• Boshlangich ta`lim: I-IV-sinflar Umumiy o’rta ta’lim - V-IX sinflar. Darslik va unga qo’`yilgan talablar. Darslik
  • Termiz davlat universiteti tarix fakulteti tarix (mamlakatlar va yo`nalishlar) yo`nalishi 319-guruh talabasi xurramov sanjarning ta'lim-tarbiya jarayonlarining meyoriy-huquqiy hujjatlari fanidan tayyorlagan mustaqil ishi ta'lim dasturlarining mazmuni va




    Download 3.38 Mb.
    bet2/3
    Sana31.07.2022
    Hajmi3.38 Mb.
    #25042
    1   2   3
    Bog'liq
    Mustaqil ish Xurramov Sanjar
    3. GSM uz 200 магистр
    O`quv rejalari va dasturlari.
    O`’quv rejasini tuzishda quyidagi omillarga asosladi:
    1. O’quv tarbiya ishining maqsadi, o’quvchilarga aniq ilmiy bilim berish, olgan bilimlarini ko’nikmaga aylantirib, uni hayotga qo’llay olishga o’rgatish.
    2. Maktab o’quvchilariga bilm berish yoshiga qarab tizimga solinadi va qoidalarga asoslanadi:
    a) Boshlang’ich ta’lim - I- IV sinflar.
    b) Umumiy o’rta ta’lim - V-IX sinflar.
    v) O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi, akademik litseylar, kasb-hunar kolleji.
    Ta’lim to`g’risidagi Qonunga asosan akademik litsey va kasb-hunar kollejining maqomi tenglashtirilgan. Ularning o’quvchilari va bitiruvchilari oliy o’quv yurtiga kirishda yoki tanlangan yo’nalish bo’yicha faoliyat ko’rsatishda konstitutsiyaviy haq-huquqlarini amalga oshirishda teng huquqlidirlar.
    Boshlangich ta`lim: I-IV-sinflar
    Umumiy o’rta ta’lim - V-IX sinflar.
    Darslik va unga qo’`yilgan talablar.
    Darslik o‘`quv jarayonining zarur qismidir. Darslik - o‘quvchilarning ikkinchi «muallimi», chunki u, avvalo o‘quvchi uchun zarur qo‘llanmadir.
    Darslik -o‘quvchilarning kitobi va uning eng muhim qurolidir. Har bir o‘quv fanining mazmuni darslikda batafsil yoritiladi. Darslik tegishli fanga oid ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktika talablariga muvofiq ravishda bayon qiluvchi kitobdir. Darsliklar bilan bir qatorda, ayrim o‘quv fanlari yuzasidan o‘quv qullanmalari ham tuziladi. Masalalar va mashqlar to‘plami, xrestomatiyalar, atlaslar, lug’at kitoblari va hokazolar shular jumlasidandir.
    O‘quvchilar darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan darsda, ham uy sharoitlarida mustaqil ish olib boradilar. Darslik materiali katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. U bilan ishlash o‘quvchilarning aqliy tarbiyasiga, ularda ilmiy dunyoqarashning, axloq-odobning shakllanishiga, tafakkuri va nutqining, ishdagi mustaqilligining rivojlanishiga yordam beradi.
    Dars - o‘qituvchilar va o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishning shakli bo‘lib, u bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshiradi. Dars o‘qitishni tashkil etishning o‘zgarmas shakli emas. O‘quv amaliyoti va pedagogik tafakkur doimo uni takomillashtirish yo‘llarini izlaydi. Turli-tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda dars quyidagi umumiy didaktik talablarga javob berishi lozim:
    1. Har bir dars ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rejalashtirilgan bo‘lmog’i lozim.
    2. Har bir dars mustahkam g’oyaviy-siyosiy yo‘nalishga ega bo‘log’i lozim.
    3. Har bir dars turmush bilan, amaliyot bilan bog’langan bo‘lmog’i, shuningdek xilma xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilmog’i lozim.
    4. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tejab, undan unumli foydalanmoq zarur.
    5. Dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning faolligi birligini ta’minlamog’i lozim.
    6. Darsda o‘quv materialining mazmuniga oid ko‘rsatmali qurollar, texnik vositalar va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim.
    7. Darsda har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini ham hisobga olish maqsadga muvofiqdir.

    Download 3.38 Mb.
    1   2   3




    Download 3.38 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti tarix fakulteti tarix (mamlakatlar va yo`nalishlar) yo`nalishi 319-guruh talabasi xurramov sanjarning ta'lim-tarbiya jarayonlarining meyoriy-huquqiy hujjatlari fanidan tayyorlagan mustaqil ishi ta'lim dasturlarining mazmuni va

    Download 3.38 Mb.