• Tayanch so‘z va iboralar
  • Tayanch so‘z va iboralar




    Download 60.07 Kb.
    bet1/3
    Sana03.02.2022
    Hajmi60.07 Kb.
    #17001
      1   2   3
    Bog'liq
    SE - maruza-3
    3-laboratoriya ishi, 1 4 Пахтани қуритишда чет эл технологияси



    Reja:

    1. Ekologik huquq manbalari

    2. O’zbekiston ekologik siyosati

    3. Biosfera va uni rivojlanishi to’g’risidagi ta’limotni umumiy qoidalari

    4. Aftotrof va getorotrof kategoriyalar, yerda hayotni vujudga kelishida ularning ahamiyati



    Tayanch so‘z va iboralar: antropogen ob’ektlar, ilmiy-texnik revolyusiya, yer biosferasi, planetar jarayonlar, yorug‘lik nuri, fotosintez reaksiyasi, karbonat angidrid, kislorodga aylantirib beruvchi avtotrof, xlorofill, geterotrof kategoriyalar, biosferning qalinligi, avtotrof organizmlar, yorug‘lik energiyasi, fotosintez, geterotrof organizmlar

    Ekologiya muammosi davrimizning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qoldi. Uning xavfi xatto yadro xavf-xataridan ham daxshatliroq bo‘lib, butun er shari xalqining tashvishiga solmoqda. «Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi, - deb yozadi I.A.Karimov, - juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik qo‘l qovushtirib o‘tirish o‘z-o‘zida o‘limga mahkum etish bilan barobardir».


    Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda jamiyatimizda har xil yoqilg‘ilarni yoqish sababli har yili 10,1 mlrd.tonna kislorod sarf bo‘lmoqda, qishloq xo‘jaligi yaroqli erlarning 70 foizi, chuchuk, suvlarning 20 foizi o‘zlashtirilib foydalanilmoqda, o‘rmonlar egallagan maydonlar yildan-yilga kamayib bormoqda, cho‘l zonalarining maydoni oshib bormoqda, havo harorati yildan-yilga ko‘tarilmoqda. Buning ustiga, dunyo aholisi har yili o‘sib borib, tabiat zahiralaridan xo‘jalik maqsadlarida yanada ko‘proq foydalanishga to‘g‘ri kelmoqda. SHuningdek texnikaning, sanoat korxonalarining rivojlanishi ham atrof-muhitga jiddiy zarar etkazmoqda. Bularning oqibati o‘laroq dunyoda ekologik muhitning yomonlashuv bilan bog‘liq turli kasalliklar kelib chiqmoqda. Planetaning taqdiri uchun inson tomondan o‘tgan asrdayoq bong urilgan, hozirgi yuz yillikda esa atrof-tabiiy muhitga nagruzkani ortib ketishi natijasida dunyo ekologik tizimi inqiroz darajasiga etdi. Atrof tabiiy muhitini ifloslantirish, tabiiy resurslarni ishdan chiqarish, ekotizimdagi ekologik aloqalarni buzish global muammo bo‘lib qoldi. Agar insoniyat hozirgi tarraqiyot yo‘lidan borishni davom ettirsa uning halokati ikki-uch avlod yashab o‘tgandan so‘ng yuz berishi ehtimoldan xoli emas.
    “Ekologiya” hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib,ssivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muaommoning hal qilinishiga bog‘liqdir».
    Ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, tabiat bilan jamiyat bir-biri bilan o‘zaro uzviy aloqa, chambarchas bog‘liklikda bo‘ladi. Bu uzviylik, o‘zaro ta’sir tabiatning umumiy qonunlariga mos kelishi, o‘zaro teng muvozanatda bo‘lishlikni talab etadi. Aks holda bu muvozanatning buzilishi salbiy holatlarni keltirib chiqarib, tirik mavjudodning yashashiga xavf soladi. SHu sababdan, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, undan oqilona foydalanish, uni muhofaza etish lozimdir.
    Tabiat ob’ektlaridan foydalanishda shunday vositalarni topish, ularni qonunlarda o‘rnatish, amaliyotga qo‘lllash lozimki, bu bir tomondan, xo‘jalik faoliyati taraqqiyotini ta’min etsin, ikkinchi tomondan: tabiatni muhofaza qilish munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga xizmat qilsin. Muammoni shunday tartibda hal etish kerakki, bunda birinchidan: tabiiy resurslardan foydalanishda ekologiyaning ham, iqtisodning ham manfaatlari hisobga olinsin, ikkinchidan: ularning uzviyligini ta’minlash mumkin bo‘lmasa, ustuvorlik ekologiyaga berilishi kerak.
    Tabiatni muhofaza etish turli xil vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi. SHulardan eng muhimi- tabiatni huquqiy muhofaza etishdir, ya’ni tabiatni qonunlar yordamida ifloslanishdan, xo‘jasizlarcha foydalanishdan, zaharlashdan himoya qilishdir. Demak, tabiatni muhofaza qilishda huquq alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u yuridik va jismoniy shaxslarga tabiatdan oqilona foydalanish hamda muhofaza etish tartib qoidalarini belgilab beradi, Xarakatdagi tabiatni muhofaza qilishga bag‘ishlangan qonunlardagi ekologik talablarga rioya etilishini, ularni amaliyotda to‘g‘ri tatbiq qilinishini ta’minlashda ekologiya qonunchiligini mukammal bilish zarur bo‘ladi. CHunki ekologik noxushliklar ko‘pincha ushbu qonunlarini bilmaslik hamda ularga rioya etmaslik oqibatida kelib chiqadi. SHu sababdan, sog‘lom tabiiy atrof-muhitni saqlash ko‘p jihatdan mansabdor shaxslar va fuqarolarning ekologiya qonunchiligi to‘g‘risida qay darajada xabardorligi va unga amalda rioya etishligiga bog‘liq bo‘ladi.
    Yuqorida qayd qilganimizdek, yangi texnologik jarayon ish unumdorligi iqtisodiy daromadni ko‘paytirishi bilan bir qatorda tabiiy resurslarning holatiga salbiy ta’sirlarni oshirishga, shuningdek tabiat bilan jamiyat o‘rtasidaagi o‘zaro muvozanatni buzilishiga olib kelishi mumkin.
    XX asrda amalga oshirilgan fan texnika revolyusiyasi natijasida yaratilgan yangi texnika vositalari, ishlab chiqarish ob’ektlari va navbatida tabiatga bo‘lgan ta’sirini oshishi misli kutilmagan ekologik salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Ushbu holat ekologik huquqiy munosabatlar doirasi va darajasini o‘rganuvchi ekologiya huquqi fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga zaruriyat yaratdi. Ekologiya huquqi – tabiat bilan jamiyat o‘rtasida paydo bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishni o‘rganuvchi fandir.

    Download 60.07 Kb.
      1   2   3




    Download 60.07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tayanch so‘z va iboralar

    Download 60.07 Kb.