• TEXNOGEN RISK VA TEXNIK TIZIMLARNING ISHONCHLILIGI fanining ISHCHI O’QUV DASTURI
  • Tuzuvchi: katta o’qituvchi K.M.Umarov
  • Fakultet kengashi raisi: X. Mavlyanov Kelishildi: O`quv uslubiy boshqarma boshligi.v.b. Z.Muminov O‘
  • O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
  • Texnogen risk va texnik tizimlarning ishonchliligi




    Download 390 Kb.
    bet1/5
    Sana27.12.2019
    Hajmi390 Kb.
    #5735
      1   2   3   4   5

    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
    NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

    Kasb ta’limini o’qitish metodikasi kafedrasi





    TASDIQLAYMAN”

    O’quv ishlari bo’yicha prorektor.v.b

    ___________ D.Dexqonov

    «___» ____________2019 yil




    TEXNOGEN RISK VA TEXNIK TIZIMLARNING

    ISHONCHLILIGI

    fanining
    ISHCHI O’QUV DASTURI
    2019/2020 o’quv yili kunduzgi ta’lim shakli, 3-bosqich uchun


    Bilim sohasi:




    600000 - Xizmatlar

    Ta`lim sohasi:




    640000 – Hayoti nfaoliyati xavfsizligi

    Ta`lim yo`nalishi:




    5640100 – Hayoti nfaoliyati xavfsizligi


    NAMANGAN – 2019
    Fanning ishchi o`quv dasturi OO’MTVning 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buqrug’i bilan tasdiqlangan va № BD-5640100-3.11- raqami bilan ro’yhatga olingan namunaviy o`quv dasturi asosida ishlab chiqildi.


    Tuzuvchi: katta o’qituvchi K.M.Umarov

    Fanning ishchi o`quv dasturi “Kasb ta`limini o’qitish metodikasi” kafedrasining 2019 yil ___ avgustdagi 1-son yig`ilishida muhokamadan o`tgan va fakul`tet kengashida muxokama qilish uchun tavsiya etilgan.


    Kafedra mudiri: A.Matkarimov

    Fanning ishchi o`quv dasturi Kasb ta’limi fakul`tetining 2019 yil__ avgustdagi 1-sonli kengashida kщrib chiыilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.



    Fakultet kengashi raisi: X. Mavlyanov


    Kelishildi:
    O`quv uslubiy boshqarma boshligi.v.b. Z.Muminov


    O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni

    O‘zbekiston Respublikasi ishlab chiqari munosib ulushni egallaydigan texnik tizimlardan foydalanish xavfsizligi hodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini inson faoliyatining barcha sohalarida muhofazalashda asosiy o‘rinlardan birini egallaydi.

    Ushbu dastur fan tarixi, rivoji va istiqboli hamda Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab chiqarish va hududiy xavfsizlik muammolarining inson hayoti xavfsizligiga ta’siri masalalarini qamraydi. Hozirgi vaziyatda xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki texnosferalarda ishlab chiqarish jarayoni buzilishi, ishlovchilar uchun sanitariya va gigiyena me’yor va qoidalarini yaratilmasligi, muhit rivojlanishdagi noxush vaziyatlarning murakkablashuvi, davlatlar o‘rtasida insoniyat hayotiga xavf-xatar soluvchi holatlarning ro‘y berishi, insoniyat tomonidan qo’llanilayotgan turli zaharli va zararli moddalar va vositalar ko‘plab xavflarni yuzaga keltirib, insonlarning hayotiy faoliyatiga, sog‘lig‘iga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda. Shu sababli ham mamlakatimizning eng muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalari qatorida aholi hayotining xavfsizligini ta’minlash masalalari dolzarb o‘rin olgan.

    O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

    Fan o‘qitilishining maqsaditalabalarga texnik tizimlar faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish qoidalarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan iborat.

    Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakillantirish vazifalarini bajaradi.

    Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:



    • Texnik tizimlar faoliyatda yuzaga keladigan xavflar va ularni o‘rganish;

    –ishlab chiqarish jarayonlarida texnik tizimlardan faotalanish;

    –texnosferada xavflarini kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini oladigan chora-tadbirlarni o‘rganish;

    –zararlangan shikastlanish o‘choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklov ishlarini o‘tkazish;


    • texnik tizimlar ishonchliligini oshirish choralarini ko‘rish;

    –jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish va boshqa muhim vazifalarni bajara oladigan bilim;

    – xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari, uslublari va vositalarini tahlil qilish;

    –ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi.

    – texnik tizimlar xavfsizligini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarning asosiy talablarini;

    – xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining yuzaga kelishining oldini olish usullarini;

    – ishlab chiqarishda mikroiqlimning gigiyenik meyorlarini tashkil etishni bilishi va ulardan foydalana olishi;

    – ishlab chiqarishning texnik tizimlarida xavfsiz ish sharoitini tashkil etishni;

    – elektr qurilmalari, uskunalar, mashina va mexanizmlarni ishlatganda, texnik xizmat ko‘rsatganda va ta’mirlashda ko‘riladigan asosiy texnika xavfsizligi talablari;

    – yong‘in chiqish sabablari, ular oldini olish va o‘chirishning tashkiliy va texnik vositalari;

    – texnik tizimlarda kelib chiqqan noxush vaziyatlar turlari, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlarini tahlil qilish uslublari;

    – – texnik tizimlarda kelib chiqqan noxush vaziyatlarda insonlar va moddiy boyliklarni saqlash va qutqarish vositalarini ishlatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.


    Semestrlar

    Yuklama

    Auditoriya mashg’ulotlari

    Mustaqil ish

    Jami

    Ma’ruza

    Amaliy, seminar mashg’ulot

    Tajriba ishlari

    5

    94

    54

    36

    18




    40

    6

    206

    126

    90

    36




    80

    Jami

    300

    180

    126

    54




    120



    Download 390 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 390 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnogen risk va texnik tizimlarning ishonchliligi

    Download 390 Kb.