Teri va zamburug'li infeksiyasi zamburug’li kasalliklar (mikozlar)




Download 19.91 Kb.
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi19.91 Kb.
#49869
  1   2   3
Bog'liq
TERI VA ZAMBURUG
7-sinf 2-chorak test banki informatika, Aralash, Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti term, I bob. Depressiya turlari uning belgilari, sabablari va xususiy, 3-amaliy mashgulot (1), 4 Активларни идентификация қилиш, 7- amaliy ish, Dermatomikozlar, 6 shlyapa, jykjh, 5 ustun oddiy 5, 5 ustun oddiy 7, Gost 2023, Мустақил иш(МТ1)

TERI VA ZAMBURUG'LI INFEKSIYASI
Zamburug’li kasalliklar (mikozlar) — bu organizmning patologik holati bo’lib, inson va hayvon terisi va shilliq qavatlarida parazitlik qiluvchi mikroorganizmlarning (zamburug’larning) hayotiy faoliyati ta’sirida yuzaga keladi.
Infektsiyalanish inson yoki hayvon tanasining nuqsonli qismi bilan yaqin aloqada bo’lish, shuningdek, bemorning ifloslangan buyumlari bilan aloqada bo’lish orqali sodir bo’ladi.
Zamburug‘larning 100 000 dan ortiq turlari ma’lum bo‘lib, ulardan 500 taga yaqini odam va hayvonlar uchun patogen hisoblanadi, ya’ni kasallik paydo qiladi. Zamburug‘li kasalliklar bemordan yoki kasal hayvondan odamga asosan, bemor bilan bevosita muloqotda bo‘lganda yoki uning zararlangan buyumlaridan foydalanganda o‘tadi.
Ular tashqi muhitning turli omillariga chidamli, masalan, ochiq suv havzalari, ko‘rpalar, kiyim-bosh, gilam hamda sochlarga tushganda bir necha yilgacha kasallik tarqatish xususiyatini saqlab qoladi.
Ekologiya buzilishi, turli xil dori vositalari, antibiotiklar pala-partish, ko’p miqdorda yoki uzoq muddat qabul qilinishi yoki og‘ir kechuvchi kasalliklar o‘sma, qandli diabet mavjudligi ko‘pincha zamburug‘li kasalliklar kelib chiqishini tezlashtiradi.
Bunday omillar ta’sirida organizmning immunitet tizimi faoliyati susayadi va zamburug‘larning ko‘payishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Bundan tashqari, go’zallik salonlari, sartaroshxonalar, basseynlar, hammomlar, manikyur salonlariga tashrif buyurish paytida zamburug’li kasalliklar bilan kasallanish xavfi mavjud.
Odatda, barcha zamburug’li kasalliklar terining yengil va sezilmaydigan qipiqlanishidan boshlanadi. 
Zamburug’li kasalliklarni oldini olish uchun oddiy profilaktika choralariga rioya qilish kerak. Shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish: kishi o’z tarog’i, oyoq kiyimlaridan foydalanishi kerak. Mushuk, it, sigir, ot kabi hayvonlar bilan yaqin kontakda bo’lgandan keyin qo’llarni yaxshilab yuvish tavsiya etiladi.
Keling endi zamburug’li kasalliklarni uy sharoitida davolashning eng samarali usullari nimalardan iborat? shularga quloq solaylik.

Download 19.91 Kb.
  1   2   3




Download 19.91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Teri va zamburug'li infeksiyasi zamburug’li kasalliklar (mikozlar)

Download 19.91 Kb.