtqa pog‘anasiga yuklama berishga o‘tish bilan.

    Mashg‘ulotning samaradorligi mushak korsetining hosil bo‘lishi bo‘yicha baholanadi, ya'ni 1.”lastochka” mashqi - 2-3 minut

    2.Jekson sinamasi - 2-3 minut

    4-davrning vazifalari :

    -tana mushagining mustahkamlanishini davom ettirish;

    -umurtqa pog‘anasiga yuklama berishga o‘tish;

    -yurish ko‘nikmalarini va qomatni tiklash.

    Umurtqa pog‘anasi jarohatidan keyin o‘tirishga 3 oydan so‘ng ruhsat etiladi, agar bemor 1,5 – 2 soat yurganidan keyin diskomfortni xis qilmasa, ya'ni bezovta bo‘lmasa.

    Umurtqa pog‘anasi bilan orqa miya ham jarohatlansa asoratalar yoki buzilishlar kuzatiladi, ya'ni

    -orqa miya neyronlarida distrofik jarayonlarning erta rivojlanishi;

    -spastik holatlarning erta paydo bo‘lishi;

    -bo‘yin qism singanida nafasning vestiblyar apparati va koordinatsiyaning buzilishi.

    Bu asoratlarning oldini olish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

    -izolyasiyalangan harakatlarning nafas fazalari bilan birgalikda olib borish;

    -reflektor qo‘zg‘aluvchanlikni pasaytirish uchun passiv mashqlarni va bo‘shashtiruvchi massajni erta qo‘llash;

    -irodali mushaklar relaksatsiyasi;

    -harakat stereotipini shakllantirish.

    Tos suyagining sinishida DJTni qo‘llash.

    Davrlari 8-10 hafta

    -11-13 hafta tiklovchi

    1-davrning umumiy vazifalari :

    -bemorning emotsional tonusini oshirish;

    -yurak-qon tomir, nafas sistemalari tomonidan bo‘ladigan asoratlarning oldini olish;

    -qorin dimlanishi (meteorizm), siyish va najasni ushlab qolish funksiyasining susayishini oldini olish.

    Mahalliy vazifalari :

    -tos sohasida qon bilan ta'minlanishni yaxshilash;

    -tos kamari va oyoq mushaklarining kuchi va chidamliligining pasayishini oldini olish;

    -bo‘g‘imlarda regidlikning oldini olish.

    Erta davrida asosan ko‘krak bilan nafas olish qo‘llaniladi.

    Immobilizatsiya davrida qo‘llaniladi :

    -sog‘lom qo‘l-oyoqning faol harakati;

    -immobilizatsiya qilingan oyoq uchun ideomotor mashq;

    -oyoq panjalarining faol harakati, oyoq tovonini bukish, tovonga bosim, kichik narsalarni oyoq panjalari bilan ushlash;

    -son, tizza mushaklari uchun izometrik mashqlar, yurish imitatsiyasi.

    Tosning qo‘zg‘algan (ajralgan) bo‘laklarining repozitsiyasi uchun tavsiya etiladi :

    1.Krovatning oyoq tomoniga qo‘zg‘algan tomondagi oyoq bilan “tortilish”.

    2.Tos suyagi ajralganda oyoqlarning bir-biri bilan kesib o‘tishi (sog‘ oyoq yuqorida).

    3.Oyoqlarning ichki rotatsiyasi.

    4.Qorin pressi uchun mashqlar.

    2-davrning vazifalari :

    -tana, tos kamari, qo‘l-oyoq mushaklarini mustahkamlash;

    -qo‘l-oyoq bo‘g‘imlarida harakat amplitudasini oshirish;

    -oyoqlarning tayanch funksiyasining trenirovkasi.

    Bemorlarni 2-davrning oxirida o‘rnidan ko‘tarilishiga ruhsat etiladi, lekin buning uchun avval bemorni qoringa o‘girib olish kerak.

    Qorinda yotgan holatda mashqlar:

    1.Galma-galdan, keyin bir vaqtning o‘zida oyoqlarni tos-son bo‘g‘imida bukish.

    2.To‘g‘ri oyoqlarning yon tomonga harakati.

    3.Tosni ko‘tarish.

    3-davrning vazifalari:

    -o‘sib boruvchi jismoniy yuklamaga organizmning hamma sistemalarini moslashtirish;

    -oyoqlarning tayanch funksiyasini tiklash, tos-son va tizza bo‘g‘imlarida harakatni oshirish.

    Bemor xassasiz 1,5 – 2 soat davomida yurib, diskomfort xis qilmasa unga o‘tirishga ruhsat etiladi.

    Sonning markaziy chiqishi bilan tos suyagining sinishining 1-davrida izometrik mashqlarni quyidagilar uchun qo‘llashga ruhsat etiladi:

    -dumba mushaklari;

    -orqaning to‘g‘ri mushaklari;

    -tizza mushaklari;

    -tos tubi mushaklari.

    Quyidagi dastlabki holatlar ruhsat etiladi :

    1.Tizza-tirsak dastlabki holati.

    2.Tizzada turgan dastlabki holat.

    3.Turgan dastlabki holat.

    4.Tovon-qo‘l dastlabki holat.

    5.Tizza-qo‘l dastlabki holati.

    Skoliotik deformatsiyaning rivojlanishida quyidagi bosqichlar farqlanadi:

    -torsiya;

    -yon bosh qiyshayishi;

    -kifoz elementlarining bo‘lishi;

    -ko‘krak qafasining deformatsiyasi;

    -bel lordozining kuchayishi;

    -mushaklarning bir tomonlama kontrakturasi;

    -ichki organlar joyining o‘zgarishi.

    Skoliozni davolashning asosiy usuli bo‘lib hisoblanadi : umurtqa pog‘anasining mobilizatsiya va deformatsiyaning korreksiyasi va uni ushlab turish. Shu maqsadda quyidagi mashqlar qo‘llaniladi :

    -korreksiyalovchi;

    -assimetrik;

    -simmetrik;

    -nafas.

    Osteoxondrozi bor kasal bemorlar bilan davolovchi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak :

    1.Yuklamani kamaytiruvchi dastlabki holatni qo‘llash (orqada, qorinda, yon boshda yotgan, tizza-kaft).

    2.Bo‘shashtiruvchi mashqni keng qo‘llash.

    3.Nafas mashqlari.

    4.Umurtqa pog‘anasini bukishga mashq.

    5.Umurtqa pog‘anasini cho‘zishga mashq.

    6.Shtangachilar foydalanadigan kamar yordamida jarohatlangan segmentlarning fiksatsiyasi.

    Yassi oyoqlikoyoq panjasining yassiligi bilan xarakterlanadi.

    Vazifalari:



    • tana xolatini to‘g‘ri tutishga qaratilgan

    • oyoq panjasiga tushadigan yuklamani kamaytirish

    • yengil darajada davolash

    DJTning qo‘llanilishi:

    1.Yuklamani kamaytiruvchi dastlabki holatni qo‘llash (orqada, qorinda, yon boshda yotgan, tizza-kaft).

    2.Bo‘shashtiruvchi mashqni keng qo‘llash.

    3.Umurtqa pog‘anasini bukishga mashq.

    4.Umurtqa pog‘anasini cho‘zishga mashq.



    Download 6.32 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   173




    Download 6.32 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik

    Download 6.32 Mb.