• Kalit so`zlar
  • Kim ko’p biladi” o’yini.
  • Besh daqiqa” o’yini.
  • Aylana” o’yini.
  • Geografik karta bo’yicha xayoliy sayohat” o’yini.
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Texnologiyalardan foydalanish




    Download 16.09 Kb.
    Sana11.08.2022
    Hajmi16.09 Kb.
    #25177
    Bog'liq
    O\'qituvchi 3
    o\'qituvchi 4



    GEOGRAFIYA FANINI O‘QITISHDA DIDAKTIK O‘YINLAR
    TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.
    Sapayeva Maryamjon Yusupovna Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani 42-maktabning geografiya o'qituvchisi
    Annotatsiya: Ta’lim muassasalarida talabalarini mustaqil bilim olishiga yo’naltirilgan texnologiyalardan foydalanishga o’rgatish va doimiy ravishda faolligini oshirib borish lozim. O’quv jarayonida kompyuter texnologiyalari va axborot-kommunikasiya vositalaridan foydalangan holda ta’lim jarayonini tashkil qilish ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
    Kalit so`zlar: texnologiya, innovatsiya, metod, axborot texnologiyalari.
    Bugungi kun talabi ta`limni sifat o‘zgarishlariga olib keluvchi yangicha yondashuvlarni izlashga undamoqda va uni o‘rganishdagi metodlar ham o‘zgarmoqda. Ta`limda yangi bilimlarni amalda qo‘llash natijasi innovatsiyalarga asoslangan yangi ta`lim yaratilishiga olib kelmoqda. O`quvchi o‘zlashtirgan bilimini amaliyotda qo‘llay bilishi uchun uni o‘z vaqtida mustahkamlashi, boshqa tushunchalarni o‘rganishda qo‘llay bilishi va olingan bilimlarni tizimlashtirish ta`lim samaradorligini ta`minlashga olib keladi.
    Kim ko’p biladi” o’yini. Bu o‘yinni geografiyaning xohlagan mavzusini o‘rganishda qo‘llash mumkin.
    O‘yin texnologiyasi: Har bir ishtirokchi biror-bir mavzu yuzasidan bittadan muammoli savol tuza olishi kerak. Savollar yozilgan qog‘ozlarni o‘qituvchiga topshiradilar, sinf o‘quvchilari ikki guruhga bo‘linadi. Boshqaruvchi qo‘llarni sanab, har biriga 1 balldan qo‘yadi. Har bir savolga bir o‘quvchidan javob so‘raladi. Agar javob noto‘g‘ri bo‘lsa o‘sha guruhdan bir ball olib tashlanadi, qaysi guruh ko‘p ball to‘plasa, o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi.
    Besh daqiqa” o’yini. Bu o‘yinni geografiyada xohlagan mavzuni o‘rganishda qo‘llash mumkin. O‘quvchilarni stol atrofida shunday joylashtirish kerakki, bir-birining nima yozayotganligini ko‘rmasin. O‘yinni o‘qituvchi yoki a‘lochi o‘quvchi boshqarib borishi mumkin. U vazifani tanlaydi. O‘quvchi besh daqiqa ichida topshirilgan topshiriqni bajaradi. O‘quvchilar yozishni bir vaqtda tugatishi shart. Masalan, geografiyadan joy nomlari bo‘lsa eng ko‘p nom yozgan va uni izohlab bergan o‘quvchi g‘olib hisoblanadi.
    Aylana” o’yini. O‘yinga ishtirok qiluvchilar doira shaklida turadilar. O‘yin quyidagicha boshlanadi: boshlovchi o‘quvchi Toshkent desa, undan o‘ngda turgan o‘quvchi shaharning oxirgi harfi ya‘ni t harfi bilan boshlanuvchi O‘zbekistondagi boshqa bir shaharni aytadi. Masalan: Toshkent – Termiz – Zarafshon yoki Katta Qo‘rg‘on – Namangan va hokazo. Qaysi o‘quvchi 5-10 sekund davomida shahar yoki joy nomini ayta olmay to‘xtalib qolsa u o‘yindan chiqqan sanaladi. O‘yin bitta o‘quvchi qolguncha davom ettriladi, eng oxirida qolgan o‘quvchi g‘alaba qilgan hisoblanadi.
    Geografik karta bo’yicha xayoliy sayohat” o’yini. Sinf bir necha guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruhga karta bo‘yicha o‘tkaziladigan xayoliy sayohat marshruti belgilab beriladi. Har bir guruh turli adabiyotlardan foydalangan holda, karta bo‘yicha qilingan xayoliy sayohat marshrutida uchragan ob‘ektlarga qisqacha tavsif yozadi. Sayohatlar ma‘lum bosqichlar bo‘yicha ham o‘tkazilishi mumkin. Masalan, agar shu hafta ichida guruh a‘zolari qoniqarli baho olishsa va tartibintizomni buzishmasa o‘z marshrutlari bo‘yicha sayohatni davom ettirishlariga ruxsat beriladi. Sayohatni turli transport turlaridan foydalanib o‘tkazilishi mumkin. Har chorak oxirida sayohatlarning hisobotlari tahlil qilinib, o‘yin davomida sayohatni o‘z vaqtida tugatgan va hisobotlari yuqori baholangan guruh g‘olib bo‘ladi. Sayohatlar o‘yini hamma sinflarda o‘tkazilishi, sinfda o‘zlashtirishni va intizomni yaxshilashda yaxshi samara berishi mumkin. O‘quvchilarga geografik kartani shartli belgilarini chuqur o‘rgatish lozim.
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
    1.Yo‘ldoshev J.G., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari.-T, 2001.
    2. G‘ulomov T., Qurboniyozov R., 5-sinf Geografiya. Yangiyo‘l Poligrafiya servis nashriyoti 2015 yil
    Download 16.09 Kb.




    Download 16.09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalardan foydalanish

    Download 16.09 Kb.