• Kirish
  • Tibbiyotda qaror qabul qilish tizimi haqida II. Nazariy qism




    Download 0.7 Mb.
    bet1/5
    Sana11.06.2022
    Hajmi0.7 Mb.
    #23453
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Tibbiyotda qaror qabul qilish tizimi haqida II. Nazariy qism


    Mundarija:


    I. Kirish:
    Tibbiyotda qaror qabul qilish tizimi haqida…………………
    II. Nazariy qism:
    2.1 Java dasturlash tili haqida umumiy tushuncha……………..
    2.2 MySql ma’lumotlar bazasini shakllantirish ……………….
    2.3 Masalaning qo’yilishi……………………………………...
    III. Asosiy qism:
    3.1 Axborot tizimini loyixlashda dasturiy vositalar……………
    3.2 Tizim stukturasini ishlab chiqish. ………………………..
    IV. Xulosa…………………………………………………………
    V. Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………….

    Kirish


    Tibbiyotda qaror qabul qilish tizimi (Clinical Decision Support System)ni yaratuvchi dastur:Tibbiyotda qaror qabul qilish tizimi bemorlarni kasalliklariniga tashxis qo`yish va shifokorlarning vaqtini tejashda,tashxisni aniq qo`yishda kata yordam beradi. Bu dastur NetBeans java dasturlash tilida yaratilgan. Bunda NetBeans IDE java dasturlash tilida componentalar bilan ishlash qulay va Swing componentalari bilan ishlash qulay. Chunki, Swing da GUI bo`limi bilan ishlash qulay hamda vaqtni tejaydi. Graphic user Interfeys (GUI) foydalanuvchi hamda kompyuter o`rtasidagi muloqotni taminlaydi.
    Tibbiyot sohasi:
    Ma'lumki, shifokorga borishni ko'pchiligingiz xush ko'rmaysiz. Birinchidan, siz bemorsiz. Sog'lom odam u erga bormaydi. Ikkinchidan, u erda hamma joyda navbatda turishga tug'ri keladi. Masalan, registraturada kasallik varaqasi uchun, shifokorlar qabuliga kirish uchun va hokazo. Uchinchidan, shifokor yozib bergan dorilarni dorixonalardan izlash kerak bo'ladi.
    Kompyuterlarning shifohonalarda va poliklinikalarda paydo bo'lishi ko'p narsalarni, jumladan, yuqoridagi muammolarni ham tubdan o'zgartirib yuboradi. Endi siz tug'ridan-tug'ri shifokor huzuriga yul olasiz. Uning ish stolida odatdagi meditsina ish qurollaridan tashqari kompyuter ham joy olgan: uning xotirasida barcha bemorlarning kasallik tarixi yozib qo'yilgan. Agar siz oldin ham murojaat etgan bo'lsangiz, sizniki ham bo'ladi. Birinchi bor murojaat etayotgan bo'lsangiz siz haqingizdagi barcha axborotni shu erning o'zida shifokor kompyuterga kiritib qo'yadi. Kasalligingiz haqidagi barcha ma'lumotlar kompyuterga kiritilgach, sizning kasalligingiz haqida tashxis qo'yiladi va chop etish qurilmasi yordamida dorilar uchun retsept chop etib beriladi. Retseptni olib, boshqa kompyuter yordamida ushbu dorilarni eng yaqin bo'lgan qaysi aptekalardan topish mumkinligi haqida axborot olishingiz mumkin.
    Kompyuter meditsinada boshqa ishlarga ham qodir. Masalan, tomograf - ya'ni siljib harakatlanadigan rentgen apparati insonning ixtiyoriy organi haqida to'liq ma'lumot olishi, ulardagi mikroskopik defektlar, chet jinslar (masalan, buyrakdagi tosh) haqida ma'lumot berishi mumkin. Tomograf uzatgan axborotni tezda qayta ishlash va ekranda ko'rsatish uchun albatta u kompyuter bilan bog'langan bo'lishi shart.
    Kompyuter va san'at
    Kompyuterning san'atga qanday aloqasi bor? Kompyuterlar aniq programma asosida ishlaydi. San'at esa - bu ijod, fantaziyadir. Lekin bu sohada ham kompyuter ijod ahliga yordam berishi mumkin. Kompozitor musiqa yaratishda kompyuterdan unumli foydalanishi mumkin. Buning uchun kichik royal yoqi elektroorgan yordamida kompyuterga ulanib yozayotgan musiqa notalarini ekranda ko'rib turgan holda yangi asar yaratishi va shu erning o'zida, shu onda eshitib ko'rishi ham mumkin.
    Kompyuterlar rassomlarga ham ko'p yoqib qolgan. Kompyo'ter grafikasi bo'yicha birinchi ko'rgazma 1956 yili o'tkazilgan. Turli eskizlar, chizmalar va rasmlar chizishda rassomlar kompyuterdan foydalanib kelmoqdalar.
    Bundan tashqari, kino va televidenieni ham kompyuterlarsiz tasavvur etish qiyin. Hozirgi davrda turli joylarda, mintaqalarda, hatto qit'alarda yashaydigan insonlar ishtirokida telekonferentsiyalar o'tkazish an'anaga aylanib qolmoqda.



    Download 0.7 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tibbiyotda qaror qabul qilish tizimi haqida II. Nazariy qism

    Download 0.7 Mb.