• TAYANCH TUSHUNCHALAR: Muloqot
  • Kommunikatsiya
  • Kinesika
  • Tayanch tushunchalar




    Download 48.98 Kb.
    bet1/10
    Sana19.01.2023
    Hajmi48.98 Kb.
    #38704
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    7-amaliy (2)
    ДАРС ЖАДВАЛИ, 10-sinf INFORMATIKA, Kompyuter savodxonligi, 8-maruza, ta-limning-turli-bosqichlarida-innovatsion-texnologiyalardan-foydalanish-samaradorligini-oshirish, isajon-sulton-hikoyalarida-bo-ri-obrazi, qotishmalar nazariyasi, metallar, 88 (18), 88 (11), 88 (14), bub44, Mashina detallar, Tojiboyev R.N. Mashina detallari. (1)

    7-MAVZU: SOHADA O‘ZBEK TILIDA MULOQOT VA KOMMUNIKATSIYA JARAYONI.

    1. Muloqot va uning turlari.


    2. Muloqot shakllari va nutqiy faoliyat.
    3. Og‘zaki muloqot va uning xususiyatlari. Verbal va noverbal muloqot.
    4. Yozma muloqot.
    5. Muloqot texnologiyasi va texnikasi.


    TAYANCH TUSHUNCHALAR:
    Muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi
    Kommunikatsiya – o‘zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi jarayoni.
    Kooperatsiya - hamkorlik faoliyatini tashkillashtirish, guruh maqsadlariga erishishni ta’minlab beruvchi o‘zaro ta’sir.
    Verbal kommunikatsiya - inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo‘llaniladi
    Kommunikatsiya - tirik va o‘lik tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi
    Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z harakatla¬rini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.
    Nizo – muloqot ishtirokchilarining har biri muhim bo‘lgan muammoni hal etish vaqtida ular o‘rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish jarayonidir
    Kinesika – bu imo-ishoralar, mimika va pantomimikadan iborat bo‘lgan muloqot vositalari tizimi.
    Paralingvistik tizim – bu vokallashtirish tizimi, ya’ni, tovush sifati, uning ko‘lami, tonalligi.
    Ekstralingvistik tizim – nutqqa tanaffus va boshqalarni, masalan, tin olish, yo‘talish, yig‘i, kulgu, nutq jadalligini kiritish.
    Proksemika – psixologiyaning muloqotni fazoda va vaqt bo‘yicha tashkil etish talablari bilan shug‘ullanadigan maxsus sohasi. Proksemikaning asoschisi amerikalik antropolog e. Xolldir. Proksemik xususiyatlarga sheriklarning muloqot vaqtidagi yo‘nalishi va ular o‘rtasidagi masofa kiradi.

    Download 48.98 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 48.98 Kb.