• Ta’lim mazmuni haqida tushuncha
  • Oquv rejasi
  • Termiz davlat universiteti tarix fakulteti tarix (mamlakatlar va yo`nalishlar) yo`nalishi 319-guruh talabasi xurramov sanjarning ta'lim-tarbiya jarayonlarining meyoriy-huquqiy hujjatlari fanidan tayyorlagan mustaqil ishi ta'lim dasturlarining mazmuni va




    Download 3.38 Mb.
    bet1/3
    Sana31.07.2022
    Hajmi3.38 Mb.
    #25042
      1   2   3
    Bog'liq
    Mustaqil ish Xurramov Sanjar
    3. GSM uz 200 магистр

    TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI TARIX (MAMLAKATLAR VA YO`NALISHLAR) YO`NALISHI 319-GURUH TALABASI XURRAMOV SANJARNING TA'LIM-TARBIYA JARAYONLARINING MEYORIY-HUQUQIY HUJJATLARI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
    Ta'lim dasturlarining mazmuni va komponentlari
     
    Reja:
     
     
    1. Ta’lim mazmuni haqida tushuncha. Davlat ta’lim standartalari.
    2. O’quv rejalari va dasturlari.
    3. Darslik va unga qo’yilgan talablar.
    4. Dars turlari ва darsga bo‘lgan talablar.
     

    Ta’limning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Ta’limning mazmuni deganda, o‘quvchilarning bilish jarayonida egallab olishi lozim bo‘lgan hamda tizimga solingan bilim, malaka va ko‘nikmalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi.


    Ta’limning mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi:
    a) ijtimoiy ishlab chiqarishning eng zarur ehtiyojlari, ijtimoiy tuzumning xususiyatlari;
    b) davlatning xalq ta’limi va muayyan turdagi o‘quv yurti oldiga qo‘yadigan maqsad va vazifalari;
    v) o‘qitish qoidalaridan kelib chiqadigan va o‘quvchilarning imkoniyatlarini (yosh imkoniyatlari va boshqalar) e‘tiborga oluvchi didaktik talablar.
    Ta’lim mazmuni haqida tushuncha
    XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlariga kelib, pedagogika tarixida «maktabda beriladigan ma’lumotning mazmunini bola xohishiga bo‘ysundirish» ga qaratilgan nazariya keng yoyildi. Mazkur nazariyaning ko‘zga ko‘ringan vakili Amerikalik faylasuf –pedagog Jon Dyudir. Uning qarashicha maktab azaldan mavjud bo‘lgan tabiiy layoqatlarni, qiziqish va odatlarni rivojlantirishga xizmat qilmog’i lozim. Shunday ekan, maktablarda hamma o‘quvchilar uchun umumiy bo‘lgan o‘quv rejasi va dasturlarning bo‘lishi ham shart emas, balki alohida-alohida Shaxslar layoqatiga moslangan ma’lumotlar berilishi lozim.
    Oktyabr to‘ntarilishigacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston hududida VII-VIII asrlardan beri davom etib kelgan eski – «usuli qadmiya», XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida paydo bo‘lgan «usuli savtiya» maktablari, xat –savod o‘rgatadigan diniy maktablar bo‘lgan.
    1905 yildan so‘ng, o‘lkaning ba’zi shaharlarida «jadid» maktablari paydo bo‘la boshladi. Shunday qilib, maktablarning hammasi o‘sha ijtimoiy tuzum-muhit talablaridan kelib chiqdi va shu davr iqtisodiy, ma’naviy maqsadlari uchun xizmat qildi.
    Ta’lim mazmuni o‘quv rejasi, dasturi va darsliklarda ifodalangan.
    O'quv rejasi – davlat hujjatidir. O‘quv rejalari xalq ta’lim vazirligi tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi hamda respublikadagi barcha maktablar uchun majburiy hisoblanadi. Maktabning o'quv rejasi maktabda o‘rgatish uchun tanlangan o‘quv predmetlarini, ularning ta'lim olish yo‘llari bo‘yicha taqsimlanishini, har bir predmetga ajratilgan soatlarning haftalarga bo‘linishini belgilaydi.
    O‘quv rejasi deb, o‘qitiladigan fanlar, o‘qitish uchun ajratilgan soatlar va o‘quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga aytiladi. O‘quv rejalari o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga muvofiq tuziladi. Shuningdek, o‘quv-tarbiya ishining maqsad va vazifalariga asosan tuziladi.

    Download 3.38 Mb.
      1   2   3




    Download 3.38 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti tarix fakulteti tarix (mamlakatlar va yo`nalishlar) yo`nalishi 319-guruh talabasi xurramov sanjarning ta'lim-tarbiya jarayonlarining meyoriy-huquqiy hujjatlari fanidan tayyorlagan mustaqil ishi ta'lim dasturlarining mazmuni va

    Download 3.38 Mb.