• Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi
  • Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari
  • Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati”
  • Texnologiya




    Download 154 Kb.
    bet1/27
    Sana30.01.2023
    Hajmi154 Kb.
    #40101
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    salomlashish
    Anketa, Qôshoqov Ibod, PF-6275 09.08.2021, Texnologik talim metodikasi, AXBOROT BIRLIGI, Klaviatura a sichqoncha bilan ishlash ko, Reja to’g’ri va egri soliqlar, obyektivka-namuna, ИН.ПЛАН.БПф, Korxona makromuhiti, Shodmonov, 6-Amaliy mashg\'ulot, 14-Mavzu Elektron o’quv adabiyotlari va ularning tasnifi Reja, Mavzu elektr bo\'limiga oid mavzularni o\'qitishda pedagogik texn

    TEXNOLOGIYA
    FANI O‘QUV
    DASTURI
    (6-SINF)


    UQTIRISH XATI

    O‘quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish orqali kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan.


    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi - o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
    materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish;
    texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish;
    texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat operatsiyalarini amaliyotda qo‘llay olish;
    texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish;
    texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish;
    buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda mehnat operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish;
    ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda tayanch va texnologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida umumlashgan holda, 5-9-sinflarda “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” yo‘nalishlarida o‘qitiladi.
    Texnologiya fani quyidagi bo‘limlar asosida o‘qitiladi.

    Download 154 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 154 Kb.