"tbc bank" atb mijozlarining va fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish




Download 149.77 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.05.2023
Hajmi149.77 Kb.
#64726
Bog'liq
Murojaatlarni ko rib chiqish 6165b7d7ee
Nanozarralar fizikasi, kimyosi va texnologiyasi (A.Teshaboyev, S.Zaynobiddinov), Reference-440221100595, Янги конституция, Soliqlar va soliqqa tortish (1), Marketing turlari-fayllar.org


“TBC Bank” ATB mijozlarining va fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish 
tartibi 
Murojaatlarni koʻrib chiqishda biz Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va 
yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga amal qilamiz. Ushbu 
hujjat ma’lumot berish maqsadida taqdim etiladi va Tomonlardan hech qaysi biri 
uchun huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi. 
1. Murojaat shakli 
Murojaatlar ariza, taklif, shikoyat va boshqa shakllarda quyidagi koʻrinishda qabul 
qilinadi: 
- ogʻzaki; 
- yozma ravishda; 
- elektron shaklda. 
Ularning shakli va turidan qat’i nazar, murojaatlar Bank uchun teng qiymatga ega. 
2. Murojaatning mazmuni 
- Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (otasining 
ismi), telefon raqami (agar mijoz boʻlsa, TBC UZ ilovasida roʻyxatdan oʻtishda 
foydalanilgan telefon raqami); 
- Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan 
manzili (pochta manzili) toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, aloqa ma’lumotlari koʻrsatilishi 
kerak. 
3. Qaysi tilda murojaat qilish kerak 
- murojaatlar davlat va boshqa tillarda taqdim etilishi mumkin. 
4. Yozma murojaat mazmuniga qoʻyiladigan talablar 
4.1. Yozma taqdim etilgan murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi 
yoki yuridik shaxs oʻrniga murojaat etayotgan vakolatli shaxsning imzosi bilan 
tasdiqlanishi kerak. Agar jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat 
etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni boʻlmasa, u holda murojaatni yozgan 
shaxs tomonidan qoʻshimcha ravishda uning familiyasi (ismi, otasining ismi) 
yozilib, imzolanishi kerak. 
4.2. Murojaat etuvchilar vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning 
vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. 


5. Ogʻzaki murojaatlar quyidagicha qabul qilinadi: 
5.1. Baxt Markazi tomonidan +99878-727-27-27 telefon raqami yoki 1150 qisqa 
raqam orqali; 
5.2. Operatsion xavf va komplaens departamenti tomonidan +998-78-888-27-27 
Ishonch telefoni orqali. Mazkur departamentga poraxoʻrlik va korruptsiyani oldini 
olish uchun murojaat etiladi; 
5.3. Front ofis xodimlari tomonidan (mijozga maslahat berish uchun). 
6. Yozma shaklda murojaatlar quyidagicha qabul qilinadi: 
6.1. Bankning Bosh ofisi, kotibiyat va Bankning Bosh ofisi devonxonasi 
tomonidan. 
7. Murojaatlar elektron shaklda quyidagicha qabul qilinadi: 
7.1. Bank ilovasining ichki platformasi orqali suhbat tarzida Baxt Markazi 
tomonidan; 
7.2. Bank Boshqaruvi Raisining virtual qabulxonasi tomonidan korporativ veb-
sayt orqali www.tbcbank.uz; 
7.3. Elektron pochta orqali mijozlarni qoʻllab-quvvatlash departamenti 
tomonidan: contact@tbcbank.uz; 
7.4. Operatsion xavf va komplaens departamenti tomonidan elektron pochta 
orqali: 
incident_compliance@tbcbank.uz
. Mazkur departamentga poraxoʻrlik va 
korruptsiyani oldini olish va axborot berish uchun murojaat qilinadi. 
8. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish 
8.1. Bankda jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish Bankning 
Bosh ofisining ish kunlarida Bankning mas’ul rahbarlari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
8.2. Bank rahbariyatining shaxsiy qabuli davomida maxsus texnik (audio va video 
yozuvlar, shuningdek, suratga olish) vositalaridan foydalanish mumkin. 
9. Murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari 
9.1. Murojaat Bankka kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida koʻrib 
chiqiladi. Qoʻshimcha ravishda masalani koʻrib chiqish kerak boʻlsa yoki 
qoʻshimcha hujjatlarni talab qilish zarur boʻlgan hollatlarda, murojaatni koʻrib 
chiqish muddati bir oygacha davom etishi mumkin. 
9.2. Agar murojaatni koʻrib chiqish uchun tekshirish oʻtkazish kerak boʻlsa, 
qoʻshimcha materiallar zarur boʻlsa yoki boshqa chora-tadbirlar koʻrish zaruriyati 
tugʻilsa, murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari istisno tariqasida Boshqaruv 
Raisi tomonidan uzaytirilishi mumkin, biroq bu haqda murojaat etuvchiga xabar 


qilingan holda bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. 
Murojaatni koʻrib chiqish muddatlarini uzaytirish ishlari javobgar shaxs 
tomonidan obyektiv sabablarga koʻra zaruriyat tugʻilsagina amalga oshiriladi. 
10. Qanday murojaatlar koʻrib chiqilmaydi 
- asoslanmagan va murojaat etuvchisi noma’lum boʻlgan murojaatlar; 
- vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan jismoniy va yuridik shaxslar 
vakillari orqali berilgan murojaatlar 

Download 149.77 Kb.




Download 149.77 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"tbc bank" atb mijozlarining va fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish

Download 149.77 Kb.
Pdf ko'rish